Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
-MAVZU: HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI
Download 466.91 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU: URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI
- TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING ILK DAVRI
5-MAVZU: HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI. REJA: 1. O’zbek tilining lug’at sostavi. 2. O’zbek tili serdialekt tillardan biri. 3. O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika. 4. Stilistik tadqiqotlar.
Hozirgi o’zbek tilshunosligi avvalgi rus turkologiyasi eski o’zbek tili bo’yicha yozilgan lug’at va filologik traktatlarni va o’zlashtirish, bu maktablardagi lingvistik ideyalarni o’zbek tili materiallariga tadbiq qilish natijasida uzaga keldi. SHundan keyin o’zbek tilshunosligi shonli taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, o’zbek tili sinxronik, diaxronik, qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik aspektlarda o’rganish bo’yicha jiddiy natijalarga erishdi. O’zbek tilshunoslari safi beqiyos kengaydi, ularning ilmiy-nazariy tayyorgarligi yaxshilandi. Hozirgi o’zbek tilshunoslari safida o’nlab fan kandidatlari va fan doktorlari bor. O’zbektili masalalari Fanlar Akademiyasining A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot institutida, Toshkent, Samarqand va Nukus universitetlarida, respublika va viloyat pedagogika institutida va boshqa joylarda o’rganilmoqda. Bulardan tashqari, Moskva, Leningrad kabi ilmiy markazlarda ham o’zbek tili bilan shug’ullanuvchi olimlar bor. O’zbek tilining lug’at sostavi ko’pdan buyon o’rganilib keladi. O’zFA A.S.Pushkin nomidagi til va adabayot instituti tomonidan 1957 yilda nashr etilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili ”, 1966 yilda nashr etilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” asarining birinchi tomida o’zbek tili lug’at sostavi masalalariga birmuncha o’rin berilgan: O’zbekiston oliy o’quv urtlari filologiya va til-adabiyot fakul’tetlari studentlari uchun yozilgan darslik va qo’llanmalarda ham o’zbek tilining lug’at boyligiga ancha o’rin ajratilgan. Bu ishlar asos e’tibori normativ- tasviriy ishlar bo’lgani uchun o’zbek tilining so’z boyligi ularda norma va programma talablari asosida tavsif etiladi. O’zbek tili lug’at sostavining ma’lum sohalariga bag’ishlangan monografik tadqiqotlar yaratildi. O’zbek tilida inteknasional so’zlar (I.Isroilov, M.Po’latov, N.G’ulomova), evfemizmlar (N.Ismatullaev), eskirgan so’zlar (E.Qilichev), kasb- hunar leksikasi (N.Mamatov, T.Dadaxonova-Tursunova, N.Bakoeva), antroponimlar (E.Begmatov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. S.Ibrohimov 1961 yilda “O’zbek tilining kasb-hunar leksikasi” degan mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqladi. O’zbek tili frazeologiyasiga bag’ishlangan birinchi yirik ish SH.Rax matullaevning 1952 yilda Moskvada himoya qilingan ”Hozirgi zamon o’zbek tilidagi obrazli fe’l frazeologik birliklarning asosiy grammatik hususiyatlari” nomli kandidatlik dissertasiyasi bo’ldi. Bu ishning kirish qismida akad. V.V.Vinogradovning frazeologik konsepsiyasi o’zbek tili materialiga tatbiq etildi. SH.Raxmatullaev 1966 yilda “O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” degan mavzuda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. O’zbek tili frazeologik boyligini to’plash va o’rganish keyinchalik badiiy adabiyot tili materialida olib borildi. Muqimiy frazeologiyasi (A.SHomaqsudov), 22 Oydin asarlari frazeologiyasi (M.Husainov), A.Qahhorning frazeologiyasi novatorligi (I.Qo’chqortoev) buyicha kandidatlik dissertasiyalarini himoya qildi. M.Hakimov 1971 yilda frazeologiyaga oid “YOzuvchi va xalq tili” degan monografiya e’lon qildi. Keyingi yillarda o’zbek tilining lug’at boyligi semasiologik planda ham o’rganila boshladi. O’zbek tilida sinonim so’zlar (S.Isamuhamedova), antonim so’zlar (B.Isabekov, R.SHukurov), polisemantik so’zlar (T.Aliqulov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi; o’zbek tilida polisemiya (M.Mirtojiev), so’z ma’nosi va uning valentligi (I.Qo’chqartoev) masalalari bo’yicha monografiyalari bosilib chiqdi. I.Qo’chqortoev 1978 yilda “O’zbek tilida nutq fe’llari semantikasi (komponent va valent tahlil)” degan mavzuda doktorlik dissertasiyasi himoya qildi. SH .Raxmatullev va uning shogirdlari leksik ma’noni tabiati haqida, polisemiya va antonimiya (I. Abduraxmonov), polisemiya va sinonimiya (R.Unusov, S.To’ychiev) bo’yicha maqolalar e’lon qilib, dissertasiya yoqladilar. O’zbek leksikografiyasi 50-yillarda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishdi. R.Abduraxmonov raxbarligida nashr etilgan “russko-o’zbekskiy slovarp”(1954), shuningdek, besh tomlik “russko-o’zbeksiy slovarp (1950-1955), A.K.Borokov tax ririda nashr etilgan ”O’zbekcha-ruscha lug’at” (1959)da o’zbek tili so’z boyligini deyarli qamrab olindi, o’zbek tilining turg’un birikmalari kengroq izohlandi. O’zbek leksikografiyasining ilmiy prinsiplarini yaratish bo’yicha ham birmuncha ishlar qilindi. Bu sohada O.Usmonov, Z.Ma’rufov, S.Akobirov, A.X o’jaxonov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. O’zbek tilida sinonim so’zlar lug’ati (A.Xojiev), antonim so’zlar lug’ati (SH.Raxmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov), frazeologik iboralar lug’ati (SH.Raxmatullaev), ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati (O.Usmonov) va boshqa max sus lug’atlar yaratildi. O’zbek leksikografiyasi erishgan utuqlarning natijasi sifatida 1981 yilda 60000 so’z va so’z birikmasini o’z ichiga olgan ikki tomlik “O’zbek tilining izohli lug’ati” nashr etildi. O’zbek tilining fonetikasi hali keng ko’lamda o’rganilmagan. Bu sox aga bag’ishlangan ishlar sifatida o’zbek tili haqidagi tasviriy asarlar va darsliklarning fonetika qismlari, yirik ish sifatida V.V.Reshetnikovning”O’zbekskiy yazqk (vvedenie, fonetika)” nomli monografiyasini ko’rsatish mumkin.
A.Mahmudov o’zbek tili fonetik sistemasi masalalari bilan ko’pdan buyon shug’ullanib keladi. Uning ”O’zbek tilida so’z urg’usi” (1960), ”o’zbek tili unlilari” (1968), ”O’zbek tili sonorlari” (1980) kabi monografiyalari bosilib chiqdi.
O’zbek tili grammatikasi ancha tugal o’rganilgan E.D. Palivanov, A.N.Kononov va boshqa rus olimlarining umum turkologik va o’zbek tili grammatikasi bo’yicha yozgan asarlari bu sohada olib borilgan tadqiqotlar uchun nazariy va ilmiy-metodik asos bo’lgan. O’zbek tili grammatikasi bahsining rivojida A.G’ulomov, U.Tursunov, F.Kamolov kabi olimlar katta rolp o’ynaydi.
O’zbek tilshunosligida grammatik tadqiqotlar so’z tarkibi, 23 so’z yasalishi, so’z turkumlari va sintaksis bo’yicha olib borildi. O’zbek tilida so’z tarkibi masalalariga oid tadqiqotlardan so’zlarning morfologik tarkibi (O.Kosimxo’jaeva), qo’shma so’z (B.Madaliev), juft so’z (N.Abduraxmonov) bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ko’rsatish mumkin.
S.Usmonov o’zbek tilida birinchi bo’lib «Umumiy tilshunoslik» (1972) darsligini yaratdi.
So’z yasalishi - o’zbek tilshunosligining max sus sox asi. Bu sox aning sistemali o’rganilishi A.G’ulomovning ilmiy tadqiqotlaridan boshlandi. U 1957 yilda «O’zbek tilida so’z yasalishi tarix iy problemalari» degan temada doktorlik dissertasiyasi yoqladi. A.G’ulomov o’zbek tili bo’yicha bir qancha darslik va qo’llanmalar yozdi, monografiyalar yaratdi; akademik grammatikani yozishda etakchi avtorlardan biri sifatida ishtirok etdi.
O’zbek tilida so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. (YO.Tojiev, M.Jo’raboev, A.Berdialiev). So’z turkumlari bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tematikasi ancha keng. O’zbek tilida ravish (S.Fuzailov), numerativ so’zlar (P.Hamdamov), son (S.Nizomiddinova) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi: ko’makchilar (X. Berdiyorov), undalma (A.Sayfullaev), tasviriy so’zlar (R. Kuyg’urozev), kelishiklar (R.Rasulov, O.Oripov, T.Inoyatov), egalik (S.Asliddinov), ish-amal va holat nomlari (F.Isxoqov), fe’l darajalari (S.Ferdaus), fe’l zamonlari (A.Suleymonov, J.Jo’raeva), fe’lning funksional formalari (S.N.SHox nazarova) maxsus tadqiqotlar ob’ekti bo’ldi. A.Xojiev 1968 yilda o’zbek tilida to’liqsiz fe’l bo’yicha doktorlik dissertasiyasi himoya qildi. U 1975 yilda nashr etilgan akademik grammatikani yozishda ishtirok etdi; “Ko’makchi fe’llar” (1966), “To’liqsiz fe’l” (1970) monografiyalarini, “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” (1974) asarini yaratdi. Sintaktik tadqiqotlar gap va uning bo’laklari, qo’shma gap sintaksisi masalalari bo’yicha olib berildi.O’zbek tilida gap va uning mohiyati A.G’ulomovning “Sodda gap” (1955) monografiyasida birinchi bor atroflicha yoritildi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (X.Ismatullaev), so’roq gap (A.Ahmedov) max sus o’rganildi, nominativ gap (X .G’ofurov), majhud konstruksiya (M.Mujdaboev), deb ravishdoshining sintaktik funksiyalari (M.SHaripov), sabab munosabatining ifodalanish yo’llari (S.G’oyibov) bo’yicha tadqiqotlar olib borildi. I.Toshaliev “Hozirgi o’zbek adabiy tilida kiritma konstruksiyalar” (1976) monografiyasini e’lon qildi. I.Rasulov o’zbek tilida bir sostavli gaplar bo’yicha qator asarlar yozdi, 1974 yilda “Hozirgi o’zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar” monografiyasini bostirib chiqardi. Oradan bir yil o’tgach, shu mavzuda doktorlik dissertasiyasi yoqladi. I.Rasulov-o’zbek tili bo’yicha oliy o’quv urtlari studentlari uchun yozilgan bir qancha darslik va qo’llanmaning avtorlaridan biri. A.Safoev-o’zbek tilida gap bo’laklari bo’yicha ko’zga ko’ringan mutax assislardan biri. U “O’zbek tilida gapning bosh bo’laklari” (1958), “Hozirgi o’zbek tilida gapning (bosh bo’laklari) semantik-sintaktik jihatdan bo’linishi” (1976) 24 monografiyalarini yozdi. 1969 yilda “Hozirgi o’zbek tilida sodda gapning ikkinchi darajali bo’laklari” degan temada dektorlik dissertasiyasini himoya qildi. Qo’shma gap-o’zbek tilining qizg’in o’rganilayotgan sohalaridan biri. O’zbek tilida shart va to’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar (A.Azizova), payt ergash gapli qo’shma gaplar (A.Ma’rufov), to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar (X.Rustamov), bir necha ergash gapli qo’shma gaplar (E.Azlarov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalarini yoqlashdi. O’zbek tili punktuasiyasi bo’yicha qator qo’llanmalar yaratildi. X .G’oziev o’zbek punktuasiyasi tarixiga oid bir qancha asar yozdi. K.Nazarov “O’zbek tili punktuasiyasi asoslari” (1971), “Tinish belgilari va yozma nutq” (1974), “O’zbek tili punktuasiyasi” (1976) qo’llanmalarini bostirib chiqardi. O’zbek tili-serdialekt va sersheva tillardan biri. Uning dialektik sostavi keng planda o’rganildi. O’zbek tilshunosligida dialektologik tadqiqotlar bir necha yo’nalishda olib borildi. Ko’p dialektologlar o’zbek tilining muayyan joylarga bog’liq shevalarini o’rgandilar. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dastlabki namunalari E.D.Polivanov (Toshkent shevasi), K.K.Udaxin (Qorabuloq, Vodil shevalari) tomonidan yaratildi. M.Mirzaev 1965 yilda “O’zbek tilining Buxoro gruppa shevalari” degan temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. U o’zbek tili shevalari va boshqa masalalar bo’yicha bir qancha ilmiy asar yaratdi, oliy o’quv urtlari uchun o’zbek tili bo’yicha darslik va qo’llanmalar yozishda ishtirok etdi. Adabiy til va shevalarning o’zaro munosabati o’zbek tilshunosligining aktual problemalari qatoriga kiradi. SH.SHoabdurahmonov 1963 yilda “O’zbek adabiy tili va o’zbek xalq shevalari” temasida doktorlik dissertasiyasi himoya qildi. SHu nomda monografiyasi ham nashr etildi. O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika, asosan, o’tmish yozma yodgorliklari tilini, ayrim grammatik kategoriyalarining rivojlanish tarixini va o’zbek adabiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’lik bo’ladi. Bir guruh tilshunoslar X1-X Sh asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni lingvistik o’rganish bilan shug’ullandi. Usuf Xos Xojib “Kutadg’u bilik” asarining tili (K.Karimov), Ahmad Ugnakiy “Xibbatul xaqoyiq” asarining tili (K.Mahmudov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. O’zbek tilshunosligida tarixiy tematikaning muhim yo’nalishlaridan biri grammatik kategoriyalar taraqqiyotini o’rganish bilan bog’liq bo’ldi. J.Mux torov 1971 yilda “O’zbek tilida sifatdosh formalarning rivojlanish tarixi” degan temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. O’zbek tilini boshqa tillarga taqqoslab o’rganish ma’lum tarixga ega. O’zbek va fors-tojik tillarining o’zaro munosabatiga juda qadimdan e’tibor qilingani ma’lum. Alisher Navoiy o’zining “Muxokamat-ul lug’atayin” asarida eski o’zbek va fors-tojik tillarining poetik imkoniyatlarini bir-biriga taqqoslagan. Bu asar o’zbek tili semantikasi va stilistikasining solishtirma-tipologik masalalariga bag’ishlangan birinchi jiddiy asardir. 25 O’zbek va rus tillarining o’zaro solishtirib o’rganishining birinchi ilmiy namunasi E.D.Polivanov yaratdi. O’zbek adabiy tilining ilmiy-akademik tasviriga bag’ishlangan asar “Hozirgi o’zbek adabiy tili” nomida G.A.Abduraxmonov tahriri ostida 1965 yilda qaytadan nashr etildi. Ikki tomdan tashkil topgan bu asarning birinchi tomida o’zbek adabiy tilining fonetik sistemasi, lug’at sostavi va morfologik tuzilishi yoritildi, ikkinchi tomida esa o’zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi tavsiflandi.
HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 1.O’zbek tilshunosligida turkologiya bo’yicha qaysi olimlar
shug’ullandilar? 2.Keyingi yillarda o’zbek tilshunosligining qaysi sohalari keng rivojlandi? 3.O’zbek tilshunoslari turkologiya fanining rivoji uchun qanday hissa qo’shdilar?
4.O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlari haqida nimalarni bilasiz? 5. O’zbek tilshunoslari turnologiya fanining rivoji uchun qanday hissa qo’shdilar? 6. O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlariga misollar ayting? 7. O’zbek tilshunosligida mazmuniy yo’nalishnign vujudga kelishi. 8. O’zbek tilshunosligida sistem tadqiqotlar. 9. O’zbek tilshunosligining etakchi olimlari. 10. O’zbek tilshunosligining turkologiyadagi o’rni.
TAYANCH ATAMALAR: 1.O’zbek turkologlari. 2.O’zbek tilshunosligining maktablari. 3.O’zbek leksikografiyasi. 4.Tarixiy tilshunoslik. 5.Qiyosiy tilshunoslik. 6.Tarixiy-qiyosiy tilshunoslik.
ADABIYOTLAR: 1.A.Nurmonov va boshqa. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi. Toshkent. “FAN” 1992 yil. 2.N.Mahmudov.ANurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent o’qituvchi. 1995 yil. 3.O’zbek tili grammatikasi 1-11 tomlar. 4.I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
26
R E J A: 1.Ural va oltoy tillarining o’xshashliklari 2.Ural va oltoy tillarining gnetik qarindoshligi 3.Arab filologiyalari va ularning asarlari haqida ma’lumot. 4. Mahmud Qoshg’ariy va uning asarlari. 5. Turkiy tillar sintakti. 6. Xulosa
Ural tillari oilasi fin-ugor va samodiy tillarini (selp-kun, nenes, nganasan) o’z ichiga oladi. Bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning dastlabki vatani Ural tog’lari atrofi deb faraz qilinadi. Shu tufayli bu tillar Uraltillari nomi bilan uritiladi. Hozir Sibirda yashovchi xanti, mansi, nenes, nganasanlar.Volga bo’yida yashovchi mordva, marilar, Kemi ASSR da yashovchi komi, udmurtlar, Boltik bo’yida yashovchi eston, karelp, finlar va Markaziy Evropada yashovchi vengrlar Ural tillari oilasiga mansub tillarda so’zlashadilar. Oltoy tillari ham uchta katta til gruppasini o’z ichiga oladi: turkiy tillar, mag’ul tillari, tungusmanjur tillari. Bu tillarda hozir asosan, Osiyo qit’asining Sibirp, Mug’uliston, Sharqiy-Shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo, Volga bo’yi, Yaqin Sharq, Kavkaz territoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar. Ural va Oltoy tillari strukturasida anchagina o’xshashliklar mavjud. Bular quyidagilar: 1. Bu tillar agglutinativ tipdagi tillar bo’lib, ularda affiks va asos aniq chegaralanadi,o’zak so’z-formaga teng keladi, har bir grammatik ma’noni boshqa-boshqa forma yasovchi affiks ifodalaydi. 2. Bu tillarning deyarli barchasida singarmonizm u yoki bu darajada mavjud. Bu fonetik hodisa hind-Evropa, hamit-semit kabi til oilalarida uchramaydi. 3. Qarashlilik maxsus grammatik kategoriya bilan ifoda etiladi. 4. Grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. 5. Bir tipli turlanish xususiyatiga ega _(ya’ni ot, sifat, olmosh kabi so’z turkumlari hammasi bir xil turlanadi). Hind-Evropa tillarida, masalan, rus tilida bu so’z turkumlari turlanishda o’zaro farqlanishi bilan birgalikda, bir turkumning (ot turkumining) o’zida uch xil turlanish formalari sistemasi mavjud. 6. Hind-Evropa tillaridagi prelog funksiyasini bu tillarda ko’makchilar bajaradi. 7. Aniqlovchi bilan aniqlanmish o’zaro sonda moslashmaydi (bundan fin-ugor, tungus-manchjur tillarining ayrimlari mustasno).
XX asr boshida R. Rask, V.SHott va M.A.Kastrenlar tomonidan ural va oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi fikr oldinga surildi va bu fikr O.Betling, V.Tomsen, I.Gombos, G.Vinkler kabi olimlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Ayni vaqtda ural-oltoy tillarining qarindoshligiga shubha bilan qarash, keyinroq esa ural-oltoy tillarininggina emas, balki oltoy tillari oilasiga kiritilgan ba’zi tillarning (turkiy, mug’ul, tung’us-manchjur tillarining) ham genetik
27 qarindoshligiga shubha bilan qarash yoki uni rad qilish hollari uchray boshladi. Ba’zi olimlar, masalan, vengr olimi U, Nemet, ural-oltoy tillarining hammasi emas, balki ugor va turkiy tillargina qarindoshlikni ega deb hisoblaydi. R.Ramstedt,Viklund, Andersen, Munkachi, Kollender kabi tilshunoslar esa ugor- fin tillari oltoy tillari bilan emas, balki hind-evropa til oilasi bilan qarindosh deydilar. V.I.Litkin va K.E. Maytinskaya kabi sobiq ittifoq tilshunoslari ham hind- evropa va ugor-fin tillaridagi olmosh o’zaklarining mos kelishiga tayanib, bularni qarindosh deb hisoblaydilar. Taniqli sobiq ittifoq tilshunosi E.D.Polivanov oltoy tillari bilan koreys tili genetik qarindosh bo’lishi mumkin degan fikrni bildirgan holda, oltoy tillarining ural tillari bilan qarindoshligi masasiga shubha bilan qaraydi. Sobiq ittifoq tilshunoslari N.A.Baskakov, G.D.Sanjeev, E.I.Ubryatova va boshqalar, oltoy tillari o’zaro genetik qarindosh, deyish bilan birga, oltoy va ural tillari genetik qarindosh emas, balki tipologik o’xshash tillardir deb hisoblaydilar. Ayrim tilshunoslar, masalan, Dj.Klouson, V.Kotvich. A.M.SHcherbak va boshqalar oltoy tillari o’zaro genetik qarindoshligini ham tan olmaydilar va ular bu tillardagi umumiy hodisalarni uzoq muddat davom etgan aloqa-aralashuv natijasi deb biladilar. (Buning isboti uchun A.M.SHcherbak turkiy, mug’ul, tung’us- manchjur tillarida boshqa tillar ta’siriga juda kam uchraydigan sonlar hamda asosiy lug’at fondini tashkil etuvchi so’zlar o’zaro mos kelmasligini dalil sifatida keltiradi). D.Deni “Fin-ugor tilshunosligiga kirish” asarida hind-evropa va fin-ugor tillarining qarindoshligi haqidagi fikrga uzil-kesil zarba berdi. XX asrning 60-yillaridan boshlab ural-oltoy tillarining qarindoshligi masalasiga qiziqish qayta jonlandi. Vengriyada D.Fokash, Finlyandiyada M.Ryasyanen va sobiq ittifoqda Dj.Kiekbaevlar o’z asarlarida ural-oltoy tillarining genetik qarindoshligini yoqlab chiqa boshladilar. Ural tillari vakillari bilan oltoy tillari vakillari uzoq vaqt madaniy va moddiy aloqada bo’lganligi oqibatida bu tillarda bir-biriga yaqin hamda o’xshash grammatik hodisalar vujudga kelgan degan xulosaga keldilar. Ayniqsa, oltoy tillari o’zaro juda yaqinligini alohida ta’kidladilar. Tilshunoslikda bu tillarning tipologik bir xilligidan tashqari, fonetik va grammatik jihatdan ham juda ko’p o’xshashliklarga egaligi qayd qilinadi. Biroq hozirga qadar ural-oltoy tillari qarindoshligi masalasi uzil-kesil hal qilingan emas.
URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 1.Turkologiyada Ural va Oltoy tillarining o’xshash tomonlari haqida qanday fikrlar mavjud? 2. Ural va Oltoy tillarining genetik tasnifi qanday xulosalarga olib keladi? 3.Ural va OLtoy tillarining qiyosiy tadqiqi bo’yicha qaysi olimlar ko’proq shug’ullanganlar? 11. Ural-Oltoy tillarga xos umumiy hodisalar nimalarda ko’rinadi? 12. Oltoy tillariga xos umumiy fonetik xususiyatlarini sanab bering. 13. Oltoy tillariga xos leksik xususiyatlar. 14. Bu tillarda singormizm mavjudmi? 28 15. Oltoy tillarini tashkil etuvchi guruhlar. 16. Ural va Oltoy tillari tuzilishidagi o’xshashliklar. 17. Oltoy tillari vakillarining geografik joylashuvi.
TAYANCH ATAMALAR: 1. Ural tillari. 2. Oltoy tillari. 3. Genetik qarindoshlik. 4. Qiyosiy tipologiya. 5. Genetik tasnif.
A D A B I YO T L A R : 1. E.Fozilov. O’zbek tilining tarixy morfologiyasi. Toshkent 1965 yil. 2. N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie turkskix yazqkov. M.1969 g. 3. I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
ILK DAVRI Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining vujudga kelishi O’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta ahamiyatga egabo’ldi. Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani ma’lum emas, chunki dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib kelmagan. Mavjud ma’lumotlar bu fanning UP asrda paydo bo’lganidan dalolat beradi. Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda uksak natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sagofiy (VIII asr), al-Basriy Sibovayx iy (VIII asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1Xasr), az-Zamax shariy (XP asr), Abu X ayyom (XSH-XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi haqida mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan utuqlarniqo’lga kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Faroxidiy (VIII asr) “Kitob-ul-Ayn” lug’atini yaratdi. Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan zrnini shundan bilish mumkin. Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch uz yil keyin yashagan Mahmud Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’utiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Arab leksikograflari lug’atning xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy (1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1Xasr) maqol va matallar lug’ati, Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn- Kutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 29 mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli(Ba’zi manbalarga qaraganda 100 tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor. Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy (Xasr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni faqat arablarning o’zlari yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda boshqa x alqlarning vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili bo’libgina qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan.SHuning uchun adabiyotda,fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini mukammal bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi.Ingliz sharqshunosi E.Braunning”Eron adabiyoti tarixi ”asarida ko’rsatilishicha,islom madaniyatining “oltin davri” hisoblanmish abbosiylar sulolasi xukm so’rgan davrda /749-846 yillar /arab fani va madaniyatining eng mu’tabar Vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa xalqlarning vakillari bo’lgan.
Mashhur arab filologlaridan Sibovayxiy eronlik,az-Zamaxshariy xorazimlik, Ismoil al-Javhariy turkiy xalqlar vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xusan,arab filologiyasi taraqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rolp o’ynaganligini ochiq- oydin ko’rsatadi.
Arab filologiyasi an’analari ta’sirida taxsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar.Bunday olimlarning ko’pchiligi mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi.Turkiy filologiya fanining vujudga kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’lanadi. Mahmud Qoshg’ariy.
Turkiy xalqlar orasidan etishib chiqqan birinchi ensiklopedist turkolog olim Mahmud Koshg’ariy 1029-1038 yillar oralig’ida Koshg’ariy tug’iladi. Uning otasi qoraxoniylar sulolasiga mansub bo’lgan. Buni M.Koshg’ariyning bobolari haqida aytgan gaplari ham tasdiqlangan. M.Koshg’ariyning yozishicha, uning bobolari turk shaharlarini somoniylardan tortib olgan qoraxoniylar sulolasiga asos solgan. Mahmud Koshg’ariy Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog’dod kabi shaharlarda taxsil ko’radi, arab tilini arab filologiyasi sirlarini puxta o’rganadi.Lekin u umrini turkiy xalqlar va ularning tilini tadqiq etishga bag’ishlaydi. “Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’iz / qirg’izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim, -deb yozadi. Ularning lug’atlarini to’pladim,turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib,aniqlab chiqdim”/ ”Devon”,1,44 /. M.Koshg’ariy ko’p yillar davomida to’plagan bu materiallari asosida “Devonu lug’otit-turk”/”Turkiy so’zlar devoni “/nomli uch tomli asar yozadi. Bundan tashqari, uning yana bir asar yozgani ma’lum. M.Koshg’ariyning hali
30 topilmagan”Kitobi javoxir an-naxv fi-l lug’at at-turk”nomli ikkinchi asarida turkiy tillar sintaksisi ustida baxs uritiladi. M.Koshg’ariyning”Devonu lug’otit-turk”asari ikki qismdan tashkil topgan:1.Kirish 2.Lug’at. Kirishda turkiy tillarning mavqei, lug’atning oldiga qo’yilgan vazifalar, asarning mundarijasi, turkiy tillarda so’z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va ularning tillarining o’ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Asarning lug’at qismi 8 bo’limdan iborat: 1/.Hamzali so’zlar /boshida alif, vov, yoy harflari keladigan so’zlar /bo’limi. 2/solim /tarkibida alif, vov, yoy harflari kelmaydigan so’zlar / bo’limi; 3/ muzoaf /tarkibida bir harfi ikki marta kelgan takrorlangan so’zlar bo’limi; 4/ misol /boshida,o’rtasida yoki oxirida alif,vov,yoy harflaridan biri kelgan so’zlar /bo’limi; 5/uch harfli so’zlar bo’limi; 6/to’rt harfli so’zlar bo’limi; 7/ gunnalilar /tarkibida burun tovushlari keladigan so’zlar bo’limi; 8/tarkibida ikki undosh qator kelgan so’zlar bo’dimi. Lug’atnig bu tartibda tuzilishi arab leksikografiyasi an’analariga xos edi. Muallif lug’at tuzishda mashhur arab tilshunosi Xalil ibn-Axmadning “Kitob-ul- Ayn”lug’atiga asoslangani alohida ta’kidlaydi. Lekin M.Koshg’ariy Xalil ibn –Ax madning tradisiyalariga ko’r-ko’rona ergashmadi,uning ayrim prinsiplarini rad etdi. Bu xaqida muallifning o’zi shunday deb yozadi: “Kitobni tuzish oldida Xalil ibn-Axmadning”Kitob –ul -Ayn”asarida tutgan tartibni qo’llash,iste’moldan chiqqan so’zlarni ham bera borish fikri menda tug’ilgan edi.Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o’zib borayotgan turk tilini yoritish jihatidan ham yaxshi edi.Lekin men o’quvchilarning foydalanisht masalaiga asoslandim.Men iste’moldan chiqqanlarini. Men tuzgan tartib to’g’riroqdir”/”Devon”,1, 45-46/. M.Koshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini va fonetikasini bir- biriga qiyoslab, ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatdi. M.Koshg’ariy ko’pgina faktlarga tarixiy yondashdi. U iste’moldagi va iste’moldan chiqqan /ya’ni eskigan, arxoizmlashgan /formalarni aniq chegaralab berdi.M.Koshg’ariy tilshunoslikda qiyosiy solishtirma metodning asoschilaridan biridir. Lug’atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so’z izohlangan/boshqa x isblarga ko’ra M.Koshg’ariy izohlangan so’zlarning soni 9000dan oshadi.Bu so’zlar turkiy xalqlar hayotining deyarli barcha soxalarini qamraydi: moddiy madaniyat predmetlaining nomlari (kiyim-kechak, uy ro’zg’or, bezaklar, musiqa, qurol-yarog’, asbob-uskuna, ho’jalik buumlarining nomlari); enonim va toponimlar; qarindoshlik nomlari; davlat tuzimiga oid terminlar; taom nomlari; xayvonlar va o’simliklarning nomlari; kasallik va dorilarning nomlari; ilmiy, diniy, etnografik, geografik terminologik; yil fasllari, oy va xafta kunlaring nomlari; tarixiy va mifologik qaxramonlarning nomlari va shu qabilar.
31 M.Koshg’ariy so’zlarning qaysi xalq va qabila tiliga oid ekanligi masalasiga alohida e’tibor berdi. Bu jihatdan lug’atda keltirilgan so’zlarni bir necha gruppaga ajratish mumkin. Barcha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar: bosh, boy, yul, esh, ish qabilar. Ozarbayjon tilshunosi A.M.Demirchizoda umumturkiy deb atagan bunday so’zlar M.Koshg’ariy lug’atida izohlangan so’zlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bir necha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar s u z g a k–cho’mich (arg’u va qipchoo’ tilida ), b o l-asal (suvor va qipchoq tilida) qabilar. Muayyaan xalq, qabila tiliga oid so’zlar; g e j a k –kokil (arg’u tilida), u t u n ch- q a r z (o’g’uz tilida ),k a r a k l a mo q-o’g’irlamoq, talamoq(yag’mo tilida), t u n a k –qamoqxona, zindon (barsagon tilida), s u g’ u t –so’zma (qorluq tilida) qabilar. M.Koshg’ariy o’zlashtirma so’zlarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi.Masalan, k a r a t (o’g’irlash,talash) so’zini u turkman tiliga arab tilidan o’zlashgan deb taxmin qiladi shu bilan bir qatorda, M.Koshg’ariy turkiy tillardan boshqa tillarga o’zlashgan so’zlarga ham to’xtalib o’tdi.”Paxtali tun” ma’nosida yo l m a so’zi xaqida u shunday deb yozadi:”Forslar buni turkiy xalqlardan olib ya l m a shaklda talaffuz qiladilar.Arablar forslardan olib yo l m o q shaklida qo’llaydilar. Hech kim bu so’zni turklar forslardan olgan deb da’vo qila olmaydi. CHunki men bu so’zni eng qirg’oq chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko’ra, bu xil yomg’ir elpig’ichiga muxtojroqdirlar. CHunki bularni urtida qor, yomg’ir ko’pdir”(“Devon”,SH, 41- 42).
Relyasion ma’no ham derivasion ma’no ham turkiy tillarda o’zakka qo’shimchalar qo’shish yuli bilan ifodalanadi. Bu turkiy tillar strukturasining arab tili strukturasidan farqini ko’rsatuvchi asosoy tipologik belgidir.M.Koshg’ariy mana shu belgini tshg’ri ko’rsata oldi.Uning mofologik ko’rsatkichlar haqidagi fikrlari XTX asrda yaratilgan tpologik nazariyalar (F.Bopp,A.SHleyxer va boshqalarning nazariyalari) bilan taqqoslansa, M.Koshg’ariyning qachalik etuk, genial tilshunos bo’lganligi yanada yorqinroq ko’rinadi. Arab tilshunoslari kabi M.Koshg’ariy ham so’zlarni uch turkumga ajratadi: ismlar, fe’llar va harflar. Harf termini yordamchi so’zlar va qo’shimchalarni anglatgan. M.Koshg’ariyning yozishicha, qo’shimchalar fe’llardan otlar, fe’lning daraja formalarini yasash va shu kabi vazifalarni bajarish uchun x izmat qiladi. M.Koshg’ariy turkiy tilar fonetik qonunlarining kashfiyotchisidir. U “Devonu lug’atit -turk” asarida fonetik qonununlarining tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush ortirilishi kabi ko’rinishlarini batafsil izohladi. M.Qoshg’ariy o’z asarida tovushlar garmoniyasi masalasiga alohida e’tibor berdi va shu nuqtai nazardan so’zlarni ikki guruhga ajratdi: qattiq so’zlar va umshoq so’zlar. Qattiq so’zlar til orqa tovushlaridan tarkib topsa, umshoq so’zlar til oldi tovushlaridan tarkib topadi. So’zga qo’shiladigan qo’shimchalar shu so’z
32 tarkibidagi tovushlarga moslashadi: qattiq so’zga qo’shimchaning qattiq varianti, umshoq so’zga esa qo’shimchaning umshoq varianti qo’shiladi. Masalan, sifatdosh qo’shimchasining -g’an varianti qattiq so’zlarga, -gan varianti esa umshoq so’zlaga qo’shiladi: barg’an, kelgan kabi. M.Koshg’ariy qattiq va umshoq so’zlarni farqlashda maxsus ko’rsatkichlardan foydalanishga harakat qildi. Masalan, tarkibida k yoki g’ tovushi kelgan so’zlarni u qattiq so’zlar gruppasiga, tarkibida k yoki g tovush kelgan so’zlarni esa umshoq so’zlar gruppasiga kiritdi. M.Koshg’ariy turkiy klassifiksiyasini yaratishiga birinchi bo’lib qo’l o’rgan olimdir. Uning klassifikasiyasi ikki prinsipga tayanadi: 1/ tilning sofligi prinsipi 2/ fonetik-morfologik prinsipi. Bulardan fonetik- morfologik prinsip etakchi prinsip hisoblanadi. Bu prinsipga ko’ra M.Koshg’ariy X1 asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga gruppalaydi: 1/ SHarqiy turklar (xoqoniy turklar ) tili; 2/ G’arbiy turklar tili. M.Koshg’ariy birinchi gruppaga Bolasog’un, Koshg’ar atrofida yashaydigan x alqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, uyg’ur, tuxsi, yag’mo kabi xalq va qabilalarning tillaridir. Ikkinchi gruppaga / g’arbiy gruppaga/ o’g’uz, arg’u, qipchoq, totar, suvor, yamak kabi xalq va qabilalarning tillarini kiritdi. SHarqiy va g’arbiy turklarning qator xususiyatlariga ko’ra bir-birdan farqlanadi.
TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING ILK DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI.
1.Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish qachondan boshlangan?
2.Arab filologiyasining turkologiyaga qanday ta’siri bo’lgan? 3. Dastlabki turkolog olimlar haqida nimalarni bilasiz?
4.Dastlabki turkolog olimlar qanday tadqikotlar olib borishgan? 5.Turkologiyaning vujudga
kelishida dastlabki qadam quygan olimlardan kimlarni bilasiz?
6.Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar xaqida nimalarni bilasiz? 7. Turkologiyaning ahamiyati haqida gapiring.
8. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. TAYANCH ATAMALAR: 1.Arab filologiyasi 2.Arab leksikografiyasi 3. «Devonu- lug’atit- turk» 4.Kitob-un-ayn 5.Qatniq so’zlar 6.Umshoq so’zlar 33 ADABIYOTLAR: 1.Abduraxmonov G’., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T.1982 y. 2.Malov S.E. Pamyatniki drevneturkskixyazqkov pispmennosti.M., 1951g. 3.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T.
Download 466.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling