Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

Norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning oshkora turlari, unda xarajatlarni 
pasaytirish maqsadida tovarlar va xizmatlarning qayd etilmagan tarzda ishlab 
chiqarilishi o’rin tutadi (ta’kidlash lozimki, davlatdan yashiriladigan barcha faoliyat 
turlari huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinishi mumkin emas va mulkchilik 
huquqlarini himoyalashning muqobil mexanizmlari qo’llanilishini talab qiladi).
Sohta iqtisodiyot – qo’shib yozishlar, chayqovchilik bitimlari, poraxo’rlik va 
pulni olish hamda berish bilan bog’liq har xil tovlamachilik harakatlari iqtisodiyoti.
Kriminal iqtisodiyot – qonunning (birinchi navbatda – Jinoiy va Fuqarolik 
kodekslarining) to’g’ridan-to’g’ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga 
tajovuz qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat.


39 
Xufyona iqtisodiyot – bu birinchi galda iqtisodiy holat, chunki ushbu sektor 
ishtirokchilarining xatti-harakatlari oqilonalik motivi va iqtisodiy foyda bilan 
izohlanadi. Bu yerda faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar o’ziga xos “homo 
economicus” modeli bilan yoritiladi. 
Xufyona iqtisodiyot – bu u uchun odatiy xo’jalik faoliyatini yuritishda mavjud 
qonunlarga amal qilish xarajatlari (transaktsiya xarajatlari) o’z maqsadlariga 
erishishdan ko’riladigan foydadan yuqori bo’lgan insonlar uchun panoh (E. de Soto). 
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq 
(qonun) normalaridan foydalanishdan bo’yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni 
an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini 
almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq 
doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat. 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR: 
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling