Hozirgi yoshlarimiz she’riyatga juda qiziqishadi. Shuni nazarda tutgan holda ularning qiziqishlarini yanada kuchaytirish uchun ustozlar ota-onalar bilan kelishilgan holda bolalarga she’r yodlatish masalasiga kelishib olishlari zarur. Masalan, kuniga 4-8 qator she’r yodlash va yodlagan she’rlarini daftarga qayd qilib borishni ularga odatlantirish va sekin-asta o‘rgatib borish bilan ularning ongida yaxshilik va yomonlikni ajrata bilishiga erishishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, biz bo’lajak pedagoglar, agar o‘quvchilarni komil inson bo‘lib yetishishini xohlasak, ularni badiiy kitob o‘qishga odatlantiring, kutubxonalarga (axborot-resurs markazlariga) a’zo qildirsak, ana shunda biz ustozlar kitobsevar bilimdonlarni yetishishiga, yorug‘ kelajagiga zamin yaratgan bo‘ladilar. E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |