Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YoKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Institut - o’zaro hamkorlikning umumiy doiralarini belgilaydi, tashkilot esa - o’zaro hamkorlik(lar)ning muayyan doiralarini belgilaydi. 2. Implitsit shartnoma - o’zida ham yollash to’g’risidagi shartnomaning, ham sotish to’g’risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi. 3. Bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat» o’rtasidagi hamkorlikni emas, balki shaxslar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. 4. Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning ikkita xili mavjud: xatarga qarshi insonlar; xatarga betaraf munosabatda bo’ladigan insonlar. 5. “Yollash to’g’risidagi shartnoma” atamasi yollanma xodim va ish beruvchining o’zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda tutiladiki, yollanma xodim – xatarga betaraf, ish beruvchi esa xatarga nisbatan qarshi. 6. Yollash to’g’risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo’lgan shaxs va xatarga qarshi shaxs o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. 7. Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o’z harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. 8. Sotish to’g’risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo’lgan shaxslar o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. 74 9. Klassik shartnoma, unda o’zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to’la- to’kis belgilangan, sotish to’g’risidagi shartnomadan hosil bo’lgan shartnoma. 10. “Munosabatli” odam oqilona maqsadli harakat me’yoriga amal qiladi, lekin shu bilan birga u o’z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa me’yorlar asosida ham quradi. 11. Firmalarni eng maqbul (benuqson) xillarga bo’lish real tashkilotlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish imkonini bermaydi, balki faqat tashkiliy tuzilmaning barqaror qismini ajratib ko’rsatadi. 12. Balans – muvozanat, muttasil o’zgarib turuvchi xodisa yoki tushunchaning nisbatini ifodalovchi ko’rsatkichlar sistemasi. 13. Aktivlar – karxona aktivlarini moliyalashtirishning hamma manbalari ko’rsatiladigan korxona balansining bo’limi. 14. Passiv – korxona xo’jalik faoliyatida foyda olish maqsadida ishlatiladigan moddiy qimmatliklar shaklidagi iqtisodiy resurslar. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling