Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Mulkning shakllanishi va rivojlanishi qonuni–


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

Mulkning shakllanishi va rivojlanishi qonuni– ayni vaqtning o’zida 
mulkning tabiiy ravishda yuzaga kelgan shakl va turlarining «rasmiylashuvi»ni, 
shuningdek ularning ob’ektiv ravishda o’zgarishi va modifikatsiyasini ifodalovchi 
ichki aloqalarni aks ettiruvchi qonun.
Mulkning endogen (ichki) tizimi – uning uchta tarkibiy darajasining o’zaro 
bog’liq va rivojlanuvchi birligi.
Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi– mazkur huquqning tegishli 
yuridik vakolatlarga (egalik, foydalanish, tasarruf etish, javobgarlik kabilarga) 
bo’linishi.
Mulkchilik – kishilar o’rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsulini o’zlashtirish yuzasidan paydo bo’lgan va tarixan aniq bir shaklda 
namoyon bo’luvchi iqtisodiy munosabatlar.
Mulkchilik munosabatlari mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni 
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Nominal mulkdorlar sinfi– jamiyatning inson, ashyolarga va tabiiy kapitalga 
bo’lgan mulkdorlik yuridik huquqiga ega bo’lgan, ayni vaqtda iqtisodiy hokimiyatga 
ega bo’lmagan ijtimoiy guruhlari.
Oliy mulk – davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi. 
Real mulkdorlar sinfi– rasmiy institutlar ishlab chiqarish hamda shu bilan 
ishlab chiqariladigan mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar 
yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. 


59 
Xususiy mulkchilik – individning jamoaviy xo’jalik faoliyatidan ajralib 
chiqishini o’zida namoyon etadi. 
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan 
o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad 
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan 
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. 
Shaxsiy mulk – shaxs hamda xo’jalik munosabatlarining boshqa sub’ektlari 
o’rtasida shaxsiy ne’matlarni o’zlashtirish borasida yuzaga keladigan 
munosabatlarning ijtimoiy shakli.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling