Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana17.02.2017
Hajmi0.79 Mb.
#615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

 

1

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi 



 

 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

Tursınov M.J. 

 

 



Jah’on xo’jaligi geografiyaci fanidan 

 

maruzalar matni 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Nukus -2010 yil 

 

 

3

Kirish 



 

 

Jahon xo’jaligi geografiyasi jahon xo’jaligining rivojlanishi, umumiy tarifi, 



rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Jahon xo’jaligining asosiy belgilaridan mehnat 

taqsimoti, uning bo’limlarini o’rganadi. 

 

Jahon xo’jaligi geografiyasida jahon xo’jaligining shakllanish bosqichlari va 



rivojlanishining hozirgi davrdagi hususiyatlarini o’rganadi. 

 

Jahon xo’jaligi geografiyasida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanish omillari va 



hususiyatlari, tarixiy iqtisodiy-ijtimoiy geografik va siyosiy jihatdan rivojlanishi taxlil 

qilinadi. 

«Jahon xo’jaligi geografiyasi» fanidan jahon xo’jaligining asosiy bo’limlar 

hisoblangan moddiy va nomoddiy tarmoqlar keng tahlil qilinadi. 

Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishida sanoatning tutgan wrni va uning 

hududiy rivojlanishi tasir qiluvchi omillar o’sti. Jahon xo’jaligining rivojlanishida fan-

texnika taraqqiyotining tutgan o’rni. Jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, 

ularning dunyo xo’jaligida tasirida tutgan o’rni va rivojlanish xususiyatlari hisoblanadi. 

Jahon xo’jaligi rivojlanishida foydali qozilma boyliklari, yoqilg’i energetik resurslar va 

xomashyo resurslari ahamiyati talqin qilinadi. 

Jahon xo’jaligi tizimida muhim o’rin tutgan transport omili va uning xududiy 

joylashuvi, xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni o’sti. Jahon xo’jaligi rivojlanishida 

rivojlangan davlatlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, siyosiy tashkilotlar va hokoza. 

Fanni o’rganishda jahon mineral resurslar, ularning joylashish xususiyatlari, mehnat 

resurslari, xo’jalik tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

4

II. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirishning qonuniyatlari, 



shakllari, omillari 

 

Reja: 

1.  İshlab chiqarish jarayoni. 

2.  Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. 

3.  İshlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari. 

4.  İshlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari. 

5.  İshlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari. 

 

1. İshlab chiqarish jarayoni 



İshlab chiqarish - bu jamiyat faoliyatining eng muhim jihatidir. İshlab chiqarish 

jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat xayotiy 

nematlar yaratiladi. İshlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi 

shart. Frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini asoslab, 

ularga er, kapital va mehnatni kiritgan hamda ularning o’zaro tasiri ishlab chiqarish 

ekanligini qayd etgan. 

İshlab chiqarishning 3 omili borlig’idan K.Marks talimoti ham kelib chiqa-di, lekin 

ularni ish kuchi, mehnat predmetlari va mehnat vositalari deb ataydi. 

Hozirgi G’arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani 

olg’a surib, ularga er, kapital, mehnat va nihoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar. Yani, 

to’rtinchi omil ham mavjud deydilar. İshlab chiqarishning umuminsoniy faoliyat deb 

qaralishi, uning shaxsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy omillari borligidan dalolat beradi. 

Shaxsiy-insoniy omil deganda, ish kuchini, uning amal qilish natijasi bo’lgan mehnatni 

tushuntirish kerak. İsh kuchi- bu insonning mehnat qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy 

qobiliyatidir.  İsh kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili hisoblanadi, chunki inson 

mehnatsiz, uning ijodisiz eng mukammal mashinalar bo’lganda ham, tirikchilik buyumlarini 

yaratib bo’lmaydi. İnson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ammo ishlab chiqarish 

uchun moddiy shart-sharoitlar talab qilinadi. Shu sababli, ishlab chiqarishning moddiy 



ashyoviy omillari ham borki, ularga tabiiy boyliklar, yaratilgan ashyolar (mehnat 

predmetlari) va nihoyat mehnat vositalari - qurollari kiradi. İshlab chiqarish har doim 

tabiatga tayangan. Er, suv, er osti boyliklari, o’rmonlar va boshqalar unga materiallar 

etkazib beradi. Tabiat qanchalik boy bo’lmasin, baribir, bu boylikni mehnatsiz ishlab 

chiqarishga jalb etib bo’lmaydi. Mehnat orqali tabiatdagi narsalar inson ehtiyojiga 

moslashtiriladi. 

Mehnat bilan tabiatni boylik manbai sifatidagi ahamiyati bir xil emas. Bir mamlakat 

ishlab chiqarishi u erdagi tabiiy boylikka tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. 

Masalan, Quvayt yoki Saudiya Arabistonining iqtisodiy rivojiga asosiy hissa qo’shgan omil 

– bu ular tabiatining neftga boy bo’lishidir. Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo’lgan 

Yaponiya, Koreya respublikasini iqtisodiy “gullashi”ning asosiy omili - bu mehnat

aniqrog’i intellektual mehnat, yani shaxsiy-insoniy omildir.  

Moddiy-ashyoviy omillar shaxsiy-insoniy omil bilan birikkan taqdirdagina ishlab 

chiqarish yuz beradi, hayotiy nematlar yaratiladiki, ular birinchidan moddiy mahsulotlardan, 

ikkinchidan har xil xizmatlardan iborat bo’ladi. 

İshlab chiqarish ikki qismga bo’linadi: 

1. Moddiy ishlab chiqarish - moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, 

kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan 

xizmatlarni yaratish, masalan yuk tashish, yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish 


 

5

axborotini uzatish va hokozolardir. Mazkur sohaga sanoat transport, aloqa, qurilish, qishloq 



xo’jaligi va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. 

2. Nomoddiy ishlab chiqarish - bu moddiy shaklga ega bo’lmasada, aholi uchun zarur 

xizmatlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga maishiy va tibbiy xizmat, 

sport, bilim berish va shular kabi xizmatlar kiradi. 

 

1.  Mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi 

Har qanday ishlab chiqarish avvalambor umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, unga 

xos belgilardan biri – bu ixtisoslashuvdir. 

İxtisoslashuv  - ishlab chiqarishning muayyan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 

ko’rsatishga moslashuvidir. İxtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti turadi. Har bir mehnat 

turi aniq bir mahsulotni yoki uning bazi-bir qismini yaratishga qaratiladi. Masalan, duradgor 

mehnati yog’och buyumlar, chevar mehnati kiyim-kechak, chorvador mehnati go’sht-sut 

yaratishga, vrach mehnati tibbiy xizmat ko’rsatishga qaratilgandir. Jamiyat azolarining 

mehnati- bu ijtimoiy mehnat bo’lib, uning turlari ixtisoslashadi. 



Mehnat taqsimoti - ijtimoiy mehnatni mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga 

ajralishi jarayonidan iboratdir. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini ko’paytirib, ularni ayrim 

kishilarga kasb sifatida birkitib qo’yadi. İshlab chiqarishda har xil mehnatni bajaruvchi 

kishilar qatnashadiki, ularni ingliz iqtisodchisi Adam Smit “İqtisodiy individlar” deb atagan. 

Mehnat taqsimoti ana shu kishilarning o’zaro munosabatda bo’lishini taqazo etadi.  

Uning vositasida kishilar o’z faoliyati bilan bir-biriga xizmat qiladi, yani kishilar 

boshqalarning aniq mehnati natijalaridan bahramand bo’ladilar. 

Faoliyat turlari bo’yicha qaraganda, mehnat taqsimoti uch yo’nalishda rivojlanadi: 

umumiy, xususiy, qisman. 

Umumiy mehnat taqsimoti - yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil 

ahamiyat kasb etishi, mehnatning yirik sohalarga bo’linishidir. Bunga mehnatning moddiy 

va nomoddiy, sanoat va qishloq xo’jaligi, transport va qurilish, savdo va maishiy xizmat, 

xalq talimi va sog’liqni saqlash sohalaridagi mehnat turlariga ajralishi misol bo’lishi 

mumkin. Shu jihatdan olganda, industrial mehnat, agrar mehnat, xizmat ko’rsatish mehnati 

mavjuddir. 



Xususiy mehnat taqsimoti - yirik sohalar ichidagi mehnat taqsimoti. Muayyan 

sohadagi bir mehnatdan boshqasi ajralib chiqib ixtisoslashadi, mehnat turlari ko’payadi. 

Masalan, qishloq xo’jaligidagi agrar mehnat chorvachilik, dehqonchilik, bog’dorchilik 

mehnat turlariga ajraladi. Sanoatda ham shunday jarayon yuz beradi, xususan undirish va 

qayta ishlash, og’ir va engil sanoat mehnat turlari ajralib chiqadi. Mashinasozlikni olsak, u 

erda avtomobilsozlik, taktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlarga xos 

mehnat turlar paydo bo’lgan.  

Qisman mehnat taqsimoti - korxona doirasida bo’ladigan mehnat turlarining o’zaro 

ajralib, ixtisoslashishi. Bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari 

bo’yicha, aniqrog’i mahsulot uchun kerak bo’lgan ayrim qismlarni ishlab chiqarishga 

ixtisoslashgan turlariga ajraladi. Masalan, qurilish korxonalarida mehnat g’isht teruvchi, 

suvoqchi, bo’yoqchi, duradgor, elektrik, santexnik mehnati kabi turlarga ajraladi.  

Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda, uning muayyan 

hudud doirasida ham taqsimlanishi yuz beradi. Mehnatning hudud miqyosida taqsimlanishi 

ikki xil bo’ladi: 

1. Hududiy mehnat taqsimoti - muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki 

mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Sanoat va qishloq xo’jaligi hududlari borki, ular 

industrial yoki agrar mehnat sohasida ixtisoslashadilar. Har bir hudud doirasida ham ichki 


 

6

ixtisoslashuv yuz beradi. Masalan, agrar hududda bog’dorchilik, donchilik, sabzovotchilik, 



chorvachilikka ixtisoslashgan kichik bo’limlar ham bo’ladi.  

2. Xalqaro mehnat taqsimoti - mehnatning miqdori va sifatini hisobga olib, uning 

malakatlar o’rtasida malum nisbatda va iqtisodiy nafni ko’zlagan holda taqsimlanishi. Bu 

mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim 

mamlakatlarga ularning ustivor faoliyati sifatida biriktirilishidir. 

Xalqaro mehnat taqsimoti- ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi 

o’rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini 

bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi. 

Xalqaro mehnat taqsimoti mehnat taqsimlanishining eng yuksak darajasi hisoblanadi. 

Mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, mehnat unumi shunchalik yuqorilashadi. İshlab 

chiqarish kuchlarining naqadar rivoj topganini mehnat taqsimotining rivojidan ko’rish 

mumkin. Agar mehnat qanchalik tor ixtisoslashgan bo’lsa, uning sir-asrorlarini chuqur 

egallab, mahoratni oshirib, ish unumini ko’tarish mumkin, ish operatsiyalarini aniq bajarib, 

mahsulot sifatini taminlash mumkin. Xullas, mehnatning ixtisoslashuvi uning unumdorligini 

oshirish shartiga aylanadi. 

Mehnat taqsimotining muqarrar yuz berishi va davom etishi malum iqtisodiy qonun 

tasirida boradi. Umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga mehnat taqsimoti qonuni ham kiradi, 

unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangi mehnat turlari 

uzluksiz paydo bo’lib, mehnatning ixtisoslashib borishi uning unumdorligini oshiradi. 

Mazkur qonun iqtisodiyot taraqqiyotining hamma bosqichlariga xosdir.  

 

2.  İshlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari 

İshlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy rivojlantirish qonuniyatlariga 

quyidagilar kiradi: 

1. İshlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. 

Bunga muvofiq ishlab chtqarish korxonalarini ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari 

asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq. 

Masalan,Suvni ko’p talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv 

manbalariga yaqin joylashtirish maqul. 

Mehnatni ko’p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehnat resurslari shakllangan 

markazlarga yaqinroq. 

Kundalik istemol qilinuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni istemolchilarga 

yaqinroq joylashtirish va hokazo. 

2. İshlab chiqarishni hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. 

Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o’rtasida eng takomillashgan 

ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki 

ko’zda tutiladi. 

3. Hududlarni majmuali (kompleks) rivojlanish qonuniyati. 

Bunda hududni (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) majmuali rivojlanishi deganda 

xo’jaligidagi mutanosiblik (proportsionallik), ishlab chiqarish korxonalarini mahalliy tabiiy 

va iqtisodiy sharoitga mos kelishi, ixtisoslashgan tarmoqlarni, infrastrukturasini 

(infratuzilma), turli masshtabdagi shaharlarni rivojlanishini va tabiiy muhitni foydalanish va 

hokozolar nazarda tutiladi. 



 

3.  İshlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari 

İshlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari- kontsentratsiya (mujassamlashuv), 

ixtisoslashuv, kooperatsiyalashuv va kombinatlashuv ayni paytda ijtimoiy va hududiy 

tomonlarga egadir. 



 

7

Biz uchun albatta ishlab chiqarishni hududiy tomoni etakchi rol o’ynaydi. O’zaro 



bog’liq jarayonlarni uyushtirgan holda o’rganish, tahlil qilish biridan ikkinchisiga o’ta bilish 

geografik fikrlashning muhim xususiyatidir.  

İshlab chiqarishni tashkil etish shakllari tahlilini mujassamlashuvdan boshlash 

maqsadga muvofiqdir. Zero qolgan shakllarning negizida ham u yoki bu ko’rinishdagi 

mujassamlashuvni ko’rishimiz mumkin. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning 

to’planishi, yig’ilishi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik 

jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo’jaligi transport, yani moddiy sohalarda yaqqol 

namoyon bo’ladi. Qolaversa, fanimiz obektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil 

etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. İjtimoiy (sotsial) obektlarning 

hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, 

aholi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo’jaligi, 

transport va boshqa tarmoqlarning to’g’ri joylashtirish asosida amalga oshiriladi. Biz bu 

erda mujassamlashuvning hududiy tomoniga etibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq 

xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. Umuman olganda, mujassamlashuv 

sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli ko’rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, 

yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig’ilishi, to’planishi 

sof xoldagi ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlarda 

joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko’rsatish o’rinli.  

Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o’tib turadi va turli rayon yoki 

mamlakatlarda har xil birikmada bo’ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi 

malum bir bosqichga etgandan keyin o’ziga xos vaziyat vujudga keladi, yani endi mazkur 

shaharda qo’shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport 

muammolari keskinlashadi, qurish uchun er maydoni etishmaydi va ayni paytda yangi 

korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham hohlamaydi. Demak, yirik shaharda ham 

emas undan uzoqda ham emas, shaharning imkoniyati yo’q, korxona esa undan yiroqlasha 

olmaydi. Natijada yangi korxona yoki muassasalar, oliy o’quv yurtlari yirik shaharlarning 

tasir doirasida o’rnashadi. Natijada shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga 

keladi. 

Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go’sht 

kombinati (O’rtaovul shaharasi), ToshGRES, Toshkent agrar universiteti (Yalang’och 

shaharchasi), Yadro fizikasi instituti (Ulug’bek shaharchasi), alkogolsiz ichimliklar  kombinati 

(Qibray) va hokazolarni ko’rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo’jaligi uchun zarur 

bo’lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yo’q. Lekin bu korxonalar istemolchi, 

sanoat, ilm-fan markaziga yaqin bo’lmog’i lozim. Bundan yana bir xulosa, yani ishlab 

chiqarishning mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o’rtasida munosabat kelib chiqadi. 

Dastlab shaharning vujudga kelishi va uyg’onishida ishlab chiqarishni joylashtirish etakchi rol 

o’ynaydi keyinchalik o’zi ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish omiliga aylanadi. 

Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiramiz. Masalan, O’zbekiston sanoat 

mahsulotining yarmidan ko’pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar 

ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi 

mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar respublika sanoat mahsulotining 

taxminan 21 %ni beradi – bu urbanistik mujassamlashuv bo’ladi. Agar Farg’ona vodiysini 

respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o’simlik moyi 

ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko’rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda 

tutgan bo’lamiz. 

Mujassamlashuvning yuqori va pastligi ayni paytda malum bir sohaning rivojlanganlik 

darajasini belgilaydi. Bu erda “umumiy mahraj” bo’lib shahar, viloyatda yashovchi 

aholining ulushi, xissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg’ona vodiysida respublika aholisining 


 

8

27 %i joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko’rsatkichi shu raqamdan yuqori bo’lsa, 



u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog’i vodiyda rivojlangan, mujassamlashgan bo’ladi. 

Korxona urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon va mamlakatlarda 

turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi 

yuqori urbanistik mujassamlashuvga to’g’ri kelish hollari ham uchraydi. Bu holda shaharda 

kichik korxonalar soni juda ko’payadi. Aksincha, urbanistik mujassamlashuv past, ammo 

ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo’lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, 

masalan, Xivada katta gilam kombinatini joylashuvi misol bo’ladi. 

Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa o’ta yirik korxonalarni barpo 

etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday hollarda ham 

harajatlar ko’payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi – ekologik muvozanat 

buziladi. 

Qaysi darajadagi mujassamlashuv maqul degan savol tug’iladi. Axir ayni bir hajmdagi 

mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-

ku. Bu erda ham bir tomonlamalik, qatiylik zararli bo’lsa kerak. Binobarin, turli xil 

yiriklikdagi korxonalar, shaharlar bo’lgani maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Demak, 

mujassamlashuv obektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy 

samaradorlikka ega bo’lsada uning malum chegarasi, ko’lami, doirasi bo’lishi shart. 

İshlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o’ta 

markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi. Respublikada ham faqat Toshkent yoki 

Toshkent viloyatini rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o’z holiga qoldiriaverish ham 

yaramaydi, albatta. Shu bois Qoraqalpog’iston Surxandaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishi jadallashtirish zamon talabi bo’lib bu masalalar mustaqil 

davlatimizning ilmiy asosda ishlab chiqilgan hududiy siyosatida ham o’z aksini topmog’i 

lozim. 

İxtisoslashuv ham ishlab chiqarishning tashkil qilishning muhim shakli bo’lib, bu 

mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchars bog’liqdir. 

Uning  uch bosqich va uch turi mavjud. İxtisoslashuvning uch bosqichi deganda 

korxona, shahar yoki rayon miqiyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi. Boshqacha qilib 

aytganda ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida malum bir 

mahsulotni ishlab chiqarish biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu korxona, shahar va 

rayonlarning “qiyofasini” ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi.  



İxtisoslashuvning uch turi –  

1) Bu qism (detal)  

2) Texnologik yoki yarim mahsulot  

Predmet (tovar mahsuloti ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. 

İxtisoslashuvning bunday ko’rinishi bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy 

bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. İxtisoslashuv  oqibatida xalq xo’jaligining 

tarmoqlari vujudga keladi, iqtsodiy rayonlar, shaxarlarning funktsional turlari shakllanadi. 

Shu bilan birga u tashqi transport, iqtisodiy aloqalarni taqazo etadi, chunki ishlab 

chiqarilgan va mahalliy istemoldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur 

rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. 

İxtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi mahsulot 

faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi 

yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun 

ixtisoslashgan soha bo’lmasligi mumkin.  

Aytaylik  rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab chiqarilgan 

mahsulot shu erning o’zida batamom istemol qilinsa yoki anksincha ushbu mahsulot 



 

9

mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa har ikkala holda ham 



to’laqonli ixtisoslashuv bo’lmaydi. Birinchi misolda oddiy natural xo’jalik, ikkinchi holda 

esa hom-ashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat ekanligini guvohi bo’lamiz, 

chunki ko’p degan so’z har doim ham ortiqcha manoni anglatmaydi. Masalan, Rossiyaning 

markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko’proq kartoshka yoki Boltiqbo’yi davlatlariga 

ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning markaziy 

rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlar o’z joyida istemol 

qilinadi, chunki rayonning o’zida 30 mln. dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka 

Belorussiya uchun, sut Boltiqbo’yi davlatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo’lib xizmat qiladi. 

Bu  erlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi 

esa chetga chiqariladi. 

Shunday tartibda mulohaza yuritib, O’zbekistondagi ixtisoslashgan tarmoqni aniqlash 

mumkin. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla,  tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling