Bibliografiya lat p65


Bibliografik obzorlarning turlari


Download 371.14 Kb.
bet74/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Bog'liq
s

Bibliografik obzorlarning turlari


Yangi adabiyotlar obzori. Kutubxona fondiga kelib tushgan yangi kitoblar kitobxonlarda qiziqish uyg‘otadi. Bunday sharhlar mazmuniga ko‘ra universal, ahamiyatiga ko‘ra axborot xarakterida bo‘ladi. Bunday sharhga hamma bilim sohasiga oid kitoblar, jurnallar va boshqa hujjatlar olinadi. Ular hozirjavoblik bilan, tezda, muntazam olib borilishi zarur. Bunday sharhlarda kirish qismi va xulosa jqisqa bo‘ladi. Asosiy qismda hikoya qilinadigan adabiyotlar bilim sohalari bo‘yicha ketma-ketlikda joylashtiriladi. Yangi adabiyotlar sharhining maqsadi kitobxonlarga yangiliklar haqida ma’lumot berish, ular bilan yaqindan tanishtirish. Agar faqat jurnallar olinsa, uning maqsadi kutubxona fondiga kelib tushgan jurnallarning mazmuni haqida axborot berish. Kirish qismida jurnal, uning tashkil etilgan vaqti, kimlarga mo‘ljallangani, qanday tuzilishga egaligi, ahamiyati haqida gapiriladi. Asosiy qismida aniq maqolalarga sharh beriladi. Adabiy-badiiy jurnallar sharhi axborot yoki tavsiya xarakterida bo‘ladi. Buning uchun bitta jurnalning so‘nggi 2 —3 ta soni yoki bir necha nomdagi jurnalning so‘nggi sonlari olinadi. Ulardan eng qiziqarli badiiy asarlar tanlab olinadi. Xulosa qismida adabiy-tanqidiy qismi haqida, shunga yaqin boshqa jurnallarda nashr etilgan materiallar haqida ma’lumot beriladi. Bu kitobxonda axborot olish madaniyatini va bibliografik bilimni tarbiyalaydi.
Mavzuli obzorlar mustaqil bilim olishga yordam, yo‘llanma berish va kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, tavsiya etilayotgan adabiyotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida o‘tkaziladi. Ular ko‘proq u yoki bu bilim sohasiga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar asosida tayyorlanadi. Agar sharh mazmuni faqat badiiy asarlarga bog‘liq bo‘lsa, har bir asarning faqatgina mazmuni haqida emas, balki har bir muallif—yozuvchi va shoirning o‘ziga xos tomonlari, ijodiy xususiyatlari, bir asarning boshqa asarlardan farqi haqida ma’lumot beriladi. Sharhning har bir elementi, mazmuni va qurilishiga alohida ahamiyat beriladi. Kirish qismida mavzuning ahamiyati, tanlab olingan mualliflar haqida ma’lumot, asarlarga umumiy ta’rif beriladi. Asosiy qismida har bir asar alohida olinib, uning mazmuni yoritiladi, ahamiyati, badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Shundan kelib chiqib ularning ketma-ketligi aniqlanadi. Adabiyotlar umumiydan xususiyga qarab joylashtirilishi mumkin yoki badiiy asarlar janriga ko‘ra alohida guruhlarga ajratiladi va ketma-ketligi belgilanadi. Yoki avval shu mavzu bo‘yicha yaratilgan asarlar, ularning mualliflari haqida umumiy ma’noda ma’lumot, keyin ularning ayrimlariga alohida to‘xtalish mumkin. Xulosada sharhga yakun yasaladi, tanqidiy materiallar eslatiladi va tavsiya etiladi, shu mavzuga oid qanday adabiyotlar mavjudligi, ularni topish yo‘llari, manbalari beriladi.
Shaxslarga oid sharhlar. Bunday sharhlar yozuvchi yoki shoirlarning, san’atkorlarning, mashhur jamoat va siyosiy arboblarning, olimlarning yubileylari munosabti bilan tashkil etiladi. Faqat shu muallif asarlariga sharh beriladigan tadbirda kitobxonlarga ma’lum va mashhur bo‘lgan asarlari bilan birga hali nashr etilmagan, kitobxonlar uchun noma’lum bo‘lgan asarlari, shaxsning hayoti va ijodi haqidagi hujjatlar olinadi.
Ruknli nashrlar sharhi. Buning o‘ziga xosligi shundaki, avvalo kitobxonlar uchun rukn haqida to‘la ma’lumot beriladi, uning tarixi, tashkil etilgan vaqti va sabablari, shu ruknda nashr etilgan mashhur asarlar haqida axborot berib o‘tiladi. Keyin tanlangan asarlarga sharh beriladi. Xulosada shu ruknda nashr etilgan yana qanday asarlar mavjudligi, ularning manbasi eslatiladi. „XX asr o‘zbek romani“, „Istiqlol qahramonlari“, „Mashhur kishilar hayotidan“, „Maktab kutubxonasi“ kabi ruknli nashrlarni ajratib olish mumkin.
Bibliografik qo‘llanmalar sharhi. Bu kutubxona xodimlari uchun o‘tkaziladi. Òavsiyaviy qo‘llanmalar, shaxslarga oid qo‘llanmalar haqida kitobxonlar uchun ham o‘tkazish mumkin. Bu, avvalo, kitobxonning bibliografik bilimini oshiradi, axborot madaniyatini tarbiyalaydi. Kitobxon sharhni tanlash davomida qo‘llanmalar, ularning xususiyatlari, ulardan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot oladi. Sharhlarning ta’siri, samarasi uni o‘tkazgandan so‘ng shu mavzu bo‘yicha adabiyotlarning o‘qilish darajasidagi o‘zgarishidan bilinadi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling