Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR 1. Vrachlarning opportunistik xatti-harakati ehtimoli
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR
1. Vrachlarning opportunistik xatti-harakati ehtimoli. Sport jamoasining vrachi – bu, nafaqat o’z bilimlari bilan psixoterapevtdan tortib to dietologgacha turli mutaxassisliklarni birlashtirishi shart bo’lgan doktor. Doktor, bulardan tashqari, birinchi galda, ayniqsa yuklamalarga doimiy ravishda o’zgartirishlar kiritish va yuklamalarni tabaqalashtirish zarur bo’lgan tayyorgarlik davridagi o’quv-mashg’ulot jarayonida murabbiyning eng muhim yordamchisi hisoblanadi. Vrach xonasida emas, balki odamlar oldida, holatlarning yarmida, odatda, sharoitlarni oldindan aytib bo’lmaydigan boshqa shaharlarda aql va qo’llarning yaxshi reaktsiyalarini talab qiluvchi ish. Bu yerda alohida moyillik va sabr-toqat kerak. Doktor jamoasida – faqat retsept va kasallik varaqasi bilan qutilib bo’lmaydigan doimiy bemorlar bor. Bir lahzada ham tashxis qo’yish, ham davolash turini tanlash va so’zsiz, - natija zarur. -Qishloq joylarida umumiy amaliyot vrachlari tizimi rivojlanadi. Ushbu vrachlar o’z ishida, aslida, butun poliklinikaning o’rnini bosadi va faqat murakkab vaziyatlarda o’z bemorlarini tor mutaxassislarga yuboradi. • lekin bemorlar vrach ishining sifatini hamma vaqt ham baholashga qodir emaslar-ku. o’z ishini yaxshi biladigan, lekin unchalik xushmuomala bo’lmagan vrachga qaraganda o’z ishini yaxshi bilmaydigan, lekin xushmuomala vrach ko’proq bemorlarni qabul qiladigan holat yuz bermaydimi? • ushbu masala sog’liqni saqlash vazirligining vakolatiga kiradi. u vrachlik hamjamiyatini namoyon etuvchi tashkilotlar bilan birgalikda ultra tovush xizmati (UTX) tizimiga malakasiz mutaxassislar kirib qolmasligi haqida qayg’urishi kerak. 42 sog’liqni saqlash organlari mazkur sohada ishlovchilarning tibbiy-iqtisodiy standartlarni bajarishlariga erishishlari darkor. • pulning ketidan quvib UTX vrachlari bemorlarga keraksiz va ortiqcha mualajalarni tayinlaydigan holat yuz bermaydimi? Bunday tajriba, afsuski, ixtiyoriy sug’urtada mavjud. • bu jiddiy muammo. Agar vrach imkon qadar ko’proq tibbiy xizmatlar ko’rsatishdan moddiy manfaatdor bo’lsa, unga e’tiroz bildirish qiyin. lekin xalqaro amaliyotda bunday holatlarni jilovlash usullari mavjud. Birinchi galda bu davolash yordasiga haq to’lash usullari bilan bog’liq. Boshlang’ich bo’g’inda vrach yoki po- liklinika yil mobaynida har bir ko’rsatilgan xizmatga emas, balki bir yo’la biriktirilgan bemorlar kontingenti uchun pul oladi. Savollar: Kimda opportunizmga intilish ko’proq —sport vrachidami yoki qishloq vrachidami? Nima uchun? Kimda vrachning ishini nazorat qilishga intilish kuchliroq — jamoa egasidami yoki Sog’liqni saqlash vazirligidami? Nima uchun? Ikkinchi parchada keltirilgan axborot asosida vrachning shartnomadan oldingi va shartnomadan keyingi opportunizmiga misollar keltiring. Qaysi omillar tufayli bunday xatti-harakatga yo’l qo’yish mumkin bo’ladi? Uning oldini olishning qanaqa usullari taklif etiladi? Ularning samaradorligiga baho bering. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling