Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
sifatida
. Xodimlar soni 30-50 nafar kishigacha oshgan vaqtda, ko’rsatmali boshqaruv boshi berk ko’chaga kirib qoladi. Rahbar o’z buruqlari bajarilishining odatdagi aniqligi va uyg’unligi yo’qolib borayotganligini his qilgan holda qo’l ostidagilarning harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirishga intiladi. Qat’iy talablarning rasmiy doiralariga siqib qo’yilgan xodimlar qarshilik ko’rsata boshlaydi. Insonlar ularni 85 qilishga majbur etgan narsalarga qaraganda o’z istaklariga mos keladigan narsalarni yaxshi qilishadi. Qadriyatlar tizimini bilish korxonada yuz berayotgan barcha tub jarayonlarni tushunish imkonini beradi. Amaliyot. Toshkentdagi savdo kompaniyasi rahbariyati sanoat asbab-uskunalari tovarining bir turini ishlab chiqaruvchi zavod bilan birlashishga qaror qildi. Ikkala korxonaning ham direktorlari va xodimlari ish jarayonida uzviy aloqada bo’lishdi, ikkala korxonaning ham yagona kompaniya doirasidagi qo’shma faoliyat haqidagi tasavvurlari shunchalik har xil bo’lib chiqdiki, hatto birlashishning maqsadga muvofiqligini shubha ostiga qo’ydi. Ana shunday birlashish samarasiz bo’lib chiqqan holatlarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Muvaffaqiyatsiz chiqqan integratsiyaning asosiy sababi sifatida ko’pincha ishtirokchi korxonalarning korporativ madaniyatlaridagi farqlar tilga olinadi. Qadriyatlar xodimlarning xatti-harakatini belgilab beradi, shuning uchun agar qadriyatlar mos kelmasa, u holda har bir korxona xodimlarining faoliyati turli yo’nalishlarga ega bo’ladi. Natijada korxonalar kelisha olishmaydi, samarali o’zaro hamkorlikka ham erishilmaydi. Ular dastlab birlashib, so’ngra esa tarqalib vaqtni va pulni boy berishadi yoki o’zaro foydani qo’ldan chiqargan holda shunchaki birlasha olishmaydi. Harakatlarning birligiga erishish uchun umumiy qadriyatlarni shakllantirish zarur. Tadbirkorlar shartnomalarni hamkorlik, yetkazib berish, to’lovlar shartlarini muhokama qilgan holda tuzishadi, qadriyatlarni birgalikda yaratish haqida muzokaralarni yuritish ko’nikmalari esa hali mavjud emas. Ko’pchilik uchun muzokaralar predmeti tushunarsiz va uning ahamiyati ham noma’lum. Ushbu sabablar tufayli mamlakatimizda mustaqil korxonalarning muvaffaqiyatli birlashganligiga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Qo’shilish asosan xarid qilish yo’li bilan yuz beradi. Qadriyatlar umumiy tizimini shakllantirish uchun birlashgan kompaniyani rivojlantirishning birgalikdagi yo’llari, kutilayotgan natijalar, missiyaning ijrosi haqidagi tasavvurlar aniqlanishi kerak. Savdo kompaniyasi bilan bo’lgan holatda birlashgan kompaniyani tashkil etish uchun resurs – biznes-mafkura talab qilindi. 86 Jamoa esa buni maxsus treningda shakllantirishga kirishdi. Yangi, yagona korxonaning missiyasi ishlab chiqildi. Korxonani tashkil etishning asosida yotuvchi tamoyillar aniqlandi. Shu jumladan kompaniya amal qiladigan qadriyatlar ham ishlab chiqildi, — kompaniya ishida ishtirok etuvchi yoki uning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi guruhlarning ehtiyojlarini qondirish. Ana shunday guruhlar jumlasiga quyidagilar kiradi: mijozlar, mulkdorlar, xodimlar, menejment, yetkazib beruvchilar, sheriklar. Ushbu guruhlar bilan kompaniya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillari belgilandi. Yangi sharoitda ishlash uchun qanaqa xodimlar talab etilishi, ularni nimaga va qanday o’qitish lozimligi ma’lum bo’ldi. Kelgusidagi motivatsiya tizimining shaklu-shamoyili paydo bo’ldi. Bundan keyin butun jamoa harakatlarining xususiyatini belgilab beruvchi qadriyatlar tizimining shakllanishi qilingan ishlarning yakuni bo’ldi. Ikkala korxonaning ham xodimlari samarali o’zaro hamkorlik qilgan holda va belgilangan yo’l bo’yicha bir yo’nalishda harakatlanib, sa’y-harakatlarni umumiy maqsadga erishish yo’lida birlashtiradi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling