Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.

bet10/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

 

10-MAVZU. KORXONANING MOLIYaSI VA UNI MOLIYaVIY AHVOLINI 

BAHOLASh (4 SOAT). 

        Tayanch iboralar: moliya, moliyaviy bozor, inflyatsiya, tavakkalchilik omili,  kredit, 

kredit turlari, kredit operatsiyalarni sug`urta qilish, aktsiya, aktsiya turlari, dividend siyosati, 

lizing, lizing operatsiyalari, moliyaviy xujjatlar, balans, balans tahlili, rentabellik tahlili. 



10-ma`ruza. Korxonalar moliyasi .  

Reja: 

1.

 



Korxonalarning moliyaviy sohasi. 

2.

 



Moliya bozori tushunchasi. 

3.

 

Inflyatsiya tushunchasi.  



1.Korxonalarning moliyaviy sohasi. 

 

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlari-amal qilishi moliyaviy zaruriyatni 



ifodalaydi. Muomala doirasida tovar harid kilinadi, sotiladi va bu jarayon yana takrorlanadi. 

 

Savdo firma va korxonalarning  xo`jalik faoliyati tovar etkazib beruvchilar, bank, 



byudjet, xaridorlar, savdo xodimlari va boshqalar bilan bo`ladigan turli-tuman pul 

munosabatlaridan tarkib topadi. 

 

Pul mablag`larining rejali ravishda vujudga keltirilishi, tuplanishi va sarflanishini 



ifodalovchi iqtisodiy munosabatlar moliyani anglatadi. 

 

Moliya markazlashgan va markazlashtirilmagan fondlarni tashkil etish va foydalanish 



bilan bog`liq pul munosabatlarini o`z ichiga oladi. Markazlashtirilgan fondlarga davlat byudjeti, 

banklari, omonat kassalari, sug`urta organlari resurslari kiradi. Markazlashtirilmagan fondlarga 

davlat mulkidan boshqa mulk shaklidagi banklar, omonat kassalari, sug`urta firmalari, 

korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish fondlari, mehnatga xak to`lash fondlari, 

amortizatsiya, sug`urta, tavakkalchilik fondlari kiradi. 

Odatda moliya ikki vazifani: taqsimot va nazorat vazifalarini bajaradi. 

Korxonalar o`z mablag`lari etishmagan holda zarur mablag`ni bankdan karz olishi 

mumkin. 


2.Moliya bozori tushunchasi. 

 

Moliya bozori - bu pul bozoridir. Bu bozorni  hamma agentlari - pul agentlaridir. Moliya 



bozorlarida boshqa bozorlardagidek sotuvchi va xaridorlar mavjud. Moliya bozorida 

ayirboshlanadigan tovarlar moliyaviy talablar bo`yicha ifodalangan. 

Moliyaviy majburiyat - bu kelgusida pulni to`lashni buyniga olish, bugungi moliyaviy 

bozorda olinayotgan pulni kelgusida to`lash. Moliyaviy vositachi rolini bank uynaydi. 

Moliyaviy bozor ishtirokchilari ikki guruhga bo`linadi: 

1. 


 

Harakatdagi sektor. 

2. 

 

Moliyaviy vositachilar. 



Korxona doimo o`z foydasidan: 

*

 



 davlatga soliq; 

*

 



 bank krediti foizini; 

*

 



 aktsionerlarga dividend to`lashi zarur. 

Moliyaviy sohada yutuq keltiruvchi omillarga: 

 

vaqt omili; 



 

tavakkalchilik omili; 



 

inflyatsiya omillari kiradi. 



 

75  


 

Vakt omili muvaffakiyat imkoniyatlarini oshiradi va yomon natijalar extimolining 

pasaytiradi. 

          Narx (kelgusidagi qiymat) quyidagi formula orakli ifodalanadi.  

     Kelgusidagi                                                 Bugungi pul x (1+i) 

                               Qiymat                                    =                 mablag`lari soni 

  

          Moliyaviy muhitni katta noaniqligi tovarlar va xizmatlarga bo`lgan narx darajasini doimiy 



o`sishiga - inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya foiz stavkasiga, moliviy bozorlarga, investorlar 

daromadlariga. Korporatsiyalari loyihalariga, firmani kapital qo`yilmalariga, ya`ni barcha 

moliyaviy muhitga ta`sir ko`rsatadi. 

 

      Nominal foiz               Real foiz stavkasi                  Kutilayotgan inflyatsiya 

         stavkasi              =                                            +          darajasi 

 

Tavakkalchilik omili inflyatsiya omili. Vaqt omili bilan birgalikda olib boriladi. 



Tavakkalchiliksiz tadbirkorlik faoliyati bo`lishi mumkin emas. Tavakkalchilikni bir necha 

guruhlarga bo`lish mumkin: 

 

birinchidan, pulni harid qobiliyati tushib ketishi bilan bog`liq bo`lgan tavakkalchilik, 



boshqacha aytganda bu inflyatsiyali tavakkalchilikdir; 

 

ikkinchidan, moliyaviy tavakkalchilik, firmani moliyaviy holati va xulq-atvoriga bog`liq 



bo`ladi; 

 

uchinchidan, operatsion tavakkalchilik, sizni tovarlar va xizmatlar bozoridagi 



nobarqarorligini aniqlaydigan mavqedir. 

Bu o`rinda uchta turdagi investorlarni ajratish mumkin: 

 

tavakkalchilikni yoqtirmaydigan; 



 

unga neytral qaraydigan; 



 

tavakkalchilikni yaxshi deb hisoblaydigan. 



 

Tavakkalchilik omili quyidagicha hisoblanadi: 

 

K = Ic + Ib ,  



Bu erda: 

 

K - investorlar talab qiladigan daromad normasi; 



 

Ic - tavakkalchilikdan ozod bo`lgan daromad normasi; 

 Ib - tavakkalchilikga mukofot. 

Bozor munosabatlari rivojlanib, uning elementlari tobora ko`proq tadbik etilayotgan, 

iqtisodiyot islox etilib, aktsiyadorlik jamiyatlarining soni usib borayotgan, bank ishi har 

tomonlama rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar kengayib, mamlakat jaxon 

iqtisodiyot tizimiga kirib borayotgan sharoitlarda moliyaviy aktivlar tobora ko`proq rusum bo`lib 

boradi. 


 

Moliyaviy bozorning eng muhim tomonlaridan biri shuki, bu bozor yuqori samara 

beradigan iqtisodiyotni faollik bilan shakllantirib boradi. Moliyaviy bozor sarmoyalarning 

safarbar etilishini ragbatlantirib, bush turgan pul mablag`larini iqtisodiyotdagi turli sohalar 

o`rtasida qayta taksimlanishni ta`minlab beradi. Moliyaviy bozor rentabel korxonalarga mablag` 

berib turish orqali samarali iqtisodiyot shakllanib borishiga yul ochadi. 

 

Hozirgi zamon moliya bozorini ko`p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil 



qiladi. Bu - sotuvchilar va xaridorlar ya`ni, sotiladigan va harid kilinadigan tovar, pul va boshqa 

moliya aktivlari mavjud bo`lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun (majburiyatli 

karzlar shaklida) yoki butunlay (aktsiyaga) berilishi mumkin. 

 

Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablag`lari jamg`armalarining egalaridan karz 



oluvchilarga boradigan ko`plab turli-tuman yullar bilan ta`minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda 

ular ikkita asosiy guruhga ajratiladi. 



 

76  


 

Birinchi guruhga pul mablag`lari bevosita jamg`armalarining egalaridan qarz 

oluvchilarga boradigan mablag` bilan bevosita moliyalash yo`llari kiradi. Ular o`z navbatida ikki 

turga bulinadi: kapital moliyalash - unga muvofiq tadbirkor mablag`ni mulkning bir kismiga 

almashtirish hisobiga oladi (oddiy aktsiya) va karz olish yuli bilan moliyalash - unga muvofiq 

firma mablag`ni oldindan kelishilgan foiz bo`yicha keyin to`lash va firmaga egalik qilish 

huquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligatsiya). Bu barcha qimmatli qog`ozlar, 

qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanishi va faoliyat ko`rsatishini belgilaydi. 

 

Bevosita mablag` bilan ta`minlashga omonatchilarning mablag`larini moliya 



muassasalariga: tijorat banklari, sug`urta va trast kompaniyalari, pensiya fondlari va hokazolarga 

qo`yishga doir barcha operatsiyalar kiradi. 



3.Inflyatsiya tushunchasi. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya vujudga kelishi mumkin. Inflyatsiya deb shunday 

jarayonni tushunish kerakki, unda muomalada tovarlar xajmiga keragidan ortiqcha naqd pul 

paydo bo`lib, narx-navo o`sib, qog`oz pullarni qadrsizlanishiga olib keladi va shu tufayli  pul o`z 

harid qobiliyatini pasaytiradi. 

Inflyatsiyaning asosiy sabablari mamlakatda olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga borib 

taqaladi. Lekin shu bilan bir qatorda  ta`kidlash lozimki, inflyatsiyaga  nafaqat qog`oz pulni 

ko`payishi bois, balki boshqa omillar  ham ta`sir  ko`rsatadi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga  

narx-navoning o`zgarishi katta  ta`sir ko`rsatadi.  

Hozirgi zamon makroiqtisodiy nazariyasiga  ko`ra,  narxning shakllanishi  bir necha  

elementlarga bog`liqdir. Narx-navoning  shakllanishiga ta`sir  ko`rsatuvchi elementlar 

 

qo`yidagilardir: tovar va hizmatlarni taklif qilinishi; bozor turlarini har xil  shakllaridan kelib 



chiqadigan tovar va xizmatlarga bog`liqlik, talab va taklifni vujudga kelishi; ishlab chiqarish 

vositalariga o`rnatilgan narxlardir.    

Yuqorida ko`rsatilgan omillar  narx-navolarning hamda  inflyatsiyaning  o`sishiga  ta`sir 

etuvchi  omillardir. Ushbu omillarning ta`siri asosida  harajat inflyatsiyasi  hamda taklif  

inflyatsiyasi vujudga keladi. 

Umumiy tarzda aytish mumkin ki, yuqorida  keltirilgan omillar ta`siriga ko`ra  inflyatsiya 

deb  shunday jarayonni  tushunish kerakki, uning  asosiy sabablari yangi talab bilan yangi 

taklifning o`zaro muvozanati buzilganligidan kelib chiqadi. Demak, inflyatsiyaning  vujudga 

kelishi  makroiqtisodiy muvozanatni bo`zilishi bilan bog`liqdir  va inflyatsiya davrida  yangi 

talab yangi taklifdan yuqoridir. 

Inflyatsiyani kelib chiqish  sabablariga kelsak mavjud iqtisodiy  adabiyotlarda  qo`yidagi 

sabablar ko`rsatiladi: 

Birinchidan,  inflyatsiya iqtisodiyotda  davlat  sektorini  o`sishi hamda  davlatning  

iqtisodiy jarayonga  ta`siri bilan  bog`liqdir. Shu tufayli  davlat harajatlari va daromadlari 

orasidagi muvozanat buziladi. Bunday holat  davlat byudjetining  taqchilligiga  olib keladi. 

Yuzaga kelgan bunday  holatni bartaraf  etish uchun  Markaziy bank   ko`p miqdorda qushimcha  

naqd pullarni  emissiya qilishga  majbur bo`ladi, bu esa  o`z navbatida  muomaladagi  naqd pul 

hajmini oshiradi. Davlat harajatlarini o`sish  sabablaridan biri  mamlakatdagi mudofaa 

harajatlarni o`sishidir. Mudofaa harajatlarning  o`sishi qo`shimcha  harid qilish talabini  o`sishiga 

olib keladi, bu esa pul xajmini  o`sishiga  olib keladi va bunday o`sish  tovarlar bilan  

qoplanmagan bo`ladi.  

Ikkinchidan, tovarlar va xizmatlar  bozorda yirik monopol xususiy korxonalar hamda 

transmilliy korporatsiyalarni  mavjudligidir. Agarda tovarlar  bozorida yirik  monopol xususiy  

korxona mahsulot ishlab chiqarsa u o`zining mahsulotini qimmat narxda sotishga harakat qiladi. 

Demak, ushbu mahsulotni bahosi yuqori bo`lsa bu inflyatsiyani o`sishiga ta`sir  ko`rsatadi.  

Uchinchidan, milliy iqtisodiyot tarkibida xizmatlar ulushining oshib borishi.  Chunki 

xizmat ko`rsatish  sohasida  mehnat unumdorligi ishlab chiqarish  sohasidan  o`smaydi. Shu 

sababli  noishlab chiqarish sohasida  yaratilgan hizmatlar  hajmi ish haqidan  past bo`ladi va bu 

esa  o`z navbatida  inflyatsiyaning o`sishiga  olib keladi. 


 

77  


To`rtinchidan, hozirgi kunda  jahon iqtisodiyotida  globallashuv jarayoni  chuqurlashib 

borishidir. Bu o`z navbatida  milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlarning mahsulotlariga

kapitaliga  hamda xizmatlariga  ochilishi shart. Shu sababli boshqa  mamlakatlarda ro`y 

beradigan inflyatsiya ham import qilinadi. Bundan tashqari boshqa mamlakatlardan kirib  

keladigan  investitsiyalar ham  inflyatsiyaning o`sishiga  sababchi bo`lishi mumkin. 

Beshinchidan, inflyatsion ko`tish degan tushuncha  mavjud. Unga ko`ra, ushbu jarayon 

sodir  etganda inflyatsiya o`z-o`zini  quvvatlovchi harakter kasb etadi. Inflyatsiya yuqori 

darajada  o`sish  vaqtida aholi  tovar va xizmatlarga  narx-navo oshib borishini  hisobga olib, 

narxlarning pasayishiga umid yo`qotib  o`z ehtiyojlaridan  ko`p miqdorda tovarlar  harid qilishga  

intiladilar.  Bunday holat “puldan qochish”  deb ataladi, chunki kishilar  tezroq  o`z pullarini  

o`rniga tovarlar  sotib olishga  harakat qiladilar. 

Oltinchidan, milliy iqtisodiyotni  tuzilmasi  zamon talablariga  javob bermasligi mumkin. 

Bunday  tuzilma  eski davrning  qoldig`idir. Shu sababli  milliy iqtisodiyotda  ruy beradigan  

inflyatsiyaning sabablari pul  muomalasi hamda moliya sohalarida emas, balki o`tgan  davrda 

yaratilgan  iqtisodiyotning tuzilmasiga borib taqaladi.  

 

11-MAVZU. MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI   INVeSTITsIYaLAShNING 



USTIVOR YO`NALIShLARI(4 SOAT)

 

Tayanch iboralar: investitsiya, lizing, kichik korxonalarni investitsiyalash, banklar, 

birja, sug`urta kompaniyasi, investitsion fond, kreditning o`ziga xos xususiyatlari, kreditlash, 

moliya bozori. 

 

11-ma`ruza. Tadbirkorlikni investitsiyalashning ustuvor yo`nalishlari.  

Reja: 

1.

 



Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida va modernizatsiya qilish jarayonida 

tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish. 

2.

 

Investitsiya faoliyatini byudjet tomonidan qo`llab – quvvatlash shaklining 



rivojlanishi. 

 

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida va modernizatsiya qilish jarayonida 

tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish. 

 

Hozirgi bosqichda  har qanday davlatning tez sur`atlarda rivojlanishini xorijiy 

investitsiyalarni jalb etmay turib ta`minlab bulmaydi. 

Chet el  investitsiyalari foyda olish maqsadida  tadbirkorlik faoliyatiga  va boshqa turdagi 

faoliyat ob`ektlariga  kushaetgan mulkiy  boyliklarning va ularga nisbatan huquqlarning, 

shuningdek intellektual mulkga nisbatan huquqlarning barcha turlari chet el investitsiyalari 

hisoblanadi. 

Tadbirkorlik sarmoyasini chiqarish uning chet ellarda  uzoq muddatga ishlab chiqarish, 

savdo, moliya ob`ektlariga sarflanishi demakdir. 

Jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo`lsak, investitsiya muassasalari yuridik shaxslar 

bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: vositachilik faoliyati: qimmatli qog`ozlarni 

chiqarishni yulga quyish: ularni uchinchi shaxs foydasiga joylashtirish yuzasidan kafolatlar 

berish; investorlarning pul mablag`larini jalb qilish maqsadida aktsiyalar chiqarish hamda 

pullarni turli inviketlarning turli qimmatli qog`ozlariga kuyish; qimmatli qog`ozlarni chiqarish 

va muomalasi bo`yicha  maslahat tariqasidagi xizmatlar ko`rsatish. 

Moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalar, investitsiya bo`yicha maslahatchilar, 

investitsiya fondlari shular jumlasidandir. Moliya brokeri yuridik shaxs bo`lib, mijoz hisobidan 

va uning topshirig`i bilan komissiya shartnomasi yoki topshirigi asosida qimmatli qog`ozlar oldi-

sotdisi  paytida  vositachilik  vazifasini bajaradi.  Bizda odatda ularni brokerlik firmalari deb 


 

78  


yuritishadi. Ular ko`pincha investitsiya bo`yicha maslahatchi vazifasini ham birga qo`shib olib 

boradi. 


Investitsiya kompaniyasi yuridik shaxs bo`lib, qimmatbaho qog`ozlar bozorida mijoz 

hisobiga emas, balki o`zining hisobiga ishlaydi, ya`ni moliya brokeridan farqli o`larok, u diller 

hisoblanadi. 

Investitsiya kompaniyasi qimmatli  qog`ozlar chiqarishni  tashkil  etadi, uchinchi shaxslar 

foydasi uchun ularni  joylashtirish yuzasidan kafolatlar beradi, qimmatli qog`ozlarga mablag` 

kuyadi, o`z nomidan va o`z hisobidan qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisi bilan shugullanadi, 

jumladan qimmatli qog`ozlarni kotirovkalash yuli bilan amalga oshiradi. Respublikada yigirma 

ikkita  investitsiya kompaniyasi ruyxatga olingan. 

 Respublikada  fond bozorining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u endigina 

shakllanib kelayapti. 

Daslabki bosqichda investitsiya kompaniyasining asosiy vazifasi keyinchalik fond 

operatsiyalarini  o`tkazish uchun mijozlar  va sheriklar tarmogini vujudga keltirishdan iborat. 

Hozir ham kelajakda ham asosiy investitsiya okimi davlat mulkini  xususiylashtirishga bog`liq 

bo`ladi.  Kompaniya xususiylashtirish xizmatlari bozorida faol harakat qilishi, uslubiy 

yordamdan tortib aktsiyalarni birlamchi joylashtirishning emissiya prospektini tayerlashgacha 

bo`lgan butun bir  xizmatlar turkumini takdim etishi zarur. Shuningdek, investitsiya kompaniyasi 

xususiylashtiraetgan korxonalarning aktsiyalarini o`z mablag`iga sotib oladi. 

Investitsiya bo`yicha maslahatchi ham yuridik (konsalting firma), ham qimmatli qog`ozlar 

chiqarilishi va muomalada bulishi yuzasidan maslahat tarikasidagi  xizmatni takdim etadigan 

jismoniy shaxs bo`lishi mumkin. 

Investitsiya bo`yicha maslahatchilar quyidagi ish turlarini  bajaradi: qimmatli qog`ozlar 

bozorini tahlil qilish (aniq bitimlarni ekspertizalash, konyunkturani o`rganish va bashoratlar);  

huquqiy maslaxatlar berish; qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan operatsiyalar bo`yicha uslubiy, 

me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, qimmatli qog`ozlar emissiyasini tayerlash va tashkiliy-

uslubiy ta`minlash; qimmatli qog`ozlarni ta`minlash; qog`ozlar majmuasini ta`minlash, umumiy 

majmua strategiyasini  ishlab chiqarish, majmua joriy boshqarish yuzasidan maslahatlar berish; 

axborot xizmati ko`rsatish. 

Investitsiya fondi yuridik shaxs bo`lib, u ko`pchilik kapital egalarining jamoa 

investitsiyalarini  boshqaradi. Investitsiya fondi kredit tizimi rivojlangan moliya 

muassasalarining juda muhim ko`rinishlaridan biridir. 

Jahon tajribasining ko`rsatishicha, investitsiya fondlariga extiej shunday paytlarda 

bo`ladiki, bunda ko`pdan-ko`p mayda mablag`larni bir erga tuplash imkoniyati va zaruriyati 

tugiladi. 

Investitsiya fondi ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin. Yopiq turdagi fondlar o`z 

aktsiyalarini uning egalaridan sotib olishi majbur emas, ochiq turdagi fondlar esa birinchi 

talabdayoq sotib oladi. 

Investitsiya fondining asosiy vazifasi ko`pchilik investorlarning mablag`larini  safarbar 

qilish va ularni  fond nomidan xususiylashtirilaetgan korxonalar aktsiyalariga, boshqa qimmatli 

qog`ozlar va omonatlarga joylashtirishdan iborat. 

 

2.Investitsiya faoliyatini byudjet tomonidan qo`llab – quvvatlash shaklining 



rivojlanishi

 

O`zbekistonda chet el investitsiyalarini  jalb etish yuli bilan bozor iqtisodiyotiga o`tishning 



qonuniy-huquqiy asoslari yaratilgan. Ular O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarning 

huquqlari va faoliyati imkoniyatlari tartibini belgilab beradigan O`zbekiston Respublikasining  

“Chet el  investtsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi Qonunda, 

Prezidentimizning “Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-kuvvatlash va rag`batlantirish 

to`g`risida”gi  Farmonida, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 martdagi 55-sonli “O`zbekiston 


 

79  


Respublikasi xududida chet el investitsiyalari ishtirokida korxonalar tashkil etish va ularni davlat 

ro`yxatidan o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida” Qarorida aks etgan. 

Shuningdek bir qator Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga ko`ra, 

respublikada chet el investorlarining faoliyati uchun kulay huquqiy sharoitlar yaratildi, 

respublikada ishlab topilgan foydani  chet el valyutasiga almashtirish va xorijga o`tkazishni 

asoslashtirish bo`yicha valyutani tartibga solish to`g`risida, tashqi iqtisodiy faoliyatning 

erkinlashtirish, ajnabiy fuqarolarning uy-joy fondi, ob`ektlarini ular joylashgan er uchastkalari  

bilan birga mulk qilib olish imkoniyatlarini yaxshilash, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa 

shaharlarda mexmonxona va saexlik biznesi sohalarida erkin iqtisodiy xududlar barpo etish 

amalda joriy etildi. 

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarni o`tkaza borib, xalqaro mehnat taksimoti 

kulayliklaridan ko`proq foydalanishga intilmokda, ajnabiy tadbirkorlar uchun kulay investiya 

muxitini yaratmokda. 

Mamlakat uchun chet el investitsiyalarini jalb etishning ustivor sohalariga quyidagilar 

kiradi: 

 

agrosanoat majmuasini rivojlantirish, bu esa pirovardida aholini me`eridagi  turmush 



faoliyatini ta`minlash imkoniyatlarini yaratadi; 

 

sanoatning ustivor sohalarini, yoqilg`i-energetika majmuini jadal rivojlantirish, xalq 



xujaligining ilm-fan talab tarmoqlarida ishlab turgan kuvvatlarni yangilash va 

yangilarini barpo etish, respublikaning importga karamliligini kamaytirish

 

eksport saloxiyatini kuchaytirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini ko`tarish, 



eksportda mashinasozlik texnika mahsulotlari, tayer mahsulotlar xissasini va xajmini 

ko`paytirish; 

 

kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish, kadimgi xunarmand va an`anaviy 



hunarmandchilikni tiklash; 

Sug`urta tizimi-iqtisodietning alohida muhim tarmog`idir. O`zbekistonning sug`urta 

bozorida 60 ga yaqin davlat va xususiy sug`urta kompaniyalari bor. 

O`zbekistonda uchta kompaniya mashhur bo`ldi. Bular O`zbekiston Respublikasining 

davlat sug`urtasi Bosh boshqarmasi; “O`zbektinvest” milliy sug`urta kompaniyasi hamda 

“Madad” agentligi” aktsiyadorlik jamiyatidir. 



 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling