Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar: Nikoh shartnomasida shartnomaviy munosabatlarning asosiy tamoyillariga amal qilinadimi
- Keys 2. Transaktsiyalarni tahlil qilishga nisbatan Uilyamsonning yondashuvi: qurilish bozori
olishi lozim. Chunki nikoh shartnomasini deyarli har kuni o’zgartirishga bo’lgan
qiziqish tez orada er-xotinning bir-birini tovlashiga aylanishi mumkin: agar menga quloq solmasang – shartnomani shunday o’zgartiramanki, ajrashish holatida senga hech narsa tegmaydi. Shuning uchun shu haqida kelishib olish lozimki, shartnomani, albatta, o’zgartirish mumkin, lekin yetarli sabablarga ko’ra va er-xotinning ixtiyoriy ravishda ifodalangan istagi mavjud bo’lgan hollarda. Nikoh shartnomasini tasdiqlovchi notarius ham (bunday shartnoma notarius tomonidan tasdiqlanishi shart) mazkur shartnomaning er-xotinning roziligi bilan tuzilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Hozirgi shartnomalarda an’anaga ko’ra oxirida shunday ibora yoziladi: «Ushbu shartnoma yuzasidan barcha tortishuvlar va kelishmovchiliklarni taraflar o’zaro muzokaralar yo’li bilan hal etadi. Agar kelishuvga erishilmasa, tortishuv amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi». Ana shunday satrni nikoh shartnomasiga ham kiritish ortiqchalik qilmaydi. Savollar: Nikoh shartnomasida shartnomaviy munosabatlarning asosiy tamoyillariga amal qilinadimi? 72 Nikoh shartnomasining quyidagi tarkibiy qismlarini ajrating- shartnoma predmeti, nizolarni hal etish qoidalari va tartibotlari, ishtirokchilarning kutilayotgan xatti-harakati. Nikoh shartnomasini shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin - klassik, neoklassik, yoki munosabat? O’z javobingizni asoslang. Agar rasmiy nikoh qurgan yoki fuqarolik nikohida yashovchi er-xotin nikoh shartnomasini tuzmagan bo’lsa, ular o’rtasidagi norasmiy kelishuvni shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin? Keys 2. Transaktsiyalarni tahlil qilishga nisbatan Uilyamsonning yondashuvi: qurilish bozori Shaharda elita uy-joy bozorida ishlovchi, o’zining qurilish bo’linmalarini ochgan kompaniyalar soni ortib bormoqda. «"Bank uyi" kompaniya guruhi to’liq qurilish siklini ta’minlab turishi va o’z qurilish bo’linmalariga egaligi bois pudratchilarni saralab olish bo’yicha tenderlar faqat tor ixtisoslashgan ish turlari uchun o’tkaziladi, - deydi Xamid Xalilov. - Pudratchilarni tanlashda birinchi navbatda bozorda yaxshi nufuzga ega bo’lgan va ular bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi yuzaga kelgan kompaniyalar ko’rib chiqiladi. Lekin bu "Bank uyi" yangi pudratchilar bilan ishlamaydi degani emas, - tender hamma uchun ochiq, unda sifati va narxi bo’yicha eng qiziqarli taklif g’olib bo’ladi». «Uy qurilish kombinati (UQK)» kompaniyalar guruhi doirasidagi o’z qurilish kompaniyamiz nafaqat pulni tejash, balki, eng asosiysi, ishlarning sifati va loyihaning amalga oshirish muddatlari ustidan umumiy nazoratni ta’minlash imkonini ham beradi. “"UQK" — xususiy tuzilma va bizning vaqtni yo’qotishga yoki ehtimoliy hatolarga yoxud autsorsing bo’yicha ishlovchi pudratchining noinsofligiga duch kelib ishlarning sifatidan voz kechishga haqqimiz yo’q”, — deya ta’kidlaydi ish boshqaruvchi Vali Rizaev. Savollar: Transaktsiyalarni tahlil qilishga nisbatan Uilyamsonning yondashuviga muvofiq «Bank uyi» kompaniyasi bilan pudratchilar o’rtasidagi transaktsiyalarni boshqarish shaklini ta’riflang. 73 • Transaktsiyalarni boshqarishning bunday shakli qanday nomlanadi? • “Bank uyi” kompaniyasi bilan pudratchilar o’rtasidagi transaktsiya parametrlarini ajrating. O’z javobingizni asoslang. • Transaktsiya parametrlari uni boshqarish shakligan qanday ta’sir ko’rsatadi? Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling