Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana19.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

ADABIYOTLAR: 
1.  Kirillova L. A. Borba v gorodax Vostochnoy Anglii XIV v.  Uch. zap. Mosk. 
Gos. Pod. İn-ta. M.,  1969. № 321  
2.  Lisitskiy Ya. A. Gorod i feodalizm v Anglii. M. , 1987. 
3.  Lisitskiy Ya. A. Goroda i gorodskoe naselenie v Anglii v X-XII vv. M., L., 
1960.  
4.  Osipova T. O. İrlandskiy gorod i ekolplisiya Anglii XII-XV vv. M., 1993. 

 
9
5.  Vinogradov P. G. İssledovaniya po sotsialnoy istorii Anglii v srednie veka. SPb, 
1887. 
6.  Vinogradov P. G. Srednevekovoe pomeste v Anglii. SPb, 1911. 
7.  Grin D. R. Kratkaya  istoriya angliyskogo naroda. M. 1897. 
8.  Gutnova N. V. Vozniknovenie angliyskogo parlamenta. M., 1960. 
9.  Gutnova N. V. ...... borba i obshestvennoe soznaniya krestyanstva v 
srednevekovom Zapadnoy Evrope. M., 1984. 
10. Kёningem U. Rost angliyskoy promıshlennosti i torgovli. Ranniy period i 
srednie veka. 2-s. izd. M., 1909. 
11. Lisitskiy Ya. A. Goroda i feodalizm v Anglii. M., 1987. 
12. Morton A. L. İstoriya Anglii. M., 1950. 
 
 
TEMA: VI-XI ASRLARDA VIZANTIYA IMPERIYASI. 
1.  Sharqiy Rim iperiyasi. 
2.  Yustinian zamonida Vizantiyaning kengayishi.  
3.  Yustinianing qonun chiqarish faoliyati.  
4.  «Nika» qwzg’oloni. 
5.  Mamuriy va moliyaviy zulmning kuchayishi. 
6.  Yustinian zamonidagi kurilish. 
7.  VI asrda Vizantiya madaniyati. 
8.  VI asrning ikkinchi yarmida va VII asrda Vizantiyaning krizisga uchrashi. 
9.  Deh’qonchilik qonuni. 
10. İsavrlar dinastiyasining idora qilishi.  
11. Butga qarshi kurash va uning sotsial moxiyati.  
12. Foma Slavyan qwzg’oloni. 
13. Makedoniyaliklar dinastiyasi vaqtida Vizantiya. 
14. Vizantiya va Kiev Rusi. 
15. Cherkovlarning ajralib ketishi. 
16. IX-XI asrlarda Vizantiya feodalizmi. 
17. IX-XI asrlarda Vizantiya madaniyati. 
 
Foydalanadigan adabiyotlar 
1. Kurbanalieva R.S. Urta asrlar tarixidan ukuv-metodik kullanma. 
Toshkent,1980. 
2. Fomchenko A.N. Urta asrlar tarixidan izoxli  lugat. Toshkent, 1970. 
3. Fomchenko A.N. Urta asrlar kursiga oid metodik kursatmalar. Toshkent ,1973. 
4. Xrestomatiya po istorii srednix vekov . Pod.Red. S.D.Skazkina. Moskva,1961.                      
5. Kajdan A.P. Ocherki istorii Vizantii i yujnıx slavyan . Moskva 1958. 
6.  Kajdan A.P. Derevnya i gorod v Vizantii IX-X vek. Ocherki po istorii 
vizantiyskogo 
       feodalizma. Moskva 1960. 
7.  Levchenko M.V. Ocherki po istorii russko-vizantiyskix   otnosheniy. Moskva, 
1956. 

 
10
8.  Basova N.İ. Stoletnaya voyna. 1337-1453. Moskva, 1985. 
9.  Xrestomatiya po istorii srednix vekov (pod.red N.P. Gradianskogo i S.D. 
Skazkina) 
     T. 1-111. Moskva 1950-1953. 
10.Xrestomatiya po istorii srednix vekov (pod.red. S.D.Skazkina). Moskva,1961-
1963. T. 1-111. 
11Xrestomatiya pamyatnikov feodalnogo gosudarstva i prava stran . 
       Evropı(pod.rod. V.M. Koretskogo). Moskva,1961. 
 
 
G’arbiy Rim imperiyasi German qabilalari tomonidan istilo qilingandin 
keyin h’am Rim imperiyasining Sharqiy qismi uzoq vaqt xukm surdi. U xatto 
wzini rasmiy suratda Rim (Romeya) imperiyasi deb atayverdi. Lotin tili yana uzoq 
vaqtgacha Sharqiy imperiyaning davlat tili bwlib qoldi. Lekin Sharqda xalq grek 
tilida gaplashardi. «Rim imperiyasi» degan nom bora-bora ywqolib, «Vizantiya 
imperiyasi» degan nom yuritila boshladi. Bazi olimlar xuddi shu yilni Vizantiya 
imperiyasiga asos solingan yil deb xisoblaydilar. Lekin tarixchilarning kwpchiligi 
Vizantiya imperiyasi 395 yilda, yani feodosiy I wlgach, imperiya uning w\illari 
wrtasida taqsimlanib, sharqiy yarmi Konstantinopol shaxri bilan birga Arkadiyga 
wtgan vaqtda tuzilgan deb xisoblaydilar. Bolkon yarim orolidan va Egey 
dengizidagi kwpdan-kwp orollardan tashqari, Vizantiya imperiyasi va yana Kichik 
Osiё, Suriya bilan Falasti, Misr, Mesopotomiya bilan Zakavkaziyaning bir qismi, 
Qirimning janubiy qirg’oqlari kirar edi.  
 
İmperiyaning sharqiy qismi g’arbiy qismiga qaraganda nacha mustaxkam 
bwlib chiqqan ekan, buning asosiy sababi shuki undagi iqtisodiy munosabatlar 
g’arbiy qismidagiga qaraganda ancha taraqqiy topgan va ancha mustaxkam edi. 
Bu erda Misrdagi Aleksandriya, Suriyadagi Antioxiya, Kichik Osiёdagi Smirna va 
Efes, Bolqon yarim orolidagi Konstantinopl va fassalonika kabi rivoj topgan 
savdo-sotiq markalari bor edi. Osiё Sharqi olib borilgan qiz\in savdo ishlari 
uzilmadi, balki xatto kuchaydi, bu savdo Osiёda III asrda kuchli yangi fors 
podsholigi-Sosoniylar podsholigi vujudga kelgandan keyin ayniqsa kuchaydi. 
Sharqiy Rim imperiyasida quldorlik tuzumining wzi xam g’arbiy imperiyadagidek 
keskin tushkunlikka uchramadi. Buning sababi avvalo shuki, imperiyaning sharqiy 
viloyatlarida, ayniqsa qishloq xwjaligida quldorlik g’arbdagidek katta rol 
wynamadi. Sharq ekonomikasida qullar bilan bir qatorda qul bwlmagan 
elementlar, yani shah’arlardagi erkin xunarmandalar va qishloqlardagi jamoachi 
deh’qonlari bwlib turib, qaramlik xolatiga tushib qolgan bwlsalar-da (masalan, 
Suriya va Misrdagi «podsho dexqonlari») xar h’olda ularning wz er uchastkalari, 
shaxsiy xwjaligi bor edi, shunday qilib, ular qullardan anchagina farq qilar edilar.  
 
Sharqiy imperiyaning yuqorida qayd qilib wtilgan xususiyatlari natijasida 
uning varvarlarga bwlgan munosabatlari h’am boshqacha bir xarakterga ega 
bwldi. Vizantiya g’arbiy imperiyaga wh’shab varvarlar german qabilalari-
vestgotlar, twxtamadi h’am. Jumladan Vizantiya german qabilalari-vestgotlar, 
ostgotlarning va boshqa qabilalarning xujumlariga bardosh berdi, bu qabilalar esa 
Vizantiyadan \arb tomon kirib borib, u erda wzlarining varvarlik korolliklarini 

 
11
tuzdilar. Vizantiya imperiyasida h’ali V-VII asrlarda h’am quldorlik tuzumi 
saqlanib qolgan edi. V-VI asrlarda h’am quldorlik tuzumi saqlanib qolgan edi. 
VII-VIII asrlarda Vizantiya qadimgi Rimga xos bwlgan ijtimoiy va siёsiy 
traditsiyalarni wzida saqlab, ilgarigidek «Romeya davlati» ligicha qolib kelaёtgan 
bwlsa-da uning ijtimoiy tuzumi feodalizm tomon tezlashib bormoqda edi. 
Shunday qilib, shuni etirof etish mumkinki, oqibat-natijada germanlar g’arbiy Rim 
imperiyasiga nisbatan qanday rol wynagan bwlsalar, slavyanlar h’am Vizantiyaga 
nisbatan xuddi shunday rol wynaydilar. U erda, h’am, bu erda h’am varvarlarning 
kelishi quldorlik tuzumining ..... ancha progressivroq ijtimoiy feodal 
munosabatlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga ёrdam berdi.  
 
Vizantiya h’ali g’arbdagi varvar korolliklariga, shimoldagi slavyan 
qabilalarga va Wrta Sharqda yangi fors podsholigiga keskin ravishda qarama-
qarshi turuvchi quldorlik «Rim imperiyasi» mavjud bwlgan davrda, VI asrda 
imperator Yustinian xukmronlik qilgan vaqtda eng katta muvaffaqiyatga erishdi. 
Yustinian 527-565 yillarda podsholik qildi. U ateklimamur edi, qonun chiqaruvchi 
edi. U imperiyaning sharqiy chegaralarinigina emas, balki g’arbiy chegaralarining 
h’am anchagina qismini tiklagan kishi edi. 
 
Vizantiya varvarlarning (germanlar, slavyanlar va boshqalarning) xujumini 
qaytarib, wzi ularga qarshi xujumga bir davrda Yustinian imperatorlik qila 
boshladi. Yustinian wz oldiga imperiyaning ilgarigi \abiy chegaralarini tiklashni 
vazifa qwydi. Yustinian wz programmasini qisman amalga oshirishga muvaffaq 
bwldi. Uning sarkardalari Volizariy va Narsev Shimoliy Afrikadagi Vandal 
korolligini (534 y) İtaliyadagi Ostgot korolligini (555 y) va İspaniyaning janubiy 
qir\o\ini (Betikani) bosib oldi.  
 
Shunday qilib, Wrta dengiz vizantiyaliklar uchun yana «bizning dengiz» 
bwlib qoldi. Zamondoshlar nazarida imperiya gwё Avgust va Trayam davridagi 
«baxtli kunlarga» yana qaytgandek tuyular edi. 
 
İkkinchi tomondan İspaniyani bosib olib, ularning Vizantiyaga qwshib 
olishning wzi vaqtinchalik bwlib chiqdi. Aslida Wrta dengizning Sharqiy qismi 
bilan g’arbiy qismi wrtasida iqtisodiy aloqa bu vaqtda twxtab qolgan edi.  
 
Yustinian wz davlatining shimoliy chegaralarini qisman gunlar xujumidan, 
qimsan-slavyanlar siquvidan ximoya qilishga juda zwr berdi. Boqon yarim orolida 
bir-biriga parallel ravishda uch qalalar qurildi. Ammo bu mudofaa twsiqlari 
slavyanlarning Bolqon yarim oroliga qarab siljishlarini twxtata olmadi. Boshqalari 
xatto Bolqon yarim orolining janubida-Makedoniyaga va Egey dengizi bwylariga 
kolonist-er egalari sifatida joylashtirildi.  
 
Shunday qilib, Yustinianning ulug’ davlat tuzish siёsati bir qadar 
muvaffaqiyatli natijalar berdi, xolos. Shunday bwlsa-da, uning vaqtida 
imperiyaning chegaralari ancha kengaydi. Keyingi vaqtlarda Vizantiya imperiyasi 
bunday yutuqlarga xech bir erisha olmadi.  
 
Yustinian podsholik qilgan davrda Vizantiyaning qonun chiqarish 
soxasidagi faoliyatini kwrsatish kerak. U wz podsholigining boshlanish paytidaёq 
Rim imperatorligining ilgari nashr qilingan xamma qonunlarini bir qilib twplab 
bosib chiqarishni wz oldiga maqsad qilib qwydi. Eng atoqli yuristlardan iborat 

 
12
ikki komissiya Tribonian raxbarligida Rim qonunlarini twplab tartibga solish 
ustida juda katta ish olib bordi. Bu komissiyalarning 528-534 yillar mobaynida 
olib borgan ishi natijasida «grajdan xuquqlari twplami» vujudga keltirildi, bu 
twplam Rim imperiyasida butun qonunlari yakunlovchi eng katta yuridik ёdgorlik 
bwldi.  
 
Yustinian twplamida xususiy mulkni ximoya qilishga va Rim imperiyasi 
bilan Vizantiya uchun xos bwlgan oddiy tovar xwjaligtsharoitidan kelib 
chiqadigan xar turli mulkiy muammolarni rasmiylashtirishga katta wrin berildi. 
Twplamning keyingi ikki xususiyati bu twplamning keyingi vaqtlarda, wrta 
asrlarning ikkinchi yarmida g’arbiy Evropada juda h’am shuxrat qozonishiga 
sabab bwldi. Yustinianning «Grajdan xuquqlari twplami» ni Evropa yuristlari 
sinchiklab wrgandi. XII asrdan boshlab, ayniqsa XIII-XIV asrlarda g’arbiy 
Evropaning turli mamlakatlarida korollar chiqargan qonunlarda Rim qonunlaridan 
foydalanilganligini kwrish mumkin.  
 
Yustinian qonunlar twplamini chiqarishdan maqsad quldorlik ishlab 
chiqarish usulining emirilishi juda tezlashib boraёtgan sharoitda quldorlik 
davlatini saqlab agentlarga xalq ommasining revolyutsion chiqishlari bilan 
kurashda qurol bwlib xizmat qilar edi. Ayni Yustinian davrida Konstantinopolda 
va turli viloyatlarda bir necha bor katta-katta xalq qwzg’olonlari bwlib wtgan edi. 
532 yilda Kanstantsinopolda bwlib wtgan qwzg’olon ayniqsa kuchli bwldi. 
Qwzg’olon kwtarilishiga eng asosiy sabab imperator chinovniklarining, ayniqsa 
Yustinianning erkatoyi-Konstantinopol xukumdori bwlib turgan İoani 
Kappadokiyskiyning xazinani talashi, poraxurligi va shu xildagi suistemollari 
sabab bwldi.  
 
Qwzg’olon 532 yil II yanvarda Konstantinopol tsirkida imperator xuzurida 
boshlandi. Yustinian buni rad etib: jaxl bilan ippadromni tashlab chiqib ketdi. 
Bunga javoban qwzg’olon kwtarilib ketdi. Qwzg’olonchilar «Nika» degan shior 
kwtardilar. Qwzg’olon butun poytaxt va uning atrofiga ёyildi. Qwzg’olon besh 
kun davom etib. Yustinianning sarkardasi Velizariy tomonidan daxshatli 
shavqatsizlik bilan bostirildi. 30 mngtacha kishi wldirildi.  
 
«Nika» qwzg’oloni qatnashchilarining sostavi juda h’am xilma-xil edi. Bir 
tomonidan, unda Konstantinopolning va uning ёn atrofining xalq ommasi 
qatnashdi.  İkkinchi tomondan, xaraktning tashkilotchilari aristokrat sonator 
elementlar bwlib, ular yangi dinastiyadan va Yustinianning wzining mustabid 
xokimiyatidan norozi edilar. Shu bilan bir vaqtda «kuklar» h’am «yashillar» h’am 
Konstantinopoldagi ancha keng demokratik tashkilotlar bilan-dimlar bilan 
bog’langan edi. Dimlar eski vaqitdagi shah’ar wz-wzini idora qilish 
boshqarmasining qoldi\i bwlmish wziga xos rayon xalq uyushmalari bwlib 
Yustinian vaqtida h’ali ancha etibori bor edi va xukumat h’am aristokrat 
pozitsiyasi h’am ular bilan xisoblashishga majbur edi.  
 
532 yil voqealar Yustinianning ichki siёsatiga katta tasir qildi. Yustinian 
keyingi vaqtlarda xam xalq ommasining bosh kwtarishdan xadiksirab bordi. 532 
yildan keyin dimlar xiyla darajada qayta tuzildi. Konstantinopolda va boshqa yirik 
shah’arlarda politsiya xokimiyati kuchaytirildi. Shu bilan bir vaqtda Yustinian 

 
13
yirik senator zadogonlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Eski zadogonlarga 
qarama-qarshi ravishda Yustinian xarbiy xizmatidagi wrta darajali elementlarga 
kwproq tayandi, musodara qilingan erlarning kwp qismi ularga berildi.  
 
Yustinian xukumati davlat moliyasiga h’am katta etibor berdi. Uning 
zamonida axolidan olinadigan soliqlar bir necha xissa kwpaydi. Xukumatning juda 
qattiq diktaturasi xalq ammasini \oyaviy jixatdan h’am ezar edi. Yustinian 
xukumati shu maxalgacha h’am uncha-muncha saqlanib qolgan majusiylarni taqib 
qilib, ularning falsafa maktablarini ёpib qwydi. Xukmron parvoslav cherkovining 
talimotiga qwshilmovchi eretiklari juda keskin taqib qilindi. Yustinian podsholik 
qilgan davrda twxtamay davom qilib turdi, podsholikning oxirlarida esa narsa 
yanada avj olib ketdi.  
 Yustinian 
zamonida 
davlat 
mablag’larining xiyla qismi qurilish ishlariga 
ketdi. Yustinian yuzlab qala va yuzdan kwp maydaroq istexkomlar qurdirdi. 
Uning zamonida juda kwp ijtimoiy xarakterdagi inshoatlar h’am bino qilindi-
vodoprovodlar, ywllar, xammomlar, teatrlar, xar turli xukumat binolari qurildi. İlk 
Vizantiya arxitekturasi orasida eng muximi aё Sofiya ibodatxonasida ilk Vizantiya 
arxitekturasi uslubining xususiyatlari juda yaxshi aks etdi. Avliё Sofiya 
ibodatxonasining mustaxkam ishlanganligi kishini xayratda qoldiradi. Bir necha 
martalab zilzila bwlishiga qaramay, bu bino xozirgi vaqtgacha saqlanib kelayapti 
va jaxon arxetekturasining ajoyib tarixiy ёdgorliklaridan biridir.  
 Avliё Sofiya ibodatxonasi singari mashxur ёdgorliklar qurilishida wz 
ifodasini topgan yuksak arxetektura sanati Vizantiyaning umumiy madaniyati 
wsha davrda qanday yuksak bwlganligini kwrsatuvchi dalillardan biri bwlib 
xizmat qiladi. Yustinian vaqtidagi yirik tarixchi, Prokopiy kesariyskiy buning 
misolidir. Prokopiy Yustinianning podsholik qilishiga oid bir qancha tarixiy 
asarlar yaratdi, jumladan «Urushlar tarixi» va boshqalar asarlar yaratdi.  
 
Vizantiyaning VI asrda wtgan yana bir yirik tarixchisi Agafiy edi. Uning 
«Yustinianning podsholik qilishi» degan asari Prokopiy asarlariga ancha muxim 
qwshimchalar kiritib ularni twldiradi, tuzatadi wrni bilan uning bergan 
malumotlarini bilan tasdiqlaydi.  
 
Vizantiyaning VI asrdagi eng yirik olimlari orasida aniq fanlar bilan 
shug’ullangan mediklardan Aleksandr Trallskiy va Pavel Eginskiyni, matematik-
mexaniklardan  İsidor Miletskiy va Anfimiy Trallskiy, geograflardan Kozma 
İndikoplavtni kwrsatish mumkin, İndikoplavt asarlarida geografik noaniqliklar 
anchagina kwp bwlishiga qaramay, u afrika va Xindiston, Qizil dengiz va Xind 
okeani twg’risida bir qancha qimmatli materiallarni wz ichiga olgan.  
 
Yustinianning podsholik qilishi sirtdan qaraganda gullab-yashnaёtgandek 
kwrinsa h’am, xalq ommasi uchun juda og’ir bwldi. Juda kwp marta kwtarilgan 
xalq qwzg’olonlari, ayniqsa 532 yilgi qwzg’olon buning ёrqin dalilidir. Keksa 
imperator (84 ёshida) wlganda, uning vorisi, Yustin II yanada kwproq oshib 
ketganligiga qaramay, davlat xazinasi bwm-bwsh edi. Og’ir soliqlardan 
xonavayron bwlgan axolining joylarda soliq twlashdan bosh tortish xollari tez-tez 
yuz berib turadigan bwldi.  

 
14
 
VI asrning birinchi yarmi bilan VII asrning birinchi yarmi wrtasida 
Vizantiyadagi quldorlik tuzumining emirilaёtganligi ochiq kwrinib turgan edi, 
qishloq xwjaligida, xunarmandchilikda qul mexnatini erkin meh’nat tobora siqib 
chiqarёtgan edi. Shunday bwlsa h’am qulchilik tamoman tugatilmagan edi. Yangi, 
ancha progressiv bwlgan feodal munosabatlar nisbatan sekinlik bilan tarkib topib 
kelaёtgan edi va uning natijasida ishlab chiqarish kuchlarning rivojlanishi twxtalib 
qolmoqda edi.  
 
Yustinian dinastiyasi 602 yilda saroy twntarishi natijasida taxtdan tushdi. 
Bu dinastiyaning oxirgi vakili imperator Mavrikiy shu saroy wzgarishi vaqtida 
besh w\li bilan birgalikda wldiridi. İmperiya imperator İrakliy vaqtida (610-641) 
yuir qadar mustaxkamlanib olgandek bwldi. İrakliy eronliklarga zarba berib, 
ulardan Suriya, falastin va Misrni qaytarib oldi. Biroq oradan kwp vaqt wtmay, 
VII asrning 30 yillarni ikkinchi marta bu safar abadiyga qwldan berib qwydi, 
ularni arablar bosib oldi.  
 
Vizantiyadagi kelgindi slavyan dexqon axolining axvoli «Deh’qonchilik 
qonuni» da juda yaxshi tariflangan; bu manba VIII asrga oiddir, lekin unda VII 
asrdagi agrar munosabatlar h’am aks etgan. Ushbu manbaga qarab fikr 
yuritilganda, bu dexqonlar erkin axoli bwlib, ularning wz ekinzorlari, tokzorlari va 
bo\lari bwlgan. Dexqonlarning xwjaligida dexqonchilikning wzidan tashqari, 
chorvachilik xam katta rol wynagan. Xar bir dexqonning er uchastkasi ekinzor, 
tokzor  ёki bo\dan iborat bwlib, uning wz xususiy mulki deb xisoblangan, lekin 
unda jamoa er egaligining alomatlari ochiq kwrinib turar edi.  
 
Shunday qilib, «Dexqonchilik qonuni» jamoaning tabaqalarga ajrala 
boshlaganligidan, jamoa azolarining wz ёnidagi katta dunёviy er egalari ёki 
cherkov-monastir er egalariga qaram bwla boshlaganligidan h’am dalaolat beradi. 
Slavyanlarning wrta asr Vizantiyasi tarzidagi asosiy roli ana shundan iborat. Son 
jixatidan kwpaygan, iqtisodiy jixatdan mustaxkamlangan, jamoalarga uyushgan 
Vizantiya dexqonlari VIII-IX asrlarda ishlab chiqari kuchlarini muvaffaqiyatli 
rivojlantirdi, mamlakatni \alla bilan, dexqonchilik, chorvachilik, bo\dorchilik, 
tokchilik maxsulotlari bilan twla maminlab turdi. Shu bilan bir vaqtda xukumat 
dexqonlardan muntazam ravishda er solig’i olib turar edi. Bu narsa davlat 
moliyasini ancha tartibga soldi. Nixoyat dexqonlar Vizantiya barpo etilaёtgan 
yangi qwshin uchun manba bwlib xizmat qildi, imperiya ulardan uning eng xavfli 
dushmani bwlgan Arab xalifaligiga qarshi kurashda foydalandi.  
 
VIII asrning boshlarida h’am Vizantiyaning xalqaro axvoli boyagidek juda 
og’ir edi. Arablar Kichik Osiёga bostirib kirdilar. Ular Kipr va Rodost orollarini 
bosib oldilar. Arab qwshinlari Konstantinopol yaqiniga kelib uni deyarli butun bir 
yilgacha (717-718) qamal qilib turdilar lekin arablar Kanstantinopolni ololmadilar. 
Kanstantinopolning qulay strategik mavqe, Vizantiyaliklarning «Greklar uti» deb 
atalgan utni ishlatishi, imperatorga ittifoqchilam Bolgarlarning ёrdam berishi 
natijasida, arablar katta talofat kwrib; chekinishga majbur bwldilar. Yangi 
saylangan imperator Lev Sh İsavr istedodli tashktilotchi va qobiliyatli oliy 
qwmondon bwlib chiqdi. U Suriya bilan chegaradosh İsavriya viloyatidan chiqqan 
bwlib, yangi isavrlar dinastiyasiga asos solgandir. İsavrlar dinastiyasi Vizantiyani 

 
15
butun bir yuz yil davomida (717-802) idora qildi. Lev Sh (717-740) va unga 
ёrdamchi bwlib, keyin uning ёrdamchi bwlib keyin uning wrniga imperator 
bwlgan Kanstantin u (740-775) arablarga qarshi kurashda katta tajriba orttirgan 
xarbiylar edi. Lev Sh imperator bwlgandan keyin xarbiy ishga katta etibor berdi. 
VII asrda İrakliy va uning vorislari davridaёq Vizantiya xukumati ёllanma 
qwshnilarga qwshimcha ravishda maxalliy lashkarlar twplagan qismini amalga 
oshirgan, bu maxalliy lashkarlar maxalliy mabla\lar xisobidan taminlanardi. Lev 
Sh zamonida bu xarbiy reforma yanada rivoj topdi. 
 
Cherkov erlarining keng qwlamda sekulyarizatsiya qilishi (davlat mulkiga 
aylantirilishi)  İsavr imperatorlarning nomi bilan bo\langandir. İsavriyalik 
imperatorlar wz zamondoshlaridan «butga qarshi kurashuvchilar» degan laqab 
oldi. Ular butga sig’inishga qarshi farmonlar chiqardilar, ularning buyrug’i bilan 
ikonalar ibodatxonalardan olib chiqildi va ularning bir qismi ywq qilib tashlandi. 
Cherkov buni asos qilib imperatorni butga qarshi bitatda ayibladi. Lekin 
İsavriyalik imperatorning siёsati ular taxtga chiqmasdan ilgari Vizantiyada 
boshlangan girt diniy janjallar doirasidan xila chetga chiqib ketdi. İmperatorlardan 
Lev Sh, Konstantin u va ularning vorislari ayni katta cherkov-monastir er 
egaligiga qarshi kurash qizib ketgan bir payit butga chwqinishiga qarshi chiqdilar. 
butga qarshi kurash wziga xos bir bah’ona bwlib, shu bah’ona bilan xukumat eng 
yirik monastirlarni ёpib qwydi va cherkov-monastir mulklarni musodara qildi. 
Monastirlarning qazna ixtiёriga olingan erlari Vizantiyaning tashkil topaёtgan 
ritsarlariga benefitsiy qilib taqsimlab berildi. Monastirlarning erlaridan xarbiy 
xizmat uchun beriladigan bunday uchastkalar Vizantiyada aloxida bir termin bilan 
xaristikiy deb atalgan, bu esa mano jixatidan lotincha «benefitsiy» swziga twg’ri 
keladi.  
 
Vizantiyalik imperatorlarning xarbiy reformasi yaxshi natija berdi. 
İmperatorlar katta xarbiy kuchga ega bwla oldi. Fem qwshinlari wz okruglarini 
arablardan juda yaxshi h’imoya qildi. Vizantiya xukumati sal-pal kattaroq 
kwlamda xujum operatsiyasi olib borishga h’ali jurat etolmadi. Lekin 
xukumatning siёsati cherkov guruxi wrtasiga katta norozilik tug’dirdi. Yangi 
Dinastiya obrwsining kuchayishidan norozi bwlgan dunёviy zodagonlarning bir 
qismi h’am cherkov guruxiga qwshildi. Butga qarshi kurash tarafdorlari bilan 
butga chwqinish tarafdolari wrtasidagi kurash bir necha wn yilga chwzildi va 
bazan bu kurash juda keskin tus oldi. Lekin xalq ommasi wrtasida h’am norozilik 
kuchayib bormoqda edi. feodalizimning taraqqiy etib borishi ekspluatatsiyaning 
yangi formalarini vujudga keltira boshladi. Feodal er egasining qwshinligi erkin 
deh’qon jamoalarini krepostnoylashtirish xafi ostida qoldirgan edi. IX asrning 
boshlarida arablar xarfi ostida qoldirgan deh’qonlarning axvoli juda h’am 
ёmonlasha boshladi. Yangi «qudratli odamlar»-dinatlar ёki (slavyanlar 
ataganidek) «vlastellar»-jamoaga qarashli ekin ekiladigan erlari va yaylovlarni tap 
tortmay xaёsizlarcha bosib olib, stratiotlarni esa wz krepostnoylariga aylantira 
boshladilar.  
 
IX asrning yarmidan to XI asrning yarmigacha Vizantiyani 
Makedoniyaliklar dinastiyasi idora qildi. Vasiliy I Makedonlik bu dinastiyaning 

 
16
birinchi namoyandasidir (867-886). X asrda bu dinastiyadan bir necha mashxur 
imperator chiqdi, wz zamoning atoqli olimi va ёzuvchisi Konstantin UP 
Bagryanorodniy (912-959), mashxur xurbiy sarkardalar-Nikifor Foka (963-969), 
İoan Tsimisxiy (969-976) va Vasiliy II Bolgaroboytsa (976-1025) ana shular 
jumlasidandir.  
 
Makedoniyaliklar dinastiyasi idora qilgan vaqtga kelib Konstantinopol juda 
katta savdo markaziga aylandi va Evropa bilan Osiё wrtasidagi sadoda asosiy 
vositachilik rolini wynadi. Osiё wrtasidagi savdoda asosiy vositachilik rolini 
wynadi. Arab rus-slavyan, italyanlarning savdo-sotiqlari Konstantinopolga kelib 
twplanib,uning juda katta shuxrat qozoninshiga va jonlanishiga sabab bwldi. 
Vizantiya imperatori tashqi savdodan shunday katta daromad oldiki, 1X va X 
asrlarda g’arbiy Evropadagi korol va imperatorlardan birortasi h’am bunday 
daromad ololmas edi. Shu bilan birga 1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
arablar xavfi Vizantiya uchun qwrqinchli bwlmay qoldi. Arab xalifaligi bu vaqitda 
ayrim-ayrim mustaqil davlatlarga bwlinib ketgan edi. Vizantiyaning wzi endi 
arablar Sharqiga qarshi xujumga wtishga molik bwlib qolgan edi. 
 
Makedoneyaliklar dinastiyasi  vaqtida imperiyaning territoriyasi yana 
kengaydi. Sharqda arablardan   Krit, Kipr orollari, antioxiya shah’ri bilan birga 
Suriyaning katta bir qismi tortib olindi; g’arbda, yani italiyada imperiya apuliya 
bilan Sitsiliyani birmuncha vaqtga qaytarib oldi.  
 
Makedoniyaliklar dinastiyasi vaqtida Vizantiya bilan Rus wrtasidagi 
munosaatlar totuvlashdi. qizg’in savdo munosabatlari, mustaxkamlangan madaniy 
aloqa, umumiy dushmanlarga-pecheneglar, xazarlar va polovetslarga qarshi 
birgalikda kurash olib borilishi natijasida Vizantiya bilan Rus wrtasida X asrning 
ikkinchi yarmida dwstona munosabatlar wrnatildi. Bu dwstlik munosabatlari 
kamdan-kam xollardagina dushmanlik xarakatlari tufayli uzilib turdi. 
Konstantinopol patriarxi Rus cherkovi boshlig’ini Kiev metropolitini tayinlash 
xuquqini davo qildi. Biroq Rusning cherkov ywli bilan Vizantiyaga bwlgan 
qaramligini Yaroslav I rus popi İllarionni 1051 yilda Kiev Metropoliti qilib 
tayinlash bilan ancha bwshashtirdi. Rus cherkovi Konstantinopol cherkovining 
xukumronligidan 1448 yilda uzil-kesil qutulib oldi. Rus metropolitlari, xatto 
greklardan bwlganida h’am rus chcherkovini mustaqil idora qilar va odatda 
olisdagi Konstantinopol patriarxidan kwra Rusning buyuk knyazi irodasi bilan 
kwproq xisoblashardi.  
 
XI asr wrtalarida Vizantiya cherkovining xaёtida ikkinchi bir muxim voqea-
Rim papasi bilan ajralish yuz berdi. Bir tomonda, Konstantinopolning İtaliya bilan 
aloqasi susayib ketishi, ikkinchi tomonda, g’arbda Rim papalari siёsiy qudratning 
kuchayishi shunday oqibatlarga olib keldiki, wsha vaqtgacha yagona bwlib kelgan 
xristian cherkovi \arbiy-katolik va sharqiy-provaslavga ajralib ketdi. Bu vaqtda 
kelib ularning diniy marosimlari toat ibodat tili va boshqarish sistemasining wzi 
h’am (G’arbda-papa va kardinallar, sharqda-poytaxt shah’ar konstantinopolning 
patriarxi boshchiligidagi patriarxlar) ancha wzgarib ketdi. Cherkovlardagi ajralish 
1054 yilda, Rim papasining legatlari, yani elchilari grek cherkovini rim cherkovi 
bilan aloqa qilishini rad etib, Konstantinopolni tashlab chiqib ketgan payitdan 

 
17
boshlandi. Bunga javoban Konstantinopol patriarxi Rim cherkovi bilan uning 
boshli\i papaga lanat wqidi. 
 Makedoniyaliklar 
dinastiyasi 
vaqtida Vizantiyaning feodallashuv protsessi 
tex avj olib bordi. Erkin deh’qonlarning soni shu qadar tez kamayib bordiki, 
mamlakat mudofaa qobiliyatining pasayishidan, shuningdek, ah’olidan tushadigan 
soliq mablag’larning kamayishidan qwrqib, imperatorlarning wzlari h’am 
tashvishga tusha boshladilar. Dinatlar tomonidan dexqon erlarining bosib 
olinishiga qarshi X asrning birinchi yarmida imperatorlar bir necha marta 
famonlar-novellalar (922, 934 va 947 yillardagi novellalar) chiqardi. İmperator 
Vasiliy II nechta yangi farmon chiqardi. Feodal zadogonlar shu qadar kuchayib 
ketgan ediki, 1057 yilda makedoniyaliklar dinastiyasining wrnini va Kichik 
Osiёdagi zadogon yirik er egalaridan chiqqan Komninlar dinastiyasi erkin 
deh’qonlarning qolgan-qutganlarini h’am feodallarga em qilib berishga xar 
tomonlama kwmaklashdi.  
 
Komninlar vaqtida katta cherkov er egaligi makedoniyaliklar dinastiyasi 
vaqtidagiga qaraganda kengroq kwlamda qayta vujudga kela boshladi. Shu bilan 
birga Vizantiya pomestelarida h’ali bir muncha qullar h’am bor edi. Ular asosan 
xovli ichidagi h’ar h’ail ishlarni qilish bilan birga, ulardan qishloq xwjalik 
ishlarida, ayniqsa su\orish, ywli qurilishi ishlarida, tosh konlarida va shu 
qabilalarda h’am foydalanadilar.  
 
Vizantiya wzining kwp asrli xaёti davrida boy va rang-barang madaniyat 
yaratdi, bu madaniyat janubiy slavyanlarga va Rusga katta tasir kwrsatdi. Hali VI 
asrilardaёq wzining ilk namunalarini bergan Vizantiya arxitekturasi (Yustinian 
imoratlari) keyingi asrlarda h’am rivojlanishda davom etib, pishiq monumentlar 
Vizantiya ibodatxonalari tipini bunёd qildiki, bu tipdagi ibodatxona namunalari XI 
asrdagi qadimiy rus ёdgorliklari tutish kerakki,  ruslardagi «vizantiya» uslubi wzi 
namuna olgan grek uslubidan kwp jixatdan farq qilardi. +adimgi slavyan 
motivlarini h’am wz ichiga olgani xolda bundan keyingi rivojlanish protsessida 
wzining original formalarini yaratgan wsha uslub umuman olganda ruslarning 
wziga xos ijodi edi.  
 
Shuni aytib wtish kerakki, Vizantiyada qurilish texnikasi: g’isht qilish, juda 
ajoyib oxak qorishmasi tayёrlash, g’isht terish sanati, monumental qubbalar, 
ulug’vor gumbazlar va shu kabilar yaratish texnika wz zamonasi uchun juda 
yuksak darajada edi.  
 
Vizantiyada IX-XI asrlarda rassomlik-devorga rasm solish h’am, 
koshinkorlar tasvirlari h’am zwr berib rivojlana bordi; rassomlikning bu shakillari 
Vizantiyada tobora qatiy tus olib va uslublashib bordi.  
 
Konstantin VII dan ilgari esa wz zamonasining eng atoqli twplovchisi, 
bibliofili va entsiklopedisti patriarx Fotiy bwlib (820-891), u wzidan keyin 
«Miriobibliya» deb ataladigan twplam qoldirgan, bu twplamga 300 ga yaqin 
ocherk kirgan, bular qadimgi grek avtorlarining asarlaridan kwchirma bwlib, 
ularning h’ar qaysisiga tegishli sherlar berilgan.  

 
18
 Vizantiyada 
yilnoma 
ёzish juda h’am rivoj topdi. VI-IX asrlardagi eng 
atoqli voqenavislar İoann Malala, Fervan va Georgiy Amartoldir, tarixchilardan 
biri Anna Komninani, Nikita Akominatdir.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling