Beruvchi apparat va dasturiy taʼminot tushuniladi


Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa  Nomadic WiMAX


Download 128.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi128.52 Kb.
#1587969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2-mustaqil ish L Dilmurodov

Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa 
Nomadic WiMAX – seansli aloqa 
Portable WiMAX – siljish rejimidagi aloqa 
Mobile WiMAX – mobil aloqa. 
Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. 
Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul 
qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. 
Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy 
muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish 
tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga olib keladi. 
Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga 
ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi 
mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi. 
Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro 
aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu 
rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi 
lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda 
foydalanish biroz muammoni tug’diradi. 
Mobile 
WiMAX. 802.16e-2005 
standartida 
ishlab 
chiqilgan 
bo’lib, 
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 


km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini 
quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin. 
1. Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi. 
2. Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi. 
3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni 
qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning 
boshqaruvini osonlashtiradi. 
4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining 
tezkor joydan-joyga ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi. 
5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori 
tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi. 
6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati 
7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga 
ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida. 
8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO 
hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini o’zida jamlagani. 
9. Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar 
hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’minlaydi. 
10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi 
minimal yo’qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi. 



Download 128.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling