Bezovta tuyg‘ular ovozi
Kundalikdan
Abdulla Oripov
* * *
Biz omonat xavoza ustida turib, she ‘riyat deb atalmish muxtasham qasr binosiga ismimiz yozilgan g ‘ishtni qo ‘yishga urinayotgan noshud odamga o ‘xshamaymiz. Bo ‘yimiz dervorga yetmagani uchun qo ‘limizdan tushib ketayotkan g ‘isht pastda turgan muxlislarga tegib, ularning aqli, tafakkuri va xis-tuyg ‘ularini jarohatlayapti.
* * *
Xar bir shoir o’z hayotidavomida yagona – go’zal va mukammal she’rini yozish uchun Qalam tebratadi. Boshqa she’rlarni esa yozilajak o’sha she’rining xomaki nusxalari, uzuq-yuluq parchalari, xolos. Shuning uchun xaqiqiy shoir o’zining yozganlaridan xech qachon qoniqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |