Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


ijtimoiy boylikning yaratuvchisi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana06.11.2017
Hajmi1.25 Mb.
#19515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

ijtimoiy boylikning yaratuvchisi (bu shunday faoliyatki, uning yordamida inson o’z ehtiyojlarini 

qondiradi, o’zi bilan tabiat o’rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi); 

-

 



jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari (mehnat ehtiyojlarni qondirish va boylik yaratish bilan 

butun ijtimoiy taraqqiyotga asos bo’ladi - jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini va ularning o’zaro hamjihatligi asoslarini 

shakllantiradi); 

-

 



insonning yaratuvchisi (inson kishilar hayotining barcha boyliklarini yaratib, ijtimoiy taraqqiyot 

subъekti sifatida maydonga chiqadi, umuman, jamiyatni mehnatga jalb qilib, o’z-o’zini ham rivojlantirib boradi, bilim 

va kasb malakalarini egallaydi, muomala va o’zaro yordam ko’nikmalarini shakllantiradi). 

4. Mehnatning mazmuni, turlari va mehnat jarayoni funktsiyalari 

Mehnatning xilma-xil turlari mavjud bo’lib, ularning butun xilma-xilligini quyidagi mezonlar bo’yicha: 

mehnatning mazmuni, mehnatning tabiati, mehnatning natijalari, mehnatning foydalaniladigan buyumli elementlari va 

inson qatnashuvining turli darajasi, odamlarni mehnatga jalb etish usullari bo’yicha ajratib tasniflash mumukin. 



Mehnat mazmuni – ishlarning kasbiy 

mansubligi, ularning tarkibiy murakkabligi, bajarishdagi 

izchilligi bilan belgilanadigan mehnat elementlari bo’lib, xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o’zaro 

munosabatga kirishuvidir. Masalan, tikuvchi tikuv mashinasidan foydalangan holda gazlama bilan ishlaydi, oshpaz 

taom tayyorlashda oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlaridan, shuningdek, o’zi uchun zarur bo’lgan pishirish 

jihozlaridan, gaz plitasidan foydalanadi.  

Mehnat mazmuni quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: mehnatning murakkabligi; xodimning kasbga 

yaroqliligi; xodimning mustaqillik darajasi. Aytib o’tilgan belgilarni batafsilroq qarab chiqamiz. 

Mehnat mazmunining birinchi belgisi uning murakkablik darajasi bilan farq qilishidir. Olimning mehnati 

chilangarning mehnatidan murakkabroqligi, do’kon rahbarining mehnati kassir mehnatidan qiyinroqligi tushunarlidir. 

Biroq turli mehnat xillariga haq to’lash o’lchovlarini asoslash uchun ularni taqqoslash kerak bo’ladi. Murakkab va 

oddiy mehnatni o’lchash uchun «mehnat reduktsiyasi»  tushunchasi qo’llaniladi. 



Mehnat reduktsiyasi  – murakkab mehnatni oddiy mehnatga aylantirishdir. Bundan maqsad – turli 

murakkablikdagi mehnatga haq to’lash o’lchovlarini aniqlashdir. Jamiyat rivojlanganligi bilan murakkab mehnat 

ulushi ortib boradi. Bunga sabab korxonaning texnika bilan qurollanish darajasi oshganligi, xodimlarning maъlumoti 

va rivojlanishiga qo’yiladigan talablarning ortganligidir. 



 

6

Murakkab mehnat oddiy mehnatdan farq qilib, bir qator xususiyatlarga ega bo’ladi: 

 

xodimning harakatlarini rejalashtirish, tahlil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish kabi aqliy mehnat 



funktsiyalarini bajarish

 



xodimning faol fikrlashi, fikrini bir joyga to’plashi va aniq maqsad bilan intilishi; 

 



qarorlar qabul qilish va harakatlardagi izchillik; 

 



xodim organizmining tashqi taъsirlarga aniq va to’g’ri aks-sado berishi; 

 



tez, chaqqon va xilma-xil mehnat harakatlari; 

 



mehnat natijalari uchun javobgarlik. 

Mehnat mazmunining ikkinchi belgisi – xodimning kasbga yaroqliligidir. Uning mehnati natijalariga taъsiri 

insonning qobiliyatlari, unda genetik iqtidorlarning shakllanishi va rivojlanishi, kasbni to’g’ri tanlash, kadrlarning 

rivojlanishi va ularni tanlash shartlari bilan bog’liqdir. Kasbiy tanlashda kasbga yaroqlilikni aniqlashning maxsus 

usullari, masalan, professiografiyaning ahamiyati katta. 

Mehnat mazmunining uchinchi belgisi – xodimning mustaqillik darajasi  bo’lib, u mulkchilik shakli bilan 

bog’liq tashqi cheklanishlarga ham, shuningdek, ishning murakkablik miqyosi va darajasi taqozo etuvchi ichki 

cheklanishlarga ham aloqadordir. Javobgarlik darajasi oshirilganda, qarorlar qabul qilishda cheklashlar kamayishi 

harakatlarning ko’proq erkin bo’lishini, ijodkorlikni va muammolarni hal etishga norasmiy yondashish imkoniyatini 

bildiradi. Har qanday erkinlik kabi mustaqillik darajasining ortishi ham hamma narsani bemalol qilish mumkinligini 

bildirmaydi. Xodimning mustaqilligi rivojlangan shaxsning o’z-o’zini anglash darajasi mezoni, ish natijalari uchun 

javobgarlik choralarini anglatadi. 

Hozirgi vaqtda mehnat taqsimotining u yoki bu shakli sof holda qo’llanadigan kasbni aytish qiyin, mazkur 

kasbda faqat u yoki bu shaklning ustunligi haqidagina gapirish mumkin. Masalan, yuk tashuvchining mehnati oddiy, 

jismoniy, bir xildagi mehnatdir, u jonli mehnat ham, buyumlashgan mehnat ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi mehnati 

uchun aqliy, jonli va ijodiy mehnat xosdir. Ko’pchilik kasblarni mehnat taqsimoti shakllari bo’yicha aralash mehnat 

deb atash mumkin. Bunday mehnatga sotuvchining, iqtisodchi va menejerning mehnatini kiritish mumkin. 

Ko’rsatib o’tilgan mehnat taqsimoti shartli hisoblanadi. Biroq u mazkur kasbdagi xodim mehnatiga haq 

to’lash o’lchovini aniqlashga uning mehnat hissasi va jamiyatda tutgan roli mezonidan kelib chiqib, to’g’ri yondashish 

imkonini beradi.     

Mehnat mazmunini tahlil qilish vaqtida mehnat jarayonida quyidagi funktsiyalar amalga oshirilishi hisobga 

olinadi: 

 

zarur mehnat operatsiyalari tizimining maqsadi va uni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan mantiqiy funktsiya; 



 

ijro etuvchilik funktsiyasi – ishlab chiqaruvchi kuchlarning holatiga bog’liq ravishda mehnat vositalarini turli 



usullar bilan harakatga keltirish va mehnat predmetlariga bevosita taъsir ko’rsatish; 

 



qayd etish va nazorat qilish funktsiyasi - texnologiya jarayonini, belgilangan dasturni bajarishning borishini 

kuzatish; 

 

tartibga solish funktsiyasi - berilgan dasturni tuzatish, unga aniqlik kiritish. 



Qayd etib o’tilgan funktsiyalardan har biri ayrim olingan xodimning mehnatida maъlum darajada ishtirok etishi 

mumkin, lekin u, albatta, yalpi mehnatga ham xos bo’ladi. Inson mehnat faoliyatida qaysi funktsiya ustunlik qilishiga 

qarab aqliy va jismoniy mehnat funktsiyalarining muayyan nisbati qaror topadi.  

Mehnat xususiyatini belgilovchi ishlab chiqarish munosabatlari tizimining asosiy elementlari quyidagilardir: 

 

mehnatkashlarning ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakli; 



 

bevosita ishlab chiqaruvchilar amalga oshirayotgan mehnatning maqsadi, shaxs mehnati bilan jamiyat 



umumiy mehnati o’rtasidagi bog’liqlik (mehnatning ijtimoiy tabiati namoyon bo’lish shaklini ifodalaydi); 

 



ijtimoiy guruhlar (sinflar)ning ishlab chiqarish vositalariga munosabatlari, xodimlarning tayyorgarlik 

darajasidagi va ishlab chiqarish jarayonida xilma-xil funktsiyalarni bajarishidagi farqlar taqozo qilgan mehnatdagi 

ijtimoiy tafovutlar darajasi. Ishlab chiqarish usulining bu tomonlari, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchilarning o’z-

o’zining mehnatiga munosabatini, mehnat mahsulotlarini taqsimlash munosabatlarini, shuningdek, jamiyatdagi 

mehnatni tashkil etish usulini belgilaydi.  

Tayanch iboralar 

Mehnat; mehnat jarayoni; mehnat predmetlari; mehnat vositalari; jonli mehnat sarflari; mehnatning mazmuni; 

mehnatning xususiyatlari; mehnatning ijtimoiy funktsiyalari; ehtiyojlarni qondirish usuli; mehnatning turlari;  oddiy 

mehnat; murakkab mehnat; mehnat jarayoni funktsiyalari; mantiqiy funktsiya; ijro etuvchilik funktsiyasi; qayd etish 

va nazorat qilish funktsiyasi; tartibga solish funktsiyasi; ijtimoiy mehnat munosabatlari. 

Qisqacha xulosalar 

«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» bir tomondan, real mavjud bo’lgan voqelik haqidagi bilimlarni 

kengaytirishga, ikkinchi tomondan, mehnat sohasida kechadigan yangi aloqalar va jarayonlarni qaror toptirishga 

ko’maklashadi. 

Mehnat – insonning biron bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatdir. 

Mehnat jarayoni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: mehnat predmetlari; mehnat vositalari; jonli mehnat sarflari. 

Mehnat mazmuni – xodimning  mehnat predmetlari va vositalari bilan o’zaro munosabatga kirishuvidir. 

Mehnat mazmuni quyidagi funktsiyalarni bajaradi: mantiqiy, ijro etuvchilik, qayd etish va nazorat qilish, tartibga 

solish. 


 

7

Nazorat va muhokama uchun savollar 

1.

 

«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» fani nimani o’rganadi? 



2.

 

«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» fani oldiga qanday vazifalar qo’yilgan? 



3.

 

«Mehnat» tushunchasining mazmuni va mohiyati nimadan iborat? 



4.

 

Mehnat mazmuni deganda nima tushuniladi va u qanday ahamiyatga ega? 



5.

 

«Ish» tushunchasi va uning «mehnat» tushunchasi bilan bog’liqlik darajasi nimalarda namoyon bo’ladi? 



6.

 

Mehnat jarayonining oddiy tarkibiy elementlari nimalardan iborat? 



7.

 

Mehnat predmetlari va ijtimoiy munosabatni o’zgartirish jarayoni bo’lgan mehnatning mohiyati nimada? 



8.

 

Mehnatning xarakteri va elementlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishida 



mehnatning rolini taъriflab bering. 

9.

 



Mehnat mazmunan qanday ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi? 

10.


 

Mehnat reduktsiyasining mohiyati nimada? 



Adabiyotlar ro’yxati 

1.

 



Abdurahmonov Q.X  Xolmo’minov SH.R “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”(o’quv.qo’l) T.:2004. 

2.

 



Abdurahmonov K.X., SHarifullina T.A. “Ekonomika i sotsiologiya truda”  Uchebnoe posobie.-M.: 2002. 

3.

 



Abdurahmanov Q.X.  va boshqalar. ««Mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi»» Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001. 

4.

 



Agapova T.A., Seregina S.F. Makroekonomika. Uchebnik. –M.: YUrayt, Izdat, 2004. 

5.

 



Adamchuk V.V.Ekonomika i sotsiologiya truda: Uchebnik dlya vuzov 

Moskva : YUniti , 2001. 

6.

 

Nazarov A.SH “Mehnatni tashkil etish va normalash”(darslik)  – T.: 2004. 



7.

 

 Rofe A.I.Ekonomika i sotsiologiyatruda Moskva : Institut ekonomiki i prava , 2003. 



8.

 

SHlender P.E., Kokin  YU.P.Ekonomika truda Moskva : YUristъ , 2002. 



9.

 

Ekonomika i sotsiologiya truda. –M.: izd-vo «Buglayn», 2005. 



Internet saytlari: 

1.

 



www.ecsocman.edu.ru  Ekonomika i sotsiologiya truda 

2.

 



www.kutp.gubkin.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

3.

 



www.vzfei.ruG’ Ekonomika i sotsiologiya truda 

4.

 



www.nesterova.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

 

2-MAVZU.  MEHNAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH    2 soat 

1.

 

Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari 



2. Mehnatni tashkil etish va uning faoliyatidagi o’rni 

3. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi 

4. Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish 

5. Mehnatni tashkil etishda mehnatni normalashning ahamiyati 



 

1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari   

«Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo – «tartibga keltiraman» so’zidan 

kelib chiqqan. Uning mazmuni yaxlit bir butunlik ichida o’zaro aloqalarning yueaga kelishi hamda takomillashishiga 

olib keladigan jarayon yoki xarakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi 

muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari xarakat qiluvchi odamlarning birlashgan faoliyati 

tushuniladi. SHunga ko’ra funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish – ichki tartiblar o’rnatish va takomillashtirish 

jarayonini bildiradi.  

Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va 

pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi 

mumkin. Keng mazmundagi «faoliyat» tushunchasini mehnatga nisbatan tatbiq etilganda u ana shu mehnat predmetiga 

taъsir ko’rsatish faolligi darajasini va bunda sarflanadigan aqliy intellektual kuch-g’ayrat darajasini aks ettiradi. 

«Mehnat faoliyati» tushunchasini bunday talqin qilish ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy 

vazifalarni hal qilishga har tamonlama, faol yondashish (aъnanaviy amaliyotga nisbatan), undan yanada kengroq 

foydalanish imkonini beradi. 

Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig’indisidan tashkil topadi. 

Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan hamda konkret shaklda olib qaraladigan bo’lsa, u bir-biriga 

bog’liq ikki muhim vazifani hal qilishning obъektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri – odamlarning 

moddiy mehnat elementlari bilan o’zaro harakatga kirishuvini aniqlashdan iborat bo’lsa, ikkinchisi – birgalikda yoki 

o’zaro bog’langan faoliyat qatnashchilari o’rtasidagi munosabatlar shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa 

mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga 

(keng maъnoda olganda) mehnat subъektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat 

predmetlari va vositalari bilan taъminlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) 

jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to’lash kabi masalalarni o’rganish bilan bog’liqdir. 

Mehnat faoliyatini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini o’rganish masalasini yuqorida qabul qilingan tarzda 

talqin qilish tashkilot va tizimning asosiy kategoriyalarini, shuningdek, ular bilan bog’langan mehnat taqsimoti va 

kooperatsiyasi, tashkiliy tuzilmalarning qurilishi kabi muammolarini qarab chiqishni talab etadi.  


 

8

Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil etish masalasi eng asosiy ko’rsatkichlardan 



biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasida o’zaro 

bog’liqlik yuzaga keladi. O’zaro bog’liqlik va taъsir – mehnat  faoliyati qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. 

Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, maъnaviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) 

yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmi shakllantirilishini taqazo etadi. 

1) Huquqiy asoslar  ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladigan 

huquqiy mezonlar (fuqarolik, maъmuriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarishi bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). 

2) Maъnaviy - psixologik asoslar – bu, mehnat faoliyatini tashkil qilishda, ishlab chiqarish munosabatlarida 

tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma 

ishlovchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat 

yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). 

3) Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini 

tashkil qilish mezonlari (yaъni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu erda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi 

ko’zda tutiladi). 

4)  Ijtimoiy-psixologik  asoslar. Mehnat faoliyatining mazmuni  har bir bir jamoadagi ijtimoiy-psixologik 

muhit, yaъni jamoadagi har bir ishlovchining ruhiy kayfiyati, ishlovchilar orasidagi o’zaro munosabatlar (bevosita va 

bilvosita) orqali shakllanadi. 

Mehnat faoliyatining mazmuni har kanday korxonada (mulkchilik shakllarida qatъi nazar) ijtimoiy-tashkiliy 

masalalar qay darajada hal etilganligiga ham bog’liqdir. Mehnat faoliyatining holati jamoada yo’lga qo’yilgan 

ijtimoiy-tashkiliy munosabatlar bilan belgilanadi. 

2.

 

Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi o’rni 

Tashkil etish nazariyasi va amaliyoti muammolarini ishlab chiqishning ilmiy yunalishlari orasida 

prakseologiya (yunoncha, amaliyot yoki harakat va o’rganish, maъnolarini anglatuvchi so’zlardan) samarali amaliy 

faoliyat tamoyillari va usullari haqidagi fan muhim o’rin egallaydi. 

"Tashkil etish" tushunchasi uni tatbiq etish obъektiga ko’ra, aniqlanadi. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va 

boshqarishni tashkil etishni bir-biridan farqlashni taqoza etiladi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etish ishlab 

chiqarishni tashkil etishning bir qismi deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa, boshqarish funktsiyasi deb tushuniladi. 

Bu tushunchalarni farqlash korxonalarda mutaxassislar tayyorlash sohasida qaror topgan amaliyot va tegishli 

xizmatlarni ajratish bilan bog’liqdir. Amaliyotda esa, mehnatni tashkil etish ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil 

etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumkin. 

Samarali mehnatni taъminlashning  muhim shartlaridan biri, Prezident Islom Karimov taъkidlaganidek: 

"Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat 

sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat".

1

 



Asosiy eъtiborni odamlarga qaratish korxona manfaatlarini kamsitish deb tushunilmaydi, chunki faqat 

odamlargina korxona muvaffaqiyatini taъminlay oladilar. Buning uchun ular barcha narsalar bilan taъmin etilgan 

bo’lishlari lozim. 

SHunday qilib, «umumiy kategoriya» tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat, ishlab chiqarish va 

boshqarishni tashkil etishga ajratishga anъanaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchilarning real mazmuni 

va mohiyati haqidagi hozirgi tassavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan, 

ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) maъlum darajada taalluqli bo’lganligi sababli, bu erda gap aynan mehnat 

faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida, bu 

ijodkorlik natijasi, inson faoliyatining (shu jumladan, tashkilotchilik faoliyatlaridagi) innovatsiya, taъminot, ishlab 

chiqarish, boshqarish, tijorat, xo’jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot tizimlari va boshqa tizimlar haqida borishi mumkin. 



3.

 

Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi 

Mehnat taqsimoti deganimizda,  har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida ishlab 

chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilarning xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bo’lishini tushunamiz. 

Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda ishchi ishning maъlum bir turida chuqur 

ixtisos topadi, shu ishning bajarilish texnikasi va tartibini puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul 

va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob va uskunalar ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat 

taqsimotida xodimlarni ish jarayoniga tayyorlash ham osonroq bo’ladi. 

Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud: umumiy mehnat taqsimoti, xususiy mehnat 

taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat taqsimoti. 



Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi 

mehnat taqsimoti, bu sohalar orasida esa, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq taъlimi, fan, davlat 

boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar o’rtasida xodimlarning 

taqsimlanishi umumiy mehnat taqsimoti va jamiyatning ayrim mamlakat va uning mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishi jarayonidagi o’zgarishlar tasnifi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 

Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda 

tutadi. Masalan, sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi 

dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka etishtirish, 

bog’dorchilik, go’sht, sut, jun etishtirish va shu kabilarga) bo’linadi. Sanoatda bo’lgani kabi qishloq xo’jaligida ham 

                                                           

1

 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yulida, -T.:O’zbekiston,1995, 119-b. 



 

9

xususiy mehnat taqsimotining pirovard bosqichi ixtisoslashtirilgan ayrim korxona hisoblaniladi. Bu xildagi xususiy 



mehnat taqsimoti noishlab chiqarish sohasining har qanday tarmog’ida: xalq taъlimida, tibbiyotda, davlat boshqaruvi 

va hokazolarda mavjuddir. 



Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehnat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari 

o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuningdek, ularning kasb-

malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Mehnat taqsimotining bu turi ancha murakkab va muhim 

bo’lib, unda muayyan mehnat jarayonlari alohida mehnat taqsimoti doirasida sodir bo’ladi; iqtisodiy natijalar ham ana 

shu darajada amalaga oshiriladi: ijrochilarning ixtisoslashuvi va ular kasb mahoratining ortishi, ixtisoslashgan yuqori 

unumli asbob-uskunalarning tatbiq etilishi, mehnat unumdorligining ortishi. Mubolag’asiz shuni aytish mumkinki, 

barcha darajalardagi mehnat taqsimotisiz hozirgi zamon texnikasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo’lishi mumkin 

emas. 


Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida mehnat taqsimotining har xil shakllari qo’llaniladi. 

Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash (peredel) faza va tsikllariga qarab 

bo’ladi. Bunda, eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xilligidir. Qayta ishlash va fazalar ichida 

ayrim guruh ishlar: chilangar (tokarlik, slesarlik), qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip (shtamp) orasiga 

olib urib, buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish jarayonlari sodir qilinadi. 



Funktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganida birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari 

yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi. Masalan, 

asosiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon bilan band bo’lgan ishchilar, navbatchi taъmirlash ishchilari, ishlab 

chiqarish xonalarini yig’ishtiruvchi (farrosh)lar bo’ladi. 



Malakali mehnat taqsimoti  yoki bajariladigan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsimlash 

murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridin ajratishdan iborat. SHu bilan birga mahsulot tayyorlashdagi texnologik 

murakkablik deganimizda, tayyorgarlik funktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan 

mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatini nazorat qilishdagi murakkabliklar eъtiborga olinadi. 



Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatini eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab 

chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus 

sof bolt tayyorlashning texnologik jarayoni temirchilik-metall toblash, chelangar (tokarlik) - yunish, naqsh solish va 

o’yish, frezerlik-bolt boshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat. 



Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu 

kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni – 

tsex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qilinadigan ishchilar 

sonini belgilash mumkin. 

Iqtisodiy tomon deganda, makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi korxonalarda mehnat samaradorligini 

o’stirish hamda mahsulot sifatini yaxshilash nazarda tutiladi. 

Fiziologik tomon deganda, shunday mehnat taqsimoti ko’zda tutiladiki, unda ishdagi bir xillik kishi 

tanasining turli qismlariga og’irlik (nagruzka) bir tekis bo’lmasligi, uzoq vaqt (oylar, yillar) davomida ishda bir xil 

harakat natijasida toliqish yuz bermaydigan bo’lsin. 

Ijtimoiy tomon deganda operatsiyalarning shunday tuzilmasi zarurligi nazarda tutiladiki, unda ish 

qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qo’shib olib boriladigan bo’lib, mehnat yoqimli bo’lsin, uning 

mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut 

kamayib borsin.  

Biroq mehnat taqsimoti – bu, faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. U ayrim xodimlar va ular 

guruhlarining umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi 

o’zaro bog’langan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish o’rinlaridan tortib butun-butun korxonalar, kichik 

tarmoqlar va xalq xo’jaligining o’zaro bog’langan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqazo etadi. Bu birlashtirish, 

mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat 

kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biri hisoblanadi. 

Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini tanlash – mehnatni tashkil qilishning 

mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. 

Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari, 

tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling