Besh tashabbus olimpiadasi


Download 19.94 Kb.
Sana28.07.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1663270
Bog'liq
Шахмат республика буйруқ


Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasining respublika bosqichiga viloyat bosqichi g‘oliblarinining ishtiroki to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-martdagi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023-yil mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilishining 22-son bayoni hamda Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2023-yil 19-iyundagi 01-10/128-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida




BUYURAMAN:

1. Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2023-yil 19-iyundagi


01-10/128-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasining respublika bosqichi 24-26-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis (B.Qo‘chqarov) “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasining respublika bosqichida musobaqaning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 nafar ishtirokchilar va 1 nafar mas’ul xodimning xavfsizligini ta’minlagan holda belgilangan muddatda ishtirokini ta’minlasin.
4. Ishtirokchilarning Respublika bosqichiga borish va kelish yo‘l transport xarajatlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlar smetasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Xo‘jalik ishlari mudiri (A.Raximov) xaridlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq smetada ko‘rsatilgan xizmatlarni rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.
6. Bosh hisobchi (J.Yusupov) xarajatlar Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasining “Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘lab-quvvatlash jamg‘armasi” hisobidan amalga oshirilsin.
7. Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis (B.Qo‘chqarov) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga topshirsin.
8. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Boshqarma boshlig‘i S.Palvanov

Yoshlar ishlari agentligi


Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining
2023-yil ____-iyundagi ____-son buyrug‘iga
ilova

Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasining viloyat bosiqichida g‘olib bo‘lgan yoshlarning respublika bosqichida ishtirok etishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlari


SMETASI


T/r.

Tovar moddiy boyliklar nomi

Soni

Narxi

Umumiy summasi




1.

“Urganch-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l chiptasi

5 nafar

350 000

1 750 000




2.

“Toshkent-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l chiptasi

5 nafar

350 000

1 750 000




Jami

3 500 000



Viloyat boshqarmasi
bosh hisobchisi J.Yusupov

Xo‘jalik ishlari mudiri A.Raximov

Viloyat boshqarmasi
bosh mutaxassisi B.Qo‘chqarov
Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling