Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana06.11.2017
Hajmi1.25 Mb.
#19515
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Izohli farazlar – o’rganilayotgan ijtimoiy jarayonlar va hodisalardagi sabab-oqibat munosabatlari 

to’g’risidagi taxminlar. 



6. Tadqiqotning printsipial va strategik rejasini ishlab chiqish. Sotsiologik tadqiqotlar strategiyasining 

uchta varianti mavjud: 

a) tadqiqot obъekti to’g’risida tasavvurlar etarli bo’lmasa yoki farazlar yo’q bo’lsa, tekshirish rejasi 

qo’llaniladi. Ushbu rejaning maqsadi muammoni aniqlash va farazlar ishlab chiqishdan iborat; 

b) yozma variant yozma farazlarni ilgari surish uchun obъekt to’g’risidagi bilimlar etarli bo’lmagan taqdirda 

qo’llaniladi. Rejadan maqsad - ijtimoiy strukturalar va hodisalarni batafsil va to’la bayon qilish; 



 

81

v) tajriba rejasidan faqat o’rganilayotgan jabhadagi bilimlar yuqori bo’lib, asosli gipotezalarni olg’a surishga 



imkoniyat mavjud sharoitlarda foydalaniladi.  Rejaning maqsadi – vizualь va sabab-oqibat aloqadorligini tadqiq etish. 

7. Birlamchi maъlumotlarni to’plash va tahlil etish bo’yicha ish tartibini tanlash. 

Maъlumotlar tahlili sxemalari, ommaviy so’rovlar anketalari, intervьyu rejalari, identifikatsion hisob 

varaqalari, ish vaqtini hisobga olish varaqasi, kontekstualь tahlilga mansub hujjatlar va matnlarni o’rganish bo’yicha 

yo’riqnomalar, kuzatish sxemalari – bularning barchasi maъlumot to’plash vositasidir. 

Muammolarni aniqlab, boshlang’ich tushunchalarni kiritish va tadqiqot farazlari ishlab chiqilganidan so’ng 

tanlov turi va hajmi aniqlanadi. 

Tanlovli tadqiqotning asosiy  afzalligi shundaki, bunda obъektni keng va murakkab dastur bo’yicha chuqur 

o’rganish va tadqiqotni qisqa muddatda o’tkazishga imkon tug’iladi. 

Tanlovli tadqiqot noyalpi kuzatuv turi bo’lib, umumiy majmuaga kiruvchi alohida birlikni maxsus 

kuzatishdan iborat.  

Umumiy majmua umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan kuzatuv birliklarining yig’indisidan, masalan, ishchilar 

majmuasidan tuziladi. 

Tanlov majmuasi deganda umumiy majmuaning oldindan tayyorlangan dastur yoki uslubiyatga ko’ra, 

bevosita tadqiq etish uchun tanlab olingan qismi tushuniladi. 



Kuzatuv birligi - sotsiologik tadqiqotlarda bevosita maъlumot manbasi, tadqiqotning maqsad va vazifalariga 

qarab inson, shaxslar guruhi, korxona yoki tashkilot kuzatuv birligi bo’lishi mumkin. 

Tanlovli usulni qo’llashning bosh masalasi umumiy va tanlov majmuasining nisbati, yaъni tanlov majmuasini 

tahlil etish orqali olingan xulosalarni umumiy majmuaga nisbatan qo’llashning qonuniyligini aniqlashdan iborat. 

Tanlov qoidalariga qatъiy amal qilinganda tanlovli tadqiqot reprezentativ bo’lib, tanlov majmuasi umumiysiga mos 

keladi. 


2. Aniq sotsiologik tadqiqotlarda asosiy  tanlov turlari 

Mutlaq tasodifiy tanlov. Tanlovning ushbu turi umumiy majmuaning istalgan elementiga tanlanish uchun 

teng imkoniyatlar yaratilishini ko’zda tutadi. Buning uchun umumiy ro’yxat (familiya, alfavit, raqam bo’yicha) 

tuziladi. So’ng muayyan ijtimoiy yoki ijtimoiy-demografik belgi bo’yicha ro’yxatga kiruvchi elementlarni guruhlab, 

umumiy majmuaning turli strukturalariga ega bo’lamiz, masalan jins, yosh, maъlumot bo’yicha. 

Mutlaq tasodifiy tanlovni tashkil etishning ikki asosiy  usuli mavjud: tadqiqot birligini tanlashning tasodifiy 

qaytariluvchi va qaytarilmaydigan usuli. Ular qurъa qutisi (lotareya) modeliga asoslangan bo’lib, quyidagicha amalga 

oshiriladi: yagona ro’yxatda umumiy majmuaning har bir elementiga hosilaviy raqam tamoyili bo’yicha tartib raqami 

beriladi va har bir raqam “chipta”ga yoziladi, ular qutida obdan aralashtirilgach, tanlov majmuasiga qancha miqdorda 

kuzatuv birligi lozim bo’lsa, shuncha dona chipta ajratib olinadi. Bunda tanlab olingan chiptalardagi raqamlar so’rov 

o’tkazilishi lozim bo’lgan respondentni ko’rsatadi. 

Mutlaq tasodifiy tanlov sotsiologik tadqiqotlarda juda kam qo’llaniladi, chunki umumiy majmuaning hajmi 

juda katta. 



Mexanik tanlov. Qo’llash osonligi tufayli tanlovning bu usulidan keng foydalaniladi. Mexanik tanlovning 

mohiyati quyidagicha: tanlov majmuasi qancha elementdan tashkil topishi kerak bo’lsa, umumiy majmua shuncha 

guruhga bo’linadi va har bir guruhdan bittadan kuzatuv birligi tanlab olinadi. Umumiy majmuadan respondentni 

ajratib olishda kuzatuv birligining umumiy ro’yxatidan foydalaniladi. Bunday ro’yxatlar sifatida alfavitli ro’yxat, 

saylovchilar ro’yxati, tasodifiy raqamlar jadvali yordamida raqamlangan ro’yxatlarni keltirish mumkin. 

So’ng tanlov protsedurasi amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatuv birligi orasidagi masofani ifodalovchi 

hisob qadami quyidagi tenglik orqali aniqlanadi: 

n

N

R



Bunda: N - umumiy majmua hajmi; n -  tanlov majmuasi hajmi. 

Tipik tanlov.   Tipik tanlov tamoyili quyidagicha: umumiy majmua ayrim belgilar bo’yicha tipik 

guruhlarga bo’linadi va tadqiqot kuzatuv birligi har bir guruhdan alohida tanlab olinadi. 

Tipik tanlovda asosiy  vazifa umumiy majmuani tipik guruhlarga, masalan, maъlumot, yosh, mehnat staji va 

hokazo ajratiladigan ijtimoiy-demografik tavsiflarni to’g’ri tanlab olishdan iborat. Toifalash asosi sifatida umumiy 

majmuani ko’proq variatsiyalaydigan belgini tanlash maqsadga muvofiq. Bu holda toifalash orqali nisbatan turdosh 

guruhlar olinadi va shu tariqa tanlovning aniqligi oshadi. 



Seriyali tanlov. Baъzi hollarda sotsiologik tadqiqotlarning asosiy vazifasini bajarish uchun kuzatuv birligi 

sifatida alohida respondentni tanlab olish etarli bo’lmaydi (masalan, brigadalar, guruhlarning mehnat samaradorligini 

o’rganishda), balki birlik sifatida butun jamoani tanlash maqsadga muvofiq va jamoaning har bir aъzosi bilan alohida  

so’rov o’tkaziladi. Seriyali tanlovda kuzatuv birligi sifatida guruhlar tanlanadi va ularda to’liq so’rov o’tkaziladi. 

Tadqiqot uchun seriyalarni tanlab olish mutlaq tasodifiy yoki mexanik tanlov orqali amalga oshirilishi 

mumkin. 


Ko’p bosqichli tanlov. Agar ijtimoiy tadqiqot obъekti yirik korxona bo’lsa, bevosita kuzatuv birligini tanlab 

olishga kirishishdan avval,  oraliq bosqichlarda tanlov amalga oshiriladi va har bir bosqichda bir xil tanlov usuli 

qo’llaniladi. 


 

82

Kuzatuv birligini tanlashda umumiy majmua turli sanoqdagi guruhlar, quyi guruhlar va sh.k.dan tashkil 



topadi. Birinchi bosqichda tanlov yirik guruhlarda, so’ng quyi guruhlarda o’tkaziladi. Eng oxirgi bosqichda kuzatuv 

birligining o’zi tanlab olinadi. 



Kvotali tanlov. Ushbu usulni qo’llash uchun umumiy majmuada ijtimoiy-demografik tavsiflarning 

taqsimlanishi to’g’risida maъlumot zarur. SHundagina strukturasi tanlangan tavsiflari bo’yicha umumiy majmua 

strukturasiga monand tanlov majmuasi tuzilishi mumkin.  

Kvota – oldindan belgilangan kvota parametrlariga ega tanlov majmuasiga nechta kuzatuv birligi kirishini 

ko’rsatadigan qatъiy belgilangan kattalikdir. 

Tanlov majmuasi va panelь majmuasi to’la mos keladigan tavsiflarini kvota parametrlari deyiladi. 

Agar tanlov va umumiy majmuaning strukturalari jins va maъlumot bo’yicha mos kelsa, u holda shu ikki 

tavsif bo’yicha kvota parametrlari tuziladi. 

Kvotali tanlov usuli sotsiologik tadqiqotlar amaliyotidan  keng foydalaniladi va tadqiqotlarni boshqa tanlov 

usullari qo’llaniladigan hollarga qaraganda tez va kamroq xarajat qilib o’tkazish imkonini beradi. 



3. Sotsiologik tadqiqotlarda axborotlar to’plashning asosiy usullari 

Sotsiologik tadqiqotlarda ijtimoiy maъlumotlar to’plashning quyidagi usullari ko’proq qo’llaniladi: 

 

anketa so’rovi; 



 

intervьyu;  



 

kuzatish; 



 

hujjatlarni tahlil etish; 



 

sotsiometrik so’rov; 



 

test o’tkazish; 



 

tajriba va boshqalar. 



Ijtimoiy jarayonlar to’g’risida maъlumot olish uchun, shuningdek, amaliy va tashkiliy o’yinlardan ham 

foydalaniladi. Ular kasb faoliyatining o’xshash modelini tuzish, muayyan ishlab chiqarish vaziyatlari uchun xarakterli 

bo’lgan mehnat munosabatlarini modellashtirishga imkon beradi. 

Istalgan usulni qo’llash uchun, avvalo, instumentariy ishlab chiqish lozim. Sotsiologiyada instumentariy 

deganda, maxsus tayyorlangan hujjatlar: anketa, intervьyu varaqasi, sotsioxarita, kuzatuv varaqasi va boshqalar 

tushuniladi.  

Tayyorlangan instumentariyning sifatini tekshirish uchun pilotaj tadqiqoti o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 

Faqat instumentariyning yaroqliligini tekshirgandan so’nggina maydon tadqiqotiga kirishish mumkin. 

Ijtimoiy tadqiqotda birdaniga bir necha maъlumot to’plash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Sotsiologiya amaliyotida anketalar yordamida respondentdan maъlumot olishdan iborat bo’lgan anketali 

so’rov usuli keng tarqalgan. So’rov insonlarning ijtimoiy maqsadlari, qadriyatlar orientatsiyalari, qiziqishlari, 

ehtiyojlari, faoliyat motivlari to’g’risida tasavvur olishga imkon yaratadi. 



Anketali so’rovda savollarning turkumlanishi. Strukturasi bo’yicha savollar ochiq, yarim yopiq va yopiq 

savollarga ajratiladi. Ochiq savollarga respondent yozma javob tuzishi kerak. Masalan, “U yoki bu voqea to’g’risida 

qanday fikrdasiz?”. Ochiq savollarning kamchiligi shundaki, javoblar turlicha bo’ladi va qayta ishlash qiyinlashadi, 

bundan tashqari subъektiv talqin ehtimolligi oshadi va natijalarga salbiy taъsir ko’rsatadi. YOpiq savollarda berilishi 

mumkin bo’lgan javoblar ro’yxati keltiriladi. Bu turdagi savollarning kamchiligi shundaki, sotsiolog barcha javob 

variantlarini oldindan ko’ra bilmaydi va odatda (ijtimoiy so’rovlar o’tkazish amaliyotini ko’rsatishicha), 

respondentning g’ashini keltiradi. SHu nuqtai nazardan, yarim yopiq savollar eng ideal variant hisoblanadi, ularda 

berilgan muqobil javoblar ro’yxatidan so’ng respondentga o’zining alohida fikrini bildirish imkoniyati yaratiladi. 

SHaklan savollar to’g’ri va projektiv yoki bilvosita bo’lishi mumkin. To’g’ri savollar bevosita mavjud 

vaziyatga taalluqli bo’ladi. Masalan “Sizni ishingiz, boshlig’ingiz, hamkasblaringiz va hokazolar qoniqtiradimi?”. 

Bevosita savollarning kamchiligi shundaki, respondentlar ularga obъektiv javob berishni istamaydi. Projektiv yoki 

bilvosita savollar jamoa, kichik guruhlardagi shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirish uchun qulayroq 

hisoblanib, anketali so’rovlardan tashqari sotsiometrik tadqiqotlarda ham qo’llaniladi. Savolning bu turi, odatda, 

quyidagicha tuziladi: “Faraz qiling (yoki agarda) siz boshqa ishga o’tdingiz, oldingi boshlig’ingiz, hamkasblaringiz va 

hokazolar bilan ishlashni istarmidingiz?” 

Vazifasiga qarab savollar asosiy, filьtrlovchi, nazorat va kontakt savollarga bo’linadi. 

Asosiy  savollar hodisalar va ijtimoiy faktlar haqida maъlumot olishga mo’ljallangan. Filьtrlovchi savollardan 

kerakli respondentni aniqlash yoki uning axborotga egalik darajasini tekshirish uchun foydalaniladi. 

Nazorat savollari asosiy savollarga berilgan javoblarning to’g’riligini, olingan maъlumotning ishonchliligi va 

sifatini aniqlash uchun qo’yiladi. 

Kontakt savollar respondentni anketaga o’rgatish va u bilan aloqaga kirish uchun qo’llaniladi. Anketa kontakt 

savoldan boshlanadi, shuning uchun u respondent tushunadigan va keyingi savollarga javob berishga qiziqish 

uyg’otadigan darajada sodda va qiziqarli bo’lishi kerak. 

Anketa tuzilishi. Kirish qismi so’rov o’tkazayotgan tashkilotning nomi, so’rovning maqsadi va ijtimoiy 

tadqiqot natijalaridan qay taxlit foydalanish ko’rsatiladigan respondentga murojaatdan iborat bo’lib, unda 

respondentning shaxsiy ishtiroki ahamiyati va muhimligi taъkidlanadi, javoblarning sir saqlanishi kafolatlanadi, 

anketani to’ldirish qoidalari tushuntiriladi. 



 

83

Asosiy  qism, odatda, bir necha savollar bloklarini o’z ichiga oladi. Birinchi blok haqiqiy maъlumot olishga 

qaratiladi va uncha qiyin bo’lmagan savollardan tashkil topadi. Ikkinchi blokda savollar murakkablashib boradi, 

masalan, respondentning qadriyatlar orientatsiyalari, ijtimoiy maqsadlari, fikrlari va munosabatlari aniqlanadi. 

Uchinchi blok eng nozik va nazorat savollaridan iborat bo’lib, maъlumotni chuqurlashtirish va tekshirishga qaratiladi. 

Anketaning  demografik qismi respondentning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy-demografik tavsiflari, masalan 

lavozimi, kasbi, oilaviy ahvoli, jinsi, yoshi, mehnat staji, oilaning jon boshiga to’g’ri keladigan daromadi va hokazolar 

taalluqli savollardan tuziladi. 



So’rov sifatini taъminlaydigan asosiy  qoidalar. Birinchidan, faqat  maъlumot to’plashning boshqa 

yo’llari bilan, masalan, rasmiy hujjatlar orqali javob olish mumkin bo’lmagan, asosiy  savollargina kiritilishi lozim.  



Ikkinchidan, savollar respondentga tushunarli qilib tuzilishi, turlicha maъnolar kasb etmasligi, 

respondentning maъlumoti va bilimlar darajasiga monand bulishi kerak. Buning uchun har bir savol sinovdan 

(muhokamadan) o’tkaziladi.  

Uchinchidan, savollar, umuman olganda, respondent javob bera oladigan qilib tuzilishi zarur. Bunda xotira 

omili va voqeaning qachon yuz bergani inobatga olinadi. 



To’rtinchidan, savollar respondentda ijobiy reaktsiya uyg’otib, uni aniq javob berishga undashi lozim. 

Buning uchun ular etarli darajada mantiqli va muloyim qilib tuzilishi kerak. 



Intervьyu usuli 

Intervьyu – bu, intervьyuerning respondent bilan bevosita, maqsadga muvofiq suhbati orqali maъlumot olish 

usulidir. Foydalanish darajasi va olingan maъlumotning ishonchliligi bo’yicha u eng asosiy  usullardan sanaladi. 

Sotsiologik tadqiqotlarda intervьyu usulini qo’llashning asosiy  sohalari quyidagilar: 

-

 



gipotezalar tuzish va muammoni aniqlash; 

-

 



yirik miqyosdagi ijtimoiy so’rovlar o’tkazish uslubiyotini ishlab chiqish; 

-

 



kichik tanlovli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda maъlumot to’plashning qo’shimcha usuli sifatida; 

-

 



maъlumot bazasini aniqlash va tekshirish uchun nazorat tadqiqotlarida.  

Anketali usul bilan taqqoslaganda intervьyu usuli bir qator kamchiliklar va afzalliklarga ega. SHu bois 

rejalashda ulardan qaysi biri afzalroq, yaъni kam vaqt va mablag’ sarflab, muhimroq va ishonchli maъlumot olish 

mumkinligini aniqlashga to’g’ri keladi. Bu tanlov tadqiqotning aniq maqsad va vazifalari, shuningdek, tashkiliy 

imkoniyatlari va sharoitlariga bog’liq. 

Anketali va intervьyu usullari sotsiolog va respondentning savol-javobga kirishish shakli bilan farqlanadi. 

Intervьyu usulida tadqiqotchi va respondent o’rtasidagi kontakt tadqiqotchi ko’zda tutgan savollarni berish, 

har bir kishi bilan suhbat tashkil etish va o’tkazish, olingan javoblarni yo’riqnomaga muvofiq belgilash bilan 

shug’ullanadigan intervьyuer orqali amalga oshiriladi. 

Muayyan hajmdagi maъlumotni olish uchun tadqiqotchi intervьyu usulida anketali usulga qaraganda ko’proq 

vaqt va mablag’ sarflaydi. 

Intervьyularni turkumlash. Texnikasi va shakli bo’yicha intervьyular shaklga ega (standartga keltirilgan) 

va shaklga ega bo’lmagan (nostandart) intervьyularga ajratiladi. SHaklga ega intervьyularda savollarning tuzilishi

tartibi, mumkin bo’lgan javoblarning ro’yxati, soni yozuv shakli oldindan belgilab qo’yiladi. 

Nostandart intervьyuda esa, suhbat umumiy mavzuda yuritiladi, savollar va javoblar oldindan aniqlab 

qo’yilmaydi va yozuv standartlashtirilmaydi. Bu intervьyuning tabiiy vaziyatdagi eng qulay va samarali turi 

hisoblanib, gipotezalar ishlab chiqish va anketa tuzish uchun obъekt xususida bilimlarni kengaytirish zarur bo’lgan, 

yaъni sotsiologik tadqiqotlarning o’rganish (razvedka) bosqichida juda muhim.  

Materiallarni qayta ishlash va tahlilning qiyinligi, intervьyuerning kasb mahorati va uning subъektiv 

tasavvuriga bog’liqligi, yaъni muammoning mohiyatini ixtiyoriy ravishda talqin qilish mumkinligi nostandart 

intervьyuning kamchiliklaridan sanaladi. 

Intervьyularni o’tkazilish tartibi bo’yicha turkumlash. SHaxsiy intervьyu – biron-bir muammoni 

o’rganishning eng keng tarqalgan usuli. U intervьyuni maxsus o’rgatilgan intervьyuerlar tomonidan ko’chada, 

ishxonada, uylarda yoki odam gavjum joylarda o’tkazilishini ko’zda tutadi. Ushbu usul “yuzma-yuz” deb ataladi va 

intervьyuer bilan respondentning bevosita aloqasiga asoslanadi. 



Guruhli intervьyu birvarakayiga uncha ko’p bo’lmagan  kishilar – guruh, oila, brigada bilan so’rov 

o’tkazishni ko’zda tutadi. Odatda, bunda umumiy mavzularda munozara yuritiladi. Guruhli intervьyu uchun guruh 

tanlanadi (10 kishigacha), ular bilan maъlum bir mavzuda muhokama o’tkaziladi, suhbatning borishini maxsus 

tayyorlangan intervьyuer - modator belgilaydi. 



Teran (klinik) intervьyu respondentning ijtimoiy maqsadlari, qadriyatlari orientatsiyasi, manfaatlari, 

motivlari to’g’risida batafsil maъlumot olishga qaratilgan. YAkka tartibdagi teran intervьyu guruhlarda muhokama 

qilinmaydigan o’ta shaxsiy, nozik masalalarni o’rganishda, ayniqsa, qo’l keladi.    

Telefon orqali intervьyu hozirgi vaqtda turli xarajatlarsiz va ijtimoiy tadqiqotni qisqa muddatda o’tkazishga 

izn beruvchi usul sifatida keng tarqalmoqda. U mamlakatning turli joylarida yashovchi respondentlar bilan 

qiyinchiliksiz aloqaga kirishish imkonini beradi. Telefon orqali intervьyuni tashkil etish qiyinchilik tug’dirmaydi, 

chunki reprezentativ tanlovni telefon maъlumotnomalari orqali amalga oshirish mumkin. Ammo telefon orqali 

intervьyu bir qator cheklashlar tug’diradi. Masalan, bunda ko’rgazmali materiallar kiritilmaydigan, tushunishga oson 

savollardan tuzilgan eng qisqa anketalar qo’llaniladi; agar so’rov mavzusi abonentlarni qiziqtirmasa yoki ular uchun 

dolzarb bo’lmasa, abonentlar anketa savollarlariga javob qaytarishdan bosh tortishlari mumkin. 


 

84

Pochta orqali so’rovlarning mohiyati quyidagicha: sotsiolog anketani pochta orqali maxsus xat va o’zining 

manzili yozilgan xatjild bilan birgalikda jo’natadi. Ushbu usulning afzalligi tajamliligida, geografik jihatdan tarqoq 

respondentlar, masalan fermerlar, biron kam millat vakillari, alohida aholi punktlarida istiqomat qiluvchilar o’rtasida 

tadqiqot o’tkazishga qulayligida. Intervьyuer bilan respondent o’rtasida o’zaro aloqaning yo’qligi (savolni tushuntirib 

berishning imkoni yo’q) va jo’natilayotgan javoblarning kamligi (30 foiz atrofida) ushbu usulning kamchiliklari 

hisoblanadi.  

Sotsiologiyada maъlumot to’plashning muhim usullaridan yana biri tadqiqot vazifalariga mos tarzda ijtimoiy 

jarayonlarni maqsadga muvofiq va sistemali ravishda qayd etib borishdan iborat bo’lgan kuzatish usulidir. 

Kuzatish usulining xususiyati shundaki, bunda o’rganilayotgan obъekt haqida noobъektiv, buzilgan 

maъlumot olish ehtimolligi katta, chunki kuzatish faktining o’zi kuzatilayotganlar xulqini o’zgartiradi. 

Kuzatish usulini obъekt haqida boshlang’ich maъlumot olish, muammoni oydinlashtirish, faraz ishlab chiqish 

zarur bo’lgan dastur tuzish jarayonida, shuningdek, boshqa usullar bilan olingan maъlumotlarni tekshirib ko’rish 

uchun qo’llash mumkin. 

Hujjatlarni tahlil etish usuli sotsiologiyada keng qo’llaniladi. Hujjatlar deganda maъlumotni qayd etish, 

uzatish va saqlash uchun mo’ljallangan axborot tashuvchilar tushuniladi. Tadqiqot vazifasini hal etish obъekt haqidagi 

maъlumotlar ishonchli bo’lishi uchun qanday hujjatlarni o’rganish kerakligini aniqlab olishni talab etadi. 

Maъlumot qayd etilgan shakliga qarab hujjatlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 

 



yozma matnlar (bosma, mashinada yozilgan, qo’lyozma); 

 



ikonograf (kino, video, fotohujjatlar); 

 



fonetik (magnitafon yozuvlari). 

Maqomiga qarab hujjatlar rasmiy, yaъni u yoki bu hukumat idoralari chiqargan hujjatlar (hukumat 

materiallari, qarorlari, arxivlar va shu kabilar) va norasmiy hujjatlarga (shaxsiy varaqalar, anketalar, arizalar va 

boshqalar) turkumlanadi. 

Maъlumot manbasiga qarab hujjatlar bevosita kuzatuv yoki so’rov asosida tuzilgan birlamchi va ikkilamchi 

hujjatlarga (birlamchi manbalar maъlumot asosida umumlashtirgan va qayta  ishlab yaratilgan) bo’linadi. 

So’rovning o’ziga xos turi sotsiometrik so’rovdir. “Sotsiometriya” atamasining lug’aviy maъnosi do’stona 

munosabatlar darajasini aniqlashdir. Sotsiometrik so’rov ijtimoiy-psixologik usullarga kiradi. U brigadalarni ishlashi 

va birlamchi mehnat jamoalaridagi mehnat munosabatlarining xususiyatlarini o’rganish uchun keng qo’llaniladi. SHu 

bois uni ijtimoiy tadqiqot usullaridan biri deb qarash mumkin. Bu usuldan turli shaxslararo munosabatlarni tadqiq 

etishda foydalaniladi. Sotsiometrik so’rov o’tkazishning asosiy vosita birlamchi jamoaning har bir aъzosi tomonidan 

to’ldiriladigan sotsiometrik varaqadir. Sotsiometrik varaqalarni tahlil etish orqali quyidagi shaxslararo munosabatlarni 

aniqlash mumkin: moyillik, afzal ko’rish (yaъni, ijtimoiy tanlov) va yuz o’girish, og’ish, yaъni salbiy tanlov, 

shuningdek, rad etish va befarqlik. 

Sotsiometrik varaqa savoli sotsiometrik mezon deyiladi. Har bir mezon bo’yicha sotsioxaritalarni to’ldirish 

asosida sotsiometrik matritsa tuziladi. U “shaxmat” jadvali shaklida bo’lib, qatorlarida “kim tanlashi”, ustunlarida esa 

“kimni tanlashi” ko’rsatiladi. Bunda sotsiomatritsa qatorlari va ustunlari soni mehnat jamoasi aъzolari soniga teng, 

ularning familiyasi gorizontal va vertikal bo’yicha tutashadi. 

Maъlumot to’plash usullaridan yana biri test o’tkazishdirTest – bu, qisqa standartlashtirilgan sinov bo’lib, 

insonda shaxsiy jihatlar, qobilyat va layoqat, motivlar va ruhiy holatning mavjudligi va namoyon bo’lish darajasini 

aniqlashga qaratiladi. YOshlarning kasb orientatsiyalari, shaxsning turli faoliyat jabhalaridagi qobilyatlari va 

etakchilik, ijtimoiy maqsadlari, qiziqishlari, ehtiyojlari, tipologiyasini aniqlashda testdan keng foydalaniladi. 



Tayanch iboralar 

Ijtimoiy xodisalar; muammolarni o’rganish; ijtimoiy tadqiqot; mohiyati; uslubiyoti; tadqiqot muammosi; 

maqsadi; vazifalari; aniqlash; tahlil etish; ish farazlarini ilgari surish; izohli farazlar; printsipial va strategik reja; 

maъlumotlarni to’plash; ish tartibini tanlash; kuzatuv birligi; tanlov usuli; majmuasi; tanlov  turlari: mutloq tasodifiy; 

mexanik; tipik; seriyali; ko’p bosqichli; kvotali; axborotlar to’plamining usullari; anketa tuzilishi; intervьyu; 

intervyularni o’tkazish tartibi; turkumlash; guruhli intervyu. telefon orqali intervьyu; pochta orqali so’rovlar; kuzatish 

usulining xususiyatlari; sotsiometrik so’rov; test o’tkazish; tajriba; ijtimoiy jarayonlar; sotsiometrik mezon. 

Qisqacha xulosalar 

Sotsiologik tadqiqotlar «Sotsiologiya»ning eng muhim yo’nalishlaridan biridir. «Mehnat sotsiologiyasi» 

mehnat sohasidagi sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish usullarini o’rganish va amaliyotga tatbiq etishni 

o’rgatadi. Mazkur tadqiqotlarni to’g’ri amalga oshirish orqali mehnat sohasidagi ijtimoiy-mehnat jarayonlarini va 

muammolarni o’rganish va tahlil etish, olingan maъlumotlar asosida  xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish mumkin. 

Bu amaliy jihatdan juda muhim. SHu bois sotsiologik tadqiqotlar uslubiyoti va usullarini to’la o’zlashtirish maqsadga 

muvofiqdir. Sotsiologik tadqiqot usullarini samarali qo’llash ishonchli axborotlar to’plash imkonini beradi. 

Nazorat va muhokama uchun savollar 

1.

 



Sotsiologik tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini aytib bering. Sotsiologik tadqiqotlarning qanday 

bosqichlarini bilasiz? 

2.

 

Sotsiologik tadqiqotlarda qanday tanlov usullaridan foydalaniladi?  



3.

 

Tanlov majmuasi nima? Tanlov qadamini aniqlash formulasini keltiring. 



4.

 

Sotsiologik tadqiqotlarda maъlumot to’plashning qanday usullari mavjud?  



5.

 

Anketa va intervьyu usullarining farqini aytib bering.  



6.

 

Anketali usulda savollar qanday turkumlanadi?   



 

85

7.



 

Sotsiologik axborot to’plashning test uslubi mohiyatini ochib bering. 



Adabiyotlar ro’yxati 

1.

 



Abdurahmanov Q.X. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001. 

2.

 



Abdurahmonov Q.X. «Mehnat iqtisodiyoti» (Darslik) Toshkent 2004. 

3.

 



Abdurahmonov Q.X  Xolmo’minov SH.R “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”(o’quv.qo’l) T.:2004. 

4.

 



Abdurahmonov Q.H., Tohirova X.T.,Zokirova N.Q. “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish”(o’quv.qo’l)  –T.: 

2004. 


5.

 

Genkin B.M. “Ekonomika i sotsiologiya truda”: Uchebn. dlya vuzov Moskva 2003. 



6.

 

Adamchuk V.V.Ekonomika i sotsiologiya truda: Uchebnik dlya vuzov Moskva 2001. 



7.

 

Barbarova E.L. Ekonomika i sotsiologiya truda –M:. 2005. 



8.

 

Varanskiy G.B. Ekonomika i sotsiologiya truda Vыborg  2001. 



9.

 

Xolmurodov S.E., SHoyusupova N.T. “Iqtisodiy sotsiologiya”(o’quv.qo’l)  –T.: 2004. 

10.

 

A.Kunze, C.Dustmann  Male 2001. - Female Wage Growth, Occupational Segregation, and Technological 



Change G’ 15th Annual Conference of the European Society for Population Economics, Afinы, 2001. 

Internet saytlari: 

1.

 



www.bolero.ruG’ Ekonomika i sotsiologiya truda 

2.

 



www.book.vsem.ruEkonomika i sotsiologiya truda. 

3.

 



www.snicke.nm.ruEkonomika i sotsiologiya truda. 

4.

 



www.pskov.engec.ruG’ekonomika i sotsiologiya truda 

 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling