82
Aktsioner jamiyat – turli korxona,
tashkilot, bank, kompaniya va
ayrim shaxslar pul mablag’larini sherikchilik
asosida va sohibkorlik
maqsadida birlashtiradigan jamiyat.
Auditor firma – korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo’jalik
faoliyatini tekshirib beruvchi, ular ishining
iqtisodiy ekspertizasini
o’tkazuvchi firma.
Kartel – monopolistik birlashma shakli, kartel bitimlari ko’proq
yirik
trest va kontsernlar o’rtasida tuziladi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish soxasida
ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslaxat xizmati ko’rsatish va
texnikaviy loyixalarni ekspertizi qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsortsium - firmalar yoki firmalar bilan hukumat o’rtasida muayyan
amaliy, juda keng qo’llamdagi iqtisodiy
loyixalarni amalga oshirish
maqsadida shartnoma asosida tuzilgan vaqtinchalik birlashma.
Kontsern – ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tartib topadigan
yirik, ko’p tarmoqli korporatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: