Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «biznes va boshqarish» fakulteti «biznesni boshqarish» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
Pdf просмотр
bet9/10
Sana17.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

 

         



9  - MAVZU: TADBIRKORLIKNING BANK, SOLIQ XIZMATI VA AUDIT 

BILAN O`ZARO ALOQALARI 

 

             Tayanch   iboralar: moliyaviy nazorat shakllari, bank, soliq xizmati, audit, kredit, soliq 

imtiyozlari, akkreditiv, balans, sug`urta kompaniyasi, faktoring, franshiza, auditorlik taftishi, 

injiniring. 

 

9-ma`ruza. Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o`zaro aloqalari.  

Reja: 

1.

 



Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni 

chuqurlashtirish sharoitida korxona faoliyati ustidan moliyaviy nazorat shakllari.--- 

2.

 

Bank bilan o`zaro aloqa. 



 

1.

 

Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni 

chuqurlashtirish sharoitida korxona faoliyati ustidan moliyaviy nazorat shakllari. 

 

 Tadbirkorlarni 



iqtisodiy 

faoliyat yuritishlarida, moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini 

to`g`ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari muhim rol` uynaydi. Auditorlik firmalari bozor 

infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biridir, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy 

manfaatlarini ximoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. 

         O`zbekistonda  audit-  O`zbekiston  Respublikasining “Auditorlik faoliyati to`g`risida” gi 

qonuni asosida amalga oshiriladi. 

          Audit-xo`jalik  yurituvchi sub`ektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil 

etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan  shaxslar - auditorlar (auditorlik firmalari) 

bajaradi. 

          Auditning  asosiy  maqsadi  -  moliyaviy  va  xo`jalik  operatsiyalarining  to`g`riligini  va 

ularning O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va boshqa me`yoriy xujjatlariga nechoglik 

mosligini aniqlashdan, bularning tula-tukisligi, aniq-ravshanligi, buxgalter hisobi yoki boshqa 

moliyaviy hisob yuritishga kushilayotgan talablarga nechoglik monandligini aniqlashdan 



 

67  


iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya`ni mijoz bilan shartnoma to`zib, xizmatlar 

ko`rsatish ham kiradi. 

        Auditorlik  faoliyati  xo`jalik  yurituvchi sub`eklarining faoliyati ustidan maxsus vakolat 

olgan davlat idoralarining nazorati urnini bosmaydi. 

        Auditning asosiy “harakatlanuvchi shaxsi” auditor va auditorlik firmasidir. 

         Auditorni  mijoz  bilan  shartnoma  to`zgan  auditorlik  firmasi  xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt 

mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi. 

         Xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt  mulkdorlari karori bilan yoki auditorni tayinlagan yuridik 

shaxsning karoriga ko`ra auditor chiqarib olinishi mumkin, auditor bu xakda barvakt yozma 

tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini kursatib xabardor kilinadi. 

         Tekshiruv  vaktida  yoki  buyurtmaga  ko`ra, boshqa ishlar kilinayotganida xizmatdan voz 

kechilsa, xo`jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga xak to`lashi shart. 

         Surishtiruv  organi, prokuror, tergovchi va sud topshirigi bilan auditorlik tekshiruvi 

o`tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo`jalik sub`ekti zimmasiga tushadi, uning kulida  etarli 

mablag` bulmasa, tekshiruvni  tayinlagan organ zimmasiga tushadi. 

         Mabodo  xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt kulida zarur mablag` bulmasa-yu tekshiruv 

xarajatlarini to`lashdan buyin tovlasa, prokuror audotor yoki auditorlik firmasining mulkiy 

manfaatlarini ximoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart. 

          Xo`jalik yuritish sub`ektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabi 

bilan  quyidagilarni bajarishi shart: 

 -moliyaviy- 

xo`jalik 

faoliyatiga dahldor xujjatlarni berish; 

 

-ogzaki yoki ezma tarzda zarur izoxlar berish; 



 

-tekshirilaetgan ob`ektning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini sifati ekspertiza qilish uchun 

boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish. 

 “Auditorlik 

faoliyati 

haqidagi” Qonun va boshqa qonun xujjatlarining qoidalarini 

auditorlik  tekshiruvi vaktida  buzgunlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar bo`ladi: 

 

-O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy  va ma`muriy javobgarlik; 



 

-litsenziya huquqini to`xtatib kuyish yoki auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini 

beradigan litsenziyadan maxrum etishgacha (litsenziya bergan organ karoriga muvofiq) bo`lgan 

intizomiy jazolar berish. 

 

Auditorlik faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar palatasini 



ochish nazarda tutilgan. 

 

O`zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlar  o`zlari tashabbuskor bo`lib 



to`zgan, ammo mustaqil audit o`tkazish uchun ularning soni etarli emas. Bu muammoni hal etish 

uchun Davlat mulki kumitasi tashabbusi bilan 1996 yilning may oyida qimmatli qog`ozlar bozori 

katnashchilariga maslaxat-auditorlik va axborot xizmati ko`rsatish uchun maxsus agentlik 

“Konsauditinfort”tashkil etildi. 

 

Tez orada barcha korxonalar ish yuritiladigan bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari 



favkulodda kattik va binobarin, ham mamlakat ichidagi, ham chet el raqobatchi korxonalari 

mavjud bo`lgan bir paytda samarali, foydali va faoliyat yullari va vositalarini to`g`ri belgilash 

kobiliyatining ahamiyati oshadi. Bu auditorlarga qo`shimcha vazifa yuklaydi. Ular 

korxonalarning moliyaviy ahvoli va uning keyingi rivoji istikbollarini  to`g`ri baholashlari zarur. 

 

Shuni ta`kidalsh kerakki,  an`anaviy taftish eski faktlar., muayyan darajada tezgina tarix 



mulkiga aylanuvchi joriy vokealarni kayd qilish , hamda baholash bilan kifoyalanadi. 

Audit bo`lsa, na faqat eski va ayni shu asnodagi xolatni baholashi, balki korxonaning xo`jalik 

faoliyatiga va uning natijalariga ta`sir ko`rsatishga kodir bulgusi xodisalarni ham oldindan ko`ra 

bilishi lozim. Aloxida faktlar bo`yicha, ularni kiyoslash va o`rganish asosida xo`jalik 

faoliyatining rivojidagi tamoyillarni ilgab olish, u yoki bu mahsulot ishlar va xizmatlarga talab 

hajmini, bo`lg`usi daromadlar va xarajatlarni, foyda va rentabellikni ta`minlash zarur. 

 

Tabiiyki, bu auditorning malakasiga oshirilgan talablar kuyadi. Auditor bashorat kila 



olish fazilatiga ega bulishi, bunda u g`oyat boy iqtisodiy-matematik devon va zamonaviy 

 

68  


hisoblash texnikasidan foydalanib amalga oshiriladigan xo`jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili 

usuliga tayanish kerak. 

 

Aytish mumkinki, endilikda kushma korxonalardagi audit, bank auditi, o`z ishlab 



chiqarishiga ega bo`lgan hissadorlik jamiyatlarida ishlovchi audit, investitsiya fondlarining auditi 

va sug`urta kompaniyalarining auditi shakllanib chikdi. 

 

Boshqa bozor tuzilmalari- birjalari, savdo-harid firmalari, shuningdek tijorat faoliyati 



bilan shug`ullanuvchi jamoa tashkilotlarida shugullanadigan auditlarning ixtisoslashib chikishi 

kun tartibida turibdi. 

 

Albatta, auditorlik tashkilotida biron bir tarmoqda tijorat  faoliyatining xususiyatlari bilan 



yaxshi tanish bo`lgan, moliyaviy ahvolni tahlil qilib, tekshirilayotgan korxona va muassasaning 

hisob-kitob xujjatlari bo`yicha malakali xulosa berishga kobiliyatli mo`taxassislar bulmasligi 

mumkin. Shu tufayli tashkilotlar odatda, o`z kuch-gayratlarini o`zlari ishida chinakamiga 

yordam bera olishlariga kodir bo`lgan mijoz-korxonalarga jamlaydilar. 

 

Ma`lumki, har qanday faoliyat muayyan darajada va muayyan tartib-qoidalarga rioya 



qilib amalga oshirilishi kerak. Audit standartlari auditorlik faoliyati mobaynida o`zining 

maqsadga muvofiqligi va puxtaligini tasdiqlagan, hamda jahonning turli mamlakatlaridagi g`oyat 

ko`p sonli auditorlarning amaliy ish tajribasida pishiktirilgan professional me`yorlar va 

qoidalarni o`z ichiga oladi. Bunda audit bo`yicha yagona standartlarni darxol va tula xajmda 

joriy etish vazifasi kun tartibiga mutlako kuyilmaydi. Zero, har bir mamlakatda konkret iqtisodiy 

va siyosiy shart-sharoitlar, turli an`analar va milliy o`ziga xoslik mavjudki, auditorlik xizmat 

etish chogida ular albatta hisobga olinishi kerak. Auditning xalqaro standartlari xususidagi gap 

so`zlariga kelganda esa, standartlarning bunday keng qamrovli va umum tomonidan qabul 

qilingan standartlar tizimi tabiatan mavjud emas. 

Barcha xalqaro standartlarni to`rt guruhga   bulish mumkin: 

 

birinchi guruh - har qanday mamlakatda darxol, butunicha va tula qabul kilinishi mumkin 



bo`lgan; 

 

ikkinchi guruh - ma`qullanib, arzimas o`zgarishlar bilan qabul kilinishi mumkin bo`lgan; 



 

uchinchi guruh - faqat aniqlik kiritishgina emas, balki o`zining joriy etilishi uchun 

tegishli shart-sharoitlarini (masalan, bozor munosabatlarining yanada rivojlantirilishi va 

takomillashtirilishi) vujudga keltirishga ehtiyoj sezuvchi; 

 

turtinchi guruh- mazkur mamlakatdda uning tarixiy an`analari va milliy ruxiyatiga ko`ra 



qabul kilinishi mukin bulmagan standartlarni o`z ichiga oladi. Auditorlik ishida, u amalga 

oshiriladigan mamlakatdan kat`iy nazar, quyidagi majburiy tarkibiy kismlar mavjud 

bo`ladi: u yoki bu xo`jalik omillarini tekshirish, ko`zatish, o`rganish va to`g`riligiga yoki 

maqsadga muvofiqligini tasdiklash. Auditning bu hamma harakatlari konkret vazifalarini 

hal qilish uchun eng darajada yarokli bo`lgan farqlanishi boshqa gap. Auditning zarur 

sharti hisob-kitobning kullanilaetgan shakl va usullari mo`tanosibligini tekshirish, 

hisobdagi molk-mulk va mablag`larini baholash, u yoki bu mamlakatda hozirgi vaktda 

amal kilaetgan qonunlar va me`erlarga hisobotni kiyoslashdan iborat. 

 

2.

 

Bank bilan o`zaro aloqa 

 

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas 

bog`liq bo`lib, ular olib borayotgan faoliyat xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, 

kursatiladigan xizmatlarga xak to`lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta`minlash, turli toifadagi 

korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar ya`ni olingan 

foydadan, daromaddan soliq to`lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning barcha 

turlari, o`z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga 

oshadi.  

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va 

banklar bilan bo`ladigan turli iqtisodiy munosabatlar  unchalik oshkora etilmas edi. Jahon 

xo`jaligini muhim xo`jalik yuritish qismi bo`lgan kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini  


 

69  


barcha faoliyati banklar bilan boglanganligi bugungi kunda hammaga ma`lum bo`lib koldi. 

Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQShda bank tizimini faoliyati 

nixoyatda rivojlangan bo`lib, tadbirkorlarni aktiv iqtisodiy faoliyat ko`rsatishida banklar barcha 

mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat kursatadi. 

Umuman 

bank 


operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo`lib, passiv operatsiyalar pul 

mablag`larini ma`lum biror yunalishga safarbar etishga qaratilgan. Banklar passiv  operatsiyalar 

orqali jamg`armalarni va vaqtinchalik bush turgan mablag`larni ishlab chiqarishga safarbar etib 

foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli harakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog`liq 

bo`lib, quyidagi elementlari bo`yicha turkumlanadi: 

1.Muddatlar bo`yicha kreditlar 1 yillik, 5 yillik 7-10 yilga muljallangan bulishi; 

2.Kreditlarning hajmi bo`yicha kichik, o`rta, yirik mikdorda har bir mijozga individual va 

moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; 

3. Ayrim turlari bo`yicha maxsus kafolatni tanlab tanlab  kilmaydigan, garov evaziga 

berilmaydigan kreditlar; 

4.Kreditorlarni turlari bo`yicha ya`ni davlat, tijorat, xususiy va boshqa turlari bo`yicha 

berish; 


5.Zayomni turlari bo`yicha yuridik shaxslar va xakozolarga berish

6.Vaqtinchalik foydalanish uchun investitsiya, iste`mol uchun, karzlarni to`lash asosan 

eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar.   

2-ma`ruza. Tadbirkorlikda bank va soliq xizmatidan foydalanish. (2 soat)--- 

Reja: 

1.

 



Kredit – hisob operatsiyalarini amalga oshirish shartnomasi. Kredit shartnomasi. 

2.

 



Mablag`ni bankka qo`yish shartnomasi. 

3.

 



Soliq turlari. Soliq imtiyozlari. 

 

1.Kredit – hisob operatsiyalarini amalga oshirish shartnomasi. Kredit shartnomasi. 

 

Kredit deganda o`z egalari kulida vaqtincha bush turgan pul mablag`larini boshqalar 



tomonidan ma`lum muddatga xak to`lash sharti bilan karzga olish va qaytarib berish yuzasidan 

kelib chikkan munosabatlari tushuniladi. 

          Kredit munosabati ikki sub`ekt o`rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya`ni karz beruvchi; 

ikkinchisi pulga muxtoj, ya`ni karz oluvchi. Kredit tovar va pul ko`rinishidagi mablag`larni: 

 

qaytarib berishlik; 



 

muddatlilik va 

 

foiz to`lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi. 



 

Kredit va moliya tushunchalari o`rtasida bir tomondan umumiylik bo`lsa, ikkinchi 

tomondan farqli jihatlari mavjud. 

 

Agar moliya barcha xo`jalik sub`ektlarining o`ziga tegishli pul mablag`lari xususidagi 



aloqalarini anglatsa, kredit, bundan farqlirok, o`zga mulki bo`lgan pulni karzga olib ishlatish 

borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir unsuri hisoblanadi. 

 

Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har xil bulishidan kelib chikadi. 



Moliyada o`z mulki bo`lgan pul resurslarini xoxlagan vaktda, xech bir harakajatsiz ishlatishi 

mumkin. Kredit esa o`zgalar respublika halq xo`jaligi tarmoqlari korxonalarini kreditlashning 

eng muhim manbalaridan biri - xususiylashtirishdan tushadigan mablag`lardir. 

O`zbekiston - xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag`ni davlat byudjetiga emas, 

balki xususiylashtirilgan korxonalarni qo`llab-kuvvatlashga hamda bozor infratuzilmasini 

rivojlanishiga yunaltirilgan dunyodagi kamdan-kam davlatlardan biri hisoblanadi. 

 

Shunday qilib, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini mablag` bilan ta`minlashning 



birinchi xususiyati shundaki, mablag`lar davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga hosil bo`ladi va 

Davlat mulki kumitasining maxsus hisob varagida jamgariladi. 

 

Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, Respublika Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda 



kreditdan foydalanishning imtiyozli suriluvchi foiz stavkalari belgilanadi. Foiz stavkasi 

mikdorining o`zgarishi har chorakda yuz beradi, lyokin u har doim respublika o`rtacha bank foiz 



 

70  


stavkasidan past bo`ladi. Shunday qilib, mulkchilik shaklini nodavlat mulkchilik shakliga 

o`zgartirgan korxona yangi shakllarda faoliyat ko`rsatishining birinchi kunidanek o`z biznes 

dasturini amalga oshirish uchun davlat korxonalariga nisbatan foydalirok shartlarda mablag` 

olish imkoniga ega bo`ladi. 



 

2.Mablag`ni bankka qo`yish shartnomasi. 

 

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egaligining kichik va xususiy tadbirkorlik 

shakli korxonalari o`z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo`ladilar. Bu jarayon avvalo  

oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar asosan 

korxonalar orqali bank o`z faoliyatini olib borganligi bilan harakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati 

shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog`liq 

operatsiyalarni bajarishga o`z imkoniyatlarini safarbar etib boradilar. 

 

Tadbirkorlarni banklar bilan bo`ladigan operatsiyalarida turli erkinliklar berib 



qo`yilganligi shunda namoyon bo`lmoqdaki, xususiy tadbirkor o`z jamg`armasini 

O`zbekistonning turli banklarida  o`z hisob schyotida saklashi, kredit va kassa operatsiyalarini 

bajarish huquqiga ega hisoblanadi. Banklar bilan tadbirkorlar o`rtasidagi munosabatlarda amal 

kilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o`tkazish yuli bilan hisobkitoblar olib 

borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar va boshqa  

muhim ahamiyatga ega bo`lgan xujjatlarni  saklashi bilan kafolatlanib boradi. Banklar 

tadbirkorlar va mijozlar bilan bo`ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog`ozi 

bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalar bajarilishi zarur. 

Mulk egalari hisobiga pul o`tkazish shahar ichida 4 ish kunida, viloyat ichida 5 ish 

kunida, respublika ichida  10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bir qonun shartlari buzilsa 

mijozga yillik foiz mikdorida bank jarima tulaydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga 

tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan 

kiritilgan o`zgarishlarni, qoidalarni ayniksa hisoblar bo`yicha nakd pulsiz tarzdagi operatsiyalar 

bo`yicha o`zgarishlar to`g`risida tadbirkorlikni xabardor qiladilar. Bank o`z vaktida mijozni 

kechikib o`tkazgan operatsiyalari uchun, pulni noto`g`ri ko`chirganligi uchun bank aybdor 

sifatida har bir kun uchun mijozga o`tkazilayotgan summani 3 foizi mikdorida jarima to`laydi.  

Bankni  aybi bilan hisob xujjatlari  yukolsa, mijozga  xujjatda kursatilgan summani har bir kuni 

uchun 3 foiz mikdorda bank jarima tulaydi. Tadbirkor tomonidan bankka noto`g`ri ma`lumot 

berilgan bo`lsa (masalan, pul o`tkazish bo`yicha mijozni adresi noto`g`ri kursatilgan bo`lsa) 

mijozlar 5000 so`m jarima tulaydi, agar shu hol yana takrolansa xizmat faoliyat yurgizishi 

to`xtatiladi. 

Tadbirkorlar bilan bank o`rtasidagi kredit berish bo`yicha bo`ladigan operatsiyalar ikki 

tomon o`rtasida imzolangan shartnoma avsosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni 

muvaffakiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor “Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi” 

Respublika qonunlarini chuqur o`rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor 

iqtisodiyotida 

tadbirkorlik korxonalarini hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta oaeratsiyalari bilan bog`liqligi 

ma`lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy 

valyuta hamda xorij valyutasida operatsiyalarni bajarishga to`g`ri kelmoqda. Ayniqsa tashqi 

savdo vosita valyuta operatsiyalari bilan bog`liq hisoblanadi. Valyuta 

operatsiyalari valyuta 

kursi bo`yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. AQSh dollari valyuta 

kotirovkasida baza sifatida xalqaro maydonda qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi kurs 

bo`yicha AQSh dollariga solishtirilib boriladi. Dollar kursi abadiy bulmay, bu ham o`zgarib 

turadi. Valyuta kursini o`zgarib turishi har kuni ham bulishi mumkin. Shuning uchun banklar 

kursni bank faoliyat boshlash vaktidagi yoki yopilishi vaktidagi kurslar bo`yicha hisob-kitob 

ishlarini olib boradi. Valyuta kursini o`zgarib borishi haqida har xaftada matbuotda jadval berib 

boriladi. Bu axborot tadbirkorlarni iqtisodiy faoliyatida muhim hisoblanadi.  

Valyuta operatsiyalarida asosiy urinni kredit, qimmatli qog`ozlar, valyutani foyda olish 

maksdida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xo`jalik yuritish jarayonida hozirgi kichik va 



 

71  


xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob schetiga ega bulish huquqini olib, erkin  tazda valyutani 

sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishlari 

natijasida valyutani erkin sotib olish huquqiga ham egadirlar. Umuman 

bozor 


iqtisodiyoti 

jaxondagi yirik rivojlangan mamlakatlarni muomaladagi valyutalarni mamlakat ichki bozorida 

harakat etishi uchun huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog`liq 

bo`lgan faoliyatilaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy 

texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarida xizmatni sifatini 

oshirishga ishlab chiqarish sohasida sifatli mahsulot qilib chiqarib uning realizatsiyasidan katta 

foyda olish imkoniyatlariga ega bo`ladilar.                   

 

3.Soliq turlari. Soliq imtiyozlari. 

Soliqlar byudjetga to`lanishiga qarab ikki turga: umumdavlat va mahalliy soliqlarga, 

mohiyatiga qarab esa to`g`ri va egri soliqlarga bo`linadai. Soliqlar guruhlanishi soliqqa tortish 

ob`ektiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar 

to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). 

Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan 

soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini 

olib, ularni davlatga o`tkazadi. 

Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo`jalik yurituvchi 

sub`ektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq 

yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa egri soliqlarning pirovard to`lovchisi 

hisoblanadi. 

Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to`g`ri soliqlarni ham iste`molchilar 

zimmasiga o`tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to`laydigan soliqlar yuki 

inflyatsiya davrida ko`pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste`molchilar zimmasiga 

yuklab boriladi. 

To`g`ri soliqlarga tortishda mablag`larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash 

paytida boshlanadi. Davlat  daromad olingan paytdayoq  uning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo 

qiladi. 

To`g`ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo`linadi. 

Real soliqlar soliq to`lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr 

asosida undiriladi, to`lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o`rtacha daromadliligini 

hisobga oladi. Soliqqa tortish ob`ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-

joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog`ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar 

tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo`yicha aniqlanadigan 

o`rtacha daromadliligi bo`yicha amalga oshiriladi. O`z mohiyatiga ko`ra bunday soliqlar 

regressiv tusga egadir. 

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy 

soliqlarga o`tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy 

jihatdan ham foydali bo`lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy 

soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy 

soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo`yicha undiriladigan 

jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real 

soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob`ekt (daromad, mol-mulk) har bir to`lovchi 

uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) 

e`tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob`ektiga qarab shaxsiy soliqlarning 

quyidagi turlarini farqlanadi: daromad solig`i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan 

olinadigan soliq, sarmoyaning o`sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan 

olinadigan soliq,  merosdan va sovg`a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, 

jon boshiga olinadigan soliq va hokazo. 

Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan 

olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida 



 

72  


ushbu qiymatning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qilish bilan aslida yangi qiymatning 

taqsimlanishining ishtirokchisi bo`lib ¢oladi. Egri soliqlar to`g`ri soliqlardan farqli ravishda 

to`lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog`liq bo`lmaydi. Tovarlar, odatda, 

shaxsiy iste`mol tovarlari, shuningdek xizmat ko`rsatish sohasining (sartaroshxonalar, 

hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko`rsatadigan va transport 

korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob`ekti bo`ladi. Egri soliqlarga 

tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. 

Xaridor-iste`molchi egri soliqlarning to`lovchisi bo`ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar 

ko`rsatadigan shaxs aslida soliqni yig`uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi 

mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo`shiladi. Davlat korxonalari va 

monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo`yicha juda katta imkoniyatlarga 

egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo`lganida va talab barqaror bo`lmagan holda soliqning 

muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to`lanadi. Egri 

soliqlarning asosiy to`lovchisi pirovard oqibatda iste`molchilar bo`ladilar. 

Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. hamma fuqarolar o`z 

daromadlarining miqdoridan qat`iy nazar, bunday soliqlarni to`laydilar, chunki egri soliqlarga 

tortiladigan turmush uchun zarur bo`lgan tovarlarni iste`mol qilishadi va xizmatlardan 

foydalanishadi. 

Egri soliqlarning stavkalari qat`iy (tovar o`lchamining birligiga) va foizli (tovarning 

narxiga muayyan hissada) bo`ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko`proq foydalidir, chunki 

narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko`payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning 

tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi. 

Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini o`z 

ichiga oladi. Aktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va 

hokazo) va universal (qo`shilgan qiymat solig`i va boshqalar) turlarga bo`linadi. 

Ular asosan xo`jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib 

chiqadi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilganimizda, to`g`ri soliqlarni to`g`ridan to`g`ri 

soliq to`lovchilarning o`zi to`laydi, ya`ni soliqning xuquqiy va haqiqiy to`lovchisi xam bitta 

shaxs hisoblanadi. 

Egri soliqlarning huquqiy to`lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar 

hamda xizmat ko`rsatuvchilar, haqiqiy to`lovchisi esa iste`molchilar hisoblanadi.  

Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb 

uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy 

xarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So`ngi yillarda to`g`ri soliqlarning salmog`i yalpi 

ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog`i oshgan. Bu erda hozirgi 

sharoitda to`g`ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to`g`ridan - to`g`ri korxonaning 

investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To`g`ri soliqlar salmog`i YaIM qiymatida 

pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo`shimcha mahsulot ishlab 

chiqarishiga imkon yaratadi. 

 

QISQAChA XULOSALAR 



 

 

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyatini banklar bilan chambarchas 



bog`liq bo`lib, ular olib boraetgan faoliyat xom-ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, 

kursatiladigan xizmatlarga xak to`lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta`minlash, turli toifadagi 

korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya`ni olingan 

foydadan, daromaddan soliq to`lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning barcha 

turlari banklar orqali, o`z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar 

orqali amalga oshadi. 

 

Banklar kredit vazifalarini bajaruvchi muassasa bo`lib, karz beruvchi va karz oluvchilar 



o`rtasidagi aloqalarni bajaradi. 

 

73  


 

Banklar pul karz berishi, pullar va qimmatbaho qog`ozlar chiqarish, xazina saqlash kabi 

muhim vazifalarni bajaradi. 

 

Soliqlar davlat byudjetining manbai bo`lib, xo`jalik faoliyatini rag`batlantirish va ijtimoiy 



ximoya vazifalarini bajaradi. Soliqlar bevosita va bilvosita turlariga bulinadi. Bevosita soliqlar 

mulk va daromadlarga solinsa, bilvosita soliqlar (masalan, aktsiya solig`i) tovar qiymatiga 

kuyilib, uning narxini oshiradi. Soliqlarning bosh vazifasi iqtisodiyotni, iqtisodiy jarayonlarni 

tartibga solib turishdir. 

 

Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy o`sishga yul ochiladi, davlat va jamiyat 



manfaatlariga zid bo`lgan xolatlarga karishi ko`rash olib boradi. Soliqlarning yana bir asosiy 

vazifasi pul mablag`larini qayta taksimlash hisoblanadi.      

 

Auditning asosiy maqsadi- moliyaviy va xo`jalik operatsiyalarining to`g`riligini va uning 



O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va boshqa me`yoriy  xujjatlariga nechoglik mosligini 

aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana konsalting, ya`ni mijoz bilan shartnoma to`zib, 

xizmatlar ko`rsatish ham kiradi. 

 

Auditning asosiy xarajatlari harakatlanuvchi shaxsi auditor va auditorlik firmasidir. 



 

Kredit uyushmalar nisbatan mayda jamg`arma- kredit muassasalar bo`lib, iste`mol 

kreditlarini berishga yunaltirilgan. 

 

Fond birjalari standart moliyaviy vositalari savdo qilish. 



uchun uyushgan bozordir. 

 

NAZORAT VA MULOXAZA SAVOLLARI 



1. 

 

Korxonani faoliyati ustidan kanday moliyaviy nazorat shakllarini bilasiz? 



2. 

 

Bank bilan kanday aloqalar urnatiladi? 



3. 

 

Kredit shartnomasini mazmunini tushuntirib bering. 



4. 

 

Davlat kanday soliq siyosatini olib boradi? 



5. 

 

Soliqni kanday turlarini bilasiz? 



6. 

 

Kichik biznesni rivojlantirishda  kanday soliq imtiyozlari mavjud? 



7. 

 

Audit va auditorlik taftishi nima? 



8. 

 

Auditning xalqaro standartlarini kanday guruhlarga bulish mumkin?                                                         



 

ASOSIY ADABIYoTLAR RUYXATI: 

 

1.Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida -T. O`zbekiston, O`zbekiston, 1995 



2.Karimov I.A.  “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T.O`zbekiston , 1999.  

I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh 

yo`limiz. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002 yil. 

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish-T.,  

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 2005 y., 445 b. O`zbekiston Respublikasi Fanlar  

   akademiyasining akdemigi S.G`ulomovning umumiy tahriri ostida. 

4.Egamberdiev E., Xo`jaqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik: / O`quv qo`llanma/  O`z R  

   Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.: “Ma`naviyat”,  

   2003.-144 bet. 

5.G`ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik 

kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2002. 

 

QO`ShIMChA ADABIYoTLAR: 



 

1.

 



Shirokov B.M. Malыy biznes: finansovaya sreda predprinimatel`stva: uchebno- 

metodicheskoe posobie. –M.: Finansы i statistika. 2006. -496 s. 

2.

 

Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K.. Ro`ziev S. O`zbekiston 



iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida, 3- qism. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – 

davr talabi. – T.: TDIU. 2005. -66 b. 


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling