Berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni


Download 137.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.01.2023
Hajmi137.28 Kb.
#1075776
Bog'liq
Taʼlim - Vikipediya



Taʼlim
Taʼlim
— 
bilim
berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, 
kishini
hayotga va mehnatga
tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga
oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv
yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot
berish jarayonini ham bildiradi.
Yuqoridan chapdan oʻngga: Chexiya texnika universitetining biotibbiyot muhandisligi fakultetidagi maruza (
Praga
,
Chexiya
); Mevali bogʻ soyasida oʻtirgan maktab oʻquvchilari (Bamozay, Gardez, Paktiya provinsiyasi, 
Afgʻoniston
);
„FIRST“ robototexnika musobaqasida qatnashayotgan talaba (
Vashington

AQSh
); AQSh xalqaro taraqqiyot
agentligi (USAID) tashabbusida amalga oshirilayotgan maktabgacha taʼlim (Zvay, 
Efiopiya
)


Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan
belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy
tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining
turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang
Pedagogika
).
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini,
umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini,
yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim
olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning
sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni
taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy
tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang 
Pedotsentrizm
), baʼzisi
Taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy,
falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning
xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda
taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular,
idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika
bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam
beradi.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini
oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik
tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang
Didaktika
). Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv
yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil
29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi
joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar
yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi 
oʻzbek alifbosi
boʻyicha qayta
tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga
tayyorgarligini belgilaydigan „Tashhis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va
koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini


kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik taxdil etish,
Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy
etildi (qarang 
Taʼlimning milliy modeli
).
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati
va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv
yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va
mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim
mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan
maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat,
tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan
foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va
boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars
taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar,
oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi
metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida
kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari —
radio

televideniye

film

kompyuter
, vaqtli 
matbuotdan
, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli
shakllaridan foydalanilmoqda.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Taʼlim&oldid=3532130
" dan 
olindi
Manbalar

Download 137.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling