Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.

bet3/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

          3. Davlat qo`llab – quvvatlashning infrastrukturasi: kichik tadbirkorlikni qo`llab–

quvvatlash dasturlari. 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan kichik va o`rta biznesni  



rivojlantirishga ko`maklashish jamg`armasi (Biznes-fond) eng muhim moliyaviy vosita 

hisoblanadi. Jamg`arma byudjetidan ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulkni 

xususiylashtirishdan tushgan mablag`larda o`z faoliyatidan kelgan daromadlardan xususiy va 

jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, kimmatbaxo qog`ozlar chiqarish va joylashtirishdan 

tushgan daromadlardan iborat  pul mablag`larini jamlash yuli bilan kichik tadbirkorlikni qo`llab 

kuvvatlash rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni mablag` bilan 

ta`minlaydi. 

 Biznes-fondning 

asosiy 

maqsadlari quyidagilardan iborat: 



 

ustuvor yo`nalishlarda kichik va o`rta biznesni qo`llab -kuvvatlash yuli bilan bozor 

munosabatlarini bosqichma-bosqich  rivojlantirib borish mobaynida davlat siyosatini o`tkazishga 

ko`maklashishsh; 

 

kichik va o`rta biznesning bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga 



kumaklashuvchi infrastruktura elementlari (bank, axborot, sug`urta, lizing va boshqalar)ni 

shakllantirish; 

 

kichik va o`rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni qo`llab-kuvvatlash hamda rivojlantirish 



uchun o`z mablag`larini ajratish va chet el investitsiyalarni jalb etish masalalarida xalqaro 

moliya va jamoat tashkilotlari hamda jamg`armalari, korporatsiyalari, agentliklari, 

vakolatxonalari, idoralari, xususiy, huquqiy va jismoniy shaxslar tadbirkorlik tuzilmalari bilan 

o`zaro hamkorlikni ta`minlashdan iboratdir. 

Biznes fondning asosiy vazifalari: 

 

kichik va o`rta tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini tuldirish, 



chetdan keltiriladigan tovarlar urnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar urnini kengaytirish, 

yangi ish urinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam ko`rsatish; 

 

kichik va o`rta tadbirkorlik tuzilmalari innovatsiya faoliyatini qo`llab kuvvatlash, 



raqobatga bardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chikish va ishlab chiqarishni 

rag`batlantirish; 

 

O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni tashkil 



etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko`rsatish; 

 

kichik va o`rta biznesning kamyob xalq iste`moli  buyumlari ishlab  



chiqarish va xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda, dasturlari uchun moliyaviy 

mablag`lar ajratishdan iborat. 



 

29  


 

  Biznes fond bilan bevosita hamkorlikda “Madad” sug`urta agentligi ish olib boradi, u har 

bir valyutada o`z buyumlariga ega bo`ladi. Davlat uning ham muassasasi bo`lib, kichik va o`rta 

korxonalarning faoliyatini kreditlash bilan bog`liq kattagina xatarning moliyaviy ta`minotini o`z 

zimmasiga oldi. 

  

“Madad” 



sug`urta 

agentligi: 

 

-kichik va o`rta biznesning dasturlari va loyihalarini  ekpert baholash va tanlab olishni 



hamda ularni ruebga chiqarish uchun moliyaviy mablag`lar ajratilishi maqsadlarini ko`zlab 

xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlab chikish; 

 

-tadbirkorlik tuzilmalari Biznes fonddan ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanishi 



ustidan nazorat mexanizmini ishlab chikishni amalga oshiradi; 

  

-buyurtmaning fond dasturiy yo`rug`iga muvvofik, darajasini; 



 

-loyihaning dolzarbligi, noyobligi, realligi, raqobatga bardoshligi, loyihaning mintaka 

manfaatlariga muvofiq, loyiha byudjeti va grafigi  (hayotiy tsikli) mukammalligi loyihaning 

moliyaviy asosolanganligini belgilaydi; 

 

-loyihalarni amalga oshirish bilan bog`liq tavvakalchilikni sug`urtalaydi. 



 

  Shuni ta`kidlash kerakki, sug`urtalash sohasida davlatning yakka xokimligi tugatildi va 

O`zbekiston Respublikasining sug`urta bozorida bugun 24     ta sug`urta kompaniyasi ish olib 

bormokda. 

 

  Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-kuvvatlash tadbirlari quyidagi 



shakllarda amalga oshiriladi: 

  

-qonuniy-huquqiy 



ta`minot; 

  

-tashkiliy 



ta`minot; 

 

  -tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moddiy -texnikaviy sharoit yaratish; 



 

  -moliyaviy kredit ta`minoti; 

 

  -tadbirkorlikni sug`urta bilan ta`minlash; 



 

  -tadbirkorlik shu`basini kadrlar bilan    ta`minlash; 

 

  -TIF ishini iqtisodiy qo`llab-kuvvatlash; 



 

  -axborot maslaxat ta`minoti; 

  

-tadbirkorlikni 



ijtimoiy-ruxiy 

jihatdan ta`minoti va boshqalar. 

 

  O`zbekistonda  davlatni  iqtisodiy siyosatida kichik tadbirkorlik korxonalarini qo`llab 



kuvvatlash tadbirlari amalda realizatsiya kilinmokda: 

 

Respublika kichik korxonalarni qo`llab- kuvvatlash fondi tashkil etilgan bo`lib, 



moliyaviy yordam kichik korxonalarga davlat, jamoa, tashkilotlar, yuridik va ajnabiy 

shaxslarni ixtiyoriy tulaydigan yigimlari hisobidan qo`llab- kuvvatlanmokda; 

 

1991 yildan boshlab kichik korxonalar birinchi yili oladigan foydasidan 25 foiz to`lov 



belgilandi, ikkinchi yili olinadigan foydadan 50 foizi soliq sifatida tulanadigan buldi; 

 

dastlabki ikki yil qishloq xujaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan va bu mahsulotlarni 



qayta ishlaydigan, keng xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqaruvchi, kurilish, ta`mirlash, 

kurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, yangiliklarni tadbik etuvchi kichik korxonalar 

byudjetga soliq to`lashdan ozod etilgan; 

 

o`z foydalarini kurilishga, korxonani qaytadan rekonstrutsiya qilish, asosiy fondlarni 



yangilab borishga, yangi texnikani, texnologiyani, ishlovchilarni malakasini oshirishga 

sarflaydigan kichik korxonalardan soliq solinmaydi; 

 

kichik korxonalarda pensionerlar kariligi va nogironligi bo`yicha ishlayotganlarni 50 



foizini tashkil kilgan takdirda olngin foydadan davlat byudjetiga tulanadigan soliq 30 foizga 

kamaytirilgandir; 

 

kichik korxonalarda ishlovchi karilar va nogiron pensionerlar umumiy ishlovchilarni 30 



foizdan to 50 foizgacha tashkil etsa, foydadan olinadigan soliq 20 foizga kamaytiriladi; 

 

qonunda kursatilgan kichik korxona mustaqil o`zi xo`jalik faoliyati olib borish huquqiga 



ega, o`z-o`zini moliyalashtiradi, o`zini boshqaradi, o`z Ustavida kursatilagn qonunlar 

doirasida ish olib boradi; 



 

30  


 

kichik korxonalar yuridik shaxs sifatida korxonalar bilan shu jumladan xorij firmalari 

bilan ham turli shartnomalar tuzish huquqiga ega; 

 

kichik korxona nomidan direktor belgilangan reja asosida firmani istikboli uchun zarur 



faoliyat turlarini baholash majburiyatini oladi, moliyaviy natijalar bo`yicha buxgalteriya 

hisobotlarini to`zib beradi; 

 

kichik korxonalar o`z mablag`larini o`zi pul, moddiy tushumlar, korxona, tashkilotlarga 



mahsulot sotishdan kelib tushgan mablag`, aktsiyalarni sotishdan, boshqa qimmatli 

qog`ozlarni sotishdan kelgan mablag`lar, kichik korxona mulkini shakllantirishda shartnoma 

bo`yicha turli korxonalar pul, moddiy shaklda badal o`tkazish fuqarolar, ishlovchilar ham pul 

o`tkazishlari mumkin; 

 

kichik korxonani tashkil etuvchi tashkilot firmani oladigan foydasidan ta`sischiga 



o`tkaziladigan normani belgilaydi, kichik korxona byudjet va ta`sischi bilan hisob- kitob qilib 

bo`lgandan so`ng kichik korxonani o`z foydasi tashkil topib, bu foyda korxona Nizomi 

bo`yicha taksimlanadi. 

    4. Litsenziya berish sohasida davlat siyosati. Litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari. 

 

 

  Litsenziya so`zi- lotincha so`z bo`lib erkinlik huquqi degan ma`noni anglatadi. 



 

  1.Chet eldan mol olib kelish yoki chiqarish uchun beriladigan ruxsatnoma. 

 

  2.Ixtiro kashfiyotida foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. 



 

  Litsenziya-davlat organlarining chet elga mol chiqarishga yoki chet eldan mol keltirishga 

ro`xsati bo`lib, bularni eksport yoki import litsenziyalari deyiladi. 

 

  Litsenziya potentsialga ega bo`lgan shaxs  tomonidan ham beriladi va bunda potentsialga 



egalik o`zgarmaydi. Litsenzion kelishuvda litsenziya berish, olish shart-sharoitlari, muddati, 

rag`batlantirilishi ifoda etiladi. 

 

  Litsenziya savdosi tijorat maqsadda foydalaniladigan ilmiy-texnik ayriboshlashning 



asosiy shaklini tashkil etadi. 

 

  Litsenziyaning 3 xil turi  mavjud: 



  

-oddiy 


litsenziya 

  

-maxsus 



litsenziya 

  

-to`liq 



litsenziya 

 

  Oddiy litsenziya uning egasiga o`zi foydalanishi uchun yoki boshqaga foydalanishga 



berish uchun imkon yaratadi. 

 

  Maxsus litsenziya oluvchiga uning egasi faoliyat qiluvchi xududda foydalanishni va 



boshqalarga bu imkoniyatni berishni ta`kidlaydi. Litsenziya  oluvchiga man etilgan boshqa 

xududlarda litsenziya egasining o`zi foydalanishi va boshqalarga foydalanishga imkon yaratish 

mumin. 

 

  To`liq litsenziya egasining huquqini batamom yo`qotishini bildiradi. 



 

5. Moliya – kredit vositasida qo`llab – quvvatlash. Kadrlar bilan ta`minot. 

 

 

Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko`rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va 

moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektning moliyaviy zaxiralarini uning 

ixtiyorida bo`lgan pul vositalari tashkil qiladi. 

 

Faqatgina, unchalik ko`p bo`lmagan yangi ish boshlagan tadbirkorlar o`z ishlarini o`zlari 



moliya bilan ta`minlaydilar. Ko`pchilik kishilar oz miqdorda bo`lsa ham tashqi manbalarga 

muhtoj bo`ladilar. 

 

Moliyaviy resurslarning 4 ta toifasi mavjud bo`lib ularda quyidagilar: 



1.

 

Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to`g`ri ma`noda zayom vositasi hisoblanmaydi. 

Haqiqatdan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning etkazib beruvchilaringiz sizga 

pul to`lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muhlatlarda to`lash sharti bilan. 



 

31  


2.

 

Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus 

maqsadlar-muddatli kreditlar ehtiyoj sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. 

Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi. 

3.

 

Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish 



yoki takomillashtirish uchun beriladi. 

4.

 



Aktsiyanerlar kapitalda investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz 

vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, 

siz o`z korxonangizning bir qismini sotasiz. 

 

Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bo`lgani kabi tadbirkorlik sohasida ham 



kadrlarning o`rni beqiyosdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida ham kadrlar ta`minotini va 

ularning strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 

Kadrlar siyosati va boshqarish san`ati bu xalq xo`jaligida eng yaxshi boshqaruv kadrlarini  uzoq 

muddatga tayyorlashdir. Kadrlar siyosati korxonalarda, firmalarda, korporatsiyalarda 

mutaxassislarni qayta tayyorlash, uzoq muddatli dasturlarda ishlab chiqariladi. Masalan, yangi 

biznes usullarida tadbirkorlik faoliyati sohalari bilan shug`ullanuvchi kadrlar kerak bo`ladi, 

shuningdek Tadbirkorlik asoslari, marketing, bank faoliyati sohalaridja ishlashni biladigan 

mutaxassislar zarur bo`ladi. 

 

Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda kadrlar xizmati 



rahbarlari, oliy, muntazam va funktsional rahbarlar ishtirok etadi, ammo, yakuniy qarorni bosh 

direktor yoki direstorlar majlisi boshchiligidagi oliy menejerlar korpusi qabul qiladi. 

 

Xususiy tadbikorlikda kadrlar ta`minoti va strategiyasi bilan tadbikorning o`zi 



shug`ullanadi. 

QISQAChAChA XULOSA 

 

  Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash  tizimi 



yaratilib, u qonunlar, Prezident Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

qarorlarini o`z ichiga oluvchi tegishli me`eriy-huquqiy xujjatlarga asoslanadi. 

 O`zbekiston 

xususiylashtirishdan 

olingan 

barcha mablag`lar byudjetga emas, balki 

xususiylashtirilgan korxonalari qo`llab-quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini 

rivojlantirishga yo`naltirilgan yagona davlatdir. 

  Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvohlik  beradiki, uzoq davom 

etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida    asosan iste`mol tovarlari  ishlab chiqaradigan mayda 

korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi. Shuning uchun bizning 

mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqilib, ularni 

rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda.  

 

  Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-kuvvatlash tadbirlari qonuniy -



huquqiy ta`minot, moliyaviy kredit ta`minoti, sug`urta bilan ta`minlash, tashqi iqtisodiy 

faoliyatini qo`llab-quvvatlash shakllarida amalga oshiriladi. 

 

  Bularga davlat korxonalar tomonidan biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga ixtirolar, ishlab 



chiqarish tajribasi, tijorat axborotlaridan ma`lum vaqtda foydalanish huquqini ifodalovchi 

ruxsatnomaning berilishi, ya`ni litsenziya berilishi katta ahamiyatga egadir. 

 

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI. 



 

 1.Tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashning zarurati nimada? 

 2.Qanday dasturlar asosida kichik tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tizimi amal qilmoqda? 

 3.Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tadbirlari qanday 

shakllarda amalga oshiriladi? 

4. Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko`rinishlarini qanaday zaxiralar tashkil qiladi? 

5. Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda kimlar ishtirok 

etishadi va qarorni kimlar qabul qilishadi? 

 


 

32  


ADABIYoTLAR RUYXATI 

1.

 



Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 

1995 


2.

 

Karimov I.A.  “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999.  



3.

 

I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh 



yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T.,  

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar  

   akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 

5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/  O`z R  

   Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”,  

   2003.-144 bet. 

6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik 

kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002. 

 

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RO`YXATI: 



 

1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe 

posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 

2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini 

liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 

2005. -66 b. 

3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 

b. 


4.Yusupov M.A., Ergaxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: 

TDIU. 2005. -264 b. 

 

 

3- MAVZU. MULK VA TADBIRKORLIKNING ShAKLLANIShINING  IQTISODIY 



YO`LLARI(2 SOAT). 

 

Tayanch iboralar: Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, shaxsiy mulk, 

xususiy mulk, fuqarolar mulki, aralash mulk, jamoa mulki, davlat mulki, tadbirkorlik shakllari , 

xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, 

3-ma`ruza. Mulk va tadbirkorlikni shakllanishining iqtisldiy yo`llari 

Reja: 

1. Mulk shakllarining turlari va tarkibi. 

2. Yakka tartibdagi (xususiy) va jamoa tadbirkorligi. Jamoa tadbirkorligi shakllari. 

3. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, yakka hokimlikning bartaraf etilishi va 

mamlakat iqtisodiyotida raqobatning kuchayishi.  

4. Iqtisodiy islohotlarni globallashuv sharoitida tadbirkorlikning o`rni. 



 

1. Mulk shakllarining turlari va tarkibi. 

 

 

O`zbekiston Respublikasida 1990 yil 31 oktyabrda “Mulkchilik to`g`risida” Qonun  qabul 



qilingan va bu qonunning 4-moddasida ko`rsatilishicha O`zbekiston Respublikasida mulk 

quyidagi  shakllarga bo`linadi: 

 

-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 



 

-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona 

mulki, aktsiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari  va diniy 

tashkilotlarning mulki, turli xo`jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik  shaxs 

hisoblangan boshqa jamoalar mulki; 

 -davlat 

mulki; 


 

33  


 

-aralash mulk;                                       

 

-qo`shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy 



yuridik shaxslar mulki shaklida  yuzaga chikadi. 

 

O`zbekiston Respublikasida  mulkning hamma shakllari teng huquqlidir. Shaxsiy mulk - 



individual o`zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy  mulkdan  farqlirok  daromad topishga xizmat 

qilmaydi, balki shaxsiy ehtiyojni qondirishga qaratiladi. 



2. Yakka tartibdagi (xususiy) va jamoa tadbirkorligi. Jamoa tadbirkorligi shakllari. 

 

Xususiy  va shaxsiy  mulk birgalikda fuqarolar  mulki deyiladi. 



 

Jamoa mulki - boylikning muayyan maqsad yulida  ayrim jamoalarga  birlashgan kishilar 

tomonidan birgalikda o`zlashtirilishidir. 

 

Jamoa mulkining afzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o`zini mulkdor qiladi. 



Bu erda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari 

to`g`ridan- to`g`ri birikadi. 

 

Davlat mulkining paydo bo`lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo`ladi: 



1) 

 

mulkni davlat mulkiga aylantirilishi; 



2) 

 

davlat mablag`i hisobidan korxonalar qurilishi



3) 

 

jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir qismining soliq 



undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi. 

 

Aralash mulk muayyan bir ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirishini 



bildiradi. 

 

Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu - qo`shma mulkdir. Qo`shma mulk 



tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmoqda. Chet el kapitali 

asosidagi qo`shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni 

bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablag`lar zaruriyati sharoitida 

qo`shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir.  

 

Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng  tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va 



bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan tabaqalanib, farqlanib, 

tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo`l 

ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O`zbekistonni ilg`or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal 

qiluvchi omildir.   

 

Mulkdor boshqalarning emas, balki o`zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko`ra  



o`z mol-mulkiga  egalik qiladi. Mulkiy huquqning asosiy  yuridik  mazmuni unga egalik 

qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog`liq huquqiy vakolatlardan iborat. O`z 

huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirigiga binoan 

emas, balki o`zining xohishiga  ko`ra o`z mulkiga  egalik qiladi, xoxlasa o`zining mazkur 

huquqiy  vakolatini  boshqarishga o`tkazishi  mumkin.  Mulkdor o`z xohishi bilan mulkidan 

foydalanadi, shuningdek, undan o`ziga  zarur bo`lgan foydali daromadlarni  undirish uchun 

ishlatadi. 

 

Mulkdor o`z mulkiga tegishli  huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi  mumkin. 



Masalan, mulk egasi  sifatida  o`ziga tegishli  bo`lgan barcha huquqiy  vakolatlarni  davlat  

korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga  yoki ayrim jismoniy  shaxslarga o`tkazishi 

mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk  egalariga, jumladan 

fuqarolarga  ham, teng  huquq berilgan. Bu-qonunda ko`zda tutilgan jiddiy  va eng muhim  

yangiliklardan biridir. 

 

Bozor munosabatlariga o`tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida



fuqarolar o`ziga tegishli mulkni  ko`paytirish uchun boshqa fuqarolarni  yollanma mehnatga jalb 

qilishi mumkin. Fuqaro o`z mulkiy huquqini amalga oshirish uchun tadbirkorlik bilan 

shug`ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda o`tmish tuzum sundirgan mulkiy 

mustaqillik hissini uyg`otish, tiklash, kengaytirish va mustaxkamlash-davlatimizning eng dolzarb 

vazifalaridan biridir. 

 

Respublika bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish natijasida 



turli mulkchilikka asoslangan ko`p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotni ichki 

 

34  


tuzilishi o`zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo`jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat 

iqtisodiyotidavlat mulki bilan bir qatorda jamoa, xususiy, aktsionerlik, hamkorlikdagi va boshqa 

turdagi korxonalar tashkil topdi. Davlat o`z navbatida turli mulkchilik korxonalari uchun teng 

iqtisodiy sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi. 

 

Turli mulkchilik iqtisodiyoti mulk egalarini ukuvli, ishbilarmon, tadbirkor bulishlarini 



talab qilish bilan kifoyalanib kolmay, balki iste`molchilar va bozor talabini urganib, yangi 

texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab chiqarib, bozorni turli mahsulotlar 

bilan tuldirishni talab etadi. Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganidek:  “Mulkchilik shakllari 

turiga bo`lgan korxonalar o`rtasidagi raqobatchilik ko`rashi ularni ishlab chiqarishni 

boshqarishning ichki tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, texnika bilan qayta 

kurollantirishga, fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarni qo`llashga moslashishga, kam  sarf-

xarajat qilgan holda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda mahsulot ishlab chiqarishga 

undaydi”.

1

  

 



Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy yuksalishini muhim omillaridan 

biri turli mulkchilik iqtisodiy xo`jalik tizimini barpo etilgan bo`lsa, uning rivojlanishiga ta`sir 

etuvchi omili turli mulk shaklidagi korxonalar o`rtasidagi raqobat ko`rashi hisoblanadi.  



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling