Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti


Download 2.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi2.5 Kb.
#1412211
Bog'liq
Besaranjom xodim



Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti.
Shotlandiyalik bakteriolog Aleksandr Fleming, laboratoriyada mehnat qilar ekan, hamkasblari orasida unchalik saranjom emasligi va ish joyini ko‘pincha yig‘ishtirmasdan, pala-partish saqlashi borasida tanqidga uchrar edi. U haqiqatan ham o‘ta betartib ish yuritadigan fe'l-atvor egasi bo‘lgan. Lekin, baxtli tasodif tufayli uning bu xurmacha qiliqlari, 1928-yilda, XX-asr tibbiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo‘lmish - antibiotiklarning kashf etilishiga sabab bo‘ldi. O‘z odatiga sodiq ravishda Fleming, bakteriyalar bilan tajriba o‘tkazilgan maxsus idishchalarni, 2-3 haftalab yuvmay, tashlab qo‘ygan. Saranjom hamkasblar esa, o‘z idishlarini doimo toza tutishar edi. U yangi tajriba uchun ishlatish maqsadida idishlarni yuvishga chog‘lanar ekan, ulardan birida saqlangan bakteriyani o‘rab olib, halok qilayotgan po‘panakni ko‘rib qoladi. Shu tarzda tarixdagi ilk antibiotik - pensillin kashf etilgan edi.
Fleming o‘z kashfiyotidan nafaqat tibbiyotda, balki, tasviriy san'atda ham foydalangan ekan. U mikroblarning shtammlaridan foydalanib, ajoyib asarlar hosil qilgan.
Download 2.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling