Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
bet3/6
Sana18.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1281500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 gurh talabasi Ahmedova Mahliyoning

Fonetikaning turlari

  • 1. Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi.
  • Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik_x0002_fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-fLinksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar
  • fonologik oppozitsiyalar (zidlanishlar) va korrelatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo'lgan bunday nazariy masalalami ko'rish
  • umumiy fonetika predmeti sanaladi. O'zbek tilshunosligida umumiy fonetikaga oid ma’lumotlar «Узбекский язык» (V.V. Reshetov, 1959), «Umumiy tilshunoslik» (N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.Abduazizov, 1979), «Umumiy tilshunoslik» (Usmonov
  • S., 1972) kabi asarlarda berilgan.

Xususiy fonetika.

  • Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik izimi haqida ma'lumot beradi: o'zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi,
  • ingliz tili fonetikasi kabi. Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o'rganishda umumiy fonetika xulosalariga. shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to'plangan tajribalarga tayanadi.
  • Uning quyidagi ikki turi bor) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi,
  • undagi fonetik hodisalar va faktlar statik holatda (shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lanmay) o'rganiladi. Xususan. «Hozirgi o'zbek adabiy tili fonetikasi» ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o'zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bo'lgan fonetik faktlar (unli va undosh
  • tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, urg'u, bo'g'in va hokazolar) hozirgi o'zbek tilida qanday bo'lsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog'lanmay) o'rganiladi.

Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lab o'rganiladi, shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o'zgarishlar (diveigensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga

  • Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lab o'rganiladi, shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o'zgarishlar (diveigensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga
  • ko'ra u diaxron fonetika deb ham yuritiladi.O'zbek tilshunosligida o'zbek tilining tarixiy fonetikasiga oid ma’lumotlar V.V. Reshetov, F. Abdullayev, G'.Abdurahmonov, A. Rustamov, E.Fozilov, Sh. Shiikurov, Q. Mahmudov, S. Ashirboyev, H. Ne’matov, Q. Sodiqov, B. To'ychiboyev kabi tilshunoslaming ishlarida berilgan: «Qadimgi turkiy til» (Abdurahmonov G'., Rustamov A., 1982), «Фонетико­
  • морфологические особенности языка Алишера Наваи», АДД (Rustamov А., 1966), «Некоторые вопросы исторической фонетики
  • узбекского языка» (A.Rustamov, 1985), «К истории утраты сингармо низма в узбекском языке» (F. Abdullayev, 1985), Фонетические и морфологические особенности языка «Хибатул хакаик», АКД (K.Maxmudov, 1964), «Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asari haqida» (Mahmudov Q., 1972), «Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy tili» (Fozilov E., 1969), «XIV asrXorazm yodnomalari» (Fozilov E., 1973.), «Qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni va o'zbek adabiy tili» (Ashirboyev
  • S., 1997), «O'zbek tili tarixiy fonetikasi» (Ne’matov H., 1992), «0‘zbek tili tarixiy fonetikasi» (To'ychiboyev B., 1990), «O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (To'ychiboyev B., 1996), «XI—XV asr uyg'ur yozuvli turkiy yodgorliklaming grafik-fonetik xususiyatlari» ( Sodiqov Q., dokt. disser_x0002_tatsiyasi, 1992), «O'zbek adabiy tili tarixi» (Muxtorov A., Sanaqulov U.,
  • 1995), «Алишер Наваи как основоположник узбекского литературного языка» (А.К. Borovkov, 1946.), «А tovushining XV asrdagi sifat xususiyatlari haqida» (E. Umarov., 1982), «XV asr o'zbek tili unlilari haqida» (E. Umarov, 1982), «Грамматика староузбекского языка» (A.M.Shcherbak,1962) kabi ishlar shular jumlasidandir..

TARIXIY FONETIKA

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling