Shuni ta’kidlash kerakki, ibtidoiy sinkretizm bosqichida mifni A.N.Veselovskiy e’tiborga olmaganday ko‘rinadi. Ammo qadimgi she’rning ritm bilan verbal ijro etilishi jarayonida mif ham bor deb qarash maqsadga muvofiqdir. Mif faqat verbal ijro etiladi. Ayni paytda mifni yoki mifologik tasavvurlarni qamrab olgan qadimgi she’r tasviriy san’atni ham o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda hammasini she’riyat deb qarash mumkin. - Shuni ta’kidlash kerakki, ibtidoiy sinkretizm bosqichida mifni A.N.Veselovskiy e’tiborga olmaganday ko‘rinadi. Ammo qadimgi she’rning ritm bilan verbal ijro etilishi jarayonida mif ham bor deb qarash maqsadga muvofiqdir. Mif faqat verbal ijro etiladi. Ayni paytda mifni yoki mifologik tasavvurlarni qamrab olgan qadimgi she’r tasviriy san’atni ham o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda hammasini she’riyat deb qarash mumkin.
- Sinkretizm davrida so‘z estetik tafakkur orqali anglanadigan ma’nosidan yoki o‘zi ifodalagan obyektidan ajralmagan. Masalan, “daraxt” so‘zi va daraxtning o‘zi mifologik ong uchun ikkita real voqelik – so‘z va predmet sifatida emas, balki bitta ajralmas voqelik sifatida paydo bo‘ladi. Bu degani – so‘z qandaydir substantsial (ilk asos, hamma narsalar va hodisalarning mohiyati) hodisa sifatida qabul qilinadi deganidir. Buni yanada aniqroq tasavvur qilish uchun diniy tasavvurlar yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |