Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
Savollar:
Qadriyatlar korporativ tizimining belgilanishi va joriy etilishi muvofiqlashtirish va motivatsiya xarajatlarining miqdoriga qanaqa ta’sir ko’rsatadi? Bir-biri bilan o’zaro hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan kompaniyalarda umumiy qadriyatlarning mavjudligi muzokaralar olib borish, shartnomani tuzish, monitoring va shartnomalarni ijro etishga majburlash xarajatlarining miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatadi? Qadriyatlar korporativ tizimining mavjudligini Nort tomonidan ajratilgan omillarning transaktsiya xarajatlarining darajasi va tarkibini belgilab beruvchi qaysi turiga kiritish mumkin? Muzokaralar olib borish xarajatlarining uchta toifasini ajrating. Qadriyatlar korporativ tizimining joriy etilishi ushbu toifalardan qaysilariga ta’sir ko’rsatmaydi? 87 QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Tashkilot tarkibiga kiruvchi “agentlar” sonining o’sishi, agentlar harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan “printsipal” xarajatlarining oshishini belgilab beradi. 2. Printsipal-agent muammosi – “agent”ning “printsipal” topshirig’i va ko’rsatmasini bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi. 3. Nazorat xarajatlarining ortishi “agentlar” sonining o’sishiga to’g’ri proportsional emas. 4. “Printsipal-agent” muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. 5. Muammoni hal etishning ikkinchi varianti “agent” tomonidan qat’iy belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lgan mukofotni to’lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. 6. Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «agentlar» tomonidan qabul qilinadi, uning o’zi nazoratni ham amalga oshiradi. 7. Xolding tuzilmasi- qarorlar qabul qilish va “Printsipal” harakatlari ustidan nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o’zida namoyon etadi. 8. Agar “agentlar” faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o’tkazilsa, u holda funktsional belgi bo’yicha – funktsional bo’linmalar boshliqlariga: sotish bo’limi boshlig’i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. 9. Tashkilot a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me’yorlar, qoidalar va an’analar yig’indisiga tashkiliy madaniyat deyiladi. 88 10. Menejerlar bilan xodimlarning o’zaro munosabatlarida “printsipal-agent” muammosining hal etilishi fordizm – Buyuk qatag’onlik davrida Genri Ford tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi. 11. Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot faoliyatining o’ziga xosligiga qarab mulkdorlar o’rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal variantini tanlashga yordam beradi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling