Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy iqtisodiyot
- Korruptsiya
Xufyona iqtisodiyot – bu jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar
moddiy boyliklar va xizmatlarning harajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot. Yashirish yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi. Korruptsiya – lotincha (corruptio) so’zidan olingan bo’lib, buzilish degan ma’noni anglatadi. korruptsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona iqtisodiyotning ko’rinishidir. MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR: Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o’ylama! 1–misol. Quyida keltirilgan jadvaldagi davlat budjetining asosiy moddalarini tahlil qilish asosida davlatning modeliga nisbatan xulosalar chiqaring: Daromadlar (YaMMga nisbatan % hisobida) Xarajatlar (YaMMga nisbatan % hisobida) To’g’ridan-to’g’ri soliqlar 12,0 Ijtimoiy xizmatlar, 15,7 Bilvosita soliqlar 11,4 shu jumladan: Mulkda ishtirok etishdan olinadigan dividendlar 1,4 mahalliy o’zini o’zi boshqarish 12,6 uy xo’jaliklariga subsidiyalar 2,3 Boshqa mamlakatlarga berilgan kreditlar bo’yicha foiz 0,2 ijtimoiy sug’urta 0,8 Davlat boshqaruvi 4,8 Mudofaa 2,9 Korxonalarga subsidiyalar 0,8 Davlat qarziga xizmat ko’rsatish 0,2 Jami 26,0 Jami 27,9 Budjet taqchilligi 1,9 96 a) shartnomaviy model; b) ekspluatatorlik model. Javob: a), davlat budjetining tuzilishini tahlil qilish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Birinchidan, soliq tushumlari budjet daromadlarining asosiy qismni tashkil qiladi (90 %). Ikkinchidan, mudofaa xarajatlarining ulushi 3 foizdan oshmaydi. Uchinchidan, davlat boshqaruvi xarajatlari ancha yuqori, biroq ularning miqdori mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlariga beriladigan subsidiyalar bilan solishtirilganda ancha kichik. To’rtinchidan, davlat xarajatlarining nisbiy miqdori “umumiy farovon” davlatlar guruhi bo’yicha o’rtacha darajaga yaqin. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling