Bha javoblari 208. Hisob nima ?
Download 34,17 Kb.
|
1 2
Bog'liqBHA javoblari 208
BHA javoblari 208.
Hisob — olingan ma'lumotlarni, sodir etilgan jarayonlarni, voqealarni, harakatlarni, dalillarni asosan raqamlar orqali qayd etishdir
Reallik O’z vaqtidalilik Batafsillik Neytrallik Nazorat Dastlabki nazorat Joriy nazorat Keyingi nazorat
Nazorat bu- ish faoliyatini kuzatish,monitor qilish,taqqoslash va xatoliklarni tuzatish jarayonidir.
Dastlabki nazoat Joriy nazorat Keyingi nazorat
Dastlabki nazorat – xo’jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va operatsilarni qonuniyligi, ular bo’yichatayyorlangan boshlang’ich hujjatlarni to’g’riligini ularni imzolash chog’ida tekshirish.
Joriy nazorat – yuz bergan jarayon va operatsiyalarni ular bo’yicha tuzilga hisobotlarni qabul qilish chog’ida tekshirish.
Keyingi nazorat- xo’jaliklda yuz bergan jarayon va operatsiyalarni mablag’lar holatini inventarizatsiya qilish , taftish o’tkazish ,taqqoslama dalolatnomalarni tuzish yo’llari bilan tekshirish.
Operativ (tezkor) hisob. Statistik hisob Buxgalteriya hisobi
Statistik hisobi- deganda jamyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan tavsiflaydigan hisob tizimi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobi- bu iqtisodiyotning quyi bo’g’inini tashkil etuvchi xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyati, faoliyat natijalari , ularning mablag’lari (Mulki,aktivlari),mablag’larni tashkil topish manbalari to’g’risidagi axborotlarni asosan pul o’lchov birligida qat’iy hujjatli asosda yig’ish , qayd etish, guruxlash,jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.
Ichki va tashqi va ichki-tashqi hisob
Ichki hisob deganda faqat xo’jalikning o’zida uning ichki maqsadlarida yuritiladigan hisob tushuniladi.
Tashqi hisobdeganda hxo’jalik faoliyati to’g’risidagi axborotlarni tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchihisob tizimi tushuniladi.
Ichki va tashqi foydalanuvchilar
Korxonaraxbariyati, bo’lim boshlqlari,ichki auditorlar,kasaba uyushma qo’mitasi,xodimlar.
Investorlar,kreditorlar,yuqori tashkilot,davlat soliq idoralari,ijtimoiy sug’urta organlari, statistika organlari,banklar,prokuratura va sud organlari,auditorlik tashkilotlari.
Moliyaviy hisobva Buxgalteriya hisobi
Odatda ,yagona pul birligida o’lchanadigan , qayd etiladigan va foydalanuvchilarga tegishli shakl vamazmunda taqdim etiladigan axborotlar tushuniladi.
Asosan boshqaruv xarakteridagi va uning uchun o’ta zarur bo’lgan axborotlar shakllantiriladi.
Bu xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyati, faoliyat natijalari, Mulki va mulkni tashkil toppish manbalari to’g’risidagi turli o’lchov birliklaridagi batafsil axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari,ya’ni obektlari, subektlar va javobgarlik markazlari kesimida yig’ish, qayd etish,guruxlash,jamlash hamda ularni ichki boshqaruvorganlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.
Bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati, faoliyat natijalari,Mulki va mulkni tashkil topish manbaalari to’g’risidagi moliyaviy xarakterdagi axborotlarni yug’ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.
Davlat tomonidan tartibga solinishiga (reglamentlashtirilishiga) ko’ra xo’jalik hisobi turlari reglamentlashtiriladigan va reglamentlashtirilmaydigan hisob turlariga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobi sub’ektlari hisoblanadigan yuridik shaxslarni turli belgilari bo’yicha tasniflash mumkin.Bunday belgilarning asosiylari sirasiga korxonalarning mulkiy shakli va yuridik maqomi,ta’sischilarning tarkibi, hodimlarning soni, ishlayotgan soliq rejimi, tarmoq va sohalarga tegishliligi va boshqalarni kiritish mumkin.
Buxgalteriya hisobining predmeti deganda unda aks ettiriladigan ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ob’ektlar bo’lib korxonalar xo’jalik faoliyati, xo’jalik faoliyati natijalari, ular aktivlari va aktivlarni tashkil toppish manbalari hisoblanadi.
Ho’jalik faoliyati deganda korxona tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi ho’jalik jarayonlari va operatsiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi.
Ho’jalik operatsiyasi (muomalasi) deganda korxonada yuz bergan va berayotgan aniq harakatlar,ishlar tushuniladi.
Asosiy faoliyat,asosiy bo’lmagan faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat.
Asosiy faoliyat- bu korxonaning bosh maqsadini ifodalovchi hamda uning ustavida ko’rsatilgan faoliyat turi (yoki turlari).
Asosiy bo’lmagan faoliyat-bu korxonaning bosh maqsadi bo’lib hisoblanmaydigan,shu bilan birga qo’shimcha foyda olish maqsadida hamda asosiy faoliyat uchun zarurat yuzasidan yuritiladigan faoliyat turi yoki turlari.Ularga investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat, innovatsiya faoliyati kabilar kiradi.
Ta’minot jarayoni ,ishlab chiqarish jarayoni, sotish jarayoni.
Investitsiya faoliyati- korxonaning o’z daromadlarini o’zga korxonalarga yordam berish va qo’shimcha daromad olish maqsadida kiritish bilan bog'
Moliyaviy faoliyat- o’zga korxonalar (bank va boshqalar) mablag’larini korxonaga kredit va qarz sifatida kiritish hamda jalb qilish bilan bog’liq faoliyat.
Aktivlar deganda-xo’jalik yurituvchi sub’ektning baholash qiymatiga ega va o’z ichiga pul mablag’lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy,shuningdek,nomoddiy mulki tushuniladi.
Uzoq muddatli hamda qisqa muddatli aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar- bu 1 yildan ko’p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan moddiy va nomoddiy mablag’lari.
Qisqa muddatli (yoki joriy) aktivlar -1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan mablag’lar.
Binolar,inshootlar,mashina va mexanizmlar,transport vositalari, kompyuter texnikasi,mebel va boshqalar.
Litsenziya,patent,savdo markazi,Tovar belgisi,gudvil,mualliflik huquqi va boshqalar.
Debitorlik qarzdorlik-yuridik yoki jismoniy shaxslar boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan o’zaro xo’jalik munosabatlari natijasida ulardan olishi lozim bo’lgan qarz summasi.
Qisqa muddatli (yoki joriy) aktivlar-1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan mablag’lar.
Uzoq muddatli aktivlar – bu 1 yildan ko’p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan moddiy va nomoddiy mablag’lari.
Tayyor holga yetmagan mahsulotlarga to’g’ri keladigan harajatlar
Sotish uchun sotib olingan magazinlardagi va omborlardagi iste’mol buyumlari.
Homashyo va materiallar,yoqilg’I,tar ava tara materiallari, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, xo’jalik inventarlari,boquvdagi va o’stirishdagi yosh mollar
Omborlarga qabul qilingan tayyor buyumlar.
Hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan harajatlar,masalan,obuna to’lovlari, ijara to’lovlari.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik qarzlari.
Asosiy vositalar Nomoddiy aktivlar Moliyaviy investitsiyalar O’rnatilgan jihozlar Kapital investitsiyalar Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati kechiktirilgan xarajatlar
Xususiy kapital Majburiyatlar
Ustav kapital Qo’shilgan kapital Rezerv kapital Taqsimlanmagan foyda Rezervlar Maqsadli tushumlar
Bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan ta’sis shartnomasiga muvofiq kiritiladigan mablag’lar.
Bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o’rtasidagi ijobiy farq, shuningdek, chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag’lari bo’yicha vujudga kelgan valyutalar o’rtasidagi ijobiy farqlar summasi.
Bu korxonaning sof foydasidan, mulkni qayta baholashdan va bepul kelib tushgan mulklardan tashkil topgan jamg’armadir.
Bu korxona ta’sischilari o’rtasida taqsimlanmay qolingan sof foyda summasi.
Korxonaga turli maqsadlarda turli manbalardan kelib tushgan mablag’lar majmuasi(grantlar,subsidiyalar,a’zolik badallari, soliqlar bo’yicha imtiyozlar va boshqalar).
Hujjat- bu ho’jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo’luvchi yozma guvohnoma.
Boshlang’ich hujjatlar deb ho’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan vaqtda tuzilgan hujjatlar tushuniladi.Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang’ich hujjatlar hisoblanadi.
Yig’ma hujjatlar- deganda boshlang’ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi.
Ichki hujjatlar-deb korxonaning o’zida tuzilgan hujjatlar tushuniladi.
Tashqi hujjatlar deb korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi.
Hujjatlashtirish – bu xo’jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli.
Inventarizatsiya – bu buxgalteriya hisobida uning ma’lumotlarini to’g’riligini, korxona aktivlarini haqiqiy holatini, moddiy javobgar shaxslarning o’z funksiyalarini sidqidildan vijdonan bajarayotganligini, mulkni talon-taroj qilinmaganligini aniqlash usuli.
Baholash-bu korxona aktivlarining qiymatini pulda ifodalash usuli.
Boshlang’ich qiymat- bu aktivlarni sotib olish,qurish, ishlab chiqarish va boshqa yo’llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati.
Qoldiq qiymat-bu aktivlarning boshlang’ich qiymatidan foydalanish davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
Boshlang’ich qiymat- bu aktivlarni sotib olish,qurish, ishlab chiqarish va boshqa yo’llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati.
Sof sotish qiymati-bu aktivlarning sifati,holati,shuningdek, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati.
Kalkulyatsiya- bu xo’jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab toppish usuli.
Schyotlar-bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad,harajat,foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang’ich va oxirgi)shuningdek,ularning shu davrdagi harakati (ko’payishi va kamayishi) to’g’risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli.
Schyotlar rejasi- bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo’llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi.
Schyotlar rejasi- bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo’llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi.
Aktiv schyotlar- korxona aktivlarini aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.
Passiv schyotlar- korxona aktivlarini tashkil topish manbaalarini ko’rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.
Kontraktiv schyotlar- korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.
Kontrpassiv schyotlar – korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.
Balans schyotlari- bu qoldiqlari balansgacha kiritiladigan schyotlar.Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo’ljallangan barcha schyotlar balans schyotlari hisoblanadi.
Balansdan tashqari schyotlar-korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan,lekinda unga tegishli bo’lmaganligi uchun balansga kiritib bo’lmaydigan aktivlarni,shartli huquq vamajburiyatlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.
Sintetik schyotlar -bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar.
Analitik schyotlar- bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o’lchov birliklarida qayd etib jamlabberuvchi schyotlar.
Aktiv
Passiv
Debet oborot-bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig’indisi.Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga ko’payganligini bildiradi,passiv schyotlarda esa-hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.
Kredit oborot-bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig’indisi.Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi,passiv schyotlarda esa- hisobot davrida schyotning bosh qoldig’i summasini jami qanchaga ko’payganligini bildiradi.
Yuz beradigan operatsiyaning summasi unda ikki marta, yan’ni bir schyotning debetiga,boshqa bir schyotning kreditiga yoziladi.Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv deb ataladi.
Oddiy buxgalteriya o’tkazmasi deganda ikkita schyot qatnashgan,shundan biri debetlangan va boshqasi kreditlangan o’tkazmaga aytiladi.
Murakkab o’tkazmalar- bu uch va undan ko’p shyotlar qatnashib tuzilgan o’tkazmalarga aytiladi.Bunday o’tkazmalarda bitta schyot debetlanib, ikki va undan ko’p boshqa schyotlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo’ladi.
Buxgalteriya balansi- bu korxona aktivlari va ularni tashkil toppish manbalarining ma’lum bir sanadagi holatini pul birligida ifodalash usuli.
1)Uzoq muddatli aktivlar 2)Joriy aktivlar
1)O’z mablag’larining manbai 2)Majburiyatlar
Bu tipdagi o’zgarishlar,mazmunida ko’rinib turibdiki,faqat buxgalteriya balansining aktiv qismiga kiruvchi elementlarga (moddalarga)tegishlidir.Ya’ni yuz bergan ho’jalik operatsiyasi faqat aktiv elementlariga tegishlidir.Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida bir aktiv ko’payadi, ikkinchisi esa kamayadi.Pirovardida esa balans o’zgarishsiz qoladi.
A+X-X=P Download 34,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling