Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/118
Sana03.12.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1799066
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118
Bog'liq
Institutsional iqtisodiyot

 
 


93 
10 bob. DAVLAT INSTITUTSIONAL TASHKILOT SIFATIDA 
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR: 
1. Davlatning funktsiyalari 
2. Davlatning institutsional tabiati 
3. Davlatning mohiyati va uning ta’rifi 
4. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik kontseptsiyasi 
5. Davlatning “muvaffaqiyatsizliklari” 
6. Davlat va “printsipal-agent” muammosi 
7. “Shartnomaviy” davlat tushunchasi 
8. “Ekspluatatorlik” davlati tushunchasi 
9. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari 
10. Korruptsiya muammosi 
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va 
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
 Esda tuting! 
Davlat – bu chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan 
belgilangan jug’rofiy hududga joylashgan, hukmini amalga oshirishda qiyosiy 
ustunlikka ega bo’lgan tashkilot. 
Byurokratik renta – bu o’zining lavozim mavqeidan noqonuniy tarzda 
daromad olish uchun foydalanuvchi davlat amaldori tomonidan olingan daromad 
(masalan, pora, sovg’alar va h.k.). 
Byurokratiyaning iqtisodiy nazariyasi – bu ijtimoiy tanlov nazariyasining 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, u qimmatbaho ne’matlarni ishlab chiqarmaydigan va 
daromadlari o’z faoliyatining natijalarini sotish bilan bog’liq bo’lmagan 
tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishini o’rganadi. 
Davlat buyurtmasi – davlat tomonidan muayyan maxsulot turini
tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazib berish, ishlab-chiqarish va
ilmiy tadqiqot xarakteridagi ma’lum ishni bajarish bo’yicha korxona va
xo’jaliklarga beriladigan topshiriq. 


94 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling