Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 466.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.08.2017
Hajmi466.91 Kb.
#13982
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAX SUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 

UNIVERSITETI 

 

O’zbek filologiyasi  yo’nalishi uchun 

 

 



 

TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH 

 

 



FANIDAN 

 

 



MA’RUZALAR    MATNI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

NUKUS-2008 

 

 



 

 


 

2

 



Tuzuvchi: 

 

  ABDULLAEV 



SH. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ma’ruzalar matni Qoraqalpoq davlat universiteti 

o’zbek filologiyasi kafedrasining 2008 yil ____-

avgustdagi yig’ilishida qayta ko’rilib, ayrim 

tuzatishlar kiritilib ma’qullangan. 

 

 

 



 

 

 KAFEDRA 



MUDIRI: 

  dots. 

H.Abdullayev 

 

3

1-MAVZU:  



«TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH» KURSINING  

MAQSAD  VA  VAZIFALARI 

                                  

REJA: 


1.  Turkiy filologiyaning shakllanishi. 

2.  Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar.  

3.  A.Navoiyning asarlari haqida xarakterli ma’lumotlar.  

 

 



Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining 

vujudga kelishi o’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik 

arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta 

ahamiyatga ega bo’ldi. Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani 

ma’lum emas, chunki dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib 

kelmagan. Mavjud ma’lumotlar bu fanning VII asrda paydo bo’lganidan dalolat 

beradi. 

Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari  VIII-XIV asrlarda yuksak 

natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sag’ofiy (VIII asr), al-Vasriy Sibovayhiy ( VIII 

asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1X asr), az-Zamaxshariy (XII asr), Abu 

Hayyom (XIII XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi haqida 

mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. 

Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga 

kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Farohidiy (VIII asr) «Kitob-ul-Ayn» lug’atini yaratdi. 

Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi 

hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o’rnini shunday 

bilish mumkin: Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch yuz yil keyin yashagan Mahmud 

Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’atiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida 

ta’kidlab ko’rsatadi.  

Arab leksikograflari lug’atining xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy 

(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1X asr) maqol va matallar lug’ati, 

Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn 

Qutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 

mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli (ba’zi manbalarga qaraganda 100 

tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor.  

Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy 

(X asr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida 

so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. 

Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni arablarning o’zlari 

yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining 

tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda, boshqa xalqlarning 

vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili bo’libgina  

qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan. SHuning uchun 

adabiyotda, fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini mukammal 

bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi. Ingliz sharqshunosi B.Braunning «Eron 


 

4

adabiyoti tarixi» asarida ko’rsatilishicha, islom madaniyatining «oltin davri» 



hisoblanmish abbosiylar sulolasi hukm surgan davrida (749-846-yillar) arab fani 

va madaniyatining eng mo’tabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa 

xalqlarning vakillari bo’lgan. 

Mashhur arab filologlaridan Sibovayhiy eronlik, as-Zamaxshariy xorazmlik, 

Ismoil al-Javhariy turkiy xalq vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xususan, arab 

filologiyasi tarqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rol o’ynaganligini ochiq-

oydin ko’rsatadi. 

Arab filologiyasi an’analari ta’sirida tahsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda 

boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda, xususan, turkiy xalqlar tili va 

adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar. Bunday olimlarning ko’pligi 

mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi. Turkiy filologiya fanining vujudga 

kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’lanadi. 

 

Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik  asarlar. 



 

Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn» asari. 

Alisher Navoiy o’zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va tili tarixida mislsiz  katta rol 

o’ynagan ulug’ siymodir. A.Navoiyning ijodi O’rta Osiyo turkiy xalqlarining 

vatanparvarlik harakati ku’chaygan bir sharoitda kamol topdi. U o’zbek 

adabiyotini namuna adabiyot, klassik adabiyot darajasiga ko’tardi. A.Navoiyning 

nomi haqli ravishda Sharqning Firdavsiy, Nizomiy kabi zabardast shoirlari 

qatorida turadi.A.Navoiy o’zbek adabiyotini mana shu yozuvchilar yaratgan ulug’ 

adabiyot darajasiga olib chiqdi. Umrining oxirgi paytlarida yaratgan «Lison-ut-

tayr» asarida A.Navoiy shunday deb yozadi: 



Turk nazmida chu tortib men alam 

Ayladim ul mamlakatni yak qalam. 

 

O’zbek adabiyotini klassik adabiyot darajasiga ko’targan Alisher Navoiy ayni 



chog’da o’zbek adabiy tilini ham klassik til darajasiga ko’tardi. Navoiy tili bir 

necha asr davomida turkiy xalqlar orasida namuna til bo’lib, xizmat qildi.  

Alisher Navoiy o’z asarlarida ona tilida ijod qilish masalasiga bir necha 

marta to’xtab o’tdi. Ona tilini taraqqiy ettirish har bir yozuvchining muqaddas 

burchi, deb ta’kidladi u. Bu jihatdan «Layli va Majmun» dostonining so’ng so’zida 

aytilgan fikrlar ayniqsa muhimdir: 



Men turkcha boshlabon rivoyat, 

Qildim bu afsonani hikoyat; 

Kim shuhrati jahonga to’lg’ay, 

Turki bila dag’i bahra olg’ay. 

CHunki bu kun jahonda atrok 

Ko’ptur x ush tab, sof idrok. 

A.Navoiy o’zining bu maqsadini amalga oshirish uchun o’ttizdan ortiq 

badiiy va badiiy-didaktik asar yozdi. O’z davrda barchani hayratga solgan va 


 

5

hamon kitobxonlarni lol qilib kelayotgan bu asarlarda o’zbek xalqining aql-



zakovati, o’zbek tilining badiiy qudrati to’la namoyon bo’ldi. U o’zbek tilining 

boyligi va nafisligini zamondoshlariga namoyish qilish niyatida «Muhokamat-ul-

lug’atayn» asarini yozdi. 

Ona tiliga hurmat bilan qarash, uni qadrlash, rivojlantirib borishga otashin 

chaqiriq bo’lgan bu asar ma’lum tarixiy sharoitda, ma’lum talablar asosida uzaga 

keldi. Bu davrda Movarounnahrda ham, Xurosonda ham o’zbek va fors-tojik 

xalqlari orasida aralashish, ikki tillilik juda kuchaygan edi. Buni Alisher 

Navoiyning o’zi ham alohida ta’kidlab ko’rsatadi: «Har miqdorki, bu birining u 

biri bila omizish va g’uftu-guzori bor, ul birining ham bu bir bila hamoncha 

takallum va guftori bor… Ammo turkning ulug’din kichigiga degincha va 

navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar, andog’kim o’z xurd 

ahvoliga ko’ra ayta olurlar, balki fasohat va balog’at bilan takallum qilurlar. Hatto 

turk shuarosikim forsiy til bila raigin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar…». 

Bu davrda turkiy shoirlarning ko’pchiligi fors tilida ijod qilar edi. 

A.Navoiyning «Majolis-un-nafois» asaridagi ikkinchi majlisda tilga olingan va 

Navoiy  yoshlik chog’ida ko’rgan yoki gaplashgan 90 shoirdan 16 tasi turkiy tilda, 

shuningdek fors tilida ham ijod qilgan. Asarning uchinchi majlisida tilga olingan 

110 shoirdan (bular-Navoiyning yaqin zamondoshlari) faqat 3 tasi turkgo’y 

bo’lgan. Fors tilida ijod qilgan shoirning ko’pchiligi, shubhasiz, forslar bo’lgan. Bu 

faktlar o’sha davrda fors tilining qanday mavqe tutganligini yaqqol ko’rsatadi.  

O’zbek shoirlarining o’z ona tilidan ko’ra ko’proq fors tilida ijod qilishga 

intilishining sababini Navoiy ishonarli dalillar bilan ko’rsatib berdi. Bu 

sabablardan biri fors tilida yozish odat, an’ana tusiga aylanganligi, ikkinchisi-fors 

tilining engilligidir, deb ko’rsatadi Alisher Navoiy. Fors tilining engilligi 

deyilganda, bu tilning ishlanganligi nazarda tutiladi. Bu til qarshisida ishlanmagan

kundalik so’zlashuv ehtiyojlariga xizmat qiladigan turkiy til shoirlarning ko’ziga, 

shubhasiz, og’ir, poeziyadek nozik san’atga yaroqsiz ko’rinar edi. O’z ijodini fors 

tilida boshlagan A.Navoiy ham o’zbek tilining qudratini keyinchalik idrok etdi. Bu 

haqda Navoiyning dil so’zlari joy topgan. 

Uning «Muhokamatul-lug’atayn» asari mana shu « qo’l tegmagan» boylikni 

zamondoshlariga namoyish qilish maqsadida yozildi. Asar hijriy 905 yilda 

(milodiy 1499) tamomlandi. Bu asar Navoiy ijodiga, uning turkiy (eski o’zbek) 

adabiy til ustida olib  borgan kuzatishlariga qisqcha yakun yasadi. 

Asar qisqacha tarixiy ma’lumot bilan boshlanadi. Bunda Alisher Navoiy 

arab tilining ahamiyati, fors tili, turkiy xalqlarning madaniy uyg’onishi, ularning 

tili to’g’risida yozadi. Asarda avtobiografik ma’lumotlar, Navoiy yozgan 

asarlarning ro’yxati va uning ustozlari to’g’risida ma’lumotlar bor. A.Navoiy 

turkiy tilda ijod etgan shoirlarni ham ko’rsatib o’tadi. Bular: Lutfiy, Sakkokiy, 

Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqumiy, YAqiniy, Amiriy va Gadoiylardir. 

Asarning asosiy qismida eski o’zbek va fors tillarining leksik va grammatik 

xususiyatlari solishtiriladi. Bu qiyosiy mulohazalarda A.Navoiy bizning ko’z 

o’ngimizda ulug’ vatanparvar olim, uksak madaniyatli inson sifatida gavdalanadi. 



 

6

Eski o’zbek tilining afzal tomonlari, ustunliklari to’g’risida mulohaza bildilar ekan, 



u fors tilini aslo erga urmaydi, bu tilga o’z hurmatini ochiq izhor qiladi. 

A.Navoiy turkiy va forsiy tillardagi so’zlarni bir-biriga taqqoslar ekan, 

ancha-muncha tushunchalarning turkiycha atamasi bo’lgani holda fors tilida shu 

tushunchani ifodalovchi so’z yo’q ekanligini ko’rsatdi. 

Navoiyning bu asari o’zbek va fors-tojik tillarini, ularning lug’at sostavlarini 

taqqoslashga bag’ishlangan birinchi filologik asar bo’lib qoldi. 

 

«TURKIY  FILOLOGIYAGA  KIRISH»  KURSINING 



MAQSAD  VA  VAZIFALARI MAVZUSI  BO’YICHA 

NAZORAT  SAVOLLARI 

 

1. Turkiy filologiyaga kirish fani nimalarni o’rganadi? 



2.Turkiy filologiyaning vujudga kelish tarixi haqida  nimalarni bilasiz? 

3.O’rta asr arab tilshunosligi haqida ma’lumot bering? 

4.Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlarni sanab ko’rsating.  

   Ular haqida nimalarni bilasiz? 

5. «Muhokamatul-lug’atayn» qanday asar? 

6. Arab tilshunosligining turki filologiyaga ta’siri. 

7. Turkiy filologiyaning barcha turkiy tillar uchun umumiy fan ekanligi. 

8. Turkiy filologiyaga kirish kursi oldiga qo’yilgan talablar. 

9. Turkiy filologiyada qiyosiy tadqiqotlar. 

10. Turkiy filologiyaga kirish kursining ahamiyati. 

 

                                TAYANCH ATAMALAR 



1.Filologiya. 

2.Turkiy filologiya. 

3.Turkiy filologiyaga kirish. 

4.Filologik asar. 

5.Lingvistik asar. 

6.Lug’at. 

7.Tarixiy lug’at. 

                               ADABIYOTLAR: 

1.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

2.Abdurahmonov G’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.T.1982 y. 

3.Baskakov A. Vvedenie v izuchenie turkskix yazikov. M.1969. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

7

2-MAVZU: MAHMUD KOSHG’ARIY VA UNING 



«DEVONU LUG’OTIT TURK» ASARI 

REJA: 


1.  X-XII asrlarda O’rta Osiyoda ijtimoiy madaniy hayot. 

2.  X-XII asrlar adabiyoti haqida ma’lumot. 

3.  Mahmud Koshg’ariy-qomusiy bilimlar sohibi. 

4.  «Devonu lug’otit turk» ning tarixi, uning tadqiq etilishi. 

5.  «Devonu lug’atit turk» da etnografik ma’lumotlar. 

6.  «Devonu lug’otit turk» dagi etnografik  ma’lumotlar. 

7.  M.Zamaxshariyning hayoti va ijodi 

8.  Muqaddimat-ul adab asari 

 

  X-XII asrlar O’rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayotida alohida bir davrni 



tashkil qiladi. Bu davrda ilm-fan, Adabiyot va san’atning uksala borishi uyg’onish 

nishonalarini yuzaga keltirgan edi. Bu davrda umumiy tarixiy taraqqiyot 

asoschilari al-Xorazmiy, Farobiy, beruniy, Abu Ali ibn Sinolar maydonga 

chiqdilar. Ular o’zlarining amaliy faoliyatlari, tariz, falsafa, mantiq, shunindek,  

aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan O’rta Osiyoning qadimiy  tarix             

ida chuqur iz qoldirdilar. Bu o’rinda Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin 

Tusiy qabilarning qadimgi unon ilm-faniga bo’lgan katta diqqat e’tiborlari muhim 

rol o’ynaydi. 

Bu davr ilm-faniga katta hissa qo’shgan olimlarning to’ng’ichi  al-X             

orazmiy edi. Al-X orazmiy 8-asrning oxirlarida yashab, aktiv ilmiy faoliyat bilan 

o’zidan keyin boy meros qoldirdi. 

Shunday yirik olimlardan yana biri 11-asrning mmashhur mingvistik olimi 

Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridan o’rin olgan she’riy 

parchalar, adabiy lavhalar turkiy xalqlarning ota-bobolari yaratib qoldirgan meros 

sifatida qabul qilingan.  

10-12asrlar o’zbek adabiyoti tematik jilolari, janrlar boyligi bilan diqqatni 

tortadi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali etib kelgan 

badiiy ijod namunalar o’z navbatida shu fikrga ham asos beradi. Bizgacha saqlanib 

qolgan manbalar 10-12 asrlar ilg’or ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotida ko’proq 

didaktik adabiyot katta rolp o’ynaganligini ko’rsatadi. O’tmish xalqni adabiyoti 

bilan har jihatdan bog’langan bu adabiyot diniy-mistik adabiy oqimga qarshi turdi. 

SHarqda didaktik adabiyot, uning ravshan ko’rinishi sifatida didaktik 

dostonchilikning keng taraqiy etgan davri ham 10-12 asrlarga to’g’ri keladi. 

Dilaktika hamma vaqt ham falsafiy, ahloqiy-ta’limiy qarashlarni tag’ib etishini, 

shu yo’l bilan muayyan sistemadagi dunyoqarashli singdirishni maqsad qilib 

qo’yadi. Dastlab o’zida xalqning «chuqur donishmandligini ifodalab kelgan 

didaktika» urug’chilik jamiyati xususiyati bilan, unda otalarning mavqeyi baland 

bo’lganligi bilan bog’lash kerak. 

Didaktik asarlarni ularning harakteriga ko’ra quyidagi turkumlarga ajratish 

mumkin bo’ladi: 



 

8

1-Sof didaktik harakterdagi asarlar. Bunday asarlar kundalik hayot, urish 



turishning zaruriy shartlari pand-nasihat yo’li bilan uqtirib o’tiladi. 

2-Poetik didaktika. 

Bunday manbalar ro’yhatiga Usuf X ojib va Ahmad Ugnakiy asarlarini 

kiritish mumkin. Didaktik dostonlar Sharqda tik poeziyaning qahramonlik va 

romantik dostonlari qatorida baholanadi. Shunday qilib 10-12 asrlar adabiyotida 

chuqur ildiz otgan didaktik dostonchilik ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotiga muhim 

hissa bo’lib qo’shildi. 

Shu tarzda 10-12 asrlar ilg’or ilm-fan va adabiyoti bir-biriga yaqinlashib, 

tabiyat va insonni o’rganish, jamiyatni shu inson manfaatlariga muvofiq ravishda 

takomillashtirish g’oyalarini o’rtaga tashlagan davr bo’ldi va u keyinchalik uzaga 

chiqqan dunyoviy adabiyot taraqqiyotida muhim rolp o’ynaydi. 

Atoqli qomusiy olim va sayyoh Mahmud Qoshg’ariy O’rta Osiyoda 

yashagan xalqlar hayotini chuqur o’rgangan turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan 

va turk arab lug’atini tuzgan. Bu lug’atda u qadimiy so’zlarning ma’nosini arab 

tilida tushuntiradi va misol qilib shu ma’nodagi so’zlar ishlatilgan maqolalar va 

she’riy parchalar keltiradi. 

«Turkiyso’zlar devoni» deb nomlangan bu kitob O’zbekiston fanlar akamediyasi 

tomonidan 1960-1964 yillari nashr etildi. 

 

«Turkiy so’zlar devoni»ning kirish qismida Mahmud Qoshg’ariy Rum 



(Kichik Osiyo )dan to Xitoygacha bo’lgan erlarda yashagan turkiy xalqlarning 

kamlarini birma-bir keltiradi.Ular bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamon, bashqirt, 

basmil, kay, yabaku, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, igrak 

jaru,jamul,uyg’ur,tangut tabgach halqlaridirlar. Devonda ana shu tkrkiy halqlar 

yashagan geografik o’rinlarni ko’rsatuvchi doira shaklidagi harita ham keltirilgan. 

 

«Devon»da ana shu xalqlar tillari o’rtasidagi farqlar ko’rsatiladi.Tub 



so’zlarda o’zgarishlar ko’inmaydi.Faqat ayrimso’zlar o’zgaradi holos. 

 Masalan:tukrklar 

«musofir»ni 

«yalkin»desalar o’g’uzlar «alkin»deydilar. 

Turklar «yilig’suv»desalar o’g’uzlar «ilig suv»deydilar. Turklar «marvarid»ni 

«yinju»desalar o’g’uzlar «jinju»deydilar va xokazo.  

Kitobda ko’rsatilishicha tillarning engili o’g’uzcha eng tzg’risi, yaxshisi yag’mo 

tugsi. Bu tillar Ilo (ilm) Ertish(irtish) YAmor,Etir vodiylaridan uyg’ur 

shaharlarigacha bo’lgan joylarda yashovchilarning tilidir. Devonning har uch 

tomida ana shu xalqlar tillarining lug’at sostavini tashkil etuvchi so’zlarning 

nisbatan mukamal izohi beriladi. 

 

«Turkiy so’zlar devoni»faqatgina lug’at emas, balki juda mukammal 



ishlangan gramatik qo’llanma hamdir. Ayni zamonda «Devon»da ko’pgina 

so’zlarni kelib chiqishi ham to’la bayon etib berilgan.»Ob»so’zi ta’kid va 

ko’chaytirish ko’makchisi deb izohlanadi. Masalan:»Ob ezgu nong»degani» Eng 

yaxshi narsa» deganidir. «Ob oq» ham «juda oq» degan ma’noni bildiradi.Shundan 

hozirgi tilimizdagi «oppoq» so’zi kelib chiqan. «Devon»da O’rta Osiyo 

shaharlaridan ba’zilarining nomlariga izoh ham berib o’tilgan. Jumladan Mahmud 

Qoshg’ariy Toshkentni «Tarkent deb ko’rsatadi»va «Tarkent»SHox                ning 


 

9

ismi,asli toshkent tosh shahri demakdir,deb yozadi. Samarqand nomi esaasli 



«Samiz qand»-katta shahar bo’lanini aytadi. 

 «Devonda»turkiy 

xallar 

etnograviyasiga oid juda qimmatli ma’lumotlar ham 



ko’p uchraydi. 

 

«Devon»dagi she’riy parchalar ayrim so’zlar ma’nosiga doir lavhalar tarzida 



keltirilgan.Ular turli tuman ma’nodadir.Mahmud Qoshg’ariy bilim, olimlik 

fazilatlarini ulug’lochi ko’p she’rlarni yiqqan. U otalar nomidan farzandlarga 

murojat qilib olimlarga yaqin bo’lmish, ularning ilmlaridan o’rganishni,man-

manlik,kibru haodan uzoqlashishni qayta-qayta ta’kidlaydi. 

 

Mana shunday misol: 



                      O’rgan aning bilkin  

                      Kunda angar boru 

                      Qutqo’likni tapingin  

                      Kuzgil puvaz paru  

         Mazmuni: 

                      O’rgan uning bilimin 

                      Birgil o’shal sari  

                      Qutlug’ ishga bo’y sunginu 

                      Kibrni quv niri  

        «Devon»dagi  she’riy parchalar orasida yoz bilan qish tortishuvi,urVIIIlar 

tasviri,alplar vafotiga marsiyalar bor. 

         Shuningdek,bu kitobda bundan  9-10 asr burun halq o’rtasida keng yoyilgan 

maqollardan ham ancha namunalar bor. 

Mahmud Qoshg’ariyning turkologiya faniga asos solgan mashhur asari 

yozilayotgan yillarda /1075-yillarda/ turkiy xalqlar yashagan madaniy 

markazlarida yana biri bo’lgan xorazm viloyatining Zamaxshar degan qishlog’ida 

Mahmud ibn –Umar az-Zamaxshariy dunyoga keldi. O’z davri olimlari tomonidan 

jorulloxlaqabini olgan bu olim sharq fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa 

qo’shdi. U falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarga oid ellikdan 

ortik asar yaratdi. 

O’z davrining etuk tilshunoslaridan bo’lgan M.Zamaxshariy arab 

tilshunosligi an’analarini davom ettirdi .Uning ilg’or prinsip va usullaridan 

mohirlik bilan foydalandi. Masalan, arab leksikografiyasining tematik prinsipi 

/so’zlarni lug’atda tematik gruppalar bo’yicha joylashtirish/ uning qator asarlarida 

qo’llangan. Bu jihatdan olimnini “Al-jibol va-l-miyox”/ tog’, manzil va suvlar/ 

nomli toponimik asari harakterlidir. Bu asarda arab tili leksikasiga oid geografik 

nomlar tematik gruppalarga ajratib izohlangan. Tematik gruppa ichida so’zlar 

alfavit prinsipi asosida joylashtirilgan. Tematik  prinsip  Mahmud  Zamax             

shariyninng “Muqaddimatul- adab” nomli asarida ham qo’llangan. Mahmud 

Zamaxshariyning bu asari sof lug’at emas. Unda arab tilining Grammatik 

strukturasi ham o’z ifodasini topgan. Asar besh qismdan iborat: 

1.Ismlar/otlar/ 

2.Fellar. 

3.Ko’makchilar/yordamchi so’zlar/ 



 

10

4.Ismlar/otlarning turlanishi. 



5.Fe’llarning tuslanishi. 

Mahmud Zamaxshariyning ”Muqaddimatul-adab” asari faqat arab tili  va 

tilshunosligi tarixini o’rganish  jihatidangina emas, balki, turkiy xalqlar tillari 

tarixini o’rganish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. Asarning lug’at 

qismida ko’pgina arabcha so’zlarning forscha, mug’ulcha tarjimalari bilan bir 

qatorda, turkiycha tarjimalari ham berib borilgan. 

 

Asarda ismlar /otlar/ bir qancha tematik gruppalarga ajratilgan. Masalan, 



ismlarning xayvon nomlari qismi /bu qism mashhur polyak sharqshunosi 

A.ZAYONCHKOVSKIY TOMONIDAN E’LON QILINGAN/ o’n bir kichik 

tematik gruppachalardan iborat. Bu tematik gruppachalar asarda fasllar deb 

berilgan. Lekin fasllarning konkret nomlari keltirilmagan. Ularning shartli ravishda 

quyidagicha nomlash mumkin: 

1. Tuya nomlari /21nom/ 

2. Tuya a’zolarining nomlari /25nom/ 

3. Tuya jabdug’ining nomlari /32nom/ 

4. Eshak vaeshak jabdug’ining nomlari /42nom/ 

5. Qoramol va jabdug’ining nomlari /19nom/ 

6. Qo’y vaechki nomlari /42nom/ 

7. Qo’y va boshqa xayvon nishon /belgi/ larining nomlari /24/ 

8. Jun nomlari /11nom/ 

9. YOvvoyi xayvon nomlari/93nom/  

10.Ilon –chayon nomlari/59nom/ 

11.X ashorat nomlari/52nom/ 

 

Mashhur sharqshunos V.V.Bartolg’tdning ko’rsatishicha,  Mahmud  Zamax             



shariy lug’atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar O’rta Osiyo turkiy adabiy 

tilining leksikasi aks etgan. 

                          AZ-ZAMAX SHARIY ”MUQADDIMATUL ADAB ”MAVZUSI 

BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 

1.Az-Zamaxshariy qachon va qaerda yashab ijod etdi? 

2.Zamaxshariy fanning qaysi sox                asi bo’yicha shug’ullandi? 

3.”Muqaddimatul adab” qanday asar? 

4.Ushbu asar necha qismdan tashkil topgan? 

5.”Muqaddimatul adab” asarining asosiy mundarijasi qanday? 

6. Asarning til xususiyatlari.  

7. Asardagi lingvistik qarashlar. 

8. Az-Zamaxshariyning nazariy umumlashmalari. 

9. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 

 

T A YA N  CH   A T A M A L A R: 



1.Az-Zamaxshariy filolog olim. 

2.Arab leksikografiyasi. 

3.Geografik nom. 

4.Alfavit prinsip. 



 

11

A D A B I YO T L A R 



1.Az-Zamaxshariy ”Muqaddimatul adab ”Toshkent 1998y. 

2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent. 

3.I.A.Baskakov.Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.1969. 

                           

Mahmud Qoshg’ariy vaUning «Devonu 

          Lug’otit turk»Asari Mavzusi Bo’yicha  

 

                           NAZORAT SAVOLLARI 



1.X-XII asrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot qanday edi? 

2.X-XII asrlardagi fan va madaniyat haqida nimalarni bilasiz?  

3.M.Qoshg’ariy haqida nimalarni bilasiz? 

4. «Devonu-lug’atit turk »qanday asar. 

5.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday 

baholaysiz? 

  6.Asarning tuzilishi va mundarijasi haqida ma’lumot bering? 

  7.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday 

baholaysiz? 

8.«DAT»da maqol va matallar. 

9.Asarning mundarijasi haqida ma’lumot bering. 

10.Asarning XXasr o’rtalaridagi nashri haqida nimalarni bilasiz? 

 

TAYANCH  ATAMALAR: 



1.Fanda uyg’onish. 

2.Tematika vajanrlar. 

3.Poetik didaktika. 

4.Turkiy til grammatikasi. 

5.Leksikografiya. 

ADABIYOTLAR 

1.Devonu lug’otit turk.Akadem nashr.Toshkent.1962,1964. 

2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent.  

3.Fozilov.E.O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. 

   


   Toshkent.1965 y.  

Download 466.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling