Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot
KEYSLAR Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Institutsional iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
KEYSLAR
Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishi. Ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga ishbilarmonlik madaniyati katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Tay- vanning oilalar, davlat tuzilmalari, mintaqaviy hamjamiyatlar bilan uzviy bog’lanib ketgan tarmoq bizneslari G’arb kompaniyalariga ichki va xalqaro bozorlarda jiddiy raqobat ko’rsatishga qodir. Sharq bilan raqiblik ham, hamkorlik ham G’arb kompaniyalarini huddi yapon keyretsulariga o’xshash «keyretsu»ni tashkil qilgan holda Sharq keyretsulari tuzilmasiga taqlid qilishga majbur etdi. Norasmiy kelishuvga tayangan holda bunday tarmoqlar sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtiradi va bozorning katta qismini nazorat qiladi. Munosabatlarni saqlab turishga yo’naltirilgan Sharq ishbilarmonlik madaniyati yangi sharoitlarda 61 ko’pincha vazifaga yo’naltirilgan AQSH ishbilarmonlik madaniyatiga qaraganda raqobatbardosh hisoblanadi. O’zbekiston ishbilarmonlik madaniyatini munosabatlarni saqlab turishga yo’naltirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati O’zbekistonda bunday norasmiy aloqalarni rivojlanishning muhim shartiga aylantiradi. Savollar: Vertikal va gorizontal keyretsularni quyidagi parametrlar bo’yicha taqqoslang: -axborot oqimlari; -tovarlar va xizmatlar oqimlari; -nufuzni shakllantirish. Madaniy o’ziga xos xususiyatlar ishbilarmonlik tarmoqlarining shakllanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1. Jamiyatning ko’p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo’jalik faoliyati natijalari uchun javobgardir. 2. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo’lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo’jayinga o’tadi. 3. Kreditning birdan-bir shakli bu iste’molchiga avans berishdir. 4. Mulkdorlarning o’zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin davlat hisobiga o’tadi. 5. Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi. 6. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan olinadigan daromadini oshirishdan iborat. 7. Tabaqali mulk oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo’lgan tabiiy resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi. 62 8. Firma kreditida mol beruvchi va sotuvchi to’lash muddati uzaytirilgan sarmoyani oladi va xaridorga beradi. 9. Firma tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida iqtisodiy resurslarning ishlatuvchi tashkilotdir. 10. Xo’jalik faoliyatining asosiy maqsadi - qoldiq daromad mulk egasining, barcha to’lovlar amalga oshirganda keyingi daromadini ko’paytirish, kiritilgan kapitaldan olinadigan foydani oshirish va mehnatdan keladigan daromadni yuksaltirishdan iboratdir. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling