Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.

bet1/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

14  


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ  DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

« BIZNES VA BOSHQARISH » FAKULTETI 

 

«BIZNESNI BOSHQARISH» KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

TADBIRKORLIK ASOSLARI  

 fanidan 



 

 

MA`RUZALAR MATNLARI 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

                                                                                         Tuzuvchi: Gulimbetov A 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Nukus - 2011 yil. 

 

15  


Mundarija 

 

 

№ 

 

Ma`ruzalar nomi  

Beti  

I. 

Kirish  

1-mavzu Tadbirkorlikning 

mohiyati 

 

2-mavzu 



Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi va boshqarilishi 

 

3-mavzu 



Mulk va tadbirkorlikni shakllanishining iqtisodiy yo`llari 

 

4-mavzu 



Korxona – tadbirkorlikning tashkiliy ko`rinishi 

 

5-mavzu 



Marketing – tadbirkorlik tizimida 

 

6-mavzu 



Tadbirkorlik faoliyatini tahlil etish 

 

7-mavzu Tadbirkorlik 



faoliyatini rejalashtirish 

 

8-mavzu Tadbirkorlikni 



boshqarishni tashkil etish 

 

9-mavzu 



Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o`zaro aloqalari 

 

10-mavzu 



Korxonalar moliyasi va moliyaviy ahvolini baholash 

 

11-mavzu 



Mamlakatimizda tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo`nalishlari 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 

 

 



 

 

 

 

16  


Kirish 

 

Mamalakaktimizda iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi-ochiq tashqi siyosatga, barqaror 



ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar 

jamiyatini qurish hisoblanadi. O`zbekistonda bozordagi qayta va tarkibiy o`zgartirishlar qat`iy va 

izchil amalga oshirilmokda. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida, xususiylashtirishning il davrlarida davlatga tegishli 

turar-joylar to`liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln xonadon aniq egalari qo`liga tegdi. 

Kichik xususiylashtirish jarayonlari amalda tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko`rsatish 

ob`ektlari, uncha katta bo`lmagan korxonalar amalda to`liq xususiy mulk qo`liga o`tdi. 

Agrofirmalar, dehqon xo`jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo`jalik birlashmalarining boshqa 

turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo`jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko`lamda 

olib borilib o`zining  tugallanish bosqichida turibdi. Xususiy tadbirkorlik sub`ektlari soni salkam 

300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortigi yakka tartibdagi mehnat 

faoliyati patentlari bilan ishlamoqda. 

Qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika 

fond birjasi orqali 157,7 mln so`mlik 342,1 ming aktsiya sotildi. Ochiq turdagi aktsionerlik 

jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi 

takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug`urta kompaniyalari respublikada o`z faoliyatini 

kuchaytirmoqda. 

Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o`zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida 

chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy 

tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo`nalishlarini belgilaydi. 

Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: 

-aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste`molchilik 

psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug`ullanish istagi 

"kasalligini" yuqtirish; 

-qishloq xo`jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish 

bilan ta`minlash maqsadida qishloqda yangi ish o`rinlari tashkil etish; 

-qishloqda bozor munosabatlari va infratuzilmani jadal rivojlantirish, raqobatni 

rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta`minlash; 

-xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog`liq 

ilm-fanni ko`p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish; 

-xo`jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to`ldirilishini va 

ishlab chiqarishning eksportga yo`naltirilganligini ta`minlovchi unchalik katta bo`lmagan, 

moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish. 

Dastur davlatning har tomonlama qo`llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor 

jarayoni asosida O`zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur 

to`rtta qismni  kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat 

ko`rsatishi uchun bozor infratuzilmasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo`llab-

quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta`minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o`z ichiga oladi. 

Ushbu ma`ruzalar matnida tadbirkorlik faoliyatining shakllari, uning rivojlanishining 

o`ziga xos yutuqlari va kamchiliklari to`g`risidagi fikrlar bayon qilinadi. 



 

 

 

 

 

 

17  


1-MAVZU. TADBIRKORLIKNING  MOHIYaTI  

 

 Tayanch 

iboralar: tadbirkorlik, bank, biznes, kredit, innovatsiya, infratuzilma, birja, 

tavakkalchilik. 

  

1-ma`ruza. Tadbirkorlikning mohiyati 

Reja: 

1.

 



Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. 

2.

 



Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari.  

3.

 



Yangi iqtisodiy sharoitda respublikada tadbirkorlikning rivojlanishi. 

4.

 



Rivojlangan davlatlarda kichik tadbikorlikni qo`llab qo`vvatlashda davlatning roli. 

 

1.1.Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish tarixi. 

 

 



Tadbirkorlik hamdo`stlik mamlakatlari hududida o`zining 19 asrda boshlangan taraqqiyot 

tarixiga ega. Mazkur yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning 

davlat shakli ustunlik qilgan. Xo`jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 

qismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko`pi   kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga 

yaqini band bo`lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarimida xo`jalikning kooperativ sektorini 

yaratish ijarani  rivojlantirishga harakat qilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini 

rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining xukmronligi, xo`jalik yuritishning yangicha shakllarini 

davlat sektoriga karamligi, xo`jalik qonunlarining noaniqligi va bir qator sabablar tufayli 

natijasiz bo`lgan. 

 

Korxonalarni davlat  tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning 



etakchi bo`g`inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil 

qiluvchi xususiy mulkchilik katlami shakllanib bordi. 

 

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. 



Kontil`on, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila  boshlandi. Birok 

xozirga kadar  jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko`p ma`noliligi saklanib 

qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko`pincha bu favkulodda xodisaning 

iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari  (turli-tuman qarashlar) tuplashidan iborat har xil 

tasavvurlar  mavjud. 

 

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta`rifini ko`p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun 



rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan. 

2.

 

Tadbirkorlikning tushunchasi va asosiy tamoyillari. 

 

 

    Bozor  iqtisodiyoti  sub`ektlarining xo`jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” 

tushunchalari o`zaro yaqin bo`lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. Ammo, 

“tadbirkor” va “biznesmen” kabi tushunchalar ularning iqtisodiy faoliyat sohalari 

ko`rilayotganganda ma`nodosh deb hisoblamaydi. Biznesmen-sarmoya egasi, mulkdor, mulkini 

ko`paytirishga intiluvchi shaxs. 



Biznes-bu ruxsat etilgan, jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug`ullanib 

daromad topishdir. Biznes keng ma`noda qonuniy yo`l bilan daromad topishga qaratilgan 

faoliyatdir.  

Biznesning maqsadi-odatda, foyda olish va uni barqaror holga keltirish, foydani muttasil 

oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga sarmoyani ko`paytirishdir. 



Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g`oyalarni izlash, tahlil qilish, o`zining 

tashabbuskorlik, yaratuvchanlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o`z faoliyatida 

muvaffaqiyatlarga erishishdir. 

Tadbirkor-yuridik shaxs bo`lish-bo`lmasligidan qat`iy nazar, doimiy ravishda tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxsdir(yakka tadbirkor). Bunday iboralar ham 



 

18  


tadbirkorlik va tadbirkor to`g`risida  to`liq ma`lumot bermaydi, ularning mohiyatini etarli 

darajada yoritmaydi. 

Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u 

muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni  ishlab chiqarish 

va ayirboshlashni tashkil etish bo`yicha   mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va 

maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “O`zbekiston Respublikasi  tadbirkorlik to`g`risida” gi qonunida 

tadbirkorlikka quyidagicha ta`rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub`ektlarining foyda olish 

maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar  doirasida tashabbus 

bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir”. 

 

Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi: 



 

Birinchidan, tadbirkorlikning sub`ekti kim bulishi mumkin? O`zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to`g`risidagi 

qonunga muvofiq balog`at eshiga etgan har bir  fuqaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining 

vakolati asosida o`z ixtier etgan qonunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi 

mumkin. 


 Ikkinchidan, 

yuqoridagi 

ta`rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan 

bo`lib, u mazmunan boy, xilma xil ko`rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil 

etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bulmasdan, balki 

erkin tanlanadigan    faoliyatdir. 

 Tadbirkorlik 

faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3  guruhini 

aloxida ko`rsatish mumkin: 

1) 


 

yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual 

mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi. 

2) 


 

tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar. 

3) 

 

tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi 



tadbirkorlar. 

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning  ikki turini: 

a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni  maqsad kilgan; 

b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) 

erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin. 

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

1. 

 

Shug`ullanaetgan soha bo`yicha ilm, bilimga egaligi. 



2. 

 

Tavakkalchilikka asoslangan karorlar qabul qilish bo`yicha tashabbuskorlik kobiliyati. 



3. 

 

Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish. 



4. 

 

Qonunlarga itoatkorligi. 



5. 

 

Innovatsiyachilikning faolligi. 



6. 

 

Maqsad sari intiluvchanlik. 



7. 

 

Tashkilotchilik. 



8. 

 

Tejamkor bo`lishi. 



9. 

 

O`z so`zining ustidan chiqish. 



10. Ruhiy poklik va halolligi. 

11. O`z jamoasi uchun kurashuvchanlik. 

 Tadbirkorlikni 

rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:  

1. 

 

Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar 



uch jihat bilan belgilanadi:  

 

egalik qilish, ya`ni mulk egasi sifatida mulkka to`la hukumronlik qilish: sotish, ijaraga 



berish, hadya etish; 

 

foydalanib turish, ya`ni mulk egasining nazorati asosida ma`lum shart va to`lov evaziga 



mulkdan vaqtincha foydalanish; 

 

operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taqsimlash 



va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish. 

 

19  


2. 

 

Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning 



berilishi. 

 

mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; 



 

hamkorliklarngi mustaqil tanlash; 

 

mablag`larni qonunga zid bo`lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.; 



3. 

 

Bozorning ochikligi, ya`ni tovarlar, sarmoyalar, ma`lumotlar, ish kuchi, xom ashe harakati 



uchun sun`iy g`oyalarning yo`qligi. 

4. 


 

Bozor infratuzilmasining mavjudligi. 

Bunga quyidagilar kiradi: 

 

tijorat banklari; 



 

tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari; 

 

tijorat tavakkalchiligi    va mulk sug`urtasi; 



 

ma`lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; 

 

ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar 



va x.k. 

5. 


 

Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya`ni tadbirkorlikni himoyalovchi 

qonunchilikning mavjudligi. 

6. 


 

Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to`lash, tabiiy boyliklardan 

foydalanish bo`yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k. 

 

1998 yil 9 aprelda O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, 



kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 

farmonida ko`rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish asosida 

mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit 

resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit 

yaratish maqsadida;  

 

Kichik va o`rta biznes sub`ektlari quydagicha belgilangan: 



 

mulk shaklidan kat`iy nazar ishlab chiqarish sohasi yiliga o`rtacha hisobda 10 nafargacha,  

savdo xizmat ko`rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashkari sohalarda 5 nafargacha ish 

bilan band xodimga ega bo`lgan mikrofirmalar bo`lib hisoblanadi; 

 

mulk shaklidan kat`iy nazar ishlab chiqarish sohasidan yiliga o`rta hisobda 40 nafargacha 



kurilish korxonalari va boshqa ishlab chiqarish sohaslari da 20 nafargacha; 

 

 ilm-fan, ilmiy xizmat ko`rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan 



tashkari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan kichik korxonalar bo`lib 

hisoblanadi; 

 

 mulk shaklidan kat`iy nazar kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortik, lyokin 



ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, kurilishda 50 nafardan qishloq xujaligi va boshqa 

ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdoda, xizmat ko`rsatish 

hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashkari sohalarida 20 nafardan oshmaydigan ish bilan 

band xodimlarga ega bo`lgan o`rta korxonalar bo`lib hisoblanadi. 

 

Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy 



sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va o`rta korxonalar tashkil 

etilib, maqbul sharoitlar yaratilmokda.    



 

3. 

Yangi iqtisodiy sharoitda respublikada tadbirkorlikning rivojlanishi. 

 

O`zbekiston  Respublikasi iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining keyingi 



yillardagi natijalari va o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

- Iqtisodiyotdagi institutsional o`zgarishlar jarayoni sezilarli darajada chuqurlashdi. 

-Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va investitsiyalarni, 

jumladan xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish siyosati hayotga faol joriy qilindi. 

-Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish sur`atlari yana tezlashdi. 


 

20  


-Qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirish borasida ham ijobiy siljishlar ko`zga 

tashlanmoqda. 

-Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta siyosatini yanda erkinlashtirish muammolarini hal 

qilishda sezilarli natijalarga erishildi. 

Kichik va o`rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish amalga oshirilayotgan 

islohotlarning asosiy bo`g`ini hisoblanadi. Chunki birinchidan, kichik va o`rta biznes 

rivojlangan jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etuvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Uning 

faoliyati nafaqat yirik biznesning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli 

rivojlanishiga  bevosita ta`sir qiladi. 

Ikkinchidan,  iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida jahon bozorida raqobat yanada 

kuchayadi. Bunday sharoitida aynan kichik va o`rta biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 

kapital mablag` sarfini ham talab qilishi, ixchamligi bilan bir qatorda, zarur tamoyillarga, bozor 

kon`yukturasining o`zgaruvchan talabalariga hamda vaqt-vaqti bilan bo`lib turadigan iqtisodiy 

inqirozlarga tezroq moslasha olish, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish 

imkoniyatiga ega. 

Dunyo bozorida iste`mol mollari kon`yukurasi hozirgi zamon sharoitida o`rtacha har 9 

oyda o`zgarib turadi. Agar shuni hisobga olsak kichik va o`rta biznes iqtisodiyotining izchil 

rivojlanishida nechog`lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko`rinadi. 

Ijtimoiy yo`naltirilgan  bozor iqtisodiyotiga o`tish davriga O`zbekiston Respublikasi  

Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o`tganidek, “...qishloq joylarida  ixcham ishlab chiqarish 

korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish 

hisobiga aholining ish bilan bandligini ta`minlash siyosatini faol amalga  oshirmokchimiz”.

1

  



Mamlakatimizda bu siyosatni amalga oshirishda asosan tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo 

etadi. 


O`zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan 

shug`ullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazish ana shu shaxsning 

doimiy istiqomat joyidagi tegishli tuman, shahar, shahardagi tuman xokimligi tomonidan amalga 

oshiriladi. Ro`yxatga olish jismoniy shaxs ariza bergan vaqtdan e`tiboran 15 kundan 

kechiktirmay amalga oshirishi lozim. Jismoniy shaxs ro`yxatga olinganlik uchun undiriladigan 

yig`imni to`laganligi to`g`risidagi, xujjatni taqdim etganidan keyin unga arizada ko`rsatilgan 

muddatga guvohnoma beriladi. Jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish tartibi va ularga 

guvohnoma berishning belgilangan muddatini buzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxslar 

Konun xujjatlariga muvofik javobgar bo`ladilar. Ro`yxatga olganlik uchun undiriladigan yigim 

bank muassasasi yoki aholidan soliq va yig`im to`lovlari qabul qilib oluvchi boshqa muassasalar 

orqali to`lanadi. Ro`yxatga olganlik uchun to`langan yig`im summasi qaytarilmaydi. Qonunga 

ko`ra jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro`yxatga olinganligi to`g`risidagi guvohnoma uch 

nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi tadbirkor ro`yxatga olingan joydagi solik organiga 

yuboriladi. Jismoniy shaxsga davlat ro`yxatga olinganlik to`g`risida berilgan guvohnoma 

birinchidan, guvohnoma muddat o`tgandan keyin, ikkinchidan tadbirkor guvohnoma bergan 

hokimlikka tadbirkorlik faoliyatini tuxtatganligi to`g`risida ariza bergan vaqtdan boshlab, 

uchinchidan, to`liq shirkat qatnashchilari tarkibidan chiqqan taqdirda, to`rtinchidan, Qonun 

xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda 15 kunlik muddat ichida qaytarilishi lozim. To`liq 

xo`jalik shirkati ro`yxatga olingan vaqtda yoki bunday shirkat kirgan chog`da jismoniy shaxsga-

ana shunday shirkatning a`zosiga belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olinganlik to`g`risida 

guvohnoma beriladi. Bunda ro`yxatga olinganlik uchun yig`im undirilmaydi. Jismoniy shaxslar, 

shu jumladan to`liq xo`jalik shirkati qatnashchilari tadbirkorni ro`yxatga olganlik to`g`risidagi 

guvohnomada ko`rsatilgan faoliyat turlarigina amalga oshirishlari mumkin. Davlat ro`yxatidan 

o`tganlik to`g`risidagi guvohnomalar soliq organlarining va qonun xujjatlari bilan belgilab 

quyiladigan boshqa organlarning mansabdor shaxslari o`z vazifalarini amalga oshirish chog`ida 

                                                           

1

.Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, баркарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари.  - Т.: Узбекистон 1997. -221 б 

 


 

21  


talab qilganlarida ko`rsatiladi. Davlat ro`yxatidan o`tkazilganlik hamda yuridik shaxs maqomini 

olmasdan aholiga engil avtomobilda transport xizmatlari ko`rsatish, suratkashlik, qurilish, 

fukarolarga tegishli uylar va boshqa binolarni ta`mirlash va obodonlashtirish, fuqarolar 

o`tkazayotgan to`ylar, tantanalar va boshqa tadbirlar chog`ida artistlik va musiqiy xizmat 

ko`rsatish, mulkni (binolar, uylar, xonalar va avtomobillardan tashqari) ijaraga berish, 

akvariumda boqiladigan baliqlarni ko`paytirish kabi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish 

huquqi borligi to`g`risidagi guvohnoma fuqarolar belgalangan miqdordagi daromad solig`ini 

to`laganlaridan keyin beriladi. Daromad solig`ini aniq miqdorini tuman, shahar va shaharlardagi 

tuman hokimiyatlari belgilaydi. Huquqiy qoidalar yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosida 

hamda ayrim fuqarolar tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan 

xususiy tadbirkorlik, shuningdek bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa 

tadbirkorligi shakllarini rivojlantirishga aktiv yordam berish lozim. Shu maqsadda, qabul 

qilingan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevralidagi qarori bilan 

tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risi»dagi Nizom muhim 

ahamiyatga egadir. Xususiy tadbirkorlik-bu amaldagi qonunlar doirasidagi tashabbusli xo`jalik 

faoliyati bo`lib, bu faoliyatini fuqarolar (alohida fuqaro) shaxsiy daromad (foyda) olish 

maqsadida tavakkal qilib mulkiy javobgarligini o`z zimmasiga olib ishlatish uchun odam yollab 

amalga oshiradi. 

 Xususiy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olmasdan shug`ullanadigan yakka tartibdagi 

tadbirkorlik faoliyatini ham o`z ichiga oladi. Xususiy tadbirkorlikning mulki davlat, kooperativ 

yoki boshqa korxona mulkning hammasi yoxud bir qismi fuqaroga o`tkazilgan yoki u o`z 

shaxsiy jamg`armalari va bankdan olingan qarzlar hisobiga bu mulkni sotib olgan ijaradagi 

mulkning haqini to`liq to`lagan yoki uni qonunda ko`zda tutilgan boshqa yo`llar bilan sotib olgan 

holda tadbirkorning o`z mulki asosida, shuningdek tadbirkor yuqorida aytilgan usullarni 

uyg`unlashtirib, davlatga va jamoat tashkilotlariga tegishli mulkdan foydalanish asosida vujudga 

keladi.  

Tadbirkor fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan korxona O`zbekiston Respublikasida 

«Tadbirkorlik to`g`risi»dagi va «Korxonalar to`g`risida»gi qonunlarga O`zbekiston 

Respublikasining boshqa qonun xujjatlariga va yuqorida qayd qilingan Nizomga amal qilib 

ishlovchi xususiy korxona hisoblanadi. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadi, o`z 

mustaqil balansiga, muxriga va hisob raqamiga ega bo`ladi. O`zi joylashgan erdagi tuman, 

shaxar va shaxardagi tuman hokimiyatida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab yuridik 

shaxs maqomini oladi. 

Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkor o`z turar 

joyidagi tuman, shaxar va shaharlardagi tuman hokimiyatiga ariza beradi. Xususiy korxonalar 

o`z filiallariga, tarmoq korxonalariga va vakolotnomalariga ega bo`lishi mumkin. Xususiy 

korxonani davlat ro`yxatidan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 

korxonalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risidagi Nizom asosida amalga oshiriladi. Tuman 

shaxar va shaharlardagi tuman hokimiyatlarida davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun tadbirkorning 

arizasi va korxona ustavi topshiriladi. Qoidaga ko`ra xususiy korxona ariza va zarur xujjatlar 

topshirilgan vaqtdan boshlab o`n kun ichida ro`yxatga olinishi yoki ro`yxatga olishdan asosli 

ravishda bosh tortilishi kerak. Agar korxona belgilangan 

muddatda davlat ro`yxatidan o`tkazilmasa yoxud tadbirkor ro`yxatdan o`tkazmaslik 

sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin. Xususiy korxonalar bilan 

xodimlarni yozma ravishda o`zaro tuzadigan hamda tomonlarning huquq, majburiyatlari bayon 

etilgan mexnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishga yollaydi. Mehnat shartnomasi quyidagi 

ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Malaka yoki muayyan mutaxassislik, lavozim bo`yicha 

vazifalarni bajarish majburiyati: 

- shartnoma amal qiladigan muddati; 

- mehnat shartnomalari va ish xaki, ijtimoiy va tibbiy sug`urta ijtimoiy ta`minot tarkibi; 

- xodimning ijtimoiy jihatdan himoyalanishi; 

- mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik; 



 

22  


- tomon roziligi bilan belgilanadigan boshqa ma`lumotlar. 

- xususiy korxonalar (jumladan uning filiallari, tarmoq korxonalari, vakolotlari)da 

shartnoma asosida yollanib ishlovchilar soni quyidagi ko`rsatkichlardan oshmasligi kerak; 

- Sanoat va qurilishda-200 kishigacha;  

- Ishlab chiqarish sohalarining boshqa tarmoklarida-150 kishigacha; 

- Noishlab chiqarish tarmoqlarida 25 kishigacha; 

- Chakana savdoda-15 kishigacha; 

Tadbirkorlikni turli shakllaridagi faoliyatini to`xtatish ham konun asosida amalga 

oshirilishi lozim. Xususiy korxonani tadbirkorlikning bir shakli sifatida tugatish mulk egasining 

qarori bilan yoki sud muassasalarining korxona tashkil etish to`g`risidagi xujjatlarini noqonuniy 

deb topgach, korxona kasodga uchragach, O`zbekiston qonunlariga zid faoliyat olib borgan 

hollarda sud (xujalik sudi) qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xususiy korxona davlat ro`yxati 

qaydnomasidan o`chirilgan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi. Tugatilgan xususiy korxona 

mablag`larini byudjet va tashkilotlardan olingan, xodimlarga berilmay qolgan qarzlar 

belgilangan tartibda to`langanidan keyin qolgan qismi korxona egalariniki hisoblanadi. Bir guruh 

fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligining o`ziga xos xususiyati shundan 

iboratki, ular o`zlariga maqbul bo`lgan mulkchilik shakllarda jamoalarga birlashadi. Jamoalarga 

birlashgan fuqarolar jamoa korxonalarini tashkil qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga 

oshiradilar. Bu xildagi tadbirkorlik shaklini amalga oshirish faqatgina fuqarolarning mulki 

asosida iqtisodiy faoliyat yurgizishga asoslanadi. Jamoa tadbirkorligining afzallik tomoni, unga 

birlashgan fuqarolar faoliyatining asosi faqat bir maqsadga qaratilgan bulib, foyda olishni jamoa 

asosida tashkil qilishdan iboratdir. Qonunga asosan bir guruh fuqarolar jamoa tadbirkorligi 

asosida kichik korxonalarni tashkil qilishi mumkin. Fuqarolar mulkiga asoslangan kichik 

korxonalarni tashkil etish, ro`yxatdan o`tkazish, faoliyatni olib borish va tugatilishiga doir 

huquqiy holatlar yukorida bayon qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasida «Xususiy 

tadbirkorlik to`g`risida»gi Nizomda, respublikaning boshqa qonun xujjatlarida belgilangan. 

Agarda yukorida qayd etilgan tadbirkorlik shakllarida fuqarolar yakka tartibda yollanma 

mehnatni jalb etib yoki bir guruh bulib jamoa tadbirkorligiga birlashib faoliyat yurgizsalar, 

xamkorlikdagi tadbirkorlik shaklida esa ular mustaqil yuridik shaxslar bilan o`zaro xamkorlikda 

iqtisodiy faoliyat yurgizadilar.  

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling