Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
– MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHIDA TURK
Download 466.91 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU: TURKIY TILLARINING TOVUSH SISTEMASI VA GRAMATIK QURILISHI
8 – MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHIDA TURK HOQONLIGI DAVRI. REJA:
1. Xunlarning g’arbga siljishi 2. 912 yili qirg’izlarning o’z hokimiyatini yuqotish 3. X asr oxirlarida Qoraxoniylar davlati 4. XU asrda Shayboniylar davlati.
Turk etnonimi eramizning 6 asrlaridan boshlab yozma manbalarda tez-tez tilga olina boshlaydi. Tomsen va Bartol-lpdlar tomonidan aniqlashicha, turk etnomi dastlab ijtimoiy termin bo’lgan, keyinchalik xalq va til oilasining atamasiga aylangan, yapni avval ayrim urug’i yoki qabilaning nomi bo’lmagan bu so’z qabilalar uushmasini ifodalay boshlagan va sekin-asta xalq nomi-etnonimga aylangan. Turk so’zining etimologik ma’nosi ham uqoridagi avtorlarning aniqlashicha, «uushgan, birlashgan, kuchli, qudratli» demakdir. Xunlarning g’arbga siljishi natijasida Mugiliston territoriyasida hokimiyat eramizning 1 asridan syanpbi qabilalari qo’liga o’tadi. 4 va 5 asrlardan boshlab bu erda turkiy qabilalar ko’chaya boshlaydi. Eramizning birinchi ming yilligining ikkinchi yarim Markaziy Osiyoda qadimgi turk davri deb uritiladi. Qadimgi turk davri Manchjuriyadan Vizantiyaga qadar bo’lgan territoriyada vujudga keltirilgan birinchi Evraziya imperiyasidan boshlanadi. Bu imperiyaning asoschilari Bumin va uning ukasi Istamilar \ 5302531 y.\ edi. Aka-uka bir-biridan mustaqil holda sharqda va g’arbda harbiy urishlar uushtiradi. 581 yili Xitoy imperatorining tazyiqi bilan Markaziy Mo’g’ulistonda Sharqiy turk imperiyasi va markazi Ettisuvda G’arbiy turk imperiyasi vujudga keladi. Bu imperiyaga faqat turkiy tilda gaplashuvchi qabilalargina emas, shu territoriyada yashovchi mo’g’ul, x ind-evropa, fin-ugor tillarida gaplashuvchi boshqa qabilalar ham turklar tazyiqi ostida birlashgan edi. Sharqiy turk imperiyasi 630 yili, G’arbiy turk imperiyasi esa 659 yili Xitoy asoratiga tushadi. 50 yildan so’ng Sharqiy turk imperiyasidan Xitoy mustamlakachilari quvib chiqariladi. Sharqiy turk xoqonligida hokimiyat o’g’iz qabilalari qo’lida edi. Sharqiy turklar bir necha marta G’arbiy turklar ustida muvaffaqiyatli urish qiladi. O’g’uz qabilalarining hukmronligi to 745 yilgacha davom etadi. Bu davrga kelib uyg’ur qabilalari ko’chaydi va Sharqiy turk hokimligini o’g’uzlardan tortib oladi. O’g’uzlarning bir qismi uyg’urlar bilan aralashib ketadi, bir qismi esa g’arbga va janubga tomon majbur bo’ladi. Bu davrda G’arbiy turk hoqonligi territoriyasidagi \Ettisuv, O’rta Osiyo chegaralarida\ kuchli qabilalardan bo’lgan tirgashlar arablar tomonidan tor-mor etilgach, Oltoy tog’lar va Irtish daryosi oralig’ida yashovchi turkiy qabilalardan bo’lgan qorluqlar 42 tirgashlar teritoriyasini egallaydi va keyinroq Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi. G’arbga siljishga majbur bo’lgan o’g’uz qabilalari esa Sirdaryoning o’rta va quyi oqimidagi boshqa qabilalarni birlashtirgan holda o’z davlatini vujudga keltiradi. Mo’g’uliston, Zabaykalpe territoriyasida o’z hukmronligini o’rnatgan uyg’ur qabilalari bu erda shahar hayotini yo’lga qo’yadilar, ayrim o’g’uzlar ruda qazish va eritish ishari bo’yicha mutaxassislashadilar. Uyg’urlar hukmronligi davrida madaniyat uksak darajada taraqqiy etdi. Urxun-Enisey yodgorliklarning asosiy qismi ham shu davrda yaratildi. Bu madaniyat O’rta Osiyo turkiy x alqlari madaniyatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Uyg’urlar hukumronligiga Enisey bo’ylarida yashagan boshqa turkiy qabilalar-qirg’izlar barham berdi \ 840 y\. Mo’g’uliston territoriyasidan quvilgan uyg’urlar Ganpsu va yoshbaliqda ikkita yangi beklik vujudga keltiradi va ular bu erda o’rtoqlasha boshlaydilar. 912 yili qirg’izlar Xitoy va mo’g’ul qabilalarining tazyiqi ostida o’z hokimiyatini yo’qotadi. Bu bilan hozirgi Mo’g’uliston territoriyasida turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning hukmronligiga zil-kesil zarba beriladi. Qirg’iziston yana Enisey atrofiga ketishga majbur bo’ladi va XII asrdan boshlab hozirgi territoriyasiga joylasha boshlaydi.
O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi 4-3 asrlarda Ettisuv va Issiqko’l territoriyasida Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar bilan aralashgan turkiy usun qabilalari xukmronlik qiladi. Eramizdan avvalgi 2 asrda sharqdan kelgan xun qabilalari usunlarni engib. O’rta Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatadi, lekin tez orada xun qabilalari sak va usun qabilalari bilan chatishib, singib ketib, O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezida ishtirok etadi. Eramizning Xasrida sharqdan kelgan boshqa qabilalar xujumi natijasida usunlarning bir qismi Tyanshanp va Pomirga joylashgan. Amudaryoning uqori qismida yashagan janubiy usunlardan toharlar so’g’dlar bilan birgalikda tojik x alqi etnogenezining asosini tashkil etadi. Usun qabilalaridan bo’lgan qang’lilar esa \ular Amudaryoning quyi oqimida yashagan\ xorazmliklar etnogenezida asosiy rolp o’ynagan. Usun qabilalaridan hisoblangan g’arbiy o’g’uz qabilari alanlar bilan aralashgan holda turkmanlar enogenezida ishtirok etadi. SHunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezisi shu erlik tub aholi asosida tashkil topa boshlaydi.
10 asr oxirlarida Ettisuv va Koshg’arda qorluqlarning Qorax oniylik davlati vujudga keladi va tez orada ular Movarounnaxrda hukmronlik qilgan Somoniylar davlatiga barham beradi \999 y.\. Qoraxoniy Satuk Bug’raxon davrida islom dini qabul qilinadi. Bu davrida Xurosonda G’aznaviylar davlati \bular ham turkiy sulola edi\ vujudga keladi. Qoraxoniylar bilan g’aznaviylar to’qnashuvi g’aznaviylar foydasiga hal bo’ladi. Movarounnaxrdagi juda katta territoriya g’aznaviylar qo’liga o’tadi.
Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida o’z davlatini vujudga keltirgan o’g’uz kon federasiyasi sharqiy turk va mahalliy substratlarning aralashuvidan vujudga kelgan bo’lib, ularning ichida turkiylashgan xind-evropa va fin-ugor qabilalari ham bor edi. 10 asrda Sirdaryoning o’rta oqimida yashagan o’g’uz-turkmnlar
43 orasida kinik qabilasidan bo’lgan Saljuq urug’ining mavqei ko’chayadi. Saljuqlar islom dinini qabul qilgach, majusiy o’g’uzlarga qarshi «muqaddas» urush eplon qiladilar. O’g’uzlarning islom dinini qabul qilgan qismi «turkman» nomi bilan atala boshlaydi. Saljuqlarning to’liq g’alabasi «o’g’uz» nomi o’rniga «turkman» nomining keng qo’llanishiga olib keladi. Qipchoqlarning kuchli tayziqi ostida bir qism o’g’uzlar Sharqiy Evropa va Kichik Osiyoga ko’chib ketadi. Saljuqiylar esa tezda g’aznaviylar sulolasi hamda qoraxoniylar sulolasiga barham beradi.
Saljuqiylar bilan birga o’g’uzlar Kichik Osiyo va Zakavkazpe territoriyasiga kirib boradilar va borgan joylarida turkiylashish prosessini ko’chaytirib uboradilar. Zakavkazpe va Kichik Osiyo aholisi tilining turkaliylashuvi bu erlarga 11-12 asrlarda Saljuqiylar davrida o’g’uz qabilalarning ko’plab kirib kelishi bilan boshlanadi. Kichik Osiyo va Zakavkazpega o’g’uzlar bilan birga ko’plab qipchoq, uyg’ur, qang’li qabilalari ham ko’chib kela boshlaydi. Kichik Osiyo va Zakavkazpdagi mahaliy aholi bilan turkiy o’g’uz qabilalarning aralashuvi turk va ozarbayjon xalqlariniing shakllanishida muhim rolp o’ynadi. Mo’g’ul tillosi esa O’rta Osiyo, Zakavkazpe, Kichik Osiyo xalqlarida boshlangan turkiylashish prosessini yanada ko’chaytirdi va tezlashtirdi.
O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan ancha avval boshlangan bo’lib, 8-13 asrlarda bu prosess ayniqsa ko’chayadi. Qorax oniylar davlatining asosini tashkil qilgan qorluq, uyg’ur, chigil, yag’mo kabi qabilalar O’rta Osiyo, jumladan, hozirgi O’zbekiston territoriyasiga joylashib, o’troqlasha boshlaydilar. Ular mahalliy sug’d, sak, xorazmliklar kabi sharqiy eroniylar bilan aralashib \bu qabilalar bilan aralashish ancha oldin boshlangan edi\ hozirgi o’zbek va uyg’ur xalqlarning etnogenezisiga asos soldilar. Mana shu davrdan boshlab bu erda xukmron bo’lgan sug’d, xorazmiy tillar sekin – asta o’z o’rnini turkiy tilga bo’shatib bera boshlaydi. Sug’d va xorazmiy tillari shakllanayotgan yangi turkiy tilda tapsir qoldirgani holda 14 - asrda mutlaqo istpemoldan chiqib ketdi. Biroq O’rta Osiyo sharqiy eron tillaridan fors va tojik tillarida uchramaydigan bapzi elementlar o’zbek tilida uchraydi. O’zbek tilidagi ayrim turkiy bo’lmagan so’zlar, fonemalar, sug’d, xorazmiy kabi sharqiy eron tillarining qoldig’i hisoblanadi. Masalan, tojik tilida va o’zbek tilining o’g’uz, qipchoq, shevalarida farqlanidigan x va h fonemalari, dastlab sug’d hisoblangan, keyinchalik turkiylashgan shahar aolisi \masalan, Toshkent\ tilida farqlanmaydi. Bunga sug’d yozuvida \tilida\ x tovushi va uning ifodasi bo’lganligi ham asos bo’lgan. O’zbek tili va uning bapzi shevalaridagi archimoq \xorazmiycha «tozalamoq»\, matoh \xorazmiycha madak-«kapital»\, uy \xorazmiycha uyak\, bel\ yazg’ulom tili shimoliy eron tillariga kirib, yagnob tili bilan birgalikda sug’d tiliga juda yaqin hisoblanadi \tilida belopatka\, kalta\ yazg’ulom tilida ham shu ma’onda\, kalla \yazg’ulom tilida kal-bosh\ so’zlari sug’d, xorazmiy tillari materiallari asosidagina izohlanishi mumkin.
Umuman, o’zbek xalqining yadrosi uqorida nomlari tilga olingan turkiy va eroniy qabilalarning aralashuvi natijasida 11-14 asrlarda shakllanadi. 1 asrda SHayboniy boshchiligidagi ko’chmanchi o’zbeklarning kirib kelishi bilan shu 44 territoriyadagi mahalliy turkiy tilda gaplashuvchi ko’pchilik aholi o’zbek degan nom bilan atala boshlandi.
7 asrning 30 – yillarida Kavkazoldi va Azov dengizi bo’yi cho’llarida Kubanp bulg’orlari boshchiligida kuchli qabila ittifoqi vujudga keldi. Bu «Buuk Bulg’oriya» davlati Kubrat davrida \7 asr o’rtalari\ Turk xoqonligidan ajralib chiqdi. Bu ittifoq, turkiy, fin-ugor va alan qabilalaridan tashkil topgan edi. Kubrat o’limidan keyin bu qabila ittifoqi tarqab ketdi va turkiy qabilalardan bo’lgan x azarlarning ko’chayishiga sharoit tug’ildi. Kubratning o’g’li Asparux boshchilidagi bir qism bulg’orlar Dunay tomonga siljidilar va Dunay astrofidagi mahalliy aholini o’ziga bo’ysundirib, o’zlari tez orada ular bilan aralashib ketdilar. 8 asrda o’z erida qolgan bulg’orlarning bir qismi Povoljpega tomon urdilar va 9 asrda bu erda o’z davlatiga asos soldilar. Bu davlat mo’g’ul istilosi davrigicha saqlandi. Mo’g’ullar bilan birga va ulardan avval Povoljpega juda ko’plab turkiy qabilalar kelib joylashdi. SHunday qilib, chuvash, tatar va boshqird xalqlarining shakllanishiga asos solindi. Chuvash tili eski bulg’or tili xususiyatlarini saqlagan va fin-ug’or tillari hamda slavyan tillarining tapsiriga uchragan bo’lsa, tatar va boshqirdlar tiliga qipchoq qabilalari tili tapsir o’tkazdi.
TURK X OQONLIGI DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORATSAVOLLARI 1. Xunlarning g’arbga siljishining boshlanishi qaysi davrlarga to’g’ri keladi? 2. Xunlarning g’arbga siljishi natijasida qanday davlatlar vujudga kelgan? 3. Qoraxoniylar davlati asosini qaysi qabilalar tashkil etgan? 4. Bu davrda turkiy tillarning holati qanday bo’lgan? 5. Qoraxoniylar davrida til va madaniyat. 6. Turk etnonimi haqida. 7. O’rta Osiyoga turkiy qabilalarning kirib kelishi. 8. O’zbek etnonimining kelib chiqishi. 9. Turk hoqonligi davrining turkiy tillar rivojiga ta’siri. 10. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring.
TAYANCH ATAMALAR: 1. Etnonimlar. 2. Turk imperiyasi. 3. O’g’uz qabilalari. 4. Etnogenez. 5. Qabila tillari.
ADABIYOTLAR: 1. Abdurahmonov G. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent. 1982 y. 2. Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. 1984 y. 3. Baskakov N.A. Vvedenie v izuchenie turkskixyazqkov. M.1969.
45 QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARNING O’RGANILISHI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1. Eng qadimgi turkiy yodgorliklar haqida nimalarni bilasiz? 2. «Oltin yorug’» qanday yodgorlik. 3. O’rxun va Enisey yodgorliklarining asosiy xususiyatlari haqida gapirib bering. 4. Qadimgi yodgorliklar bizgacha qaysi yozuvlar orqali etib kelgan? 5. Arxeologik manba deganda nimalar tushiniladi? 6. Oromey yozuvining o’ziga xos xususiyatlari. 7. O’rxun-Enisey yodgorliklarining lingvistik belgilari. 8. Uyg’ur yozuvi yodgorliklari. 9. «Oltin yorug’» yodgorligining til xususiyatlari. 10. Qadimgi yozma yodgorliklarni o’rganishning ahamiyati.
TOVUSH SISTEMASI VA GRAMATIK QURILISHI REJA:
1. Turkiy tillarning unlilar sistemasi. 2. Hozirgi turkiy tillirda unlilar mosligi. 3. Turkiy tillarning undoshlar sistemasi. 4. Turkiy tillirda sinxron nuqtai nazaridan undoshlar mosligi. 5. Turkiy tillarda o’zak va affiks. 6. Ealik, kelishik va grammatik kategoriyalar. 7. Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlari.
Har bir til oilasining boshqa til oilalaridan ajratib turuvchi xususiyatlari mavjud. Masalan,turkiy tillir oilasi uchun xos bo’lgan sigarmronizim,so’z boshida undoshlarning kema-ket kela olmasligi, gap bo’laklarining joylashish tirtibi kabi xususiyatlari uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Mana shunday til xususiyatlarining yigindisi shu til oilasining til qurilishi deyiladi. Til oilasining qziga xos hususiyatlari gapirilganda, muayyan davr nazarda tutiladi, chunki tilga xos xususiyatlar qotib qolgan, doimiy bo’lmay, o’zgaruvchandir. Biroq shuni ham nazarda to’tish kerakki, turli tillardagi o’xshash hodisalar doimo uning bir manbadan kelib chiqishiga bog’lik bo’lmaydi. Genetik qarindoshlik natijasi bo’lgan umumiy o’xshash hodisalar hamda tillirning bir-biriga ta’siri natijasida vujudga kelgan o’xshashliklardan farqlash kerak.
Turkiy tillirni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri leksik sostavning bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishning o’xshashligidir. Shuning uchun chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalq vakillari o’z ona tillirida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi. Turkiy tillarning unlilar sistemasi.
46 Dunyodagi barcha tillirda bo’lgani kabi turkiy tillirda ham unli va undoshlar oppozisiyasi mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori bir xil emas. Ba’zi turkiy tillirda unlilarning miqdori 20 tadan ortiq /masalan, tuva,g agauz, chulim- tatar tillarida /,ko’pchiligida 8ta / hozirgi o’zbek adabiy tilida xatto 6 ta /.Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yuq. Turkiy tillir fonetikasiga bag’ishlangan asarlarda undoshlar miqdori 20 tadan kam ko’rsatilmaganidek, 30 tadan ortik ham qayd qilindaydi.
Hozirgi turkiy tilarning deyarli hammasida har bir unli paydo bo’lish o’rniga ko’ra oppozisiya xosil qiladi /hozirgi o’zbek tili bundan mustasno /, ya’ni old qator unlilar \o’zarol farqlanmaydi:
Orqa qator unlilar Old qator unlilar a, o, u, y a, o, u, y, Bu sakkizta unli V.V.Radlovning fikricha, umumturkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan.
Turkiy tillardagi sigarmonizim hodisasi unlilarning mana shu tipda bir- biridan farqlanishga asoslanadi.
Sigarmonizm hodisasi oldingi bo’g’indagi /yoki o’zakdagi / unliga keyingi bo’g’indagi /yoki bo’g’inlardagi / unlilarning, ba’zan undoshlarning artikulyasiya o’rni va usuliga ko’ra moslashuvidir. A. M. Shcherbak ta’kidlaganidek, bir bo’g’inli so’zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo’lib, ko’p bo’g’inli so’zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo’g’inga muvofiklashadi. Masalan, bar, gan, -lar, kol-ga, kolga /o’zbek tili qipchoq shevalari /,yuk-soltmak /ozarbayjon tili /.
Bu hodisalarning birinchisi va uchinchisining birinchi bo’g’inida orqa qator /qattik / unli bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlarda ham shunday unlilar kelgan. Ikkinchi va to’rtinchi misollarning birinchi bo’g’inida oldingi qator /umshok /unli bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlardagi unlilar va undoshlar unga moslashgan. Singarmonizmning bu ko’rinishi poatal yoki tanglay singarmonizmda birinchi bo’g’in unlisi mustaqil bo’lib, keyigi bo’g’indagi unlilar unga tobe bo’ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi.
Hozirgi turkiy tillarda labial singarmonizm ham mavjud: birinchi bo’g’inda lablangan unli kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham unlilar keladi. Masalan: quldor /"qullar" qirgiz tili /, kolu /" kuli" turk tili /.
Singarmonizmning bu ikki ko’rinishidagi birinchisi eng qadimgi bo’lib, u turkiy bobotil davriga borib taqaladi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan hozirgi uyg’ur tilida singarmonizmning boshqa ko’rinishi ham mavjud. Bu tilning o’ziga xos hususiyati asl turkiy bir bo’g’inli so’zlarda /ba’zan ko’p bo’g’inli so’zlarda ham /keyingi bo’g’indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo’g’indagi keng a unlisi torayadi, a tovushiga o’tadi: bash-beshi, bala-balasi.
Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg’ur tilidan tashqari, o’zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: belik / baliq /, joy-jeyim, tom-teming, yangi-engi. 47
Palatal singarmonizm ko’p bo’g’inli so’zlarning oxirgi bo’g’inlarida o’z kuchini yo’qotishi mumkin: keyingi bo’g’inlardagi unli birinchi bo’g’indagi unliga artikulyasiya o’rniga ko’ra moslashmay qo’yadi. Bunga, birinchidan, bo’g’inning ko’payishi va ta’sir o’tkazuvchi markazdan o’zakdan uzoqlashish, ikkinchidan, singarmonizim qoidasiga bo’ysunmaydigan ayrim affikslarning mavjudligi sabab bo’ladi. Masalan, turkman tilida: b ladur, b lamayduran: turk tilidagi-dash,-iston,- ki,-yor: chuvash tilidagi- dash,-iston,-ki,-yor: chuvash tilidagi-sam,-e kabi affikslar tarkibidagi unlilar singarminizimga bo’ysunmaydi.
Turkiy o’zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, hatto bir turkiy til doirasida bir xil bo’la bermaydi: ayni bir so’zning birinchi bo’g’ini bir turkiy tilda yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda / shevada / orqa qator unlisi kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada sigarmonistik variantlar deb uritiladi /masalan, qadimgi uyg’ur tilida: turna tirna, qirg’iz tilida: chomul- chomul, qozoq tilida: shay-shay, ozarbayjon tilida: okuz-okuz.
Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo’lishida labning ishtirokiga asoslanadi: o,o,u,u, unlilari lablangan, a,a,q,i, unlilari lablanmagan unlilardir. Masalan, turkum, duioloro /tuyalarga /, oglonloro /o’g’illarga /, qirg’iz, qopoloq /kapalak/, tundo /tunda/, koldorunuzdun /qo’llaringizdan /. Labial singarmonizm ayniqsa qirg’iz tilida yaqqol ifodalangan. Singarmonizmning bu turi o’g’uz gruppa va qipchoq gruppa tillarda ancha tarqqiy etgan. CHunki o’zbek, x akas kabi turkiy tillarda deyarli yo’q darajada.
Turkiy tillarning ichida hozirgi o’zbek adabiy tili singarmonizmning butunlay yo’qligi bilan ajralib turadi. O’zbek tiliga oid dastlabki yozma yodgorliklar tilida, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy asarlarida singarmonizmning buzilish hollari uchraydi. Bu o’zbek tilida singarmonizmning buzilishi o’zbeklarning xalq sifatida shakllanishi jarayoni bilan bir davrda boshlangan degan fikrga olib keladi. O’zbek tilida singarmonizmning buzilishi, birinchi navbatda, o’zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida uz berdi. Bu boshqa turkiy tillardagi singarmonizmga bo’ysumaydigan affikslar, singarmonistik variantlarning mavjudligi ham ko’rsatadi. Biroq bu prosessning tezlanishida so’g’d, xorazmiy, sak va tojik kabi sharqiy eroniy tillarining ham roli katta bo’lgan. Bu til vakillarining juda katta qismi turkiy qabilalar bilan aralashishi, uzoq vaqt ikki tilning hukm surishi oqibatida turkiy tilning /eski o’zbek tilining/ fonetikasi, leksikasi, grammatikasida ayrim o’zgarishlar paydo bo’ldi. Qisqa qilib aytganda, turkiy asosda buzila boshlagan singarmonizmning butunlay yo’qolishida sharqiy eroniy tillar va arab tili katalizatorlik rolini o’ynadi.
Turkiy tillirning bir qanchasida, jumladan, oltoy, gagaus, qirg’iz, tuva, turkman, yoqut kabi tillarda va o’zbek tilining Qorabuloq shevasida unlilar uzun va qisqaligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Bu fiziologik farq bo’lib, ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, qorabuloq shevasi: a: t-ism, at-ot /x ayvon /, a: ch-korni och -eshikni och.
Bular birlamchi cho’ziq unlilar hisoblanib, o’sha so’z tarkibida azaldan cho’ziq holda mavjud. Hozirgi turkiy tillarda so’zdagi ayrim fonetik o’zgarishlar natijasida vujudga kelgan cho’ziq unlilar ham mavjud. Masalan, uyg’urcha o: 48 gak /o’roq /, o: dak /o’rdak /kabi so’zlarda birinchi unli cho’zib talaffuz qilinadi. Bunday unlilar turkologiyada ikqilamchi cho’ziq unlilar deb uritiladi.
Yirik turkolog olimlardan E.D.Polivanov, E.Ligeti va boshqalar birlamchi cho’ziq unlilar turkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan degan fikrni bildiradilar. Cho’ziq unlilar mo’g’ul tillarida ham uchraydi va cho’ziq bo’lmagan unlilar bilan fonematik oppozisiya hosil qiladi: sas / kor /, saas /qog’oz /, ur /oila /, uur /uya /. Hozirgi turkiy tillarda unlilar moslashuvi . Har bir til oilasida bo’lgani kabi, turkiy tillir orasida ham unlilar mosligi mavjud. Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi qarindosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi. Masalan o’zbek tilidagi e tovushiga tatar tilida i tovushi mos keladi : kel / / qil, et / /it, bet / /bit kabi o’zbek tilidagi e tovushiga ozarbayjon tilidagi a tovushi mis keladi : men / /man, kel / /gal, ellik/ / alli kabi.
Hozirgi turkiy tillar ichida chuvash tili o’zining fonetikasi /ayniksa, leksikasi / jihatidan alohida ajralib turadi. SHuning uchun boshqa turkiy tillar bilan chuvash tili unlilarining mosligini solishtirish diqqatga sazovordir. Boshqa turkiy tillardagi a unlisiga ko’pincha hozirgi chuvash tilida u unlisi mos keladi. Boshqa turkiy tillarda Chuvash tilida: bar//par pur/bor/ kaz//gaz xur/goz atla//xatla o’t/hatlamoq jat jut baliq pula/baliq bayan pujan/boy alti ult/olti
Tovush mosligi muayyan qonuniyat asosida sodir bo’ladi. Tovush mosligining kashf qilinishi bilan /R.Rask tomonidan 1818 yilda kashf qilingan/ tarixiy fonetika vujudga keldi Tarixiy fonetika tildagi tovushlar taraqqiyotida qonuniyatlarni o’rganuvchi fandir. Uqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, o’zbek tilidagi E, tatar tilidagi I, ozarbayjon tilidagi A tovushlari turkiy bobotildagi bir tovushning, ba’zan har-xil vaziyatdagi tovushlarning taraqqiyoti natijasidir. Bunday tovushlar mosligi til taraqqiyotiga xos ma’lum bir davr, ya’ni sinxronik nuqtai nazardan belgilanadi. Tovush mosligi bir tilning yoki qarindosh tillarning turli davrdagi xolati, ya’ni diaxronik nuqtai nazardan ham belgilanishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy davridagi U tovushiga hozirgi tilimizda ma’lum pozisiyada A tovushi mos keladi: Turur-turar, kelur-kelar, bilur-bilar. TURKIY TILLARNING UNDOSHLAR SISTEMASI. Turkiy tillarning undoshlar sistemasida ham xos xususiyatlar mavjud. Undoshlarning har bir turkiy tilda o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan birga, umumiy o’xshash tomonlari ham ko’p. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so’z sostavida qo’llanish pozisiyasi nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy so’zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi /bunday so’zlar uchrasa, ular boshqa tildan o’zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot natijasida uzaga kelgan bo’ladi/.
49 Sonorlar ko’proq so’zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo’lmagan undoshlar esa so’zning boshida ham, oxirida ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarix ining eng qadimgi davrlarida kuchli bo’lgan. Turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda hatto jarangli undoshlar ham so’z boshida juda kam qo’llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotida so’z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan qochish harakterli hol bo’lgan. Masalan, prof. A.SHcherbak tiklagan bir bo’g’inli turkiy bobotil o’zaklari ichida na /nima/ o’zagidan boshqa birorta sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o’zak uchramaydi /bundan y bilan boshlangan o’zaklar mustasno/. Hozirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o’zaklar fonetik o’zgarishlar hosil bo’lgan ikqilamchi hodisadir.
So’z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning hammasida bir xil sodir bo’lmaydi. Ba’zi turkiy tillarda bu prosess juda tor doirada voqea bo’lib, boshqalarida esa juda keng tus olgan.
Turkiy tillarning o’g’uz gruppasida /turkman, turk, ozarbayjon tillarida/ so’z boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so’z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o’rnida bu tillarda g, b, m, d jarangli undoshlar keladi. Masalan, o’zbek tilidagi kel, kur, tog, tosh so’zlari ozarbayjon tilida gal, gur, dag, dash ko’rinishiga ega. So’z boshida undoshlarning jaranglilashuvi qorluq, qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan, o’zbek tili va uning dialektlarida bir so’zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud: qozoq tilida bayg /poyga/, di rmen/ tegirmon/ kabi so’zlar jarangli tovush bilan boshlanadi. So’z boshida jarangsiz undoshlarning ko’proq saqlanishi Sibirp arealidagi turkiy tillar va chuvash tili uchun harakterli hodisadir. Turkiy tillarga xos fonetik hodisalardan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozisiyada jaranglilashuvidir. Shu nuqtai nazardan turkiy tillarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: 1/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’ladigan turkiy tillar:
2/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’lmaydigan turkiy tillar.
Birinchi gruppa tillarda bir bo’g’inli o’zaklarga unli bilan boshlanuvchi affiks qo’shilsa, o’zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglashadi. Masalan, xakas tilida: pas-pazq / bosh-boshi/, at-adi/ot-oti/: tuva tilida: as-azqp/ osib/: qozon tilida: shqk-shqgib / chiqib/, t k-t gib/tikib/, kap-kabq /kopi/: tatar tilida: ak-agqm /oqim/ kabi. Ikkinchi gruppa tillarida bir bo’g’inli o’zaklarga har qanday sharoitda ham jarangsiz undosh saqlanadi. Masalan, o’zbek tilida:ot-oti, ek-ekib, oq-oqib, lekin bu tillarda ko’p bo’g’inli so’zlarning oxiridagi k, k, p jarangsiz undoshlari intervokal pozisiyada jaranglilashadi: o’zbek tilida : o’rtoq-o’rtog’i, o’simlik- o’simligi: uyg’ur tilida: yazlik-yazligi /ezligi/ , ayak-ayigim kabi. Bunday jaranglilashuv undoshlardan keyin egalik affiksi qo’shilgandagina sodir buladi, boshqa hollarda esa ular jarangsizligicha qoladi: qishloqi, uynoqi, qo’riqib, qiziqib 50 kabi. Qorluq va o’g’uz gruppa tillariga boshqa tillardan kirgan so’zlarda ham bu undoshlar jaranglilashmaydi. Turkiy tillarda ayrim jarangli undoshlarning /masalan, b, d, undoshlarining/ so’z oxirida kelishi nihoyatda chegaralangan, shuning uchun o’zbek tiliga boshqa tillardan jarangli undoshlar bilan tugagan so’z qabul qilinsa, bunday undosh jarangsizlashadi. Masalan, o’zbek tilida : kitop, et / kitob, ed/ , uyg’ur tilida: javop, qirim-tatar tilida : sharap, qozoq tilida: mekteb kabi. Bu so’zlarga unli bilan boshlanadigan affiks qo’shilsa, ular yana jaranglilashadi: kitobi, edida, javobi, sharobi, mektebi kabi. Turkiy tillarning konsonantizmida turli-tuman mulohazalar tug’ilishiga sabab bo’lgan hodisalardan biri undoshlar geminasiyasi asli undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ya’ni ikqilanishidir. YOzuvda bunday undoshlar ikkita bir xil harfni ketma-ket yozish bilan aks ettiriladi. A.SHcherbakning fikricha, intervokal pozisiyada undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo’lgan tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Intervokal pozisiyada undoshlarning jaranglilashuvi esa hamma turkiy tillarga xos. Demak, turkiy bobotil davrida ham undoshlar geminasiyasi mavjud bo’lgan.
Undoshlar geminasiyasining assimilyasiya natijasida vujudga kelishi turkiy tillarda eng ko’p tarqalgan: o’zbek tilida: etti /etdi /, shahari /shaharni /: kumik tilida: minni /mindi /, ulanna /ulgonda /: qozoq tilida: atti /otni/, soldattar /soldatlar / kabi.
Geminat tovushlarning o’zak tarkibida uchrashi turkiy tillarda bir x il emas. Qorluq, o’g’uz va bulg’or gruppa tillarida bunday tovushlar ancha ko’p uchrasa, qipchoq gruppasida va Sibirp arealidagi tillarda /yoqut tili bundan mustasno/ bu hodisa kam uchraydi yoki mutlaqo uchramaydi. Masalan, o’zbek tilida: dogguz, chuvash tilida taxhar, qozoq tilida: toguz qirg’iz tilida: togus.
Turkiy tillarda sinxron nuqtai nazardan undoshlar mosligi. Turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro juda yaqinligiga qaramay, har bir gruppa turkiy tillar va alohida olingan turkiy til o’ziga xos fonetik taraqqiyoti jarayoniga ega. SHuning uchun turkiy bobotilda ayni bir undosh bo’lgani holda, konkret turkiy tillarda boshqa-boshqa undosh qo’llanila boshlagan. Bu jihatdan ayniqsa y- j-d-ch undoshlarining qo’llanilishi harakterlidir. Qiyoslang: O’zbek tilida: turkman tilida: qozoq tilida: oltoy tilida: yil yil jil dil yuk yok jok dok tuva tilida: chil
chok
Misollardan ko’rinib turibdiki qorluq va o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida keladigan y tovushi o’rnida qipchoq va Sibirp gruppa tillarida j, d va ch tovushlari qo’llanadi.
Qorluq, qipchoq va Sibirp tillarida so’z boshida keladigan k, t tovushlari o’rnida o’g’uz tillarida g, d tovushlari ishlatiladi, ya’ni g, d tovushlari k, t tovushlarining funksiyasini bajaradi: 51 o’zbek t : ozarb t : uyg’ur t : turkm t : yokut t : tatar t : boshk t : kel gal kal gel kel kil kil tosh dash tash dash tas tash tash
Bulardan tashkari,turkiy tillarda sh-s /uzb yanga shor.nena uzb. yomon -sagay.naman /kabi undoshlar mosligi hodisasi ham mavjud.
Turkiy tillar fonetik mosliklari orasida eng diqqatga sazovori rotasizm hodisasidir. Rotaszim yo tovushining r tovushi bilan mosligi bo’lsa, labdaizm sh tovushining l tovushiga mosligidir. Rotasizm va
labdaizm chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovush mosligida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi uz, ez, to’qqiz, qozon, kuz, eshik, eshit, etmish, oltmish so’zlari chuvash tilida ser r, taxhar, x uran, ker, alak /darvoza /, ilt, s itmel, utmal ko’rinishlariga ega. Bu jihatidan chuvash tili mug’ul tillariga ancha yaqinroqdir. Mo’g’ul tillari bilan boshqa turkiy tillar orasida ham l-sh mosligi mavjud /tanil -tanish/. Bu holat chuvash mo’g’ul kontakti ancha uzoq vaqt davom etganidan dalolat beradi.
Rotasizm va labdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi: o’zbek tilida: semir-semiz, ko’rar-ko’rmas, sergak-sez: ozarbayjon va turkman tillarida: deshik-delik /teshik/: boshqird tilida: kashik,kalak /choy qoshiq /.
Uqorida qorluq va qipchoq gruppa tillarida y-j mosligi mavjudligi haqida gapiriladi. Lekin bu umumiy fonetik qonuniyatdan chekinish xollari ham uchraydi. Masalan, qorluq gruppa tillarida so’z boshida ba’zan y emas j keladi. Masalan, uzb, jo’namoq, jun: uyg’ur. jurak /urak/ kabi: o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida t o’rnida d tovushining qo’llanishi harakterli bo’lgani holda, ozarbayjon tilida ayrim so’zlarda aksincha: tanish, tarla /dala /, tutashma /ushlamoq/ kabi: o’zbek tilida so’z boshida y va d tovushlarini parallel qo’llash hollari ham mavjud: dumaloq // umaloq / kabi. Turkiy tillar faqat kelib chiqish jihatidan qarindosh tillar bo’lib qolmasdan, hozirgi paytda tipologik jihatdan ham bir xil:tillarning morfologik klassifikasiyasi bo’yicha agglutinativ tillar gruppasiga kiradi. Turkiy agglutinativ tillarning o’ziga xos hususiyati quyidagilardan iborat:
1.So’z doimo o’zakdan boshlanadi. 2.O’zak, asosan, o’zgarmaydi.
3.So’z formalari asosan affikslar vositasida hosil bo’ladi. 4.So’z formalari faqat bir o’zakdan xosil qilinadi.
5.O’zak va affiks organiq birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara aksariyat xollarda aniq va ravshan bo’ladi.
Masalan, boshlandi so’z formasida bosh - o’zak, -la -fe’l yasovchi affiks va - di- zamon yasovchi, bular bir-biridan ajralib turadi.
6.Har bir grammatik ma’noni ifoda etishda alohida affiks qo’shiladi, shuning uchun bir so’z formasida bir necha affiks ketma-ket keladi: Masalan: so’zlashganingizni, sez = le = sh = gan =ingiz = i.
Turkiy tillarda so’z o’zak va affikslarga ajratiladi. Turkiy tillarda o’zak fonetik jihatdan quyidagi qurinishlarga ega: g- unli, S-undosh, GS ol-ot ,SG-na (nima), ma:SGS- bosh, qo’l, yoz: SGSS-turt, tort: SGSG-bola. 52
O’zakning bir ko’rinishlari ichida SGS strukturasi ko’p tarqalgan. G va SG tip kam uchraydi.Turkiy tillarda o’zakning strukturasi va uning taraqqiyoti hakida turli fikrlar mavjud.Ba’zi tadqiqotchilar uqorida ko’rsatilgan o’zak tiplarining hammasi azaldan mavjud desalar, boshqalari esa SGS tuzilishi o’zaklar turkiy tillar uchun tipik bo’lib, qolgan ko’rinishdagi o’zaklar esa ana shu SGS tipi o’zaklarning taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Masalan, mana shu olimlardan biri N.A.Baskakov. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa SGS tip o’zaklarning taraqqiyoti natijasida xosil bo’lgan deydilar. SGStip o’zak birlamchi ekanini isbotlash maqsadida, masalan, bol-fe’lining taraqqiyot natijasida o’g’uz gruppa tillarida ol, ikki tovush holatiga kelib qolganini ko’rsatadilar. SGStip o’zakka nisbatan keyingi hodisa deb hisoblovchilar esa hozir uch tovushga ega anchagina o’zaklar turkiy yozma yodgorliklaridan misol keltiradilar. sa- (sana), bo-(bogla ) yu (uv), si-(sin) qabilar.
Demak, turkiy o’zak hakida uch xil fikr mavjud bo’lsa, bulardan chinchisitugrirokdir. CHunki, birinchidan,turkiy o’zak daxlsiz bulib, har qanday uzgarish,asosan, nutk oqimida o’zakdan keyin qo’shilgan vositalar yordamida sodir bo’ladi, ikkinchidan, agglutinasiya qoidasiga binoan yangi ma’no o’zakdan muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan uzaga keladi. Turkiy tillar taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi so’z o’zakka affiks qo’shish bilan xosil kilinadi. Turkiy tillarda affikslarning turlaridan affikslar mavjud bulib,o’zakdan keyin kushiladi. Prefiks,infiks kabi affiks turlari turkiy tillarda bulmaydi.Agar biror turkiy tilda prefiks uchrasa,masalan,o’zbek tilida, u boshqa tilni ta’sirida paydo bo’lgan,ya’ni uzlashgan buladi.Turkiy tillardahar bir kelishikning bitti affiksi buladi,shunga kura turkiy tillarda bitta turlanish tipi mavjud :qaysi so’z turkumi va birlik yokiko’plik formasida bulishdan kathiy nazar,kenlishik affikslari bir xil buladi.
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan uncha ko’p farq kilmaydi. O’zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida 6ta, qozoq tilida 7ta xakas va suvoli tilida 8ta, yokut tilidaesa 9ta kelishik bor.Turkiy tillarda hozir ishlatilmaydigan,lekin qadimda keng qo’llanilgan boshqa kelishik formalari ham mav jud bo’lgan.Bu formalar ayrim so’zlar tarkibida kotib kolgan holda hozir ham uchraydi. Masalan, qozoq, korakolpok, nugay, x akas, qirg’iz tillarida hamma so’z turkumlari junalish kelishigida-ga formasiga ega bulsa, kishilik olmoshlari esa shu kelishikda menga, senga, unga formasida emas,balki maga, magan, sogan, ogan, kabi ko’rinishda qo’llaniladi.
Urxun-Enisey yozuvi yodgorliklarida,"Devonu -lug’otit turk" asarida hozirgi turkiy tillardagi ayrim so’zlar tarkibida vositi kelishigi formalarisaklanib kolgan. Masalan,yozin-kishin, ostin ustun qabilar.Qadimgi turkiy tillarda junalish-urin kelishigi ham bulib,uning formasi ra-ru ko’rinishlariga ega bo’lgan.Bu kelishik affiksi ichra,sungra, uzra kabi so’zlar.tarkibida o’zak bilan birlashgan holda uchraydi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma’nosi ifoda etuvchi formalar keng tarkalgan bulib,til taraqqiyoti prossesida bu ma’noni ifoda etuvchi formalar,miqdor jihatdan ancha kam.
53
Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va ko’plik formalarining oppozisiyasidan tashkil topadi.Birlik turkiy tillarda nolg’ ko’rsatkichli bulsa,ko’plik-lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi.Lekin turkologiyada turkiy tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha ifodalash ham mumkin.Bu nuqtai nazarga kura turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi birlik va ko’plik formalariga ega emas.Turkiy tillarda-lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi,ya’ni kitob so’zi yakkat kitobni ham: kitoblar yigindisi ham ifoda etadi.SHu asosda K.M.Lubimov-lar affiksi kushilmagan formani noaniq son formasi deb nomlaydi.Turkiy tillardagi ko’plik formasi hisoblangan-lar,ko’plik ma’nosini ifodalashdan tashkari boshqa funksiyalarni ham bajarish xususiyatiga ega:
1)Ekspressiya ifodalaydi: (xayrli tong) 2)Makon va vaktni kengaytirish ma’nosini ifodalaydi: u yoklarda. 3.Xurmat ma’nosini ifodalaydi:
(Xurmatli Alining xonimi) Shuni ham aytish kerakki,qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda -lar affiksi nixoyatda kam ishlatilgan -lar formasining hozirgi turkiy tillardagi funksiyasi ham bir xil emas.Masalan,- lar o’zbek va turk tillarida xurmat ma’nosini ifodalash uchun qo’llansa, qozoq, qirg’iz tillarida bunday funksiyani bajarmaydi.
Umuman,turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa F lektiv tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.Ko’plik formasi-lar faqat ot tkrkumida so’zlarga emas,balki barcha mustakil turkum so’zlarga ham kushiladi.Grammatik son kishilik olmoshlarida o’ziga x os ravishda ifoda etiladi.Keyinroq barchi turkiy tillarda biz,siz olmoshlari ikkinchi shaxs birlikni ifodalay bolagach,ko’plik uchun bizlar,sizlar formasi vujudga kelgan.Egalik kategoriyasi faqat turkiy tillarga xos bulmay turkiy tillardan tashkari,ko’pchilik agglutinativ tillarda,semit tillarida,xatto ayrim xind-Evropa tillarida ham mavjud.Egalik kategoriyasi krashlilik ma’nosini ifoda etadi,ya’ni egalik formasini olgan so’z anglatgan predmetga karshlik buladi.Egalik kategoriyasining formalari qaratkich kelishigining formasi bilan boglik.Egalik formasi bilan qo’llangan so’z oldida juda ko’p xollarda qaratkich kelishi formasidagi so’z keladi. Masalan, (mening) kitobim. SHuning uchun ba’zi olmoshlar egalik kategoriyasini qaratkich kelishigi bilan boglab o’rganganlar. SHunday o’rganish asosida B.A.Serobrennikov turkiy tillarda dastlab qaratkich kelishigining hamda prefikslarning yukligi bu tillarda egalik formalarini vujudga keltirgan deb hisoblaydi.
Egalik affikslar kishilik olmoshlari asosida,uzaga kelgan. Masalan,men - m, sen -ng, biz - miz. Shu sababli egalik affikslar aynivaktda shax s va son ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, kitobim misolida-im affiksi birinchi shax sni hamda birlikni ifoda etadi.
Kumakchilar turkiy tillarga xos yordamchi so’z turkumi bulib,ularni turkiy tillarga mansub eng qadimgi yodgorliklarda ham uchratish mumkin.Urx un-Enisey yozuvi yodgorliklarida qo’llangan teng (-day, kabi) ,tegi (-gacha,to 54 )kabi kumakchilarning juda ko’pchiligi ayrim fonetik uchragan holda hozirgi turkiy tillarda ham ishlatiladi.Hozirgi turkiy tillarda tirixiy tirakkiyot jarayonida mustakil ma’noli so’zlardan yangi-yangi kumakchilar ham paydo buldi.Masalan,gura (kura),son (sung).Ma’lumki, ikki soitavli gaplarning asosini ega va kesim o’rtasidagi toblanishga asoslangan birikma tashkil etadi.Turkiy tillarda ega va kesim shaxsda mislashuvi shart.Masalan,men keldim.Ot bilan ifodalangan kesim 1 va 2 shaxsda ega bilan kesimlik affiksi olib moslashadi.Masalan,men odamman, sen injenersan.
Turkiy tillarda ega va kesim son jihatidan ham moslashadi.Masalan,men keldim.Biz keldik.Lekin ular keldilar.
Tobelanish asosidagi brikmaning eng keng tarkalgan formalaridan biri aniqlovchi aniqlanmish munosabatidir. Aniqlovchi aniqlanmish munosabatida ham turkiy tillar o’ziga xos ajrilib turuvchi xususiyatlarga ega. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv yuli bilan tobelanadi. Masalan, qizil kitob, qizil kitoblar.
Sifatlovchi bilan sifatlanmishning sonda va kelishikda o’zaro moslashuvi boshqa tip tillarining kuchli ta’siriga uchragan karaim tilidagina kuzatiladi. Aniqlovchi qaratkich kelishik formasidagi so’z bo’lganida, turkiy tillarda aniqlanmish doim egalik afffisi bilan qo’llanadi. Masalan, ozabayjonlar. Bqzim kitabqmqz. Turkiy tillarda aniqlovchining yana bir turi borki u tilshunoslikda turkiy izofa deb ataladi Turkiy izofa tashqi ko’rinishdan urni almashtirilib kuyilgan forsiy izofani bildiradi. Masalan, Toshkent shahri, Navoiy ko’chasi.
Turkiy tillarda gap bo’laklari, boshqa til oilalardagiga masalan, xind-evropa tillari oilasidagi nisbatan o’zining muntazam joylashish tartibiga ega. Agar so’zlovchida tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko’rsatish maqsadi bulsa, odatda, gapning boshida ega o’z sostavi bilan gapning oxirida kesim keladi.
O’zbek tilida aniqlovchi va kesim ning urni boshqa bo’laklarga nisbatan katiy ekanligi o’zbek tilida gap bo’laklarining urni rus tiliga nisbitan ancha turg’un ekanligini kusatadi.
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, bu tillarda qo’shma gapning ergashgan qo’shma gap tipidan tashkari,funksianal va struktural jihatdan boshqa til vakillaridagi ergash gapga teng keluvchi teng keluvchi ravishdosh,sifatdosh, iboralari keng tarakkiy etgan. Masalan, qozoqlarda kg’tibqn bala ubadq. Ruscha tarjimasi bilan kiyos kilsak Uchenik katoriy knigu derjal ne chistom vide, ocheng’ otkqdilsya. O’zbek tilida: men Salimning kecha Toshkendan kelganini eshitdim. Kiyoslasak: YA slqshal chto Salim vchera vernulsya iz Toshkenta.
TURKIY TILLARNING GRAMMATIK QURILISHI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 1.Agglutinativ tillarning o’ziga xos xususiyatlarini sanab bering? 2.Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdori knday farqlanadi? 3.Turkiy tillarda egalik va kelishik kategoriyasi qanday farqlanadi. 4.Turkiy tillarda negiz hosil bo’lishi.
55 5.Turkiy so’zformalarining o’ziga xosliklari. 6.Turkiy affikslar. 7.Egalik kategoriya. 8.Kelishiklar, ularning gramatik belgilari. 9.Turkiy tillarda so’z birikmasining shakllanishi. 10.Turkiy tillarda gap qurilishi. TAYANCH SO’Z (IBORA)LAR 1.Morfologik tasnif. 2.Flektiv va agglutinativ tillar. 3.So’z formasi. 4.Turkiy o’zak. 5.Grammatik kategoriya. 6.Sintaktik munosabat. 7.Turkiy izofa.
ADABIYOTLAR 1.I.Ko’chqortoev,B.Isabekov."Turkiy filologiyaga kirish" T., 1984. 2.I.A.Baskakov. V vedenie v izuchenie turkiskixyazikov. M., 1974. 3.X.SHayxulov V vdenie v izuchenie altayskiy yazikov.M.,1969.
MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 1.Turkiy tillarda unlilar miqdori qanday? 2.Singormanizm hodisasi hozirgi turkiy tillarning qaysilariga xos? 3.Turkiy tillarda unlilar moslashuvi qanday kechadi? 4.Turkiy tillarning undoshlar sistemasiga xos bo’lgan asosiy belgilarni sanab bering?
5.Lambdaizm qanday hodisa? 6.Turkiy tillarda unlilar tasnifi. 7.Turkiy tillar unlilarining o’ziga xosliklari. 8.Turkiy tillarda undoshlar tasnifiga oid. 9.Turkiy tillarda portlovchi va sirg’aluvchi undoshlar. 10.Barcha turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan tovushlar.
T A YA N CH A T A M A L A R 1.Unlilar tizimi. 2.Undoshlar tizimi. 3.Singarmonizm. 4.Palatal singarmonizm. 5.Sanorlar. 6.Intervakal pozisiya. 7.Labdaizm.
56 A D A B I YO T L A R 1.A.M.Shcherbak. Sravnitelnaya fonetika tur.yazqkov.L.,1970. 2.N.A.baskakov. Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.,1969. 3.Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish.1984 y.
Download 466.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling