Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

o’ylama!
1–misol. Shartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy me’yorlarni 
muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo’llagan holda, ulardan foydalanishadi. Agar siz 
uchun shartnoma tuzish og’zaki usulda amalga oshirish manfaat keltirsa u holda siz 
qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz? 
a) shartnoma kafolatlanishi shart; 
b) shartnoma tuzuvchining huquqiy savodxonligini o’rganish; 
v) “Lavz puldan ham qimmat” degan mashhur maqol orqali; 
g) kelgusi davr shartnoma tuzish xolatidan yiroq bo’lishni anglagan 
holda; 
d) shartnoma tuzishning bu holati doim ijobiy yakun topgani. 
Javob: a) va v), institutsional iqtisodiyotda xar qanday shartnoma 
kafolatlanishi shart, ya’ni rasmiy normalar asosida, balki “Lavz puldan ham 
qimmat” degan mashhur maqol orqali ham amalga oshirilishi mumkin bunda 
shartnoma tuzuvchi oila sha’nini e’tiborga oladi. 
2–misol. Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat 
qilmaydi. Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning 
uchta xili mavjud: xatarga qarshi insonlar; xatarga betaraf munosabatda bo’ladigan 
insonlar va xatarga moyil insonlar. 
Siz insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan talabalik 
davrida qanday qabul qilasiz? 
a) xatarga qarshi insonlar munosabatida;


69 
b) xatarga betaraf insonlar munosabatida; 
v) xatarga moyil insonlar munosabatida; 
Javob: a) talabalik davrida xatarga qarshi insonlar munosabatida bo’ladi, 
chunki, yollash to’g’risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo’lgan shaxs va xatarga 
qarshi shaxs o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga 
oshirilishi mumkin. Talabalikda tuzilgan shartnoma talabani xatarga qarshi shaxs 
ekanligini ko’rsatadi. 
3–misol. “Lavz puldan ham qimmat” degan mashhur maqolni institutsional 
nuqtai nazardan talqin eting. Unda qanaqa shartnoma ideali o’z aksini topgan? 
Siz shu yo’sinda shartnoma tuzgan bo’lar edingizmi? Qanday ko’rinishdagi 
shartnomalarni? 
a) yollash to’g’risidagi shartnomalarni; 
b) sotish to’g’risidagi shartnomalarni; 
v) og’zaki shartnomalarni;
g) bir martalik kafolatlangan shartnomalarni; 
d) uzoq yillar birga faoliyat olib borayotgan oilaviy shartnomalarni. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling