Bibliografiya lat p65


Matluba Yahyoyevna Nosirova


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Matluba Yahyoyevna Nosirova — kutubxonachi-bibliograf
sifatida tanilgan ustozlardan biri. U Òoshkent shahrida 1924- yili
tavallud topadi, juda erta ota-onasidan ajrab, bolalar uyida tarbiya-
lanadi. 1942- yili o‘rta maktabni tugatib, o‘sha paytdagi komsomol
kotiblari kursida o‘qiydi va tashkilotlarda ishlaydi. 1949- yil Farg‘ona
viloyat kutubxonasida kutubxonachi 1951- yildan Alisher Navoiy
nomidagi Respublika kutubxonasida faoliyatini davom ettiradi va
o‘z malakasini, bilimini oshirish maqsadida Moskva davlat
madaniyat institutiga boradi, 1957- yili uni tugatib, 1972- yilga
qadar shu kutubxonada ishini davom ettiradi, oddiy bibliograf
lavozimidan to bo‘lim mudiri vazifasigacha bo‘lgan jarayonni
bosib o‘tadi. 1972- yili Òoshkent madaniyat texnikumiga direktorlik
lavozimi 1974- yili Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil
etilgandan so‘ng „Bibliografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi
lavozimida nafaqaga chiqqunga qadar talabalarga ustozlik qiladi.
Kutubxonada ishlab yurgan vaqtlarida juda ko‘p mavzularda turli
xil bibliografik ko‘rsatkichlarni mustaqil va hamkorlikda tayyorladi
va nashr ettiradi. Yirik 9 ta bibliografik ko‘rsatkich va qo‘llanmalarga
muharrirlik qiladi, bir qator muammoli maqolalar bilan
O‘zbekiston va Rossiya jurnallarida qatnashadi. Navoiy nomidagi
O‘zbekiston davlat kutubxonasining 100 yilligi munosabati bilan
nashr etilgan monografiyaning yirik — „1917- yildan so‘nggi
davrda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyati“ bo‘limini yozgan.
Unda muallif bibliografiya ishining taraqqiyotini batafsil yoritib
bergan.
Muso Mamatovich Òuropov — dastlabki mahalliy bibliograf
olimlardan, uzoq yillar bibliografiya predmetlaridan o‘qituvchilik
faoliyatini olib bordi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1940-
yil Samarqand viloyatida tavallud topgan,1958- yili o‘rta maktabni
tugatib, mehnat faoliyatini boshlaydi. 1966- yili Òoshkent davlat
pedagogika isntitutining kutubxonachilik fakultetini bitirdi va
bibliografiya kafedrasida o‘qituvchilik lavozimiga qoldirildi. 1974-
yildan to shu kungacha Madaniyat institutining kutubxonachilik,
keyinchalik „Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv“ fakultetida
ishlab kelmoqda. 1974- yil Leningrad davlat madaniyat instituti
qoshidagi ilmiy kengashda „O‘zbekiston haqida bibliografiya 1952 —
1970 yy.“ nomi bilan pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini
olish uchun ilmiy-tadqiqot ishining natijasini himoya qiladi. 1982-
yildan kafedra dosenti. 70 dan ortiq bibliografiya masalalariga oid
o‘quv qo‘llanmalari, monografiya va maqolalari nashr etilgan.


147
„O‘zbekistonda bibliografiya. 1870 — 1980- yy.“, „O‘zbekiston-
ning kundalik ilmiy-yordamchi bibliografiyasi“, „O‘zbekistonning
umumiy bibliografiyasi“ kabi o‘quv qo‘llanmalari, o‘zbekistonlik
yirik bibliograflarning hayoti va ijodiga oid maqolalari talabalar
uchun bibliografiya kurslarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lib
qoldi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling