Bia 1-guruh talabasi Akramov Abdumannonjon Ahadjon o’g’li Biznesni baholash fanidan Oraliq nazorat Savol: Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat?


Download 35.44 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1277495
  1   2   3   4
Bog'liq
Biznes





BIA 81-guruh talabasi Akramov Abdumannonjon Ahadjon o’g’li
Biznesni baholash fanidan
Oraliq nazorat 1
Savol:
1.Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat?
Biznes tovarning barcha belgilariga ega va u fuqarolik-huquqiy muomala obyekti bo‘lishi mumkin. Lekin bu alohida turdagi tovar hisoblanadi, va ana shu alohidalikni baholovchi xususiyatlar uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beradi.
Birinchidan, biznes - bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatari hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Agar bo'lajak daromadlar olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‘qotadi. Shunday qilib, mulkdor oladigan bo‘lajak daromadlaming joriy qiymati xaridor tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‘zida namoyon etadi.
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning alohida kichik bo‘lagi va hatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkiliy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni (korxonani) shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tovar bo'ladi.
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo'lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi muhitda ham kechadigan jarayonlarga bog‘liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham beqarorlika olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi jamiyatning o'zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi. Bundan biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati uning fuqarolik huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‘lgan ehtiyoj kelib chiqadi.
To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes aylanishi mexanizmini taitibga solishda, balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur.
Biznes tovar sifatida tegishli bozorlar va ularning infira tuzilmasini rivojlantirish zaruratini shart qilib qo'yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, alohida qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu biznesni ko‘char va ko‘chmas mulk bozorlariga ham, fond (sarmoya) bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqali mulk huquqlari va ular bilan bog'liq manfaatlar boshqa shaxsga o‘tkaziladigan, narxlar belgilanadigan va yerdan foydalanishning turli raqobat qiluvchi variantlari o‘rtasidagi kenglik taqsimlanadigan tartib va mexanizmlar to‘plamiga mos keladi. Biznesning mulkiy qismining mulk bozorlarida ishtiroki ko‘char va ko‘chmas mulkning turli xillari uchun belgilangan mexanizmlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling