Bezgak dizinteriya o’tkir yuqumli kasallik bo’lib


Download 26.65 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi26.65 Kb.
#1048874
1   2
Bog'liq
Bezgak dizinteriya

Mundarija
[bezgak dizintinteriya] 

  • 1Hozirgi davr

  • 2Kasallikning O’zbekistonda paydo bo'lishi

  • 3Kasallikning tarqalishi

  • 4Havolalar

  • 5Manbalar

  • 6Manbalar

Bezgak kasalligi dunyoning yuzdan ortiq davlatlari aholisi sog’ligiga xavf tug’dirmoqda. Kasallik asosan Afrika, O’rta Osiyo, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq vaYevropaning ayrim hududlarida uchramoqda. Hozirgi vaqtda kasallik bartaraf etilgan MDH mamlakatlarida (TojikistonQirg’izistonGurjistonOzarbayjonRossiya va boshqa davlatlar) qaytadan kuzatilmoqda. Tropik mamlakatlarning barchasi kasallik bo’yicha xastalanish darajasi yuqori hudud bo’lib qolmoqda.
2007-yilning may oyida Jenevada bo’lib o’tgan Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 60-assambleyasida har yili 25-aprel dunyo bo’yicha Bezgakka qarshi kurash kuni, deb e’lon qilindi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun: „Bezgakka qarshi shafqatsiz kurash olib borishning vaqti keldi“, degan maqolada, bezgak — bu ayovsiz qotil, deb ta’kidlagan.
Kasallikning O’zbekistonda paydo bo'lishi[tahrir]
Bizga qo’shni TojikistonQirg’iziston va Afg’oniston davlatlarida bezgak bo’yicha vaziyatning keskinlashishi, mazkur kasallikning respublikamiz hududiga olib kelinishi va mahalliy bezgakning ro’yxatga olinishi respublikamiz sog’liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Umumiy kasallanganlarning ko’pchiligi chetdan (Tojikistondan) yuqtirib kelgan. (O’zbekistonda ham bezgak kasalligi 1925-1961 yillarda keng tarqalgan edi). 1980-1990-yillarga kelib,O’zbekiston bilan qo’shni Afg’oniston va Tojikiston Respublikalari (1990-2009 y.) o’rtasida aholining (migratsiya) faol qatnovi natijasida, respublikamizga infeksiya ommaviy ravishda kirib kela boshladi. Kasallikning yuqori ko’rsatkichlari bo’lgan hududlarda bezgak kasalligi odamlarga jabr etkazish bilan birga, katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. 2005-yildan boshlab, Global fond grant lo¬yihasi olib borayotgan faoliyat natijasida O’zbekiston Respublikasi va boshqa MDH mamlakatlaridagi bezgak kasalligi bo’yicha epidemiologik vaziyat yaxshilandi. Oxirgi 5 yilda bezgak kasalligiga qarshi kurashda ijobiy samaralarga erishildi.
„O’zbekistonda 2005-2008 yillarda bezgak bilan kasallanish xavfi yuqori bo’lgan aholiga qaratilgan harakatni kengaytirish“ Global fond grant loyihasi 2002 yil BMT tashabbusi bilan tashkil topgan. Rahbariyati Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, har yil uchta kasallik: OITS, tuberkulyoz, bezgak bo’yicha grant eʼlon qiladi va uni yutgan davlatlarga moliyaviy yordam beradi.
2005-yil Toshkent shahrida JSSTning Yevropa hududida bezgak eliminatsiyasiga yunaltirilgan regional tashabbusi bo’yicha birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda bezgak kasalligi kayd etilgan barcha davlatlar qatnashdi. Yig’ilishda manfaatdor davlatlarning sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan „Bezgakka qarshi kurashdan, bezgak eliminatsiyasiga qarab“ mavzusida Toshkent Deklaratsiyasi maʼqullandi.
Respublikamizda bezgak (yo’q qilish) eliminatsiyasi yo’lidagi vaziyat nazoratga olingan bo’lib, kasallikning oldini olishga davlatimiz alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Kasallik kelib chiqishining asosiy qismini Tojikiston va Afg’oniston bilan chegaradosh bo’lgan Surxondaryo viloyati tashkil etadi. Aholi migratsiyasining kuchayishi infeksiyaning respublikamizga kirib kelish xavfini tug’dirmoqda. Surxondaryo viloyatining hududlarida bezgakning sanoqli mahalliy holatlari aniqlanmoqda. Epidemiologik nazorat borasida Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi umumiy tibbiyot tarmoqlari bilan hamkorlikda bezgak kasalligi uchraydigan hududlarga borib kelganlarni aniqlash yuzasidan epidemiyaga qarshi kompleks ishlar olib bormoqda. Shu bilan birga, JSST va mutasaddi tashkilot hamda vazirliklar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga ko’yilgan. Bezgakning qayta kirishiga yo’l qo’ymaslik uchun Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli choralar ko’rilmoqda. Bezgakning oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyasida uch kunlik bezgakning kamayishiga erishish va tropik bezgakning yuqtirilishiga yo’l qo’ymaslik asosiy maqsad qilib olingan.
Qonda bezgak parazitlari aniqlangan holda davolash muolajalarini tezda boshlash kerak. Bu kasalni davolash uchun samarali dori-darmon vositalari mavjud. Kasallik asosan 4 ta, yaʼni uch kunlik, uch kunlikka o’xshash ovale, to’rt kunlik va tropik bezgak ko’zg’atuvchilaridan iborat. Har bir ko’zg’atuvchi o’zining klinik, epidemiologik va laboratoriya diagnostikasi bilan bir-biridan farq qiladi. Infeksiya manbai bo’lib, kasallik bilan og’rigan bemor parazit tashuvchi hisoblanadi. Kasallikning dastlabki belgilari: holsizlik, bosh og’rig’i, sovuqqotish, bo’g’imlarda og’riq bo’lishi, o’qchish, qusish, ishtaha yo’qolishi. Bu holat odam kasallikdan zararlangandan 10-15 kun keyin boshlanadi, tana harorati 37,5-38 darajagacha ko’tarilib, 1-2 kun oralig’ida bezgak xurujlari kuzatilib, bunday holat o’rtacha 48 soat davom etadi va o’ziga xos spesifik belgilarga ega. Tana qaltirashidan boshlanadi, kuchli titroq bosadi, bemor muzlaydi, ko’rpa ichida ham qaltiraydi, bu davr 15 daqiqadan 2-3 soatgacha davom etadi. Keyin tana harorati 39-41 darajagacha ko’tarilishi bilan birga qizib ketish, qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, bu davr 2-6 soat davom etadi. Keyin ko’p terlash kuzatiladi. Xuruj qilish kunduz kunlari, har safar bir vaqtda boshlanadi, bu differensial tash¬his belgilarining biridir. Tana harorati meʼyorlashadi va undan ham pasayishi mumkin. Bemor darmonsiz bo’lsada, engillik sezadi. Kasallik boshlanishidan 1 hafta o’tganidan so’ng jigar va taloqning kattalashishi va kamqonlik belgilari kuzatiladi. Bezgakning og’ir belgilarida qusish (og’iz orqali dori-darmonlarni qabul qilishning iloji yo’q), holsizlik, notekis nafas olish (tezlashishi), uyqusirash, bemor savollarga zo’rg’a javob beradi.
Kasallikning tarqalishi[tahrir]
Bezgak kasalligi sog’lom insonga bemordan, yuqorida qayd etilgan Anofeles turiga mansub chivinlarning chaqishi orqali o’tadi. Chivin bezgakka chalingan insonni chaqqanida, uning oshqozoniga qon orqali parazitlar tushadi. Chivin organizmida parazitlar bir necha kun rivojlanadi va yuqumli parazit tashuvchisiga aylanadi. Sog’lom odamni chaqqanda chivinning so’lagi orqali infeksiya odam organizmiga tushadi hamda maʼlum bir vaqt ichida insonda kasallik belgilari paydo bo’ladi. Bezgak chivinlarining hayot tarzi murakkab bo’lib, suv va havoda o’tadi. Suv va havo harorati qulay bo’lsa, rivojlanishning butun jarayoni 10-20 kun davom etadi. Chivinning urg’ochisi suvga tuxum qo’ygandan keyin undan g’umbaklar chiqib qo’g’irchoqqa aylanadi va ulardan qanotli chivinlar uchadi. Chivinlar ozuqa izlab bir martada 3 km.gacha bo’lgan masofani bosib o’tishi mumkin. Bezgak ko’zg’atuvchisi bilan zararlangan chivin ikki oy davomida kasallik yuqtirish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Bezgak chivinlari daryo sohillari, botqoqlashgan suv havzasi, sholipoyalar, axlat chiqindilari to’lib ketgan, turg’un suvli yoki oqimi sekin ariqlar, suv quvurlarining ishdan chiqishi natijasida, vaqtincha vujudga keladigan suv havzalarida ko’payadi.
Avval taʼkidlab o’tilganidek, bezgak faqatgina bezgak chivinlari mavjud joylarda tarqaladi. Buning uchun eshik va derazalarni himoya to’rlari (doka, temir yoki polietilen setka) bilan qoplash, hasharotlardan himoya qiluvchi to’r (pashshaxona) o’rnatish lozim. Bundan tashqari, maxsus elektrik moslamalar yoki fizik qurilmalar yordamida chivinlarni qo’rqituvchi spiral va plastinalarni qo’llash mumkin.
Chivinlar soni va ular ko’payayotgan erlarni kamaytirish uchun keraksiz suv havzalari va botqoqlarni yo’qotish, suv havzalarida chivin qurtlari bilan oziqlanadigan gambuziya baliqchasini ko’paytirish, xonalar va suv havzalariga insektitsidlar (zaharli ximikatlar) bilan ishlov berish lozim. Bu ishni DSENM hamda dezinfeksiya stansiyalari xodimlari amalga oshiradilar.
Faqatgina o’z vaqtida va to’g’ri davolash kasallikning oldini olishi mumkin. Issiq iqlimga ega bo’lgan chet davlatlarga ketishdan avval, albatta, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi shifokori yoki oilaviy shifokoringiz bilan bezgakning oldin i olish choralari to’g’risida maslahat olishingizni tavsiya etamiz.
Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling