Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR Qo’shma tijoratning paydo bo’lishi yoki «Keling uylar bilan do’stlashaylik»
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR
Qo’shma tijoratning paydo bo’lishi yoki «Keling uylar bilan do’stlashaylik» Yangi «Daloyit maslahat» tadqiqotiga muvofiq savdo sheriklari o’rtasida o’zaro hamkorlik tarmog’ini yaratish — biznesda o’sishga erishish kaliti. «Kompaniyalar o’zining raqobat jihatdan ustunligini savdo sheriklarining dinamik ekotizimi bilan tobora mustahkam bog’lagan holda raqobat tarzida katta o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda» — deyiladi Nyu-york «Daloyit maslahat» 52 tadqiqotida. Biznes sohasidagi 300 ta yetakchidan olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, qarorlarning birgalikda qabul qilinishi, hujjatlar va ma’lumotlar aylanishini avtomatlashtirilishi biznesning o’sishini 70 foizdan ko’pga oshiradi. «Qo’shma tijorat kompaniyalarga qo’shma korxonani boshqarish usulini va izchil jarayonlarni baholashni yaxshilash imkonini beradi», — deydi Djon Ferreyra, «Daloyit maslahat» sherigi — «Turli kompaniyalarda ishbilarmonlik jarayonlari axborot tizimlarining muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi ularga raqobatda katta ustunlikni berdi — ushbu kompaniyalar o’z foydasini yaxshiroq anglab yetmoqda, katta foyda olmoqda, bozorning katta segmentiga ega bo’lmoqda». «Daloyit»ga muvofiq eng muvaffaqiyatli kompaniyalar unda kompaniya va uning eng muhim savdo sheriklari bir zanjirning yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’g’ini kabi hamjihatlik bilan harakat qiladigan vaziyatni yaratishdi. «Daloyit» tadqiqoti natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, kompaniyalarning deyarli to’rtdan uch qismi bahamjihat harakatlarni o’zining oliy maqsadi deb hisoblashadi, boshqa kompaniyalar bilan ishbilarmonlik jarayonlarini uyg’unlashtirgan kompaniyalar esa o’zining savdo sheriklari bilan integratsiyalashmagan kompaniyalarga qaraganda 70 foizga ko’p foyda olishmoqda. Ushbu raqamlar ikki yil oldin o’tkazilgan ana shunday tadqiqot natijalariga qaraganda 20 foizga oshdi. Shuningdek, mazkur tadqiqot kompaniyalarning tobora ko’pchiligi ushbu tamoyilni amalga oshirishga kirisha boshlayotganligini ko’rsatmoqda. Katta korxonalar (5 mlrd. dollardan ko’p aylanma mablag’larga ega bo’lgan kompaniyalar) ning 33 foizi dastlabki dasturlarni amalga oshirishni boshlab yubordi, yana 45 foizi dastlabki loyihani rejalashtirmoqda. «Daloyit» tahlilchilarining fikriga ko’ra, 2012 yilga kelib kompaniyalarning 85 foizi qo’shma tijorat borasidagi ayrim tashabbuslarni hayotga tatbiq etmoqda. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling