Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


KEYSLAR  Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

KEYSLAR 
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga ishbilarmonlik madaniyati 
katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Tay-
vanning oilalar, davlat tuzilmalari, mintaqaviy hamjamiyatlar bilan uzviy bog’lanib 
ketgan tarmoq bizneslari G’arb kompaniyalariga ichki va xalqaro bozorlarda jiddiy 
raqobat ko’rsatishga qodir. Sharq bilan raqiblik ham, hamkorlik ham G’arb 
kompaniyalarini huddi yapon keyretsulariga o’xshash «keyretsu»ni tashkil qilgan 
holda Sharq keyretsulari tuzilmasiga taqlid qilishga majbur etdi. Norasmiy 
kelishuvga tayangan holda bunday tarmoqlar sa’y-harakatlarni samarali 
muvofiqlashtiradi va bozorning katta qismini nazorat qiladi. Munosabatlarni saqlab 
turishga yo’naltirilgan Sharq ishbilarmonlik madaniyati yangi sharoitlarda 


61 
ko’pincha vazifaga yo’naltirilgan AQSH ishbilarmonlik madaniyatiga qaraganda 
raqobatbardosh 
hisoblanadi. 
O’zbekiston 
ishbilarmonlik 
madaniyatini 
munosabatlarni saqlab turishga yo’naltirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 
o’ziga xos xususiyati O’zbekistonda bunday norasmiy aloqalarni rivojlanishning 
muhim shartiga aylantiradi. 
Savollar: 
Vertikal va gorizontal keyretsularni quyidagi parametrlar bo’yicha 
taqqoslang: 
-axborot oqimlari; 
-tovarlar va xizmatlar oqimlari;
-nufuzni shakllantirish. 
Madaniy 
o’ziga 
xos 
xususiyatlar 
ishbilarmonlik 
tarmoqlarining 
shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? 
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 
1. Jamiyatning ko’p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo’jalik faoliyati natijalari 
uchun javobgardir.
2. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo’lgan huquq 
ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo’jayinga o’tadi.
3. Kreditning birdan-bir shakli bu iste’molchiga avans berishdir. 
4. Mulkdorlarning o’zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi 
borgan sayin davlat hisobiga o’tadi. 
5. Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi. 
6. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan olinadigan daromadini oshirishdan 
iborat. 
7. Tabaqali mulk oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo’lgan tabiiy resurslarga 
tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi.


62 
8. Firma kreditida mol beruvchi va sotuvchi to’lash muddati uzaytirilgan 
sarmoyani oladi va xaridorga beradi. 
9. Firma tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida iqtisodiy
resurslarning ishlatuvchi tashkilotdir.
10. Xo’jalik faoliyatining asosiy maqsadi - qoldiq daromad mulk egasining, barcha 
to’lovlar amalga oshirganda keyingi daromadini ko’paytirish, kiritilgan
kapitaldan olinadigan foydani oshirish va mehnatdan keladigan daromadni
yuksaltirishdan iboratdir. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling