Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 488 Kb.

bet1/7
Sana10.01.2019
Hajmi488 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM 



VAZIRLIGI. 

 

 

BERDOQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



 

O`ZBEKISTON  VA  QORAQALPOG`ISTON TARIXI  

KAFEDRASI 

 

 



 

 

 



 

«O`zbek xalqi etnogenez va etnik tarixi» fanidan 

ma`ruza matnlari 

 

 

 



 

Umumiy soati: 44 soat

ma`ruza – 18 soat

amaliy – 26 soat

 

 



 

Tuzuvchi: dotsent S.Saymanov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS-2008  y. 

 

2

Kirish. 



 

Yurtimizning milliy istiklolga erishish sharofati bilan o'zbek xalqining etnik tarixini 

chuqur o’rganish va uni haqqoniy, rostgo’ylik asosida yoritish hamda milliy qadriyatlarimizni 

tiklash vaqti keldi. Yurtboshimiz Islom Abdug`anievich Karimov ta`kidlaganlaridek, «Bugun 

bizning oddimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’llarimizni 

tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, 

qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishi-mizdagi boy an`analarimizni yangi jamiyat 

qurilishiga tadbiq etmog`imiz kerak». 

Yurtboshimiz tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda tarix fanining yangi 

yo’nalishlarini belgilab, milliy tariximizga yangicha yondashib, uni asl manba-lar asosida 

yoritib, chuqur taxlil qilishni ta`kidladilar. 

Mustaqillik sharofati bilan o’zbek xalqi etnik tarixini, jumladan, etnogenezini o’rganish 

shu kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Bu borada tadqiqotchi olimlar talaygina 

ishlar qilgan bo’lsalar ham mazkur muammoga oid yana bir qancha masalalar hanuzgacha o’z 

echimini topgan emas. 

O’zbek xalqining alohida etnik jamoa (elat) bo’lib shakllanish (etnogenez) jarayonini 

o’rganish tarix fani oldida turgan muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masala 

anchadan buyon tarixchi va boshqa turdosh fanlar bilan shug`ullangan olimlarning diqqat 

markazida bo’lib kelgan. O’zbek xalqi o’z mustaqilligiga erishgach bu muammoga qiziqish yana 

ham kuchaydi. 

Xar bir xalkling tarixi uning etnogenezi va etnik tarixi bilan uzviy boglikdir. Etnogenez 

va etnik tarix esa tarix fanining bosh masalasidir. Uzbek xalkining etnogenez va etnik tarixi 

Uzbekiston xalklari tarixining tarkibiy kismini tashkil etadi. U tarixiy yozma manba`lar, 

etnografiya, arxeologiya, antropologiya, lingvistika, toponimika, epigrafika, numizmatika kabi 

fanlar bilan uzaro alokada va uzviy boglik bulib, ularsiz uzbek xalki etnogenezi va etnik tarixini 

mukammal ilmiy urganib bulmaydi. Ayniksa ushbu muammoning etnogenez kismini urganishda, 

ulardan olingan ma`lumotlar masala echimiga kup oydinliklar kiritadi. 

Xar bir xalkning kelib chikishini urganishda uning etnik komponentlari tarkibini aniklash 

zarurligi, shundagina, u yoki bu xalk xakida, uning

 

etnogenez va etnik arixi, madaniy merosi, 



sarxatlari, davlatchilik tarixi xdkida turri xulosaga kelish ma`lum bulib koldi. Chunki, etnogenez 

va etnik tarix masalasi uta murakkab muammo bulib, u izlanuvchidan jiddiy mas`uliyatli 

bulishlikni, tarixiy izchillik va ob`ektivlik tamoyillariga amal kilishni, muammo ilmyy echimi 

yulida milliy extiroslarga berilmaslikni kat`iy talab kiladi. 

Ma`lumki, etnologiya fanidagi ilmiy ishlanmaga kura, xar bir xalkning kelib chiksh tarixi 

uch boskichdan iborat. Birinchi boskich - etnogenetik jarayon tarixi, ikkinchi boskich - etnos, 

ya`ni elat, xalk tarixi, uchunchi boskich esa millat tarixidan iborat. Xalk tarixining etnogenez 

kismi uning elat, xalk bulib shakllanguniga kadar bulgan davrni uz ichiga oladi. Xalkning 

ibtidosi kabiladan boshlanadi. Etnogenez yakunida elatga xos barcha etnik alomatlar 

mujassamlashgan buladi. Etnik alomatlarni esa xududiy birlik, iktisodiy-xujalik  birligi, 

etnomadaniy  birlik, antropologik tip birligi, etnik nom, uzlikni onglash, til birligi va nixoyat 

siyosiy uyushma (politicheskaya konsolidatsiya) birligi tashkil etadi. 

Xalk biologik hosila emas, balki ijtimoiy uyushma birligidir. U birdan xosil bulmaydi, 

balki uzok davom etadigan etnogenetik jarayon maxsuli va etnik alomatlar yigindisidir. Etnik 

alomatlarning shakllanishi esa etnogenetik jarayonlar davomida birin-ketin sodir bulib boradi. 

Kachonkim xalk etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi, ya`ni shakllangan xalk 

tarixi boshlanadi. Xalk feodal jamiyatining ijtimoiy maxsuli bulib, u ba`zi xollarda dastlabki 

sinfiy jamiyat sharoitida xdm yuz berishi mumkin (masalan yunonlar). Xalk tarixi uz iktisodiy-

xujalik_va etnomadaniy rivojining ma`lum nuktasiga etgach, uning millat bulib shakllanish 

jarayoni boshlanadi. Bu nuktaning ijtimoiy xayotda namoyon bulishi jamiyatda kapitalistik 

ishlab chikarish munosabatlarining boshlanishi bilan yuz beraboshlaydi. Shuning uchun millat 

kapitalizmning ijtimoiy maksuli xisoblanadi. Xalklarning kelib chikishi masalasidagi bunday 



 

3

ilmiy karash, kachonkim muammo echimini kompleks yondashuv asosida urganishga utilgach, 



etnologiya fanida uz urnini topdi. 

Etnogenez, etnik tarix va millat tarixining xar birini aloxida olganda, ularning 

boshlangich va yakuniy nuktalari bor. Masalan, mana shu ilmiy kontseptsiya asosida uzbek xalki 

etnogenezining boshlangich nuktasi sifatida dastlab turk xokonligi davri kabul kilindi (akademik 

A.Yu.Yakubovskiy nuktai nazari). Keyinrok, uzbek etnogenezining boshlangich nuktasi antik 

davrgacha kadimiylashtirildi (akademik S. P. Tolstov nuktai nazari). Akademik Karim 

Shoniyozov xam uzining oxirgi fundamental tadkikoti "Uzbek xalqining shakllanish jarayoni" 

asarini mana shu nuktai nazar asosida yozgan. 

Xalqning (etnosning) kelib chiqishini, uning ilk ajdodlarini aniq bir jamoa (elat) bo’lib 

shakllanish jarayonini ilmiy asosda o’rganish uchun avvalo «etnogenez» va «etnik tarix» 

iboralarini to’g`ri tushunib, ular haqida aniq tasavvurga ega bo’lish kerak. 

Etnik tarix - ma`lum bir xalqning ilk ajdodlaridan boshlanib, elat shakllanishini, uni 

taraqqiy etish bosqichlarini va elatning emirilish yoki rivojlanib, millat darajasiga etishish 

davrini o’z ichiga oladi. 

Etnogenez (etnos - yunon tilida xalq, genez - hosil bo’lish, kelib chiqish) bu yangitdan 

tashkil topgan etnik jamoa. Burundan mavjud bo’lgan bir necha etnik komponentlarni o’zaro 

yaqinlashuvi, ularning bir-biriga qo’shilib, birgaliqda taraqqiy etib borishi hamda 

shakllanayotgan etnosga boshqa erdan ko’chib kelib qo’shilgan komponentlarning mahalliy 

aholiga qo’shilishi, unga aralashib borishi natijasida vujudga keladi. Demak, shakllanadigan 

yangi etnosga ma`lum hududda yashagan xalqlar yoki etnik guruhlardan tashqari, boshqa 

hududlardan kelgan etnik, antropologik va madaniy jihatdan bir xidda bo’lmagan etnoslarning 

yoki etnik guruhlarning aralashib, qorishib ketishidan ham elat vujudga kelishi mumkin. 

Yangi etnosning vujudga kelishi bir necha etnik guruhlar etakchi etnos atrofiga 

jipslashishidan boshlanadi. Etakchi etnos mahalliy xalqlarning yoki boshqa erdan kelib o’rnashib 

qolgan etnik guruh ham bo’lishi mumkin. Etakchi etnos boshqarayotgan uyushmaga kirgan etnik 

guruhlar ma`lum vakt ichida tili, moddiy madaniyati, turmush tarzi, ma`naviyati bilan bir-

birlariga yaqinlashib borishi ijobiy natija bersa, yangi etnos o’zagi tashkil topadi. Shu davr ichida 

birlashishga moyilliklari bo’lgan etnik guruhlar siyosiy, iqgisodiy va boshqa sabablar tufayli bir-

birlariga yaqinlasha olmasalar etnik birlik elat darajasiga etmasdan tarqalib ketishi ham mumkin. 

Dunyoda mavjud bo’lgan xalqlarning barchasi turli etnik guruhlarning qo’shilishidan 

vujudga kelgan. Boshqacha qilib aytganda dunyoda tarkibiga o’zga etnik guruhlar qo’shilmagan 

bironta ham xalq bo’lmasa kerak. 

Yuqorida tilga olingan etnik nazariyaga asoslanib, biz o’zbek xalqini elat bo’lib, ma`lum 

tarixiy davrda, ma`lum hududda, mahalliy etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo’shilgan etnik 

komponentlarning aralashib borishi natijasida shakllangan, deb qaraymiz. 

Elat - sinfiy jamiyatga xos etnik uyushma. Antik va feodalizm bosqichlarida Markaziy 

Osiyoda bir qancha elatlar tashkil topgan: baqtriyaliklar, so’g`diylar, xorazmiylar, qang`lar, 

xunlar va boshqa elatlar. Ilk O’rta asrlarda turk elati turkiy xoqonliklar tanazzulidan keyin o’g`uz 

elati, kimak-qipchoq elati va boshqalar. Bu elatlarning birontasidan o’zbek elati unib chiqqan 

emas. Boshqacha qilib aytganda, tilga olingan elatlarning birontasi ham o’zbek elatining asosiy 

o’zagini tashkil qilgan emas. Lekin bularning parchalanib ketgandan keyingi, etnik jihatdan bir 

muncha o’zgargan avlodlari o’zbek elatining etnogenetik jarayonida qatnashganlar. 

Elat alohida jamoa bo’lib shakllanishida taraqqiy etadi va oxiri tanazzulga uchrab 

tarqalib, yo’qolib ketishi ham tabiiy holat. Masalan, yuqorida eslatilgan baqtriyaliklar, 

xorazmiylar, so’g`diylar, qang`lar xun elati va boshq. bu elatlarning birontasi rivojlanib millat 

darajasigacha etib kelgan emas. Faqat ilk O’rta asrlarda vujudga kelgan ayrim yangi elatlar, 

jumladan o’zbek elati O’rta asrlarning keyingi bosqichlarida yuz bergan barcha siyosiy 

o’zgarishlarni kechib, millat darajasigacha etib keldi. 

Har qanday xalq alohida jamoa (elat) bo’lib ma`lum bir hududda, ma`lum tarixiy davrda, 

sharoitda shakllanadi. Uzbek xalqining ajdodlari ham elat bo’lib Movarounnahr va Xorazm 

hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan. Bu hududlarda antik davrlarda 


 

4

sug`orma dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelgan, baqtriyaliklar, 



xorazmliklar, so’g`diylar, farg`onaliklar, shoshliklar yashab kelgan edilar. Cho’l zonalarida 

saklar, massagetlar va boshqa ko’chmanchi qabilalar joylashib, asosan chorvachilik bilan 

shug`ullanganlar. 

Uzbek xalkining shakllanish tarixi juda uzok davom etgan etnogenetik jarayon natijasidir. 

Bu jarayon ya`ni uzbeklarning etnogenezi XI asrgacha davom etadi va u garbiy koraxoniylar 

davlati doirasida, XI-XII asrlar davomida uzbek xalki uzil-kesil shakllandi. Shundan sung uzbek 

xalkining etnik tarixi boshlandi. Uzbeklarning etnik tarixi davomida, unga keyinrok kushilgan 

etnik komponentlar uzil-kesil shakllangan uzbek etnosi tarkibini deyarli uzgartirib yubara 

olmadi, balki uning tarkibida etnografik guruxlar sifatida uzok vaktlar yashab, ma`lum bir tarixiy 

davrdan sung etnos tarkibiga singib ketadi. 

Uzbek xalkining millat tarixi XIX asr oxiri - XX, asrning botshtaripyan boshldnyapi. 

Millatning shakllanishi xalkning tarkib topishi kabi uzok davom etadigan tarixiy va 

etnomadaniy jarayon bulib, millat etnik tarixning eng yuksak yukori chukkisi, kamolat 

boskichiki, bu boskichga kutarilgan xalkning davlati millat nomi-bilan yuritiladi, u suveren 

davlat sifatida uzining ichki va tashki siyosatini mustakil yuritadi, umum millat tili davdat tili 

makomini oladi, uning davlat chegaralari kat`iy, daxlsiz bulib, jaxon xamjamiyati tomonidan tan 

olinadi, millatning uzlikni onglash darajasi yuksak, milliy gurur, vatanga fidoiylik, ona zamin va 

xalkiga sodiklik-millat fukoralarining x.ayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi. 

millatga xos milliy mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan boshkariladi, ya`ni davlat 

millatning xoxish-irodasini bajaruvchi jonli mexanizmga aylanadi. 

Millatni til, territoriya va etnomadaniy Jixatdan birlashtiruvchi omil iktisodiy negizdir. 

Millatning iktisodiy-xujalik birligi asosida til va territoriya xamda etnomadaniy birliklar paydo 

buladi. Millatning iktisodiy va siyosiy birlashishi xalk ogzaki tilining (laxjalarining) 

yakinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bulishiga olib keladi. Lakjalar urnini 

milliy adabiy til egallaydi. Uning davlat tili makomi darajasiga kutarilishi esa millat nomi bilan 

atalgan davlatning mustakillik belgilaridan nishonadir. Millat mustakil davlat belgisi. Davlat pul 

birligining jaxon bozoridagi mavkei, uning iktisodiy kudratidan nishona. Uning mustakkam 

zamini davlat iktisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barkarorligiga boglik. Fukoralarning 

uzlikni onglash darajasi istikbolli iktisodiy siyosat bilan chambarchas boglikdir. Bundan uzbek 

millati va davlati xam istisno emas. 



 

 

5

Mavzu №2 . O’zbek xalqining etnik tarixiga  va etnogeneziga oid  ba`zi  nazariy 



masalalar 

 

Reja: 



1. Etnikalik atamalar, tushunchalar. 

2.  Etnik guruxlar, etnogenetik jarayon. 

3. Xududiy til birligi, iqtisodiy va madaniy aloqadorlik masalalari 

Har bir xalq o’zining etnik tarixi, etnogenezi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishga 

intiladi. Shuning uchun ham Uzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bu masalalarga 

qiziqish kuchayib, qator mualliflarning ilmiy adabiyotlarda, oynoma va ro’znomalar sahifalarida 

o’z fikr-mulohazalari bilan chiqishlari oz bo’lmadi. Mualliflar masalani to’g`ri ko’tarib chiqqan 

bo’lsalarda, etnik nazariyaga lozim darajada e`tibor bo’lmagani bois qo’yilgan masalani to’g`ri 

hal qilib berolmaganlar. 

Sobiq ittifoq davrida markazdagi ilmiy tadqiqot institutlarining etakchi mutaxassislari 

(asosan etnograflar, faylasuflar) xalqni (etnosni) o’rganishga oid bir qancha nazariy masalalarni, 

jumladan, etnik birlik tushunchasi, etnik birlikning davrlarga bo’linishi, etnik alomatlar va 

boshqa qator masalalar borasida bir necha yillar davomida bahslashib kelgan edilar. 

Xalqlarning kelib chiqish tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini o’rganishda 

ijtimoiy fanda «etnos» (yunoncha «xalq») va «etnik birlik» iboralari qo’llanildi. Etnos atamasi 

juda keng va tor ma`noda ishlatiladi: masalan dunyo xalqi, Amerika, Rossiya xalqi, O’zbekiston 

xalqi, viloyat xalqi va boshqa kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham «xalq» iborasi 

qo’llanilgan. Shuning uchun ham ma`lum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushmaga 

«Etnik birlik» (rus tilida «etnicheskaya obshnost`») so’zi ishlatiladi. Etnik birlik «xalq» 

atamasiga nisbatan ma`no jihatidan aniq tushunchadir. 

Etnik birlik aniq sharoitda, tabiiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy 

uyushmadir. Fanda etyaik birlik bosqichining uch turi mavjud: qabila, elat va millat. Ketma-ket 

almashib kelgan bu atamalar turli davrlarda vujudga kelgan; ular o’z davrlariga xos xususiyatlari 

bilan bir-birlaridan farq qiladilar. 

Qabila - ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik. Qabila a`zolari bir-birlari bilan qon-

qarindoshlik munosabatida bo’lishi hamda urug`larga bo’linishi xususiyatlari bilan keyingi 

bosqichdagi etnik birlikdan (elatdan) farq qiladi. Bundan tashqari, qabilaning o’ziga xos tili, 

hududi, qabila a`zolarining o’zaro hamkorlikda bo’lishi (masalan, jamoa bo’lib ov qilishi, qabila 

hududini himoya qilishi, bir-birlariga yordam berishi va boshqa), qabila nomining (etnonim) 

mavjudligi, an`analarini bilishi va boshqa qabila uyushmasining xususiyatlaridan hisoblangan. 

Ibtidoiy bosqichning taraqqiy etgan etnik jamoalarida o’z-o’zini idora qilish, urug`-qabila 

boshliqlaridan tashkil topgan, maslahat (yig`in) majlisi orqali boshqarilgan. Ular barcha jamoa 

masalalarini hal qilish, jamoa yig`inlarida qabila boshliqlarini saylash hamda qator qabilachilik 

munosabatlarini boshqarganlar. 

Kishilik jamiyatining tobora taraqqiy etib borishi va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi 

bilan ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik - qabila tuzumi o’z ahamiyatini yo’qotadi. Ammo qabila 

atamasi va unga taalluqli bo’lgan ba`zi xususiyatlar qoldiq sifatida sinfiy jamiyatlarda 

(quldorchilik, feodalizm, kapitalizm, sotsialistik) ham saqlanib qolgan. XIX asr oxiri - XX asr 

boshlarida o’zbek xalqining tarkibida qabilalar mavjud bo’lib, ular urug`larga bo’linish tartibini 

va urug`-qabila nomlarini (etnonimlarini) saqlab kelganlar. So’zsiz, ular ibtidoiy bosqich 

qoldiqlari hisoblanadi. Chunki bizgacha saqlanib qolgan urug`-qabilalar ibtidoiylikka xos 

xususiyatlarini allaqachon yo’qotib, sinfiy jamiyatga moslashib qolganlar. 

Ibtidoiy bosqichning oxirlarida - sinfiy jamiyatga o’tish arafasida, qabilalar orasidagi 

etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha 

qabilalar birlashadilar. Qabilalarning birlashish jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga 

keladi. Bu etnik birlik ma`lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik 

asosida shakllanadi. 

Qadimiy davrda vujudga kelgan yangi etnik birlikni ifodalash uchun «elat» atamasini 



 

6

qabul qilish o’rinli bo’lsa kerak. Bu atama bir qancha ma`noga ega bo’lishidan qat`i nazar, 



o’zbek tilida yozilgan ilmiy asarlarda ancha vaqtlardan buyon rus tilida «narodnost`» so’zi 

o’rnida ishlatilib kelinmoqtsa. 

Qadimda hozirgi O’zbekiston hududida va unga tutash mintaqalarda bir qancha elatlar 

vujudga kelgan: baqtriyaliklar, xorazmliklar, so’gdiylar, qang`arlar, farg`onaliklar shular 

jumlasidan. Ammo bu elatlar quldorchilik jamiyatidayoq birin-ketin inqirozga uchrab tarqalib, 

ularning o’rnida yangi elatlar vujudga kelgan. Ilk O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda turk, uyg`ur, 

o’g`uz, tojik va o’zbek elatlari tashkil topgan. Bulardan bizning asrimizgacha uyg`ur, tojik 

hamda o’zbek elati etib keldi. Elat qabila bilan millat orasidagi etnik birlik bo’lib, sinfiy 

jamiyatga xos etnik uyushmadir. Elat sobiq ittifoq tuzumida ham mavjud bo’lgan.  

Etnografiya fanida «etnografik guruh» (subetnos) iborasi ham ko’proq qo’llaniladi. 

Etnografik guruh - ma`lum bir etnosning (elatning yoki millatning ajralmas qismi, uning 

tarkibidagi bo’linmalardan) biri bo’lib, o’zining ba`zi xususiyatlari bilan til lahjasi, xo’jalik 

faoliyati, turmush tarzining ba`zi tomonlari bilan farq qilgan. Etnografik guruh odatda bir 

qabilaning, elatning yoki millatning ikkinchi bir xalq bilan aralashib, boshqa erga borib, shu 

erdagi xalq tarkibiga kirib, u bilan birga yashab kelishi natijasida vujudga keladi. Masalan, 

Oktyabr` to’ntarishidan oldingi davrda o’zbeklar tarkibidagi qipchoqlar, quramalar etnografik 

guruh hisoblangan. Ba`zi vaqtlarda etnografik guruh o’z elidan, xalqidan ajralib, boshqa bir etnik 

birligiga qo’shilishi natijasida ham vujudga kelgan. Bu xildagi etnoslarning katta qismi asrlar 

davomida mahalliy xalqning ichida yashab, ularning urf-odatlari va madaniyatini qabul qilib, 

unga aralashib borgan. Ammo bularning ma`lum qismi o’z tilini, o’zligani va moddiy 

madaniyatlaridaga ba`zi xususiyatlarni saqlab kelganlar. Bunga misol qilib o’zbeklar tarkibidaga 

arablar, eroniylarni ko’rsatishga bo’ladi. 

Etnik guruh aniq bir xalqning (qabila, qabila ittifoqi, elatning) parchalanib, alohida 

qismlarga bo’linib ketishi natijasida vujudga keladi. Etnografik guruhdan etnik guruhning farqini 

quyidagicha izohlash mumkin: o’z xalqidan (qabila, elat) ajralib chiqqan guruh boshqa xalq 

tarkibiga kirib, uzoq muddat yashab, shu xalqning tili, xo’jalik faoliyati, urf-odatlari, turmush 

tarzini qabul qilib, unga batamom singab, o’zlarini shu xalq nomi bilan ataydigan bo’lib qoladi. 

Ammo shu bilan birga bu guruh o’z etnik nomini o’tmishda qaysi qabila, elatga mansub 

ekanligini, ba`zi an`analarini saqlab qolgan bo’ladi. Masalan: qipchoqlar XIX asrning ikkinchi 

yarmi - XX asr boshlarida o’zbek xalqining tarkibida (o’z lahjalari, turmush tarzi, madaniy 

hayotidagi ba`zi xususiyatlarini saqlab qolganliklari tufayli) etnografik guruh bo’lgan bo’lsalar, 

qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, boshqird va boshqa xalqlar tarkibida ular (qipchoqlar) etnik 

guruh hisoblangan. Shu singari qang`li, uyshun va bir qancha boshqa qabilaviy nomlar ham 

yuqorida eslatilgan xalqlar tarkibida mavjud bo’lgan. Bular o’z etnik nomlari bilan qaysi xalq 

ichida bo’lsalar o’sha xalq (qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, boshqird va boshqa) nomi bilan 

atalgan. Oktyabr` to’ntarishidan oddin Rossiyada yashovchi pomorlar va kazaklarning barcha 

guruhlari rus xalqining etnik bo’linmalari (guruhlari), Shimoliy va Janubiy velikorusslar esa 

etnografik guruhlar hisoblangan. 

Ajralib chiqqan etnik qism, boshqa etnoslarga qo’shilmasdan o’zi mustaqil etnik guruh 

bo’lib qolishi ham mumkin. Vaqt o’tishi bilan uning tarkibiga ayrim (qipchoq bo’lmagan) etnik 

guruhlar qo’shilib, yirik qabila ittifoqini tashkil qiladi. Bunga XIII-XIV asrlarda 

Dashtiqipchoqtsa yashagan qipchoq etnik guruh (misol bo’la oladi). 

Ma`lumki, vaqt o’tishi bilan etnik birlik fuqarolarning aniq bir qismi ajralib, boshqa erga, 

boshqa tabiiy muhitga borib o’rnashib, shu joydagi etnosga qo’shilib, turmush tarzini birmuncha 

o’zgartirib, erli xalqning tilini qabul qilib unga aralashib qolish hollari ham oz bo’lmagan. Agar 

shunga o’xshash etnik guruh boshqa xalq tarkibiga kirib, etnik birlikning asosiy shartlaridan biri 

bo’lgan etnik nomini (etnonimini) va ba`zi boshqa belgilarini saqlab qololsa bunday etnik guruh 

o’zining burungi etnik birligiga taalluqli bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan boshqa etnik uyushmaga 

kirgan etnik guruh o’z tilini, madaniyatini, o’zligini batamom unutib yuborgan taqdirda bunday 

guruh (oddingidan) boshqa etnos kishilari bo’lib qoladilar. Boshqacha qilib aytganda, ma`lum 

etnik guruh oldingi etnik birligidan ajralib, mutlaqo boshqa etnik birlik tarkibiga kirib, unga 


 

7

singib, o’zlarini shu etnos (qabila, elat, millat) kishilari hisoblaydilar. Masalan, xalaj qabilasini 



olaylik. Bu qabilaning asosiy qismi ilk O’rta asrlarda Ettisuvda yashagan. Milodiy VI-VII 

asrlarda bularning ma`lum qismi ajralib, hozirgi Afg`oniston hududiga borib o’rnashgan. Vaqt 

o’tishi bilan ular bu hudud aholisining tilini, urf-odatlarini, turmush tarzini qabul qilib, o’z etnik 

nomlarini unutib, XIII asrdayoq o’zlarini boshqa nom bilan gilzoy deb ataydigan bo’lib qolgan 

edilar. Ayrim etnik guruhlar boshqa etnik birlikka kirib, unga aralashib singib ketgan bo’lsalarda 

o’z etnik nomlarini asrlar mobaynida saqlab qolganlar. Qashqadaryoning O’rta oqimlarida majar 

nomi bilan ataluvchi etnik guruh yashaydi. Ma`lumki, majarlar Vengriya davlatining asosiy 

xalqidir. Bularning ilk ajdodlari ugro-fin tilida gapiruvchi xalqlar bo’lib, Sirdaryo quyi 

oqimlaridagi cho’llarda va Ural tog` oldi rayonlarida yashagan. Milodiy IX asrda majarlarning 

katta bir qismi xazarlar siquviga barch dosh bera olmay g`arbga siljib, hozirgi Vengriya 

hududiga borib o’rnashganlar. Bu erda ular slavyanlashib, elat va keyinchalik millat bo’lib 

shakllanadilar. Qadimgi erlarida qolganlari esa til jihatidan turklashib totor, boshqird va 

o’zbeklar tarkibiga kirib, batamom singib ketganliklariga qaramasdan qadimgi etnik nomlarini 

(majar etnonimini) bizgacha saqlab kelgan. 

Etnik tarix o’rganilayotgan xalqning ibtidoiylikdan boshlab, bir qancha tarixiy 

bosqichlarni o’tib, to bizgacha davom qilib kelgan katta davrni qamrab oladi. Boshqacha qilib 

aytganda, etnik tarix tushunchasi etnosning qadimda va ilk O’rta asrlarda mavjud bo’lgan 

ildizlarini, ularning alohida etnik jamoa (etnik birlik) bo’lib shakllanish davrini hamda etnosning 

keyingi tarixiy taraqqiyot tarixini (to millat bo’lib shakllanishiga qadar) o’tgan davrini o’z ichiga 

oladi. 


Etnogenez va etnogenetik jarayon etnik tarixning ma`lum bosqichlarida vujudga keladi. 

Etnogenez (etnos - yunon tilida xalq, genezis - kelib chiqish) deb ilgari mavjud bo’lgan 

bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnos (elat)ning vujudga kelishiga aytiladi. Yangi 

etnos vujudga kelgach, oldingi etnik komponentlar asta-sekin yo’qolib tarix maydonidan 

batamom chiqib ketadilar (masalan, saklar, massagetlar, toharlar va boshqalar) yoki qisman 

(etnik tarkibi o’zgargan holda) saqlanib qoladilar. Shu o’rinda ta`kidlash lozimki, yangi etnik 

birlikning shakllanishi oxiriga etishi bilan ham etnik jarayon to’xtab qolmaydi. Shakllangan 

etnik birlikka turli davrlarda yangi-yangi komponentlar kelib qo’shilishi yoki undan ajralib, 

chiqib ketish hollari etnik birlik shakllangandan keyin ham davom etaveradi. 

Ma`lum bir xalqning elat bo’lib shakllanish (etnogenez) jarayonining ikki usuli mavjud: 

a) 

tub erli etnik komponentlarning o’zaro yaqinlashuvi, ularning qo’shilib, birgaliqda  



taraqqiy etib borish usuli; 

b) 


shakllangan yoki shakllanayotgan etnik birlikka boshqa joydan ko’chib kelgan 

komponentlarning mahalliy aholiga qo’shilish usuli bilan ham etnos vujudga keladi. Demak, 

yangi etnosga ma`lum hududda yashaydigan etnoslar yoki etnik guruhlardan tashqari boshqa 

hududlardan kelib qolgan etnik, antropologik va madaniy jihatdan bir xil bo’lmagan turli 

etnoslarning aralashuvidan ham vujudga keladi. Dunyoda mavjud bo’lgan xalqlarning barchasi 

turli etnik guruhlarning qo’shilishlaridan vujudga kelgan. 

Endi «etnik jarayon» iborasiga e`tibor beraylik. Etnik birlik (elat) bilan uning tarkibiga 

kirgan, etnik guruxlar O’rtasidagi etnik, xo’jalik, iqgisodiy va madaniy aloqalarning uzluksiz 

rivojlanib borishiga «etnik jarayon» iborasi qo’llaniladi. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, etnik 

jarayon ikki xil, ya`ni bo’linib ketishga va birlashishga moyil jarayonlardan iborat. 

Bo’linib ketishga moyilligi bo’lgan etnik jarayonda ilgarilari bo’linmasdan kelgan 

etnosdan bir necha etnik guruhlar yoki uning ma`lum bir qismi ajralib chiqib, alohida (mustaqil) 

etnosni tashkil qilishi mumkin. 

Birlashishga moyilligi bo’lgan etnik jarayonning uch turi mavjud: yaqinlashish 

(integratsiya), birikish (konsolidatsiya), aralashib, qorishib ketish jarayonlari. 

Ko’p yillar davomida qo’shni yashab kelgan etnoslar vaqt o’tishi bilan iqtisodiy va 

madaniy jihatdan yaqinlashadilar, ya`ni integratsiya jarayonini o’taydilar. Bu jarayon ijobiy 

natija bergan taqdirda etnoslar etnik jihatdan birikish (konsolidatsiya) pallasiga o’tadilar. 

Ma`lum bir xalq (etnos) ikkinchi bir xalqning tilini, urf-odatlarini, udumlarini 


 

8

o’zlashtirib, unga aralashib (singib) u bilan bir xalq bo’lib ketishini «qorishish jarayoni» 



(assimilyatsiya) desak bo’ladi.  

O’zbek, qozoq, tojik, qirg`iz, turkman, qoraqalpoq xalqlarning O’rta Osiyo hamda 

Qozog`istonning boshqa hududlarda yashab, doimo iqtisodiy va madaniy ham korliqda bo’lib 

kelishi etnoslararo yaqinlashuviga yorqin misol bo’la oladi. 

Etnogenetik jarayonda xalqning ilk iddizlari hosil bo’ladi. Bu jaryonda bir qancha etnik 

guruhlar bir-birlari bilan yaqinlashib, qo’shilib boradilar. Etnik guruhlarning tashqi qiyofasi, tili, 

moddiy va ma`naviy madaniyati har xil bo’lgan bo’lishi mumkin. Uzoq davom etgan etnogenetik 

jarayonda ularning tashqi qiyofasida, tilida, moddiy va ma`naviy madaniyatida, fe`l-atvorida 

umumiylik hosil bo’ldi. 

O’zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang` davlati doirasida (miloddan avvalgi III - 

milodiy V asr O’rtalari) o’tgan desak xato bo’lmas. Keyingi asrlarda bu jarayon bir muncha 

rivojlangan. 

Ayni shu asrlarda (miloddan avval I, milodiy VII asrlarda Sirdaryoning O’rta oqimlarida, 

Zarafshon, Qashqadaryo vohalarida va Xorazmda dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat bilan 

shug`ullanib kelgan aholi (so’g`diylar, xorazmiylar, o’troqlashib qolgan saklar, obiylar, 

sakaraunlar, assianlar, toxarlar va boshqalar) madaniyati, ya`ni tub erli aholi madaniyati shu 

hududlarga kelib o’rnashgan ko’chmanchi chorvador turkiyzabon etnoslar madaniyati bilan 

(ya`ni ko’chmanchi xalqlar madaniyati bilan) aralashib boradi. Natijada aralashgan (sinkretik) 

madaniyat hosil bo’ladi. Tub erli aholi madaniyatini ko’chmanchi qabilalar madaniyati bilan 

qo’shilganligi arxeologik ashyolar (junarik, qovunchi topilmalari) asosida ham isbotlangan. 

Arxeologlar bu qo’shma madaniyatni kangyuy yoki qovunchi madaniyati deb nomlaganlar. 

Qang` davlati emirilgach uning hududida mavjud bo’lgan ko’chmanchi qabilalar tarqalib 

yangidan tashkil etilgan davlatlar yoki qabilaviy uyushmalar tarkibiga kiradilar. Ularning 

ayrimlari kuchayib o’z tarkibiga boshqa etnik elementlarni qabul qilib (masalan qang`lilar, 

pecheneglar) yuqorida qayd qilganimizdek yangi qabila ittifoqini tashkil qiladilar. 

Movarounnahr va unga tutash mintaqalarida turg`un yashovchi aholi (so’g`diylar, xorazmiylar, 

turkiyzabon etnoslar) o’z hududlarida abadiy qolib, bo’lajak o’zbek elatining poydevorini tashkil 

qiladilar. 

Etnografiya fanida elatni (millatni ham) belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: hudud, 

til, iqtisod, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, ong sezimi, etnosning uyushqoqligi 

ma`lum bir davlat doirasida bo’lishi, o’z etnik nomiga (etnonimiga) ega bo’lishi, din umumiyligi 

va bir qancha boshqa alomatlar. Albatta, bu alomatlar etnosning shakllanish jarayonida ishtirok 

etishi kerak. Ammo amalda esa bu alomatlarning barchasi elatning shakllanayotgan kezlarda, 

ya`ni muayyan bir vaktda hozir bo’lishi yoki bir davrda muhim rol` o’inashi mumkin bo’lmagan. 

Etnik alomatlarning biri, balki bir nechtasi bir vaqtda hosil bo’lsa, boshqasi esa birmuncha 

keyinroq paydo bo’lishi mumkin. Jumladan ma`lum bir etnosni tashkil topishida til bosh rol` 

o’ynagan bo’lsa, ikkinchi bir elatning paydo bo’lishida xo’jalik, uchinchisida esa moddiy 

madaniyat etakchi belgi bo’lishi ehtimoddan xoli bo’lmasa kerak. 

Etnos nazariyasiga binoan etnik birlikka (elat) yaqin bir tilda gaplashuvchi xalqlar, elatlar 

birlashadilar. Shakllanayotgan elatning taraqqiyot davrida uning tilida fonetik, grammatik 

tarkibida, asosan lug`aviy tarkibida ma`lum darajada o’zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu 

o’zgarishlar ko’pincha turli etnik elementlarni bir-birlari bilan aralashib borishi tufayli hosil 

bo’ladi. Chunki xalqning o’zaro aralashish jarayoni ularning tilini (laxjalarini) ham aralashishiga 

olib keladi. Elatning shakllanish davridagi etnik jarayonda qatnashayotgan ma`lum bir qabilani 

yoki o’troq aholining lahjasi ustuvorlik qilib, pirovardida bu lahja yangidan shakllangan elatning 

umumiy tili bo’lib qolishi ehtimoldan xoli emas. 

O’zbek ajdodlari elat bo’lib shakllanayotgan vaqtda qaysi elatning shevasi ustuvorlik 

qilgan bo’lsa, aynan ana shu til keyinchalik mazqur elat tili bo’lib qolgan. 

Ilk O’rta asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida o’g`uz, qipchoq va qarluq, uyg`ur turkiy 

til guruhlari

 

mavjud bo’lgan. Ug`uz til guruhi o’g`uz va saljuq qabilalari orasida vujudga kelgan



qipchoq til guruhi Dashtiqipchoq qabilalari orasida tashkil topgan, qarluq til guruhi esa qarluq va 

 

9

ularga qardosh xalach, chigil-yag`mo va boshqa qabilalar ichida, uyg`ur tili uyg`ur etnik 



muhitida hosil bo’lgan bo’lishi kerak. 

Tarihdan ayonki, VIII asrning 60-yillari qarluqlar turkeshlar ustidan g`alaba qozonib, 

Ettisuvni batamom egallaydilar va juda katta hududda o’z hukmronliklarini o’rnatadilar (bu 

haqda keyingi bobda gapiriladi). Qarluqlar egallab turgan mintaqalarda qarluqlardan tashqari 

yana bir qancha boshqa turkiy qabilalar va etnik guruhlar, chunonchi org`u, tuxsi, turkesh, az, uz, 

yag`mo va boshqalar joylashgan edilar. Ikki asrdan ko’proq davr ichida bu etnoslar bir-birlari 

bilan yaqinlashib, qorishib ketishlari natijasida Qarluq davlati aholisining (tarixiy adabiyotlarda 

Qoraxoniylar davlati iborasi qabul qilingan) adabiy tili shakllanadi. Bu til qarluq shevasi asosida 

vujudga kelgan albatta. Shuning uchun bo’lsa kerak, tilshunos olimlarning asarlarida mazkur til 

qarluq tili yoki qarluq guruhining tili deb nomlangan. 

Etnik birlikning (elatni) tashkil topishida hududni ham ahamiyati katta bo’lgan. Bir tilda 

gapiruvchi etnoslar alohida etnik birlikka uyushishi uchun o’z hududiga ega bo’lgan bo’lishi 

kerak edi. Boshqacha qilib aytganda, har bir elatning muayyan yashaydigan joyi bo’lgan. 

Etnosning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti uchun, u yashab turgan hududda uzoq vaqtlargacha 

osoyishtalik, barqarorlik hukmronlik qilishi kerak bo’lgan. 

Agar etnos ma`lum bir erda joylashib, shu erda qaror topmasa, xo’jalik faoliyatini davom 

ettirolmasa bunday etnos yirik etnik birlikka, ya`ni elat darajasiga ko’tarila olmasligi mumkin. 

Bu xil etnoslar ko’pincha ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvadorlar qabilalaridan bo’lib, 

ular tez-tez bir erdan ikkinchi erga ko’chib, joylarini almashtirib turishlari hamda siyosiy 

vaziyatni o’zgartirib qolishi tufayli ko’pincha elat bo’lib shakllana olmaganlar. Bular kichik 

guruhlarga bo’linib, tarqalib turli etnik uyushmalarga kirib (komponent sifatida) uzoq vaqt o’z 

etnik nomlarini saklab qolganlar.  

Ayrim tadqiqotchilarning masalan, T. Yu. Burmistrovning fikricha, millat bir joyda emas, 

balki bir nechta viloyat hududida yashasa, hatto, ular ozchilikni tashkil qilgan bo’lsa ham 

viloyatlar millat hududi bo’la oladi. Bu fikrni inobatga olgan taqdirda o’zbek elatining 

shakllangan hududini ma`lum bir er bilan chegaralab qo’yish to’g`ri bo’lmaydi. O’zbek elati bir 

necha viloyatlarni, vohalarni o’z ichiga olgan juda katta kenglikda (Xorazm, Movarounnahr, 

Ettisuvda, Toshkent vohasi Sharqiy Turkistonning g`arbiy mintaqalari) vujudga kelganligini tan 

olish kerak bo’ladi. So’zsiz bunday katta hududda o’zbek ajdodlarini elat bo’lib shakllanishi 

jarayonida unga kirgan etnik guruhlar bir tekisda joylashmagan; bir viloyatda ko’proq (masalan, 

Ettisuvda, Toshkent vohasida, Farg`onada) ikkinchi erda kamroq (Qashqadaryo vohasida), cho’l 

zonalarida esa oz miqdorda joylashgan bo’lishlari mumkin edi.  

Hudud bir ijtimoiy birlikda yashashi, mehnat qilishi, xo’jaligini rivojlantirish uchun 

muhim kengliqdir. Ammo, etnosning bir o’zi yolg`iz taraqqiy eta olmaydi. Uning rivoj topishi 

uchun boshqa etnoslar bilan doimiy iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lishi kerak. Demak, hudud 

ijtimoiy guruhlarning boshqa, qo’shni etnik birliklari bilan etnik, xo’jalik, madaniy va siyosiy 

aloqalar o’rnatadigan kenglik hamdir. 

Etnosning shakllanishidagi asosiy shartlardan biri etnosning ichki iqtisodiy birligi 

hisoblanadi. Bir tilda so’zlashuvchi xalqlarning alohida etnik jamoa (elat) bo’lib uyushishligi 

uchun ko’p yillar davomida bir hududda yashashlaridan tashqari, xo’jalik jihatidan doimo o’zaro 

aloqada bo’lib kelishlari shart bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, elat tarkibida bo’lib, uning 

shakllanish jarayoniga qatnashgan etnoslar bir-birlari bilan iqtisodiy jihatdan uzviy bog`liq 

bo’lishlari kerak edi. Ma`lum bir hududda yashovchi etnoslar va ularning fuqarolari doimiy 

iqtisodiy aloqada bo’lmasalar, ularning etnik taraqqiyoti rivoj topmaydi, bu hol etnosning 

tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. 

Ma`lum hududda yashovchi xalqlar o’zaro va qo’shni xalqlar bilan yaqinlashib, ular bilan 

aloqador bo’lishda Buyuk Ipak yo’li ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Urta Osiyoning 

markazidan o’tgan Buyuk Ipak yo’li bu kengliqtsa yashovchi xalqlarni (jumladan o’zbek 

ajdodlarini ham) Sibir`, Xitoy, Hindiston, Rossiya va bir qancha g`arbiy mamlakatlar bilan 

iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatishida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Savdo yo’llarida 

bozor joylar, karvonsaroylar mavjud bo’lgan. Tevarak-atrofdagi aholi shu bozorlarga mollarini, 


 

10

hunarmandchilik buyumlarini olib kelib sotganlar yoki ayirbosh qilganlar, o’zlariga kerakli 



narsalarni xarid qilganlar. Savdo-sotiq orqali ma`lum bir hudud fuqarolari faqat o’zaro emas, 

qo’shni xalqlar, davlatlar bilan ham aloqada bo’lib, ularning madaniyatidan ham ma`lum 

darajada xabardor bo’lganlar. Mahalliy savdogarlar tobora tajribalari oshib ichki va tashqi 

savdoni rivojlanishida, elatning iqtisodiy birligini mustahkamlashiga katta hissa qo’shadilar. 

Shunday qilib, ichki iqgisodiy birlikning mavjudligi etnoslarning (jumladan o’zbek 

elatining ham) vujudga kelishidagi asosiy shartlardan biri hisoblangan. Ammo, bu alomat barcha 

etnosga ham xos bo’lavermaydi. Chunki etnoslarning shakllanish jarayoni bir xidda, bir usulda 

o’tmaydi. Shuning uchun alomatlarning (jumladan iqtisodiy birlik) birontasi (alohida olganda) 

uning taraqqiy yo’lini aniqlab beruvchi yoki uning shakllanishini belgilovchi omil bo’la olmaydi.  

Sinfiy jamiyatda vujudga kelgan elat ma`lum siyosiy tuzum (davlat) hududida 

shakllanadi. Davlatsiz elatni tasavvur qilib bo’lmaydi. Davlat darajasidagi xalqlar, elatlar etnik 

jamoa bo’lib shakllanish jarayonida bir-birlari bilan etnik, iqtisodiy, madaniy jihatdan tobora 

yaqinlashib boradilar. 

Davlatning vazifasi juda keng: o’z fuqarolarining osoyishtaligini va manfaatlarini himoya 

qilish, xo’jalik faoliyatini rivojlantirish, iktisodiy hayotini, turmush sharoitini yaxshilash, 

an`analarini davom ettirish va boshqa qator masalalar davlatning eng muhim vazifalari 

hisoblanadi. Agar davlat o’z vazifalarini bajara olsa, uning tarkibidagi etnik komponentlarning 

o’zaro yaqinlashishi jipslashib borishiga keng imkoniyat yaratiladi. O’z fuqarolarining 

manfaatlarini himoya qilmagan, mamlakat taraqqiyotini ta`minlay olmagan davlat ojiz bo’lib, tez 

vaqt ichida inqirozga uchraydi.  

Etnosning shakllanishida madaniyat ham katta ahamiyatga ega. har bir elat madaniy 

xususiyatlari bilan boshqa elatlardan ajralib turadi. 

Etnosning madaniy xususiyati deganda faqat etnografik tushuncha (moddiy va ma`naviy 

madaniyati)

 

bilan chegaralab bo’lmaydi. Bu masalaga yondashganda, gap, har bir etnosning 



madaniyatning barcha tarmoqlari bo’yicha erishgan yutuqlari haqida, xususan elat tarkibiga 

kirgan har bir etnik guruhning madaniyat umumiyligiga qo’shgan hissasi haqida borishi kerak. 

Yangitdan tashkil topgan elat ajdodlaridan meros bo’lib o’tgan moddiy va ma`naviy 

madaniyatining ijobiy an`analarini davom ettirib, boyitib keyingi avlodga qoldiradigan etnik 

birlik bo’lib qolishi kerak. 

O’zbek xalqining madaniyat rishtalari juda uzoq davrlardan boshlangan. Tarixdan 

ma`lumki, quddorchilik va feodalizm boskichlarida davriga qarab birin-ketin almashib kelgan 

xalqlar, elatlar, chunonchi saklar, massagetlar, kangarlar, toxarlar, eftaliylar, turk hoqonlari 

davridagi xalqlar va boshqalar bo’lgan. Bu xalqlar yaratgan madaniyat avlodlarga meros bo’lib 

kelavergan. So’zsiz ajdodlar yaratgan madaniyatning vorislari faqat o’zbeklar bo’lmagan. Bu 

qadimiy merosning vorislari o’zbeklar bilan bir qatorda tojiklar, turkmanlar va boshqa Markaziy 

Osiyo xalklari hamdir. 

O’zbek elatining shakllanish arafasida Markaziy Osiyo mintaqalarida, jumladan hozirgi 

O’zbekiston Respublikasi hududida asosan ikki turdagi madaniyat mavjud bo’lgan: 

dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug`ullanib kelgan turg`un aholi 

madaniyati va ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va yarim o’troq chorvador qabilalar madaniyati. 

Bu har ikkala turdagi madaniyat o’zaro bog`liq bo’lib, madaniyat namoyondalari bir-birlarini 

to’ldirib, boyitib kelganlar. Muqarrar davom etgan hamkorliklar tufayli barcha ijtimoiy 

tabaqadagi aholiga xos bo’lgan umumiy elat madaniyati vujudga kelgan. O’zbek elati madaniyati 

IX-X asrning birinchi yarimlarigacha bo’lgan davrda, (ya`ni o’zbek elatining shakllanish 

jarayoni bilan bir vaqtda) mazkur elatga xos madaniyat hosil bo’lgan. Madaniyat vujudga 

kelganu, ammo uning taraqqiy etish jarayoni shu asr ichida oxiriga etmagan; madaniyat 

taraqqiyoti keyingi asrlarda ham davom etgan.  

O’zbek elatining shakllanish jarayonida qatnashgan qabilaviy komponentlarning (qarluq, 

arg`u, tuxsi, turkesh va boshqa) ham madaniy darajasi bir xilda rivojlanmagan. Bu xalqlarning 

tilida va moddiy madaniyatidagi farqlarni Mahmud Qoshg`ariyning asaridan o’qib tushunib olish 

qiyin emas. 


 

11

Madaniyat haqida aytilgan fikr-mulohazalardan xulosa qilib aytganda, o’zbek elatining 



madaniyati ajdodlari asrlar davomida yaratgan tub erli madaniyat asosida tashkil topgan va 

rivojlangan. Elat madaniyatining shakllanishi bir hududda yashovchi barcha etnoslarning o’zaro 

aloqalari natijasida taraqqiy etgan. Boshqacha qilib aytganda, shakllanayotgan o’zbek elatining 

madaniyati hudud doirasidagi etnoslarning xo’jalik faoliyati, iqtisodiy-ijtimoiy va ma`naviy 

jihatdan tobora yaqinlashib, qorishib borishlari tufayli IX-X asrlarda o’zbek elatiga xos umum 

elat madaniyati vujudga keladi. 

Elatining shakllanishida diniy e`tiqodning ham ahamiyati katta bo’lgan. Bir dinda bo’lgan 

turli etnoslarning aniq bir elat bo’lib shakllanishi turli e`tiqodda bo’lgan etnoslarga nisbatan 

osonroq o’tishi mumkin. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling