Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- BIBLIOGRAFIYANING OBYEKTLARI
Referatning tuzilishi. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1. Agar sarlavha aniq berilmagan bo‘lsa, mavzusi, ishning maqsadi ko‘rsatiladi. 2. Ishni o‘tkazishning usuli va metodologiyasi. 3. Ishning natijasi (aniq va axborotlashgan ma’lumot beriladi, yangi natijalar, uning ahamiyati, muhim kashfiyotlar va ixtirolar beriladi). 4. Natijalardan foydalanish sohasi. 5. Xulosalar. 6. Qo‘shimcha axborot (tashkilot nomi, birinchi darajali hujjat muallifi, muallif haqida ma’lumotlar, avval nashr qilingan asarlariga yo‘llanma) beriladi. Referatlash quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Òanishish uchun o‘qib chiqish, hujjatning dastlabki tahlili. 2. Diqqat bilan o‘qish, chuqur tahlil. 3. Referat turini aniqlash. 4. Referat tuzilishini aniqlash. 5. Axborotni sintez qilish. 6. Referatni belgilangan qoidaga ko‘ra rasmiylashtirish. Referatlash metodikasi o‘ziga xos, unda markerlar — hujjat mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi so‘zlar, so‘z birikmalari, indikatorlar — hujjatda muallif fikrining rivojlanishini, ketma- ketligini ko‘rsatuvchi keng qo‘llaniladigan so‘z birikmalari, hujjatni bosqichma-bosqich tahlil qilishning reja-maketi, har qanday bilim sohasiga oid adabiyotlarni referatlash uchun zarur universal va hujjatning ixtisoslashgan xususiyatiga asoslangan referatlash va hujjat mazmunini sharhlashning o‘ziga xos usulidan foydalaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir axborot-kutubxona resursi haqida iste’molchilarga, talabgorlarga axborot berish vazifasini bajarayotgan bibliograf har bir bibliografik elementlarni mukammal bilishi, uni o‘z o‘rnida ishlata olishi zarur. Savol va topshiriqlar 1. Bibliografik axborot tarkibi nimalardan tashkil topgan? 2. Bibliografik kirish nima? 3. Axborot nimani anglatadi? 4. Bibliografik xabar nima? 5. Bibliografik yozuv va uning vazifasini tushuntirib bering. 26 6. Bibliografik yozuv qanday elementlardan tashkil topadi? 7. Monografik bibliografik tavsif nima? 8. Analitik bibliografik tavsifni tushuntiring. 9. Annotatsiya va uning turlarini ayting. 10. Referat nima va uning turlari? Òalabalarga amaliy mashg‘ulot sifatida turli xil tiðdagi nashrlarga, elektron hujjatlarga turli xil ko‘rinishda bibliografik tavsif berishni, har bir hujjatga annotatsiya va referat yozishni mashq qilish tavsiya etiladi. III BOB. BIBLIOGRAFIYANING OBYEKTLARI Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling