Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.

bet4/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, yakka hokimlikning bartaraf etilishi va 

mamlakat iqtisodiyotida raqobatning kuchayishi. 

 

 

1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 



to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni “Mulkchilik haqida”gi qonunni ruebga  

chiqarish uchun  shart-sharoitni  ta`minladi.  1993 yil 7 mayda “Mulkchilik to`g`risidagi 

Qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunda mustahkamlanib 

qo`yilgan Qonunga muvofiq  faqat jismoniy shaxslargina emas, balki  nodavlat  yuridik  shaxslar 

ham mulk huquqining sub`ektlari deb e`tirof etiladi. 

 

Xususiylashtirishning bir necha yo`llari mavjud: 



1) 

 

davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish; 



2) 

 

ijaraga olingan davlat korxonasini jamoa mulkiga aylantirish; 



3) 

 

davlat mulkini fuqarolarga bepul berish; 



4) 

 

davlat mulkini mas`uliyatni o`z zimmasiga oladigan mulk sohibiga berish; 



5) 

 

davlat mulkini chet el fuqarolariga berish; 



6) 

 

 davlat mulkini auktsionda sotish orqali amalga oshirish mumkin. 



 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish - sho`rolar iqtisodiy  tizimini sindirib, uning 

asoratlarini  bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishining eng samarali yo`llaridan biri.  

Bu tadbir xususiylashtirish jarayoni bilan mantiqan bog`langan tushuncha bo`lib, davlatga oid 

tashkilot, korxona, muassasalarni  hamda birlashmalarni davlat tasarrufidan, ya`ni davlat 

ixtiyoridan chiqarib,  xususiy mulk egalariga bo`lib berish, aniqrogi, uni sotish tushuniladi. 

Davlat tasarrufidan chiqarish-yangi boshqaruv tuzilmalarini barpo etish demakdir. 

 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1994 yilning mart oyida “O`zbekiston 



Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish 

bo`yicha davlat dasturi”ni tasdiqladi. 

 Dastur 

bo`yicha: 

 

1).Ular xususiylashtirishning Respublika   dasturlarining ustivor yo`nalishlarini hisobga 



olgan holda ishlab chiqarilishi kerak. 

 

2). Xususiylashtirishning mintakaviy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarini amalga  



oshirish, qonun bo`yicha mintakada yoki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish uchun mas`ul bo`lgan bulinmalar va mansabdor  shaxslarning mas`uliyat tartibi 

asosida  tezkor va sifatli bajarilishi kerak. 

                                                           

1

 

Каримов  И.А.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  йўлида.  Тошкент 



“Ўзбекистон”.1995 й. -183-184 бетлар. 

 

 



 

35  


3) 

 

Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarini amalga 



oshirish qonun bo`yicha mintakada yoki tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish uchun mas`ul bo`lgan bo`linmalar va mansabdor shaxslarning mas`uliyat tartibi 

asosida operativ va sifatli bajarilishi kerak. 

 

Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish kontseptsiyasi, mamlakatdagi haqikiy 



iqtisodiy ahvolni va  uning xususiyatini hisobga  olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda boshqa 

davlatlarda bo`lib o`tgan iqtisodiy  tanglik  davrlari inobatga olinadi. Tovar-pul 

mo`tanosibligiga, asosan, davlat mulkining bir qismini sotish, shuningdek, byudjet va kredit 

siyosatini o`zgartirish bilan erishish mumkin. Davlat samarasiz ishlab chiqarishlarni  qo`llab-

kuvvatlashdan voz kechib, bu bilan chuqur tuzilmaviy o`zgarishlar uchun shart-sharoit yaratib 

berishi kerak. Mulkiy tabakalanishni cheklovchi va ishlab chiqarish investitsiyalarini 

ragbatlantiruvchi soliq  isloxati davlat tasarrufidan chiqarish keng tus olishidan oldinrok amalga 

oshirilishi kerak. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning, shu jumladan, xorijiy fuqarolarning qonun 

bilan takiklanmagan har kanday xo`jalik faoliyatida tenglik e`lon qilinadi. Huquqiy  shaxslar va 

fuqarolarning xech istisnosiz, davlat mulki hisoblanadigan mulk turlaridan tashqari, har qanday 

mulk turiga, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish huquqi kafolatlangan. 

 Tadbirkorlik 

shakllari 

“Tadbirkorlik to`g`risida”gi  qonunning 5-moddasiga binoan 

quyidagilardan iborat: 

   


-yakka mehnat faoliyati; 

  

-xususiy tadbirkorlik-ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb  etish asosida 



amalga oshiriladi

   


-jamoa tadbirkorligi-bir guruh fuqarolar tomonidan  amalga oshiriladi, 

   


-hamkorlikdagi tadbirkorlik- yuridik shaxslar va fuqarolarning o`z mulklari va mulkiy 

huquqlarini  birlashtirish asosida amalga oshiriladi. 

   

Yakka mehnat faoliyati tadbirkorlik faoliyatini  amalga oshirishning eng oddiy shakli 



hisoblanadi. Uni tashkil qilish tarkibi  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 

yil 14 fevraldagi  Karori bilan tasdiklangan Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizomda 

belgilangan. Bu Nizomga muvofiq, yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor 

o`z faoliyatini yuridik shax sifatida ruyxatdan utmay amalga oshirish huquqiga ega . 

   

Bu Nizomda ko`rsatilishicha, xususiy tadbirkor faoliyati turini amalga oshirishda xo`jalik 



yurituvchi boshqa sub`ektlar va mijozlar bilan o`z  munosabatini shartnoma asosida olib boradi. 

  

O`z faoliyatini yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiradigan xususiy tadbirkor 



yuridik shaxs sifatida nomoyon bo`ladi va u korxonani belgilangan tartibda ruyxatdan o`tkazish 

shart. 


  

O`zbekiston tajribasi ko`rsatganidek, mulk shakllarining amaldagi realizatsiyasi 

ta`minlamaguncha, raqobatbop xo`jalik yuzaga chiqmaydi. Raqobatning asosiy vositasi narx 

bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida narxsiz raqobatga sharoit bulmaydi, shu boisdan 

narxlarni liberallash, ya`ni ularni  erkin kuyib borish va bozorda shakllantirish raqobatning 

asosiy talabi hisoblanadi. O`zbekiston davlat nazorati ostidagi narxlardan, kelishilgan narxlarga, 

ulardan erkin bozor narxlariga o`tish yuz beradi.   

 

 



4.

 

Iqtisodiy islohotlarning globallashuv sharoitida tadbirkorlikning o`rni. 

 

Samarali ishlab chiqarishda tadbirkorlik ko`pincha katta miqdordagi kapitalga ega bo`lgan 

yirik ko`lamdagi korxonalarning tashkil etilishini talab qilishi sababli investorlar o`z 

mablag`larini birlashtirishga ehtiyoj sezadilar. Korporatsiyalarning cheklangan ma`suliyat 

tamoyili qulay boshqarish tuzilmasiga egaligi bilan xususiy kapitalning katta zaxiralarini jalb 

qilish, o`zaro bog`liq mahsulotlar ishlab chiqarish va tavakkalchiliklarni birlashtirishga qodir 

bo`lishadi. 

Iqtisodiyotning zamonaviy globallashuv jarayonlari o`zida korxonalar guruhlari o`rtasidagi 

boshqaruv munosabatlarini korporativlashtirish bilan birikuvi natijasida korxonalarning 

internatsionalashuvida namoyon bo`lmoqda. 



 

36  


Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda iqtisodiy faoliyatning asosiy hajmi 

xususiy korporatsiyalar (xususiy sektor korporatsiyalari)da amalga oshirilmoqda. Korxonalarni 

korporativ boshqarish muammosi bugungi kunda ham nazariy-uslubiy ham amaliy jihatdan 

dolzarb hisoblanadi. Shu sababli ham samarali korporativ boshqarish masalalari hozirgi kunda 

keng rusum bo`lgan mavzular qatoriga kirib qoldi. 

Korporatsiya o`z biznesini mustaqil olib borishi mumkin bo`lgan yuridik shaxs 

hisoblanadi. Bundan tashqari korporatsiya faoliyat yuritishda aktsiyalar necha marta o`z egalarini 

o`zgartirishiga qaramasdan chegaralanmagan izchillika ega.  

Korporativ boshqarishda joriy qarorlar boshqaruvchilar tomonidan operativ(tezkor) tarzda 

qabul qilinadi. Bu qonunchilik organlari tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlardan 

ancha samaralidir. Yana bundan tashqari aktsiyadorlar cheklangan javobgarlikka ega bo`ladilar, 

bu o`z navbatida ularni dastlabki qo`yilgan mablag`dan oshgan qarz to`lovlari yoki zararlardan 

himoya qiladi. 

Medalning orqa tomoni bo`lganidek, korporatsiyaning bitta asosiy kamchiligi  bo`lib, u 

korporatsiya foydasiga solinadigan maxsus soliqning mavjudligidir. Biznesni yuritishning 

korporativ bo`lmagan shakllari uchun har qanday daromad odatda shaxsiy daromad kabi bir 

marta soliqqa tortiladi. Korporatsiyada esa daromad ikki marta soliqqa tortiladi. Ya`ni birinchi 

marta korporativ foyda sifatida, ikkinchi marta esa dividentlar shaklida individual daromad 

soliqqa tortiladi. Oxirgi yillarda korporatsiyalarni ikki yoqlama soliqqa tortish tizimi ba`zi 

iqtisodchilar tomonidan qattiq tanqid qilinishiga qaramasdan ko`pchilik mamlakatlarda 

korporativ daromad maqbul soliq bazasi hisoblab kelinmoqda.

1

 



Buni shundan ham ko`rishimiz mumkinki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar 

iqtisodiyotida korporatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra AQShning 

100 ta yirik korporatsiyasiga mamlakat YaMMning 60%, ishlab chiqarishda band bo`lganlarning 

45%, hamda investitsiyalarning 60% to`g`ri keladi. Yaponiyaning oltita yirik kompaniyasi 

guruhining («Mitsibusi», «Mitsuii», «Sumitomo», «Day Iti Kangin», «Fue», «Sanva») jami 

oboroti mamlakat YaMMning 15%ga to`g`ri kelib, ular ushbu mamlakat sanoat aktivlarining 

50%ni nazorat etadi. Albatta, ushbu yirik korporatsiyalar o`z tarkiblarida kichik va o`rta 

korxonalarni ham mujassam etadi.

2

 

Jamiyat manfaatlari haqida gapirar ekanmiz, korporativ boshqarishning asosiy 



maqsadlaridan biri bu-korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda milliy 

iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshliligini ta`minlashdir. Ammo bu maqsadlarga erishish 

uchun faqat korporativ boshqarish o`zi etarli emas. Iqtisodiyotning umumiy holati, uning 

instituttsional xususiyatlari, davlat siyosati, aktsiyadorlar, menejerlar va ishchilarning xulq-atvori 

amaliyoti ba`zan juda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ boshqarishning hamma davlatlar 

va barcha korxonalarda qo`llaniladigan yagona modeli mavjud emas. Hozirgacha dunyoda 

korporativ boshqarishning uchta asosiy tan olingan  modeli mavjud bo`lib ular quyidagilardan 

iborat: 


 

ingliz-amerika (unitar boshqarish) 



 

nemis (ikki tabaqali boshqarish) 



 

yapon (to`rsimon boshqarish) 



Yana shuni alohida ta`kidlash joizki, «korporatsiya» iborasining mohiyati ham  ushbu 

modellarda bir-biridan farqlanadi. Amerika qonunchiligiga muvofiq har qanday korporatsiya 

quyidagi mezonlarga javob berishi kerak

1



1.

 

Yuridik shaxs shaklida faoliyat yuritishi; 



2.

 

Cheklangan javobgarlikning mavjudligi; 



3.

 

Korporatsiyaning faoliyat yuritish muddatining cheklanmaganligining e`lon qilinishi; 



                                                           

1

 Пол А.Самуэльсон, Вильям Д.Нордхаус. Экономика: Пер. с англ.-М.: «Лаборотория Базовых Знаний», 



2000. с.145 

2

 П.Достанко Корпоративизм, рыночная активность и культура управления// Проблемы теории и практики 



управления, 2001.№4.-с.88  

1

 Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. и др. Корпоративный менеджмент. М.: Высшая школа, 2003. 



 

37  


4.

 

Aktsiyalarni erkin berish imkoniyati; 



5.

 

Markazlashgan boshqaruvning mavjudligi. 



evropa qonunchiligida korporatsiya tushunchasi yuridik shaxs tarifiga mos holda bir 

muncha kengroq izohlanadi: korporatsiya-bu birlashgan kapitallar(erkin badallar)ga asoslangan 

va qandaydir ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshiruvchi jamoaviy kelishuv asosida tashkil 

qilingan yuridik shaxsdir. 

Nemis modeli ingliz-amerika modelidan farq qiladi, ya`ni ingliz-amerika modelida asosiy 

mulk egalari instituttsional investorlar(asosan nafaqa fondlari va investitsion kompaniyalar) 

hisoblansa, nemis modelida asosiy mulk egalari boshqa korporatsiyalar hisoblanadi. Nemis 

modelining yana bir farq qiluvchi xususiyati-bu aktsiyador kapitalining yuqori 

kontsentratsiyalashuvidir. Shu sababli nemis korporatsiyalarining mulkdorlari menejerlar 

faoliyati ustidan bevosita nazorat qilishga manfaatdordirlar. 

Nemis modelidan farqli o`laroq yapon korporatsiyalarida tijorat banklarining vakillari 

direktorlar Kengashi tarkibiga faqat tanazzul paytlarida kirishadi. Bundan tashqari tanazzul 

paytlari Yaponiya hukumati o`z vakillarini korporatsiyaning direktorlar Kengashi tarkibiga 

kiritishadi va bir vaqtning o`zida uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlaydi. Odatda yapon 

korporatsiyalarning direktorlar Kengashi asosan ichki direktorlardan tashkil topadi.   

Hozirgi vaqtda butun dunyo bo`yicha 40 mingdan ortiqroq transmilliy korporatsiyalar 

(TMK) 250 ming atrofida shu`ba kompaniyalar va bo`linmalarni nazorat qilishmoqda. 

Dunyoning 100ta yirik kompaniyalarining 40%dan ortiq aktivlari mamlakat tashqarisida 

joylashgan. Transmilliy korporatsiyalar ulushiga butun dunyo yalpi mahsulotining 1/4 ko`proq 

qismi to`g`ri kelgan holda, ularning yillik oboroti 6 trln. dollar atrofidagi summani tashkil 

etmoqda. 

Jahon iqtisodiyotida tadbirkorlikning internatsionallashganligining u yoki bu modelining 

yoyilishining asosiy omillaridan biri bu-jahondagi geosiyosiy holat va mamlakatda shakllangan 

modelning ta`sir qilish darajasi hisoblanadi.  

Shunday qilib, bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda shu jumladan 

O`zbekistonda ham iыtisodiyotning globallashuv sharoitida tadbirkorlik faoliyati tizimining 

shakllanishi turli xil modellar elementlarining kombinatsiyalashuv yo`li bilan amalga 

oshirilmoqda.        



QISQAChAChA XULOSALAR 

 

Mulkning fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki, jamoa mulki, davlat mulki, aralash 



mulk, kushma korxonalar mulki kabi shakllari mavjud. 

  O`zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir. 

 

O`zbekistonning mulk to`g`risidagi qonunda mulkiy huquqlarning barchasi kurstilgan. 



Mazkur qonunning birinchi bandiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida molk-mulkning 

mavjud ekanligi va unga nisbatan egalik huquqining bulishi tan olinadi. 

 

Bozor munosabatlariga o`tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, 



fuqarolar o`ziga tegishli mulkni ko`paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb 

qilishi mumkin. Fuqarolarda utmish tuzum sundirgan mulkiy mustaqillik hissini uyg`otish, 

tiklash, kengaytirish va mustahkamlash - davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan  biridir. 

 

Davlat tasarrufidan chiqarish - shurolar iqtisodiy tizimini sindirib, uning asoratlarini 



bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning eng samarali yullaridan biri. Davlat 

tasarrufidan chiqarish - yangi boshqaaruv tizilmalarini barpo etish demakdir. 

 

Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish kontseptsiyasi, mamlakatdagi xukikiy 



iqtisodiy ahvolni va uning xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqardi. 

 

Tadbirkorlik tashkilik-huquqiy shakllarining quyidagi: xususiy tadbirkorlik; kichik biznes 



(kichik narxlr); xo`jalik va ijtimoiy birlashmalaar tadbirkorligi; fermer xujaligi asosidagi 

tadbirkorlik; ijara va jamoa xujaligidagi tadbirkorlik; chet ellik sheriklar bilan kushma  

tadbirkorlik mavjud. 


 

38  


Hozirgi vaqtda butun dunyo bo`yicha 40 mingdan ortiqroq transmilliy korporatsiyalar 

(TMK) 250 ming atrofida shu`ba kompaniyalar va bo`linmalarni nazorat qilishmoqda. 

Dunyoning 100ta yirik kompaniyalarining 40%dan ortiq aktivlari mamlakat tashqarisida 

joylashgan. Transmilliy korporatsiyalar ulushiga butun dunyo yalpi mahsulotining 1/4 ko`proq 

qismi to`g`ri kelgan holda, ularning yillik oboroti 6 trln. dollar atrofidagi summani tashkil 

etmoqda. 



 

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI 



 

1. 


 

Mulk shakllarining qanday turlarini bilasiz? 

2. 

 

O`zbekiston Respublikasida mulkni davlat taasarufidan chiqarish jarayoni qanday amalga 



oshiriladi? 

3. 


 

Mamlakatimiz xududida nimalar davlat taasarufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi 

mumkin? 

4. 


 

Tadbirkorlik shakllarini qanday turlarini bilasiz? 

5. 

 

O`zbekistonda xususiylashtirishning eng muhim xususiyati nima hisoblanadi? 



6. 

 

Davla korxonalaari qanday guruhlarga bo`linadi? 



  

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI: 

1.

 



Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 

1995 


2.

 

Karimov I.A.  “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999.  



3.

 

I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh 



yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T.,  

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar  

   akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 

5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/  O`z R  

   Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”,  

   2003.-144 bet. 

6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik 

kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002. 

 

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RUYXATI: 

 

1.Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-metodicheskoe 

posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 

2.Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini 

liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 

2005. -66 b. 

3. Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -220 

b. 


4.Yusupov M.A., Ergaxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: 

TDIU. 2005. -264 b. 

5. Pol A.Samuel`son, Vil`yam D.Nordxaus. Ekonomika: Per. s angl.-M.: «Laborotoriya 

Bazovыx Znaniy», 2000.  

6. P.Dostanko Korporativizm, rыnochnaya aktivnost` i kul`tura upravleniya// Problemы teorii i 

praktiki upravleniya, 2001.№4.-s.88  

7. Mazur I.I., Shapiro V.D., Ol`derogge N.G. i dr. Korporativnыy menedjment. M.: Vыsshaya 

shkola, 2003. 



 

39  


4. MAVZU. KORXONA - TADBIRKORLIKNING TAShKILIY KO`RINIShI. 

 

 



Tayanch   iboralar: davlat korxonalari, jamoa korxonalari, aralash korxonalari, xususiy 

korxonalar, aktsiya, oddiy aktsiya,  imtiyozli aktsiya, kontsern, kontsoritsum,  xolding, 

mas`uliyati cheklangan jamiyat. 

4-ma`ruza. Korxona – tadbirkorlikning tashkiliy ko`rinishi 

Reja: 

1.

 



Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish sharoitidagi 

o`rni. 


2.

 

Turli yuridik shaxslarning faoliyat doirasi, asosiy maqsadi va tamoyillari. 



3.

 

Korxonaning tashkiliy – xuquqiy shakllari. 



4.

 

Korxonani boshqarish. Boshqarish strukturasining turlari. Boshqaruv samaradorligi. 



 

1.

 

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish 

sharoitidagi o`rni. 

 

Tadbirkor ishbilarmonning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. 



Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgach, mustaqil xo`jalik sub`ekt bo`lib,  o`z nizomiga 

muvofiq muayyan ijtimoiy iqtisodiy samarador va foyda olish maqsadida asosiy va aylanma 

mablag`lardan foydalanib faaoliyat yuritadi. 

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyatning tamoyillari xilma-xil bo`lib, ular quyidagilardan 



iborat:  

1. 


 

Korxona - amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan har qanday faoliyat bilan 

shug`ullanishga haqli. O`z ixtiyori bilan qonunga zid bo`lmagan har kanday qarorni mustaqil 

qabul qiladi, faoliyatni mustaqil rejalashtiradi, sof foydasini ishlatish yo`nalishlarini mustaqil 

belgilaydi. 

2. 


 

Mulk egasi yoki mehnat jamoasining qarorini muvofiq korxonalar turli mulk shakllari: 

xususiy, hissadorlik, jamoa, davlat, qo`shma korxona mulk asosida yuzaga keltirilishi mumkin. 

Ularning barchasining teng iqtisodiy huquqiy shart-sharoitlaridan foydalaniladi. 

3. 

 

Korxonalar o`z mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan holda ixtiyoriy ravishda 



xo`jalik assotsiatsiyalariga, kontsernlarga va boshqa uyushmalarga muayyan maqsadga muvofiq 

birlashishi mumkin. 

4. 

 

Korxonalar mulkining manbaiga ta`sischilarning pul va boshqa badallari; mahsulot sotish, 



ish bajarish, xizmat ko`rsatish va xo`jalik faoliyatining boshqa sohalaridan olingan foyda, 

qimmatli qog`ozlardan, bank kreditlaridan olingan foyda; byudjetdan berilgan dotatsiyalar, 

xayriya jamg`armalaridan ajratilgan mablag`lar va boshqalar kiradi. 

5. 


 

Korxonani boshqarish uning nizomiga va amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga 

oshiriladi. 

6. 


 

Korxonalarni qayta tashkil etish, birlashtirish, yangilash, faoliyatni to`xtatib 

korxonalarning yopish ularning ta`sischilari tomonidan shunday vakolat berilgan, korxona 

nizomida kayd etilgan maxsus organ yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi. 

 

2.

 

Turli yuridik shaxslarning faoliyat doirasi, asosiy maqsadi va tamoyillari. 

 

Bozor munosabatlarining boshlang`ich bo`g`ini sifatida korxonalarning o`ziga xos 



xususiyatlari bor, ulardan ayrimlariga to`xtalib o`tamiz: 

1- xususiyat. Korxonalar mustaqil bo`lib, ushbu mustaqillik : 

 a) ishlab chiqarish va mahsulot sotishning raqobatbardoshlik hajmini aniqlash hamda 

tovar assortimentining tarkibini bozordagi talabga va taklifga qarab mustaqil belgilashda; 

b) shartnomalar tuzish tovar va xom-ashyo etkazib beruvchilarni, xaridorlarni, 

vositachilarni mustaqil tanlashda;  

v) amaldagi qonunchilik doirasida baxolarni mustaqil belgilashda; 


 

40  


g)soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langach, qolgan foydani mustaqil taqsimlash, 

daromadlarni va xarajatlarni mustaqil rejalashtirishda; 

d)ishchi- xizmatchilarni mustaqil tanlash va joy-joyiga qo`yishda; 

e)uzoq muddatli mablag`lar manbaini qidirish va mablag`larni sarflash yo`nalishlarni 

topish kabi sohalarda o`z ifodasini topadi 

2-xususiyat. Mulk va ishlab chiqarish vositalariga hukmronlik, egalik xususiyati. Bu uch 

narsada namoyon bo`ladi. 

1-dan, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqargan mahsuloti, daromadiga mulkdor bo`lib 

ulardan o`z xohishicha foydalanadi. 

2-dan, tula xo`jalik hisobi asosida yuridik shaxs huquqlari va burchlari miqiyosida faoliyat 

yuritadi. 

3-dan, davlat korxonalari mulk emas, mulkiy vositalar, resurslarni operativ boshqarib 

borish orqali xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi. Ular xususiy korxonalardan farqli ulardan

mulkni sotish, qarz o`rniga to`lash, boshqa mulk bilan qo`shish kabi mulkiy ahamiyatga loyiq 

ishlarni tashkilotlar ruxsatsiz amalga oshira olmaydi. 

3-xususiyat. Korxonalar faoliyatining davlat tomonidan u yoki bu yo`nalish sari 

yo`naltirilishi. Ularning asosiy kurollariga: 

 

soliqlar va ularning tabaqalanishi; 



 

tabiy resurslardan foydalanish uchun to`lanadigan haq; 

 

xarajatlar (masalan,ammortizatsiya) va tabiy kamayish me`yorlari; 



 

valyuta kursi; 

 

bojxona to`lovlari; 



 

ekologik me`yorlar va atrof-muhitga tashlangan chiqit uchun to`lanadigan haq; 

 

ijtimoiy haq ; 



 

monopoliyaga karshi kurash tartibi; 

 

davlat standartlari va texnik shartlar kabi vositalar kiradi. 



 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling