Без дижения и занятий физкультурой здоровым быть невозможноSintaksis
Download 137.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Sintaksis - Vikipediya
Sintaksis Без дижения и занятий физкультурой здоровым быть невозможноSintaksis (qadimgi yunoncha: σύν-ταξις - syntaxis — tuzilma, tartib, birikma): 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi. Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir. Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi. Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Si doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Si doirasiga esa gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi. Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda. "Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3- asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Si tarzida asoslagan. Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ad:. Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis, T., 1995. Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev. Andoza:Otashrich Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti tle=Sintaksis&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Sintaksis&oldid=3652027" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 15-Aprel 2023, 09:01 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 137.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling