Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.

bet5/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3.

 

Korxonaning tashkiliy – xuquqiy shakllari. 

 

 

Korxonalarni turli belgilariga ko`ra quyidagicha tasniflash mumkin, ya`ni: 



1. 

 

Mulk shakliga ko`ra: 



 

davlat korxonalari; 

 

jamoa korxonalari; 



 

aralash korxonalari; 

 

xususiy korxonalari bo`lishi mumkin. 



 

Korxonalarning mulk shakliga ko`ra bunday xilma-xilligi bilan rivojlanishining asosiy 

shartlaridan biri bo`lib, raqobatning shakllanishi uchun bosh omildir. 

2. 


 

Xo`jalik yuritish shakllariga ko`ra korxonalar shaxsiy hamkorlikda faoliyat olib boruvchi 

(1 kishi yoki oila), masalan, mas`uliyatni cheklangan     ochiq aktsionerlik jamiyati va boshqa 

shakldagi korxonalarga bo`linadi. 

3. 

 

Faoliyat maqsadlariga ko`ra foyda olishni maqsad qilib qo`ygan ishlab chiqarish, tijorat va 



boshqa korxonalar hamda foyda olish emas, balki ijtimoiy samarani-homiylik, xayriyalik, 

beg`araz yordamni maqsad qilib qo`ygan korxonalarga bo`linadi. 

4. 

 

Boshqarish shartiga ko`ra : 



 

kichik korxonalarni; 

 

o`rta korxonalarni; 



 

yirik korxonalarni, birlashmalarni farqlash mumkin. 

5. 

 

Faoliyat mikyosiga ko`ra: 



-xalqaro, ya`ni boshqa davlatlarda filiallarga ega bo`lgan) 

-mamlakat     mikyosida faoliyat yurituvchi; 

-lokal, ya`ni 1  aholi    punktida faoliyat yurituvchi korxonalarni ajratish mumkin. 

6. 


 

Tarmoq tarkibiga ko`ra: 



 

41  


 

tarmoqlararo, 

 

tarmoq ichida faoliyat yurituvchi korxonalarni farqlash mumkin. 



7.Bozorda tutgan o`rniga ko`ra: 

-ma`lum bozordagi tovarlarning 70 % va undan ortig`ini chiqaruvchi monopol korxonalarga; 

-ma`lum bozordagi tovarlarning 25-70 %ni chiqaruvchi, hal qiluvchi o`rniga ega 

korxonalarga; 

 

ma`lum bozordagi tovarlarning 25 % gacha qismini chiqaruvchi korxonalarga, bo`lish 



mumkin. 

O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari to`g`risida”gi qonunga 

binoan nominal baxosi yozib kuyilgan aktsiyalarning muayyan mikdoriga bulingan nizomiy 

jamgarmaga ega bo`lgan va majburiyatlari bozorga fakat o`z mulki bilan ma`suliyatli bo`lgan 

jamiyat hissadorlik jamiyati deb e`tirof etiladi. 

 Hissadorlik shakldagi tadbirkorlikning kulayliklari va o`ziga xos xususiyatlari 

kuyidagilardan iborat: 

 

vaqtincha bekor  turgan sarmoyalarning markazlashuvi; 



 

nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil etishning mumkinligi; 

 

davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlarining kengayishi, chunki 



aktsionerlashuv orqali davlat mulki sotiladi va xususiy mulkdorlar ko`payadi; 

 

moliyaviy barqarorlik; 



 

tadbirkorlik tavakkalchilik  havfining kamayishi; bu alohida xususiyatdir; chunki 

hissador o`z aktsiyasi miqyosida ziyon ko`rsa korxona egasi butun mulkidan ajraladi; 

 

bir vaqtning o`zida ishlab chiqaruvchilar, tovar etkazib beruvchilar, xaridorlar va 



mahalliy davlat organlari manfaatlarining o`zaro muvofiqlashuvi, chunki ularning barchasi 

aktsiya sotib olgan bo`lishi mumkin. 

  Hissadorlik jamiyati o`ziga xos bo`lgan 4 ta xususiyatga ega bo`lib, ular quyidagilardan 

iborat: 


U oddiy korxona emas, balki sarmoyalarning birlashuvi  natijasida yuzaga kelgan 

xo`jalik tashkilotdir. 

 Uning kapitalida 3 turdagi paychilar, hissadorlarning, ya`ni : 

 

jismoniy shaxslar; 



 

yuridik shaxslar; 

 

davlat mulki badalidan yuzaga kelishi mumkin . 



Uning ustav fondi aktsiyalarning xissasiga mos ravishda yuzaga keladi. 

U o`z mulki va daromadlariga mos ravishda ma`suliyatni o`z zimmasiga oladi; 

 Aktsiyalar: 

a) ochiq va yopiq  turdagi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalari. 

b) nomli va “takdim etuvchiga” aktsiyalari nomli aktsiyada naslnoma kursatilsa, “takdim 

etuvchi”da kursatilmaydi. 

v)oddiy va imtiyozli aktsiyalar. 

  Oddiy aktsiyalar - hissadorlar yig`ilishida ovozga egalik huquqini beradi, unga 

olinadigan dividend mikdori esa, xo`jalik jamiyatlarining yil davomidagi ish natijalariga bog`liq 

bo`lib, boshqa xech nima bilan kafolatlanmagan. 

 Imtiyozli aktsiyalar- egasiga hissadorlarning umumiy yig`ilishida ovozga ega bo`lish 

huquqini bermaydi. 

 Uning imtiyozi - 1 tomondan jamiyat xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lmagan holda 

kafolatli daromad olish; 

  Ikkinchidan, - hissadorlik jamiyatlar tugatilayotganda aktsiya qiymatini birinchi navbatda 

olish imkonini beradi. 

 Tadbirkorlik faoliyatida hozirgi kunda turli xo`jalik assotsiatsiyalarining ahamiyati katta. 

 Xo`jalik assotsiatsiyalari birgalikda hal etish uchun tadbirkorlar tomonidan tuzilgan 

ixtiyoriy birlashmadir. 


 

42  


  Bozor iqtisodiyoti sharoitida assotsiatsiyalar xilma-xil bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish 

mumkin: 


a) Kontsern. Bu ilmiy-texnikaviy, investitsion tarkibiy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy 

siyosatni      hamda   tegishli resurslarni markazlashtiruvchi assotsiatsiya  hisoblanadi. Kontsern 

tarkibiga(sanoat,transport,savdo, bank soxasi) turli tarmoklarga tegishli kuplab korxonalar 

ixtiyori asosida kiradi. 

b)Kontsortsium - ma`lum ilmiy-texnikaviy, ekologik, investitsiya dasturini bajarish uchun 

ma`lum muddatga yuzaga keltirilgan vaktinchalik assotsiatsiya hisoblanadi. Kontsortsum - 

tadbirkorlik faoliyatining turli yo`nalishlarida hamkorlikda ish yuritish., birgalikda buyurtma 

olish va bajarish maqsadida yuzaga keltirilgan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektning 

vaqtinchalik ittifoqi. 

v) Xolding- a`zo korxonalar uchun moliyaviy markaz rolini uynovchi assotsiatsiya 

hisoblanadi. Uning o`ziga xosligi shundaki, unda korxonalar birlashmasidan ularning kapitali, 

foyda va daromadi birlashtirilib, ma`lum maqsadga yunaltiriladi. Mohiyati jixatidan u turli 

tarmok korxonalarining (zavod, mexmonxona) konglomeratidan uyushmasidan    iborat 

assotsiatsiyasidir. 

 Xoldinglar: 

 

yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog`ida 



ularning tarkibidan bo`linmalarning huquqiy mustaqil korxonalari sifati ajralib chiqish yo`li 

bilan; 


 

huquqiy mustaqil korxonalar aktsiyalari paketlarini birlashtirish chog`ida; 

 

yangi hissadorlik jamiyatlarini ta`sis etish davrida tashkil qilish mumkin. 



 Xolding kompaniya - boshqa bank, firmalarni    nazorat kilish va faoliyatini boshqarish 

maqsadlarida, ularning aktsiyalari nazorat paketiga egalik qiluvchi kompaniya. 

 Mas`uliyati cheklangan jamiyat - aktsionerlik jamiyatlarining ko`rinishi bo`lib, ta`sis 

xujjatlaridan ta`sischilarning ustav fondidagi hissasi, ulushi qayd etilgan bo`ladi. 

 Mas`uliyati cheklangan aktsionerlik jamiyat odatdagi aktsionerlik jamiyatlaridan farkli 

o`laroq aktsiyani chiqarib sotish hisobidan emas, ta`sischilarning ajratgan mablag`idan ustav 

fondi hamda boshlang`ich aylanma kapitalni yuzaga keltirish evaziga barpo etiladi. 

 

4.



 

Korxonani boshqarish. Boshqarish strukturasining turlari. Boshqaruv 

samaradorligi. 

Korxonani boshqarishning samarali tuzilmasini vujudga keltirish boshlovchi tadbirkor hal 

etishi kerak bo`lgan muhim vazifalardan biridir. U tashkilotning samarali ishlashi uchun unga 

qaysi ixtisosdagi mutaxassislar qanday malakada, qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo`lgan 

qancha odamni birlashtirishi kerakligini aniqlab olish kerak. Korxona kattalashib, uning faoliyat 

sohalari kengayib borishi bilan oqilona tuzilmaga bo`lgan ehtiyoj yanada oshadi. Korxonaning 

etuklik, hatto, gullab-yashnagan bosqichida ham tashkiliy tuzilma odamning hayotiy qobiliyatini 

belgilovchi muhim omil bo`lib qoladi. Korxoaning raqobat kurashiga dosh berish, o`z quvvatini 

saqlab turish yoki oshirib borishi, uning o`zgarib borayotgan sharoitlarga moslashish qobiliyatiga 

bog`liq bo`ladi. 

Korxona boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi-bu bo`limlar, ishlovchilar o`rtasidagi maxsus 

ishlab chiqilgan aloqalar va munosabatlarning yaxlit tizimni o`z ichiga oladi va uning doirasida 

ishlovchi odamlar oldiga qo`yilgan maqsadga eng samarali yo`l bilan erishish vazifasini bajaradi. 

Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko`rsatiladi: rahbarlik va 

aloqa(gorizontal va vertikal) bo`g`inlar(bo`limlar), darajalar(bosqichlar). 

Bo`g`in(bo`lim)- bu tashkiliy jihatdan alohida mustaqil boshqaruv tashkilotidir. 

Bo`lim(odamlar guruhi) tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning asosiy 

maqsadi hisoblanadi. Bo`limlar o`rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Rahbarlik(boshqaruv) 

darajasini(bosqichini) boshqaruv ierarxiyasida ma`lum bosqichni egallagan bo`limlar 

guruhi(yoki bitta bo`lim) sifatida belgilash mumkin. Bosqichlar o`rtasidagi aloqalar bu vertikal 

bo`yicha aloqadir. 


 

43  


Har qanday, hatto kichik korxonada ham, yuqorida bayon etilgan uchta tuzilma 

elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan korxonaning  

mulkdori bo`lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo`yicha unga uning xodimlari 

bo`ysunadi. 

Vakolatlar, huquqlar, vazifalar va javobgarlik nuqtai nazaridan kichik biznes korxonalari 

boshqaruv tuzilmalarining quyidagi tashkiliy turlari mavjud: 

-chiziqli; 

- chiziqli-funktsional; 

-loyihalanadigan va matritsali; 

-venchur va firma ichki innovatsiyalari 

Chiziqli tuzilma qo`l ostidagilarga bevosita ta`sir ko`rsatishni amalga oshirishni va 

tadbirkor rahbarda barcha boshqaruv vazifalarini jamlashni nazarda tutadi. 

Boshqaruv tuzilmasini chiziqli-funktsional tashkil etish o`z ichida ham chiziqli, ham 

funktsional boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, ya`ni chiziqli boshqaruv maxsus 

yordamchi xizmatlar bilan mustahkamlanadi. 

Loyihaviy tuzilma maxsus loyihani ishlab chiqish va unga rahbarlik qilishda qo`llanadi. 

U dasturiy-maqsadli deb nomlanadi. Matritsali yoki katakli tashkiliy tuzilma ana shu tuzilmaning 

takomili hisoblanadi. 

Loyihaviy tuzilma-bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik 

tashkilotdir. U funktsional bo`linma ichida tashkil etiladi. Muayyan loyihani amalga oshirish 

uchun to`plangan turli sohalarning yuqori malakali mutaxassislari uning a`zolari hisoblanadi. 

Loyiha tugallanganidan keyin guruh tarqatib yuboriladi.  

Matritsali tuzilma loyihaviy tuzilmalarining rivoji(takomili) hisoblanadi. U 

taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo`yicha va mahsulot bo`yicha taqsimlashning 

uyg`unlashuvidir. Matritsali tuzilmalar 2 o`tgan asrning 50-60 yillarida AQShning uncha katta 

bo`lmagan aviasozlik firmalarida paydo bo`lgan. 

Korxonani boshqarish tashkiliy tuzilmasinining samaradorligini ta`minlash uchun 

quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 

1.

 

Vazifalarni qo`yish-qo`yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan ishlar 



hajmini belgilash. Foydasiz ishni va ayrim operatsiyalarni takrorlashni istisno 

etish. 


2.

 

Me`yorlarni belgilash va andozalarni tasdiqlash-masalan, korxonani 

boshqarishning har qanday darajasining har bir rahbari uchun aniq lavozim 

majburiyatlarini belgilash, qabul qilish, ish vaqti, mehnatni tashkil etish va 

boshqaruv faoliyatining boshqa omillarini tahlil etish uslublarini tadqiq etish. 

Korxona doirasida ishlayotgan barcha shaxslarning mustahkam hamkorligini 

va aniq o`zaro harakatini tashkil etish. 

3.

 



Bo`linmalarni tashkil etish-boshqarilayotgan ish turiga muvofiq, boshqaruv 

elementlarini guruhlash. Masalan, obro`ga ega bo`lgan rahbarlar atrofida 

bo`linmalar tuzish. 

  

QISQAChAChA  XULOSALAR. 



 

 Korxonalar 

mustaqil 

xo`jalik 

sub`ektlari bo`lib, o`z nizomiga muvofiq daromad va foyda 

olish maqsadida asosiy va aylanma mablag`laridan foydalanib faoliyat yuritadi. 

 

Korxonalarni mulk shakliga xo`jalik yuritish shakllariga, faoliyat maqsadlariga, 



boshqarish tartibiga, faoliyat miqyoslariga tarmoq tartibiga, bozorda tutgan o`rniga ko`ra 

tasniflash mumkin. 

 

Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi kelajakda raqobatbardoshligini oshirish 



uchun asos bo`lib xizmat qiladi, chunki raqobatboshlik  hozirgi  kuni ifodalovchi ko`rsatkich 

bo`lsa, ilmiy-texnikaviy daraja istiqbolda rivojlanish sharoitini yaratuvchi omil hisoblanadi. 



 

44  


 

Bozor munosabatlarining boshlang`ich bo`g`ini sifatida korxonalarning o`ziga xos 

xususiyatlari mavjud bo`lib, ularga korxonalar mustaqilligi, mulk va ishlab chiqarish 

vositalariga xukmronlik, egalik., xususiyati; korxonalar faoliyatining davlat tomonidan u yoki 

bu tomon yo`naltirilishi kabi xususiyatlar kiradi. 

 

Korxona-amaldagi qonunchilikka zid bo`lmagan har qanday faoliyat bilan shug`ullanish 



haqli bo`lib,  ular turli mulk shakllari: xususiy, hissadorlik, jamoa, davlat, qo`shma mulk asosida 

mehnat jamoasining karoriga muvofiq yuzaga keltirilishi mumkin. 

 

NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI 



 

1. 


 

Hissadorlik jamiyati nima? 

2. 

 

Hissadorlik jamiyatini boshqarishi tizimini ta`riflab bering? 



3. 

 

Siz hissadorlik jamiyatlarining kanday turlarini bilasiz va ularning farqi nimada? 



4. 

 

Korxonalar kaysi belgilarga ko`ra tavsiflanadi? 



5. 

 

Korxonalarning bozordagi urni qanday baxolanadi? 



6. 

 

Xo`jalik assotsiatsiyalari nima? 



7. 

 

Xo`jalik assotsiatsiyalarni kanday turlarini bilasiz? 



 

ASOSIY ADABIYoTLAR RO`YXATI 

 

1.

 



Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 

1995 


2.

 

Karimov I.A.  “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999.  



3.

 

I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh 



yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T.,  

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar  

   akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 

5.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/  O`z R  

   Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”,  

   2003.-144 bet. 

6.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik 

kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002. 

 

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR RUYXATI 



 

1.

 



Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno-

metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 

2.

 

Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotini 



liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. – T.: TDIU. 

2005. -66 b. 

3.

 

 Samadov A.N. “Kichik biznesni boshqarish” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU. 2005. -



220 b. 

4.

 



Yusupov M.A., Ergashxo`jaev Sh.J. “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma`ruzalar matni. –T.: 

TDIU. 2005. -264 b. 

   


 

45  


5-MAVZU: MARKeTING - TADBIRKORLIK TIZIMIDA(4 SOAT) 

 

          Tayanch iboralar: marketing, bozor segmentatsiyasi, bozor, innovatsiya, talab, 



rejalashtirish,  taklif,  marketing  strategiyasi,  muhtojlik,  marketing  muhiti,  ehtiyoj,               

narx, marketingni tashkil etish, marketing xizmati 

 

5-ma`ruza. Marketing – tadbirkorlik tizimida (2 soat) 

Reja: 

1.

 



Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya 

qilish sharoitida marketingning mohiyati va tushunchasi. 

2.

 

Marketingning maqsadi va funktsiyalari.  



 

1.

 

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 

modernizatsiya qilish sharoitida markengning mohiyati va tushunchasi. 

 

 



Marketing(ingliz tilida market-bozor va ing qo`shimchasi-harakat, faoliyat ma`nosini 

anglatadi) “bozor bilan bog`liq faoliyat” ma`nosida tarjima qilinadi. Lyokin bu tushunchaning 

ma`nosi jud kengdir. 

Marketing - bu muhtojlikni va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson 

faoliyatining turidir. 

 

Marketing vujudga kelishini asosiy  sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishni kulami va 



xjmini ortib borishi, yangi tarmoqlaarni vujudga kelishi, tovar turlarini ko`payishi va tadbirkorlar 

o`rtasida mahsulotni sotish muammosini vujudga kelishidir. 

 

Marketing - firmaning uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olishi niyatida faqat 



iste`molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi. Marketingning 

asosiy ob`ektlari bo`lib bozor, tovar, xizmat, baxo, tovar harakati, reklama, sotish, uni 

rag`batlantirish hisoblanadi. 

 

Marketingning asosiy sub`ektlari esa quyidagilardan iborat: ishlab chiqaruvchi yoki 



xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, iste`molchi tashkilotlar, ulgurji savdo, chakana savdo, pirovard 

iste`molchi, marketing bo`yicha mo`taxassislar. 

Marketingning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

1. 


 

Bozorni o`rganish va iqtisodiy kon`yuktura; 

2. 

 

Bozor segmentatsiyasi; 



3. 

 

Ishlab chiqarishni tezkorlik harakati



4. 

 

Innovatsiya; 



5. 

 

Rejalashtirish. 



 

Bu tamoyillarni birma bir kurib chikadigan bo`lsak, bozorni chuqur va har taraflama 

o`rganish bozor ehtiyojlari, bozor xolatini o`rganishni ko`zda to`tadi. Narx siyosati, bozor sigimi, 

tovarlarning iste`mol xususiyatlari, savdoni tashkil qilish, sotish kanallari, talabni shakllantirish 

va sotishni rag`batlantirishni tahlil qilish kerak bo`ladi. 

 

Segmentlash harakatning samaradorligi va maqsadga qaratilganligini oshiradi, keladigan 



bozor segmenti, iste`molchilarning aniq guruhini aniqlash kerak. 

Ishlab chiqarish va sotishning faol va saloxiyatli ehtiyoj talabiga epchillik bilan javob berish 

korxona ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor xolati va aniq iste`molchilar ehtiyojlariga 

bog`liq holda boshqarishning jadalligi va moslashuvini ko`zda to`tadi. 

 Yangilik 

kiritish-zamonaviylashtirilib yangilangan tovarning doimiy takomillashuvi 

yangi tovarlar, yangi texnologiyani yaratish va ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarida 

yangiliklar kiritishni ko`zda to`tadi. 

 

Rejalashtirish- moslashish tamoyilining mantikiy davomi va qo`shimchasi bo`ladi.Bu 



tamoyil bozor va xolatiy bashoratlarni ishlab chiqarishga asoslangan marketingning ishlab 

chiqarish- sotish dasturlarini ko`zda to`tadi.   



 

46  


 

Marketing asosida bozorni har taraflama o`rganish yo`nalishlarining asosiylaridan 

quyidagilarni kursatib o`tish zarur: 

a) talabni o`rganish; 

b)bozor tarkibini o`rganish; 

v)tovarni o`rganish; 

g)raqobat sharoitlarini   tadqiq etish; 

d)sotish shakli va uslublarini  tadqiq etish. 

 

Bozor talabi o`zgaruvchan xususiyatga ega bulgaanligi uchun, ungaa demografik, 



umumiqtisodiy, ijtimoiy, madaaniy, psixologik va boshqa omillar ta`sirini hisobga olgan holda, 

bozorda aholining soni, jinsi, yoshi, daromadi, mahsulot sifati va narxigacha tahlil qiladi. 

 

Har kanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi, o`zining oldiga kuygan 



maqsadlariga erishishi uchun o`zi marketing   strategiyasini    tanlab      olishi lozim.    

 

Marketing strategiyasi deganda, korxonaning imkoniyatlarini bozor talabiga 



muvofiqlashtirib borish tushuniladi. Marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istikbolni  

belgilash, talab va iste`molchilarni hamda raqobatchilarni o`rganish asosida ishlab chiqiladi. 

 

Bozorni o`rganish , bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi  kunga kelib, har bir 



tadbirkorning eng asosiy vazifaalaridan birinchi bo`lib qolmoqda. 

 

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan  tadbirkorlikka keng yul 



ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat kursatayotgan ko`plab firma va korxonalar uchun ishlab 

chiqarishni boshqarish, mahsulotni sotish yullarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida 

tahlil etishi uchun sharoitlar yaratildi. 

 

2.



 

Marketingning maqsadi va funktsiyalari. 

 

Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining 

ob`ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo 

tovarlar to`planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu 

inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda 

keng va murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga 

moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, 

tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko`yidagi muhim 

vazifalarni hal etmog`i lozim:  

• xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o`rganish va aniqlash; 

• tovarlarga bo`lgan ichki va tashqi talablarni o`rganish; 

• korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

*

 

 avvalo talab va taklif to`g`risida olingan ma`lumotlar asosida bozorni o`rganish; 



*

 

 tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;  



*

 

 tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini   amalga oshirish uchun 



ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish; 

*

 



 tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to`g`risida ma`lumotlar olish; 

*

 



 to`ldiruvchi tovarlar va o`rnini bosuvchi tovarlar to`g`risida axborotlar yig`ish; 

*

 



 tovarlarga bo`lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan 

iboratdir.  

Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab 

chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday 

darajada odatda, minimum, maksimum oralig`ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga 

erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini 

mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing 

tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta`sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga 

xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog`lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham 

egadir. 


 

47  


Sotishni rag`batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo`lib, bozorga chiqarilgan 

tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta`minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish 

xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag`batlantirishning quyidagi faol 

shakllari mavjud - ko`rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan 

foydalanish va arzon baholar. Baho sistemasi yordamida taklif va talab o`rtasidagi nisbatlar 

tartibga solinadi. Bu masala hozirgi kunda bizning korxonalar uchun qiyin muammolardan 

biridir. 

Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U 

tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste`molchigacha bo`lgan harakatining har bir 

bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta`sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda 

sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va 

chakana savdoni, tashish va saqlashni o`z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda 

marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o`ylab 

yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir 

ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste`molchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishini 

ta`minlaydi. Ya`ni, har qanday tovar aniq iste`mol manziliga ega bo`lishi kerak. Bizning ichki 

bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo`lmagan "o`rtacha" deb 

ataluvchi iste`molchiga mo`ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va 

didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday 

vaziyatlar yuz berishidan mustasno. 

Yuqorida sanab o`tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish 

lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste`molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, 

ulardan esa qarama-qarshi yo`nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta`minlaydi. Bu esa o`z 

vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko`rsatish sohasiga 

o`zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o`tilgan maqsadlari va vazifalari 

bozor faoliyatini tashkil qilish to`g`risida to`liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor 

muammolarini to`liq hal qilish uchun tayyor retseptning o`zi bo`lishi mumkin emas. Marketingni 

qo`llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini 

hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu 

bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo`lgan 

ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi 

erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta`minlash uchun tovar 

assortimentini tez o`zgartirish, uni ommaviy ravishda o`zlashtirishga javob beradigan bo`lishi 

lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, 

marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, 

ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orqali 

realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur. 

Iqtisodiyotimizning inqirozli vaziyati, qondirilmagan talab, turmush darajasining pastligi, 

iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muvozanatning yo`qligi uchun, bir qarashda marketingdan 

foydalanish mumkin emasdek tuyiladi. Ammo masalaning tub mohiyati shundaki, marketing 

mana shu kamchiliklarni tugatishga yordam qiladi. Shuning uchun bizning iqtisodiyotimizda 

marketingdan foydalanish mumkin bo`lib qolmasdan, balki zaruriyatdir. Iqtisodiyotni 

mahkamachilik-buyruqbozlik uslubiga asoslangan boshqarish bir butun qiyinchiliklar "dastasini" 

yuzaga chiqardi. Bular xom-ashyo bilan etarli darajada ta`minlanmaganlik, ishlab chiqarish 

jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, ishonchsiz va didsiz reklama, korxona 

faoliyatini tezkor boshqarish va iqtisodiy rejalashtirish tizimining nomukammalligi, moliyaviy 

dastaklarning samarasizligi, ishlab chiqarilayotgan tovar sifatini yaxshilash stimulining 

harakatsizligi, bozorda yuz berayotgan jarayonlar to`g`risida aniq, to`liq va o`z vaqtida 

ma`lumotga ega bo`lmaslik va boshqalardir. 

Respublikamiz erkin bozor munosabatlariga o`tar ekan, barcha tarmoq korxonalari 

moliyaviy-xo`jalik faoliyatini asosiy iqtisodiy ko`rsatkichi - foyda bo`lib qoladi. Boshqa 

baholash ko`rsatkichlari o`z kuchini nisbatan yo`qota boradi. Chunki rejalashtirish mehnat 



 

48  


jamoalarining o`ziga beriladi. Shunday qilib, rejalar faqatgina aholining tovarlar, xizmatlarga 

bo`lgan talabini, ishlab chiqarish sohasini esa mashina, asbob-uskunalar va boshqa ishlab 

chiqarish vositalariga bo`lgan talabini hisobga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy mo`ljalgina bo`lib 

qoladi. Tovar va xizmatlarning yuqori sifatliligi, ularni reklama qilish - bu marketingning muhim 

tamoyili, raqobat kurashi sharoitida korxona yashovchanligining asosiy shartidir. 

Egiluvchan baholar - bizning korxonalarimiz uchun xo`jalik mexanizmini takomillashtirishi, 

xo`jalik hisobi va o`z-o`zini moliyalashtirishning yangi unsuridir. Tartibga solib  turuvchi 

shartnomalar va erkin baholar - yangi strategiyasining eng muhim - shu bilan birga 

o`zlashtirilgan usulidir. 

Raqobat - monopollashgan iqtisodiyotimiz uchun, bu ham yangilikdir. Lekin, korxona bozor 

sharoitida yashab qolishni istar ekan, raqobat qonunlarini o`zlashtirishi shart. Bu sharoitda har 

bir korxona ishlab chiqarish jarayoni va tovarlarni sotishga yangicha yondashishi lozim. Xom-

ashyo sotib olishdan tortib, to qo`shimcha xizmatlarni tashkil qilishgacha bo`lgan barcha 

jarayonlar harakati zanjirining tig`iz koordinatsiyasini ta`minlash lozim. Yagona yondashish va 

ishlab chiqarish jarayonlarining koordinatsiyasi yo`qligidan sanoat tovarlari va oziq-ovqat 

mahsulotlarini realizatsiya qilishda, bozorda ular ma`lum vaqt ortiqcha bo`lishi yoki ma`lum 

vaqtdan keyin ular bo`lmasligi ham mumkin. Natijada ishlab chiqarish miqdorini yana oldingi 

hajmda tiklashga to`g`ri keladi. Shunday qilib, foyda - xo`jalikning asosiy maqsadi sifatida 

barcha marketing dasturlarida hisobga olinishi shart. 

Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste`molchilar va shu bilan birga boshqa 

soha xodimlari ham marketing nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali 

foydalanishlari lozim. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling