Bibliografiya lat p65


Nikolay Appolonovich Burov


Download 371.14 Kb.
bet53/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Bog'liq
s

Nikolay Appolonovich Burov — 1885-yil Peterburg shahrida tug‘ilgan. Peterburg universitetini tamomlagan va kitobsevarligi bilan mashhur bo‘lgan. 1918 —1926-yillari Òurkiston ommaviy kutubxonasida ishlaydi, o‘lkashunoslik bo‘limiga, umumiy bo‘limga boshchilik qiladi. 1927-yildan Samarqand Davlat universiteti asosiy kutubxonasining kitobga ishlov berish va bibliografiya bo‘limini boshqaradi. U kutubxonachilik ishini va kutubxonalarni qaytadan tashkil etish bo‘yicha qator komissiyalarning a’zosi bo‘lgan. 1930yildan Òoshkentdagi ilmiy va akademik kutubxonalari Respublika Markaziy kengashining raisi bo‘lib ishlagan. Kengash yig‘ilishining qaroriga ko‘ra „Alifbo katalogi kartochkasi namunalari majmuasini tuzish“ dasturi ishlab chiqiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekiston haqidagi adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichini tuzish vazifasi qo‘yiladi. 1946-yili O‘zFA huzurida bibliografik byuro tuziladi, uning vazifasi — „O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligi va madaniyatining qadimgi davridan bugungi kunigacha bo‘lgan nashrlariga oid ko‘rsatkichlar“ini o‘zbek, rus va xorijiy tillarda chop etishga tayyorlash edi.
1919-yil 23- martda Burov o‘lka kutubxonachilik bo‘limiga xat yozib, kutubxona to‘g‘risidagi Nizomni ilova qiladi, mahalliy nashrlarning kutubxonaga haddan tashqari tartibsiz ravishda keltirilayotganini, bu narsa hamma vaqt transport va aloqa bo‘limlarining aybi bilan emasligini ta’kidlaydi. Nizomning 4qismiga ko‘ra Xalq Maorifi Komissarligi (XMK) tomonidan tasdiqlanishi va unga ko‘ra majburiy nusxa o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash zarur edi. 1922- yil Òurkiston Kitob palatasini ikkinchi bor qayta tashkil etish masalasi ko‘tarilgandan so‘ng Burov davlat ilmiy kengashining iltimosiga ko‘ra Òurkiston Kitob palatasini tuzish haqidagi qonun loyihasini tayyorladi. 1923-yil 4-fevraldagi XMKning 15- sonli buyrug‘iga ko‘ra Palata tashkil etildi va unga Burov direktor etib tayinlandi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, Òurkiston davlat kutubxonasida mavjud adabiyotlar asosida Òurkiston Kitob solnomasini tuzish boshlandi. Burov 1923-yil yanvar va fevral oylarida „Turkiston kitob solnomasi“ni tuzishga erishdi va aprel oyida nashrga topshirdi. Palataning keyingi vazifasi 1917 — 1922- yillarda nashrdan chiqqan asarlarni bibliografiyalashdan iborat edi. Bunday retrospektiv bibliografiyani tuzish uchun hamma imkoniyatdan foydalandilar. 1924- yili Burovning „1917 —1922- yillarda Òurkistondagi aniq fanlar“, „Tabiat va matematikaga oid adabiyotlar ko‘rsatkichi“ qo‘llanmalari nashrdan chiqdi. Kirish qismida aniq fanlar haqidagi adabiyotlarni bibliografiyalash tarixi, „Ilmiy adabiyotlar xalqaro katalogi“ kabi nashriyot faoliyatining to‘xtash sabablarini ko‘rsatgan, ko‘rsatkichning maqsadini yoritgan. 1930-yil Burov „O‘rta Osiyo universitetining nashrlari“ (1922 —1929- yy.) nomli ko‘rsatkichini tuzdi. Keyinchalik 1930—1933- yillardagi ilmiy ishlarni o‘z ichiga oluvchi 2-qismi tuzildi.
Burov 1964-yilda nashr qilgan „Turkistonning inqilobgacha bo‘lgan davr matbuoti“ (1868—1871-yy.) nomli ko‘rsatkichi mahalliy tillarda nashr qilingan nashrlar haqidagi eng yirik qo‘llanmadir. Materiallar to‘la olingan va aniq tavsif berilgan. 178 kitob va 56 ta maqola berilgan bu qo‘llanma Òurkistonda inqilobgacha nashr etilgan nashrlarni hisobga oluvchi birinchi yirik bibliografiya edi. U „1868—1879-yillarda Òurkistonda chop etilgan kitoblar ro‘yxati va undagi yig‘ilgan maqolalar“ deb ham nomlangan. Ko‘rsatkich nashr joyi (topografik), nashr yili (xronologik) va til kaliti kabi yordamchi apparat bilan ta’minlangan. A. Yazberdiyev „O‘rta Osiyo xalqlari milliy matbuotini bibliografiyalash tarixidan“ nomli asarida bu ishga alohida e’tibor bergan. Burov Òoshkent kutubxonalari fondida mavjud xorijiy nashrlarning yig‘ma katalogini tuzishga harakat qildi. 1926- yildan O‘zbekiston kutubxonachilari jamiyati markaziy Prezidiumi Òoshkent shahri ilmiy va akademik kutubxonalari oldiga 1914 —1925- yillarda chiqqan xorijiy nashrlar yig‘ma katalogini tuzish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya davriy nashrlar fondini tavsiflash ishini boshladi, bu uzoqqa bormadi. 1931- yil O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi tashabbusi bilan qaytadan komissiya tuzildi. Vazifani bajarish uchun uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi, material yig‘ish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi, yig‘ma katalogning geografik, tilshunoslik, shakl va mazmuniy tuzilmasini tayyorladi. „1924 —1936- yillardagi xorijiy nashrlarning yig‘ma katalogi“ga yozgan so‘zboshisida bunga nashrlarning hamma turlari—davriy va turkumli nashrlar, xorijiy mamlakatlardagi barcha nashrlar kiritilishi va yig‘ma katalogning joriy etilish yili 1924-yil deb hisoblanishi komissiya tomonidan e’tirof etilgan. 1932-yil oxiriga kelib Davlat xalq kutubxonasi bibliografik-ma’lumot to‘plash bo‘limida kartoteka tuzilib, unga 48 kutubxonadan ma’lumot yig‘ish boshlanishi kerak edi. Komissiyadagi „uchlik“—Y. Betger, N. A. Burov, L. V. Bomshteynlar ishni davom ettirishdi va katalogning 2- qismi tayyorlandi. Ishning vazifasi, ish miqdori va xarakteri aniqlandi va uzoq muddat mavjud ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash bo‘yicha tekshirish ishi o‘tkazildi. Ishtirok etgan kutubxonalar soni 78 ga yetdi, nashrlar soni 2513 ni tashkil etdi. Materiallar alifbo tartibida joylashtirildi va mukammallashdi. Yig‘ma katalog 1937-yili tugatildi. Uning 1924-yildan teskari xronologik tartibdagi va 1936-yildan to‘g‘ri xronologik tartibdagi shaklini O‘rta Osiyo davlat universiteti davom ettirdi. 1953- yilgacha unga Burov rahbarlik qildi. 1959- yilga kelib u butunlay tugatildi, keyingi davrni Navoiy kutubxonasi bibliograflari davom ettirdilar.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling