Beton qorish sexlari Reja
Download 38.34 Kb.
|
Beton qorish sexlari
Beton qorish sexlari Reja: Temir-beton mahsulotlari zavodlaridagi beton qoruvchi bo'limlar. Korxonaning berilgan dasturini bajarish uchun zarur skill. Temir-beton poligonlari va zavodlarida beton qorishmasi Temir-beton mahsulotlari zavodlaridagi beton qoruvchi bo'limlar ko'pincha vertikal chizma bo'yicha materiallarni sarf bunkeriga yetkazish uchun komplektlanadi. Sex binosi balandligi 25—30 m ga yetadi. Materiallar bunker ustidagi qavatga qiya o'rnatilgan lentali konveyer yordamida uzatiladi. Toldiruvchilarni uzatishda aylanadigan voronkalardan, sement va boshqa kukunsimon materiallar uchun shneklar va pnevmatik transportlardan foydalaniladi. Keyingi holatda havoni sement changidan tozalash uchun siklonlar va gazlamali filtrlar o'rnatiladi. Sarf bunkerlar otseklaiga bo'linadi. Yirik toldiruvchilar uchun, odatda, uch otsek, mayda to'ldiruvchilar uchun ikki otsek va sement uchun ham ikki otsek mo'ljallanadi. Sochiluvchi materiallaming erkin siljishi uchun bunker tagi qiyalik bujchagi tabiiy qiyalikdan kattaroq qilib bajariladi. Ular, asosan, qoida bo'yicha 55—60° dan kam bo'lmagan holda qabul qilinadi. To'ldiruvchilar yuqori namlikda bunker devorining pastki qismida osilib qolmasligi uchun titratib gumbazni ko'chiruvchi o'rnatiladi. Bunkerlarda, shuningdek, sementning aeratsiyasi uchun (shamollatish) moslama, bug' panjaralari va bunker otseklarining to'lish darajasi ko'rsatkichlari mo'ljallangan. Sarf bunkerlarida materiallar zaxirasi odatga ko'ra to'ldiruvchilar uchun 1—2 soatga, sement uchun 2—3 soatga qabul qilinadi. Beton qorishmasining quruq komponentlar miqdorlovchilari taalluqli bunker otseklaridan ortiladi. Suv miqdorlovchi ustiga o'rnatilgan bakdan keladi, vodoprovod magistralidan bak to'ldiriladi. Qo'shimcha tayyorlaydigan moslamadan qo‘shimchalarning suvli eritmasi miqdorlovchiga sirkulyatsion truboprovod yordamida uzatiladi. Qoruvchilarga quruq kom ponentlar osma klapanli tarnov tarmog'idan ortiladi. Korxonaning berilgan dasturini bajarish uchun zarur siklli haraktdagi qoruvchilar soni, bir qoruvchining mahsuldorligi va uskunadan foydalanish koeffitsientini inobatga olib quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bu yerda K"' — korxonaning yillik dasturi, m3; Vb — qoruvchi ' barabanning beton qorishma chiqishidagi sig'imi, 1; m — qorish soni bir soatda; T.f.f — foydali (hisobiy) vaqt fondi, s; Kv — vaqti bo'yicha qoruvchidan foydalanish koeffitsienti, 0,8 — 0,9 ga teng. Siklli harakatdagi sexning yillik mahsuldorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bu yerda Ts - bir qorishmani tayyorlashda sikl davomiyligi, aralashtirishga berilgan muddat, ortish va tayyor qorishmani barabandan tushirish vaqt yig'indilaridan iborat, s. Siklli harakatdagi qoruvchi qurilmaning bir soatlik ishlab chiqarishi quyidagi form ula bilan aniqlanadi: Bu yerda To — qorishmaga rejada bo'lgan eng ko‘p oylik talab, m3; ng — 1 oy mobaynida ish kunlar soni; tch — 1 kecha-kunduzdagi ish soatlari soni; Kn — soatli notenglik koeffitsienti, 0,6 ga teng; Km — Vaqt bo'yicha uskunadan 1 oyda foydalanish koeffitsienti, 0,8 ga teng. Tayyor qorishma beton qoruvchilardan tarqatuvchi bunkerlarga ortiladi, ularning sig'imi 2—3 qorishdan kam bo'lmasligi kerak. Temir-beton poligonlari va zavodlarida beton qorishmasi talab qilingan joyga har xil usul va transportlar, o'zi yurar beton tarqatuvchilar, temir yo'llarda harakatlanuvchilar, tasmali konveyer, pnevmatik moslamalar, ko'prikli kranlar, avtokran yordamida yetkaziladi. Yuqori darajada mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish sexlarida beton-joylashtirgich bunkerlariga beton qorishmasini yetkazish uchun osma yo'lda harakatlanadigan beton tashuvchi qo'llaniladi. Tasmali konveyer kam harakatlanadigan va bikir beton qorishmalarini uzatishda qo'llaniladi. Ular o'zi yurib tashiydigan aravachalar bilan jihozlanadi. Harakatchan beton qorishmalar uchun konveyer burchak qiyaligi 8° dan, bikir qorishmalar uchun — 15° dan oshirilmaydi. Beton qorishmaning tushish balandligi transport vositasiga uzatilayotganda 2 m dan oshmasligi kerak. Ma’lum masofaga harakatlanuvchi qorishmani uzatishda, panellarni kasseta qurilmalarda qoliplashda, elektr uzatkichlar uchun tayanchlar ishlab chiqarishda pnevmatik qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 1. K arim ov I. A . O 'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T. « 0 ‘zbekiston», 1995-y. 104—151-bet. 2. Karimov I.A . O 'zbekisto n — kelajagi buyukdavlat. T. «O'zbekiston», 1992-y. 62-betr. Download 38.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling