Bibliografiya lat p65


Kitobxonlar madaniyatini shakllantirish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
bibliografiya

Kitobxonlar madaniyatini shakllantirish
Huquqiy madaniyatni shakllantirib, tarbiyalab borish har
bir tarbiya va ta’lim tizimidagi xodimning vazifasi. Ko‘pgina ax-
borot-kutubxona markazlarida huquqiy axborot markazlari tashkil
etilgan. Bu markazlar viloyat hududidagi barcha fuqarolar,
tashkilot va muassasalar, bilim maskanlari bilan ish olib borish
bilan birga boshqa tizimdagi kutubxonalarga shu yo‘nalishda uslubiy
yordam beradilar.
Huquqiy madaniyat — bu o‘zining Konstitutsiyada belgilangan
haq-huquqlarini, burchi va vazifalarini anglab yetish, to‘la-
to‘kis amalga oshirish, amaliy faoliyatida va shaxsiy hayotida ana
shu me’yorlardan unumli va to‘g‘ri foydalana bilish qobiliyati,
san’ati va bilimining yig‘indisi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya
maskanlari, jumladan, axborot-kutubxona markazlari, axborot-
resurs markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy
madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat.
Buning uchun huquqiy mazmundagi adabiyotlar va bilimlarni
targ‘ib qilishning og‘zaki, ko‘rgazmali va kompleks usullaridan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: „Siz o‘z


203
huquqingizni bilasizmi?“ mavzusida kitob ko‘rgazmasi, mavzuli
kartoteka, bibliografik sharh, savol-javob o‘yinlari, suhbatlar,
munozara-bahs, huquqshunoslar bilan uchrashuv kechalari
o‘tkazish, shu yo‘nalishdagi eng qimmatli asarlar taqdimoti,
kitob kechalari va ular tarkibida psixodramatik sahnalar namo-
yishi turli kitobxonlar guruhining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab
tashkil etiladi.
Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil
qilish, tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalarini ko‘pchilik
kitobxonlar tushunib yetmaydilar.
Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur. Chunki
estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik ko‘rsata
oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan
uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila
olmagan kishidan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Shuning uchun
barcha adabiyot va san’at asarlaridan, ular asosida yaratilgan
audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish
burchimizdir.
O‘qish madaniyati — bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri
tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri
foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish
madaniyati, asosan, yosh kitobxonlar bilan ishlovchi maktab,
kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining
vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota-onalar va kutubxona
xodimlarining hamkorligi zarur.
Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari,
shuningdek, elektron kataloglar, adabiyotlar ro‘yxati, tavsiya
qo‘llanmalari, bibliografik ko‘rsatkichlar, sharhlar, yirik biblio-
grafik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Har qanday
ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari ularning yordamisiz amalga
oshmaydi. Ayniqsa, faqatgina bir kutubxonada yaratilgan elektron
katalogdan emas, balki boshqa mamlakat kutubxonalarining
elektron katalogidan foydalanishda bibliografik elementlarni
bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar
katta ahamiyatga ega. Bibliografik manbalardagi yordamchi
apparatlar —ismlar, predmet, alifbo ko‘rsatkichi, mundarija,
kirish so‘zi va boshqa turli ma’lumotlardan unumli foydalanish
ko‘nikmasi kitobxon uchun zarur. Bunday ko‘nikmani shakl-
lantirib borish ham kutubxona xodimining vazifasidir.


204
Axborot texnologiyalari asrida zamonaviy axborot texno-
logiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi va madaniyatiga ehtiyoj
katta. Har bir kutubxona, axborot markazi, o‘quv xonalari,
sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday
sharoitda kompyuterdan foydalanishning texnik va gigiyenik
qoidalarini anglab yetish, texnika xavfsizligiga amal qilish,
kompyuterni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan unumli
foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil etilgan axborot
texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani
va madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun har bir
foydalanuvchi bilan ishlash, turli ko‘rgazmali qurollardan
foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka tartibda olib boriladigan
ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni
nazorat qilib borish, maslahatlar uyushtirish kutubxonalar
tajribasiga kirib keldi.
Muloqot madaniyatini shakllantirish. Alisher Navoiy: „So‘z
aytish va so‘z tinglash odobiga alohida e’tiborni qaratish, uni
ota-ona tarbiyasining nishonasidur“, deydi. Muloqot — ikki va
undan ortiq kishi o‘rtasidagi suhbat. Suhbatlashish, muloqotga
kirishish odobi har bir inson uchun zarur. Muloqot davomida
o‘zaro fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy jarayon
amalga oshadi, bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr
va mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish, boyitib
borish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni
saqlash, o‘zaro hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Ammo uni
kitob vositasida, kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlar ta’sirida
amalga oshirish ko‘proq samara beradi. Hatto kitobxon oilada
olmagan bilimini kutubxonadan topadi, oilada berilmagan yaxshi
fazilatni boshqalar ta’sirida o‘ziga singdiradi. Bunda kutubxona
xodimidan, har bir tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy
namuna talab etiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling