Berilan ko’makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, misollar tuzing


Download 1.07 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1152317
Bog'liq
Taqdimot

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tillar fakulteti oʼzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 303-guruh talabasi Xamidova Shaxzodaning ona tili oʻqitish metodikasi fanidan Mustaqil taʼlimi.

Ma’lumki, yordamchi so’zlar haqida ilk ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda beriladi. 7-sinfda so’zlar ikki guruhga – atash ma’nosiga ega bo’lgan va atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib gap bo’lagi vazifasida keluvchi hamda ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan va gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlarga bo’linadi.O’qituvchi yuqoridagi tasnifdan kelib chiqib, yordamchi so’z turkumlari haqidagi ma’lumotni quyidagi tarzda boshlashi ma’qul:

  • Ot,sifat,son,fe’l,ravishlar atash ma’nosiga ega(olmosh esa atash ma’nosiga ishora qiladi), muayyan so’roqlarga javob bo’la oladi, ma’lum sintaktik vazifani bajara oladi.

O’quvchilar sof ko’makchilar hamda vazifadosh ko’makchilar haqida tasavvurga ega bo’lishlari uchun quyidagi topshiriq beriladi.

Berilan ko’makchilarning sof yoki vazifadoshligini aniqlab, misollar tuzing.

Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko’ra, bo’ylab, keyin, avval, tepada v.h.

Akam bilan Chimyonga sayohat qildik.

  • Uy tomon ketdim.

Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar (bilan, uchun, sari), aslida ot, ravish, ravishdosh kabilardan ko’makchiga o’tgan so’zlar (avval, ostida, qarab) vazifadosh ko’makchilar ekani aytiladi.

  • Sof ko’makchilar vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turishi nazarda tutilib, mashqlar bajartiriladi.

1.Mustaqil so’z turkumlari bilan yordamchi so’z turkumlarining bir-biridan farqli tomonlarini o’rgatish.

2.Ko’makchi hamda uning sof va vazifadosh turlarini tushuntirishda grammatik mashqlardan foydalanish.

3.Bog’lovchi hamda uning gapdagi asosiy vazifasi hamda ko’makchidan farqini tushuntirish yo’llari

4.O’quvchilarga yuklamalarning ma’no turlari, qo’llanishi va yozilishini o’rgatish

  • 5.Undov, taqlid, modal so’zlarning nutqdagi vazifasini o’quvchilarga tushuntirish masalasi.
  • Ona tili fanida yordamchi so‘z va yordamchi qo‘shimcha shakllar, ya’ni yordamchi birliklar muayyan bir hodisa hisoblanib, ona tilini o‘rganishda o‘ziga xos o‘ringa ega. Chunki nutqimiz boyligi, sayqalligi, muxtasarligi, uslubiy ravonligi bevosita yordamchilar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama)dan o’z o’rnida foydalanishga ham bog‘liq. Shu bois, Yordamchi so’z turkumlari ona tili barcha sinflar kesimida o’qitiladi. Ushbu maqolada yordamchi so’z turkumlarimi o’qitishda zamonaviy innovatsion metodlarning ahamiyati o’rganiladi va amaliy tavsiyalar beriladi.
  • Bugungi kunda dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijalarga erishish maqsad qilingan. Darsning texnik vositalar, metodlar va ko’rgazmalar bilan tashkil etilishi o’quvchida mavzu yuzasidan mustahkam bilimga ega bo’lish, mustaqil fikrini bayon eta olish, faol ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantiradi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling