Bi 519-Guruh kursanti Egamov Diyorjon Tanishuv Amaliyot Topshirig’i javobi


Download 0.55 Mb.
bet1/2
Sana22.07.2020
Hajmi0.55 Mb.
#124538
  1   2
Bog'liq
5f0f4fa0abbf36.99442578


BI_519-Guruh kursanti

Egamov Diyorjon

Tanishuv - Amaliyot Topshirig’i javobi
1.Xozirgi O’zbekiston xududida bojxona ishining vujudga kelishi ,rivojlanish tarixi bo’yicha malumotlarni to’plash, taxlil qilish;
Javob: Buyuk Ipak yo’lining asrlar davomida rivojlanishiga ushbu savdo yo'lida joylashgan davlatlarda, shu jumladan Markaziy Osiyoda bojxona ishining shakllanishi va takomillashib borishi katta ta'sir ko'rsatgan. Misol uchun, savdo yo'lidagi qaysidir davlat yoki shahar o'z bojxona qoidalarini

qattiqlashtirsa yoki boj yig'imlarini haddan tashqari ko'paytirib yuborsa,

savdo karvonlari ularni chetlab o'tish uchun yangi yo'llarni izlay

boshlaganlar. Shu tariqa birgina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yo’lining bir

nechta shaxobchalari yuzaga kelgan. Karvonlar chetlab o’tgan davlatlar esa anchagina daromaddan mahrum bo'lishar edi.

Savdo siyosatining axamiyatini to'g'ri tushungan xukmdorlar karvon

yo'llarini obod qilish, karvonsaroylar qurish, karvonlarni xavf-xatardan

qo'riqlash chora-tadbirlarini ko'ra boshladilar. XIV-XV asrlarda

soxibqiron Amir Temur faoliyati buning misoli bo'lishi mumkin. Amir

Temur oldingi ko'p yillik urushlar va ko'chmanchilarning bosqinlari

tufayli deyarli to'xtab qolgan Buyuk Ipak yo'lidagi savdo harakatini qayta

tikladi.


Amir Temurning Buyuk Ipak yo'li tufayli savdoni rivojlantirish,

uning xavfsizligini batamom ta'minlash, atrofini obodonlashtirish,

savdogarlar uchun shart-sharoitlarni yaratish, unda Markaziy Osiyo

ahamiyatini kuchaytirish borasida ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir.

XV asr boshida Amir Temur saltanatidagi Kastiliya elchisi Ryui

Gonzales de Klavixo o'zining «Kundaligi»da Samarqand bozorida dunyoning

turli burchaklaridan kelgan turli tillarda so'zlashuvchi savdogarlarni va

ular keltirgan xorijiy mollarni ko'plab uchratganligini ta'kidlab o'tadi.

Samarqandga Hindistondan attorlik va bo'yoq buyumlari, Xitoydan ipak

gazlamalar, har xil chinnilar, qimmatbaho toshlar, shimoldan esa noyob po'stinlar karvonlari ko'plab kelardi. Bu yerdan Osiyoning boshqa shaharlariga, Yevropa mamlakatlariga ham karvonlar jo'natilar edi. Savdogarlar shu yo'l bilan Xorazm orqali Nijniy Novgorod, xatto

Moskvagacha yetib borardilar.
Amir Temur davrida bojlarni tartibga soluvchi hujjatlar xam

ishlab chiqilib, ularga qattiq amal qilingan. Davlat chegaralariga qal'alar

qurdirilib, karvonlar o'sha yerda kutib olingan. Ular karvonsaroylarga

joylashtirilib, shu yerni o'zida bojlar undirilgan, boj to'langan yuklariga

esa tamg'alar bosib berilgan. Boj to'langanligini yoki yuklarga imtiyoz

berilganligini bildiruvchi tamg'a bosish tajribasi aynaan Amir Temur

davrida joriy qilingan. Bugungi kunda rus tilida qo'llanilib kelinayotgan

“tamojnya” so'zi “tamg'a”, “tamg'alash” so'zlaridan kelib chiqqanligi tarixiy

hujjatlardan ma'lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osiyo bosib olinib, Farg'ona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv va Kaspiyorti viloyatlaridan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan.

Turkiston general-gubernatorligida 1867 yilda qabul qilingan «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar»da bojxona faoliyatiga oid dastlabki normalar mavjud bo'lgan.

Shu asosda, 1868 yili Turkiston general-gubernatorligi tarkibida tashkil etilgan Xo'jalik boshqarmasiga bojxonaga oid ishlar bilan ham shug'ullanish yuklatilgan.

1872 yil 1 apreldan Turkiston general-gubernatorligining Zakot boshqarmasi (boj to'lovlari ham zakot deb yuritilgan) tashkil etilib, endilikda bojxonaga oid faoliyatni amalga oshirish unga yukatilgan.

Zakot boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri Turkiston o'lkasiga kelgan va chiqib ketayotgan karvonlarni ro'yxatga olish, yuklarning qiymatini aniqlash, yuk va chorva mollaridan boj undirishdan iborat bo'lgan.

1881 yil dekabr` oyida Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi G.A.Kolpakovskiy o'lkaga g'arbiy Yevropa va Osiyo mahsulotlarining kirib kelishiga chek qo'yish maqsadida Muvaqqat bojxonaga oid qoidalarni o'z ichiga olgan “Bojxona nazorati to'g'risidagi Nizom”ni tasdiqlagan.

Chor Rossiyasi Davlat kengashining 1886 yil 2 maydagi qaroriga ko'ra Turkiston o'lkasida bojxonani boshqarish Moliya vazirligiga yuklatilgan. Shu bilan birga, Turkiston o'lkasi boshqaruvida bojxona ishlari bo'yicha alohida topshiriqlarni bajaruvchi amaldor lavozimi joriy etilgan. Ushbu amaldorga joylardagi bojxonachilar tomonidan boj undirishda ular ustidan rahbarlik qilish, kontrabandaning oldini olish va chegara qo'riqchilari ustidan nazorat qilish

kabi vazifalar yuklatilgan.

1890 yil 12 iyunda Turkiston o'lkasi bojxonasi xududining kattaligi va xodimlar sonining ko'pligi, boshqarishdagi qiyinchiliklar sababli Turkiston va Semipalatinsk bojxona okruglariga bo'lingan.

Chor Rossiyasi Moliya vaziri tomonidan Markaziy Osiyo bozorlarida Rossiya imperiyasining savdo monopoliyasini o'rnatish bo'yicha bir qator harakatlar amalga oshirilgan. Xususan, 1892 yili Buxoro amirligi va Xiva xonligi Chor Rossiyasi yagona bojxona tizimiga qo'shib olinib, bojxona chegarasi Buxoro-Afg'on chegarasiga o'tkazilgan hamda 1895 yilda Termiz shahrida «Pattakesar»

bojxona posti tashkil etilgan. Ushbu post Afg'oniston bilan chegara hududida joylashgan bo'lib, chegaradan o'tgan yuklardan boj olish va bojxona nazoratini amalga oshirish bilan shug'ullangan. Umuman, Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni xom-ashyo yetkazib beradigan mustamlakasiga aylantirib

olgan edi. Chor Rossiyasiga paxta, ipak, oltin, kumush kabi xom-ash'yo va qimmatbaho metallar olib ketilib, u yerdan tayyor mahsulotlar olib kelinardi. Shu bilan birga, Chor Rossiyasi tomonidan Yevropa, Eron, Turkiya mahsulotlarini olib kirilishini ta'qiqlab qo'yilishi, Markaziy

Osiyo bozorlarida rus tovarlari monopoliyasini vujudga keltirgan edi.

1917 yildagi revolyutsiyalar natijasida Rossiya imperiyasining inqirozga uchrashi va xokimiyat Sho'rolar qo'liga o'tishiga qaramasdan Turkiston okrugida bojxona faoliyati to'xtab qolmadi.

Sho'rolar (Sovetlar) hukumati davlat tepasiga kelgandan so'ng, uning tarkibida Sanoat va Savdo xalq komissariati tuzildi va bojxona tizimi Bojxona boshqarmasi sifatida uning tarkibiga kiritildi. Bu Komissarlik keyinchalik «Tashqi savdo xalq komissarligi» deb ataldi.

Tashqi savdo xalq komissarligining 1921 yil 24 dekabrdagi 133-sonli buyrug'iga asosan Bojxona boshqarmasi Bosh bojxona boshqarmasiga aylantirildi. O'sha davrda uning tarkibida 8 ta bojxona okrugi bo'lib, ulardan bittasi Turkiston bojxona okrugi edi. Uning tarkibiga Eron, Afg'oniston va Xitoy davlatlari bilan chegaralarda faoliyat olib boradigan 19 ta bojxona idoralari birlashtirilgan edi.

Bundan tashqari, Turkiston bojxona okrugida alohida Toshkent bojxonasi ham tashkil etiladi. Ushbu bojxona Toshkent shahri bozorlarida va do'konlarida bojxona nazoratidan o'tkazilmagan xorijiy tovarlarning sotilishi ustidan nazorat olib borgan.

Turkiston bojxona okrugi Nazorat boshqarmasining 1920 yil 3 martdagi 18-sonli buyrug'i bilan “Turkiston Respublikasida bojxona nazorati haqidagi” Nizom tasdiqlanadi. Ushbu Nizomga asosan, Turkistonda bojxona nazoratining boshqaruv tizimi, bojxona idoralarining vazifalari, bojxona xodimlarining xizmatni o'tashi, chegaradan jismoniy shaxslar tomonidan o'z ehtiyojlari uchun olib o'tilishi mumkin bo'lgan tovarlarning normalari, kontrabanda haqidagi vaqtinchalik qoidalar, bojxona va chegara idoralari xodimlarining o'zaro

munosabatlari haqidagi yo'riqnomalar belgilab berildi.

O'sha davrlarda Toshkent shahrining aeroporti SSSRning janubiy darvozasi hisoblanib, yuk va yo'lovchi aviatsiyasi rivojlanishi natijasida chet eldan kelayotgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qo'nib o'tadigan bo'ldi.

Toshkent orqali tranzit havo yo'llari ochilishi munosabati bilan 1959 yil 14 aprelda SSSR Havo transporti vazirligining buyrug'iga ko'ra, Toshkent aeroportida alohida bojxona posti tashkil qilindi. Yangi tashkil etilgan Toshkent aeroporti bojxona postida dastlab atigi 3 ta xodim ishlagan.

SSSR Tashqi Savdo Ministrligining 1959 yil 14 apreldagi 111-sonli buyrug'i bilan

Toshkent bojxona posti “Toshkent bojxonasi”ga o'zgartirildi.

1984 yilda Afg'onistonga yuborilayotgan harbiy yuklar nazoratini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahri yaqinida «Tuzel`» bojxona posti, Farg'ona shahrida «Farg'ona» bojxona posti tashkil etildi.Bu vaqtga kelib Termiz bojxonasi va unga bo'ysunuvchi Ayritom bojxona posti faoliyat olib borar edi.

1988 yilda «Toshkent bojxonasi» va boshqa bojxona postlari negizida O'zbekiston SSR bojxonasi tashkil etildi.

1988-89 yillarda Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Qarshi, Guliston, Jizzax, Qo'qon, Navoiy, Urganch, Chirchiq va Olmaliq shaxarlarida bojxona postlari ishga tushdi.

Ammo, shuni ta'kidlab o'tish kerakki, O'zbekiston hududidagi bojxona ishlari bevosita SSSR poytaxti hisoblangan Moskvadan boshqarilar va rahbar xodimlar ham ular tomonidan tayinlanar edi. O'zbekiston bojxonasi tomonidanmusodara qilingan tovarlar va undirilgan bojxona to'lovlari to'liq ravishda Moskva ixtiyoriga o'tkazilar edi.
Mustaqil O'zbekistonning bojxona tizimini barpo etilishi va rivojlanishi
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat raxbariyati tomonidan davlat chegaralarini mustaxkamlash va iqtisodiy og'ir vaziyatda ichki bozorni himoya qilish masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.

1991 yilning sentyabrida Respublika Ichki ishlar vazirligi huzurida «O'zbekiston Respublikasi hududidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish bo'yicha Incpektsiya» tashkil etildi. Sababi - endigina mustaqil bo'lgan davlat hududiy chegaralarining ochiqligi va nazoratning yo'qligidan foydalanib, ko'plab zarur iste'mol tovarlari tashib olib chiqib ketila boshlangan edi.

1991 yil 25 oktyabrda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-284-sonli Farmoni bilan mustaqil O'zbekistonning dastlabki bojxona organi Bojxona qo'mitasi tashkil etildi.Mazkur farmonga binoan, Bojxona qo'mitasining shtatlar soni 415 nafar qilib belgilandi.

Bojxona qo'mitasining birinchi Raisi etib Erkin Muyassarovich Jo'raev tayinlandi.

O'zbekiston hududi quyidagi bojxona zonalariga bo'lindi:

1. Toshkent bojxonasi - 11 ta bojxona posti

2. Samarqand bojxonasi - 7 ta bojxona posti

3. Termiz bojxonasi - 4 ta bojxona posti

4. Farg'ona bojxonasi - 10 ta bojxona posti

5. Buxoro bojxonasi - 4 ta bojxona posti

6. Qoraqalpog'iston bojxonasi - 4 ta bojxona posti

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 avgustdagi PF-451-sonli Farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «O'zbekiston Respublikasi hududidan tovar-moddiy boyliklarning noqununiy olib chiqib ketilishini oldini olish bo'yicha Inspektsiya» birlashtirilib, Davlat bojxona qo'mitasi tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan Davlat bojxona qo'mitasining shtatlar soni 1277 nafar xodim qilib belgilandi. Militsiya general-mayori Urayim Abdug'anievich Abdug'aniev Davlat bojxona qo'mitasining Raisi etib tayinlandi.
1994 yil 18 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-744-sonli Farmoniga asosan, Davlat bojxona qo'mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga aylantirilib, Davlat soliq qo'mitasining tarkibiga kiritildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 iyuldagi PF–1815 sonli «O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasini tashkil qilish to'g'risida»gi Farmoni bojxona tarixida muhim voqea bo'ldi.Ushbu Farmonga binoan, Davlat bojxona qo'mitasi qayta tashkil qilindi va eng muhimi - bojxona organlariga «Huquqni muhofaza qiluvchi organ» maqomi berildi. Farmonda DBQ shtatlar soni 3277 nafar etib belgilandi.

Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997 yil 30 iyulda qabul qilingan 374-sonli qarorga muvofiq “Davlat bojxona qo'mitasi to'g'risidagi Nizom” va bojxona xodimlarining maxsus xizmat formasi tasdiqlandi. Davlat bojxona qo'mitasi qoshida «O'quv markazi»ning tashkil etilishi esa bojxona ishi tarixida muhim voqea bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 11 iyuldagi Farmoniga binoan, general-mayor O'tkir Tolipovich Komilov DBQ raisi etib tayinlandi. Keyinchalik, 2000-2018 yillar davomida Davlat bojxona qo'mitasiga, bojxona xizmati general-mayori Said-Azim Aripov, militsiya general-mayori Ravshan Haydarovich Haydarov,militsiya general-mayori Botir Rahmatovich Parpiev,

militsiya general-leytenanti Bahodir Ahmedovich Matlyubov, bojxona xizmati general-mayori Sadirxon Xolxo'jaevich Nasirov , bojxona xizmati polkovnigi Dusanov Zohid Abduqayumovich, general-mayor Toxiriy Muinjon Vaxobovich rahbarlik qildilar.

2018 yil fevralidan bojxona xizmati general-mayori Azimov Murotjon Berdialievich DBQga raislik qilmoqda.


Milliy bojxona tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni birinchi navbatda malakali kadrlar bilan jamlash masalasi bilan bevosita bog'liq. Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish haqidagi” 229-sonli Qaroriga asosan Davlat bojxona qo'mitasi qoshidagi «O'quv markazi» negizida Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etilgan.

2018 yil 2 noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3995-sonli Qaroriga asosan Oliy harbiy bojxona instituti Bojxona isntituti etib qayta tashkil etildi.

Bojxona organlari uchun malakali milliy kadrlarni tayyorlash, bojxona xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda bojxona ishini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish Bojxona institutining asosiy vazifalari etib belgilangan. Institutda ushbu vazifalarni ta'minlash maqsadida “Bojxona ishi” va “Qayta tayyorlash va malaka oshirish”

fakul`tetlari tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari o'tgan davr mobaynida katta va mashaqqatli tiklanish yo'lini bosib o'tdi. Bu davrda katta muvaffaqiyatlar, yutuqlar bo'ldi. Ammo shu bilan birga yo'qotishlar xam bo'ldi. Bu eng og'ir insoniy yo'qotishlar edi.

Bojxona chegaralarini himoya qilish – qiyin va xavfli ish. Mamlakatimiz istiqlolni qo'lga kiritgan ilk yillarida qo'shni davlatlardagi murakkab vaziyat tufayli davlat chegarasida bojxona nazorati kuchaytirildi, narkotiklar, qurol-yarog', o'q-dorilar kontrabandasiga qarshi qaqshatqich kurash bordi.



Ushbu kurashlarda Saidakbar Najimov, Ravshan Qodirov, Burhon Qo'chqorov, Botir Davlatov, Qo'ldoshali Ro'ziboev, To'xtamish Xolliev, Saidahmad Toshxo'jaev, Alisher Haqqulov, Oybek Qomatov, Amangeldi Kdirov, Shuxrat Inoyatov singari mard va jasur bojxona xodimlari Vatan manfaatlariga sadoqatlarini namoyon etdilar, buning evaziga esa mangulikka qadam qo'ydilar.


Давлат божхона қўмитаси хотира монументи

Xuquqbuzarlar respublikadan yonilg'i-moylash materiallari, rangli metallar, paxta va boshqa tovar-moddiy boyliklarni kontrabanda yo'li bilan olib chiqib ketishga urindilar. Ashaddiy jinoyatchilar bilan tengsiz kurashda bojxona xizmatining yuqorida nomlari qayd etilgan 11 nafar jasur zobiti halok bo'ldi.

Bojxona xodimlarining jasoratlari davlat tomonidan yuksak baholandi. Chunonchi, T.Xolliev “Shon-sharaf” ordeniga sazovor bo'ldi, S.Najimov, R.Qodirov, B.Davlatov, K.Ro'ziboev, A.Kdirov, SH.Inoyatovlar vafotidan keyin “Jasorat” medali bilan mukofotlandilar.

Ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida nomlari DBQ xovlisida o'rnatilgan yodgorlik toshiga zarxal xarflar bilan yozilgan. Xar yili 31 avgustda Milliy xotirlash kunida DBQ shaxsiy tarkibi ushbu yodgorlik toshi yonida saf tortib, bojxona chegaralarini ximoya qila turib, o'z jangovor postida mardlarcha xalok bo'lgan bojxona xodimlarini xotirlaydilar.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling