Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan
ifodalanadigan yillik majmui. 
Davlat zayomlari – davlat budjetiga mablag’ to’plashda kredit sifatida
maydonga chiqadigan kredit-moliya faoliyatining bir ko’rinishi. 
Davlat mulki – jamiyatdagi mulkchilikning shakllaridan biri, davlat mol-
mulkidan kelgan daromad budjetga tushadi. 
Davlat qarzi – davlatning o’z fuqarolari, banklar, korxona va
tashkilotlar, shuningdek xorij mamlakatlaridan qarzi. 
Oliy mulk – davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi. 
Davlatning “muvaffaqiyatsizliklari” - daromadlar va xarajatlarning mos 
kelmasligi, davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi, 
oldinga qo’yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish ehtimoli va 
resurslarning noteng taqsimlanishi kiradi. 
“Printsipal-agent” muammosi – “agent”ning «printsipal» topshirig’i va 
ko’rsatmasini bajarishdagi hiylasi (nayrangi). Hiyla ishlatish (nayrang) axborot 
asimmetriyasi va “agent” faoliyati ustidan nazorat qilishning yuqori darajasi tufayli 
mumkin bo’ladi. 
Kriminal iqtisodiyot – qonunning (birinchi navbatda – Jinoiy va Fuqarolik 
kodekslarining) to’g’ridan-to’g’ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga 
tajovuz qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat.
Shartnomaviy davlat – bu faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan 
huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan 
foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki 
o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan burch sifatida qaraydi. 
Ekspluatatorlik davlati o’z daromadini (soliq tushumlarini), aniqrog’i, - 
davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning daromadini oshirish uchun majbur 
qilish monopoliyasidan foydalanadi. 
Ekstreal vaziyatlar – mulk huquqini qayta taqsimlashni qonunning qabul 
qilinishi natijasida zarar ko’rgan tomonlarni xufyona harakat qilishga undaydigan 
holat.  


95 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling