Berlin masalasi. Reja


Download 1.91 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1578112
Bog'liq
Berlin masalasi

Berlin masalasi.

Reja:

1. Berlin masalasi

2. Berlin devori masalasi

3. Berlin devorini buzulishi


Ushbu sana Germaniya tarixida muhim o‘rin tutadi – aynan shu sana fashizm tufayli vayron bo‘lgan mamlakat qayta birlashib, rivojlanishiga va Yevropa yetakchilaridan biriga aylanishiga zamin yaratdi.


Ikkinchi jahon urushida Gitler boshliq fashistlar Germaniyasi yengildi. Shundan so‘ng Germaniyada ittifoqchilar – SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shinlari joylashtirildi. Sharqiy Germaniyani to‘lig‘icha SSSR armiyasi, G‘arbiy va Janubiy Germaniyani AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shinlari egalladi. Bir muammo kelib chiqdi – poytaxt Berlinning maqomi masalasida. SSSR tomoni Berlin “o‘ziniki” bo‘lishini xohlardi. Ittifoqchilar ham qo‘shinlarini Berlinga joylashtirishgan edi va ular Berlin tamomila SSSR qo‘l ostida qolishini xohlamadi. Muammo shunda ediki, Berlin SSSR qo‘shinlari nazoratida bo‘lgan hududning ichida edi. Ammo ittifoqchilar biaribir ko‘nmadi va shu tariqa Berlinning yarmi SSSR, qolgan yarmi Ittifoqchilar qo‘shinlari nazorati ostida qoldi.
Shahar ikkita nom bilan – Berlin va G‘arbiy Berlin deb atala boshlandi. O‘sha paytda har ikki tarafda yashovchi aholi harbiylar tomonidan o‘rnatilgan turli kechish maskanlaridan o‘tib, shaharning ikki tarafiga ham erkin harakatlana olar edi. O‘shanda shahar bo‘ylab harakatlanishda qandaydir cheklovlar bo‘lmagan.
Berlin haqida
Germaniya poytaxti XIII asrning birinchi yarmida paydo bo‘lgan.
1486-yilda u Bradenburgning, keyinchalik Prussiyaning markazi bo‘lgan. 1871-yildan esa Germaniyaning poytaxti hisoblanadi.
Bo‘linish
Jahon tarixida Berlin 1943-yildan 1945-yilgacha eng ko‘p bomba ostida qolgan shahardir.
Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida,
2-may kuni SSSR qo‘shinlari Berlinni batamom egalladi.
Fashistlar Germaniyasi yiqitilgandan so‘ng shaharning g‘arbiy qismiga ittifoqchilar qo‘shinlari kirib keldi va SSSR qo‘shinlari bilan birlashdi. Shu tariqa shaharning g‘arbiy qismi ittifoqchilar nazoratida qoldi.
Germaniya va uning poytaxti ikkiga bo‘lingan ilk davrlarda avvaliga chegaralar ochiq edi. Berlinni shahar o‘rtasidan tortilgan 44,8 kilometr uzunlikdagi liniya ikkiga ajratib turardi. G‘arbiy Berlinning GDR bilan umumiy chegarasi esa 164 kilometrni tashkil etar edi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, 1949–1961-yillarda GDRdan GFRga jami 2,7 million odam ko‘chib o‘tgan. GFRga ko‘chib o‘tuvchilarning asosiy qismini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etgan. Har kuni birgina Berlinning o‘zida GFRga kirib chiquvchi odamlar yarim million nafarni tashkil etgan. 1960-yilning o‘zida GDRdan GFRga jami 200 mingdan oshiq odam ko‘chib o‘tgan.

Bugun Berlin devorining saqlanib qolgan qismini tomosha qilish uchun har yili Berlinga millionlab sayyohlar tashrif buyuradi.


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling